UDK 633.14. 63.521
KUNGABOQAR NAVLARI TURLI HAR XIL EKISH MUDDATLARI VA SXEMALARIDA USTIRILGANDA HOSILDORLIK KO'RSATKICHLARI
1Lukov Mamadali Qudratovich, 2Lukova Iroda Mamadaliyevna, 3Turakulov Oybek Xolmirzayevich
1Termiz agrotexnologiyalar va innovasion rivojlanish instituti dotsent q/x fanlari nomzodi 2Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar insitituti dotsent v.b q/x falsafa fanlari doktori (PhD) 3Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
https://doi.or2/10.5281/zenodo.11400390
Annotasiya. Maqolada boshoqli don ekinlaridan bo'shagan yerlarda takroriy ekin sifatida turli (1-iyul; 10-iyul; 20-iyul) muddatlarida hamda 70x20x1; 70x25x1; 70xS0x1; 70xS5x1; 70x40x1 sm ekish sxemalarida ekilganda kungaboqarning ertapishar Sam QXI 20-80 va SUR navlari hosildorligining ma'lumotlari keltirildi. Ekish muddati 1-iyuldan 10-iyulgacha va 10-iyuldan 20-iyulgacha kechikkan sari navlarga bog'liq holda hosildorlikningpasayishi kuzatildi. O'rganilgan barcha ekish sxemalarida 70x20x1 sm dan 70x40x1 sm gacha oziqlanish maydoninng kengayishi hisobiga o'simliklarning yaxshi o'sib rivojlanishi kuzatildi, lekin maydon hisobidan tup sonining kam bo 'lganligi uchun gektar hisobida yuqori hosil olinmadi. Ekish muddatlari kechiktirilgan sari o'simliklarning gullash fazasini sentyabr oyining 2 o'n kunligiga mos keldi. Bu paytlar 1-iyul muddatida ekilganga nisbatan yorug'lik kunlarining qisqarishi, shamol, chang to'zon hamda yog'ingarchilik kuzatilishi sababli changlanish jarayoni me 'yorida o 'tmadi va gektar hisobidan hosildorlik 1-iyul muddatiga nisbatan 10-iyul muddatida 10-12% hamda 20-iyul muddatida esa 15-17 % pasayishi kuzatildi. Umuman olganda eng yuqori hosil Sam QXI 20-80 navida SS,8 s/ga 1-iyul muddatida 70xS0-1 sm ekish sxemasida olindi. Shuningdek Sur navi bo'yicha 1-iyul muddatida 70x25-1 sm ekish sxemasida 29,5 s/ga ko'rsatkich bilan eng yuqori hosildorlikka erishildi.
Kalit so'zlar: kungaboqar, Sam QXI 20-80, SUR, ekish muddati, ekish sxemasi, hosildorlik, nav.
Аннотация. В статье показано, что при посеве в разные сроки (1 июля; 10 июля; 20 июля) и схемах посадки 70х20х1; 70х25х1; 70х30х1; 70х35х1; 70х40х1 см в качестве повторной культуры на освободившихся от колосовых зерновых культурах, урожайность раннеспелых сортов подсолнечника Sam QXI 20-80 и SUR данные приведены. По мере того, как сроки посева задерживались с 1 по 10 июля и с 10 по 20 июля, урожайность снижалась в зависимости от сорта. Во всех исследованных схемах посева от 70х20х1 см до 70х40х1 см подкормка наблюдалась хорошая всхожесть и развитие растений за счет прироста площади, но из-за малой численности куста за счет площади не была получена высокая урожайность в расчете на гектар. По мере того, как сроки посадки затягивались, фаза цветения растений соответствовала 2 декаде сентября. В это время из-за сокращения световых дней, ветра, пыльцы и осадков по сравнению с посевом в период 1 июля процесс опыления не проходил в умеренных количествах, и урожайность с гектара снизилась на 1012% в период 10 июля и на 15-17% в период 20 июля. В целом самая высокая урожайность была получена у сорта Sam QXI 20-80 при схеме посадки 70х30-1 см 33,8 ц/га 1 июля. Также
на сорт Сур в период 1 июля была получена самая высокая урожайность при схеме посадки 70х25-1см с показателем 29,5 ц/га.
Ключевые слова: подсолнечник, Sam QXI20-80, SUR, сроки посадки, схема посадки, урожайность, сорт.
Annotation. The article cited data on the yield of sunflower varieties ertapishar Sam QKHI 20-80 and SUR varieties when planted as a recurring crop on land vacated by Bush grain crops in different (July 1; July 10; July 20) terms and in 70x20x1; 70x25x1; 70x30x1; 70x40x1 CM planting schemes. As the planting period was delayed from July 1 to July 10 and from July 10 to July 20, there was a decrease in yield depending on the variety. In all the planting schemes studied, from 70x20x1 CM to 70x40x1 CM of nutrition there was a good growing development of plants due to the expansion of the area, but due to the low number of bushes at the expense of the area, a very high yield was not obtained on the account of hectares. As planting dates were delayed, the flowering phase of the plants corresponded to the 2 decade of September. At these times, due to the reduction of light days compared to sowing in the period of July 1, the pollination process did not pass in moderation due to the observation of wind, dust dust and precipitation, and at the expense of hectares, the yield decreased by 10-12% for the period of July 1 and 15-17% for the period of July 20. The highest yield in general was obtained in the samqxi 20-80 variety in a 70x30-1 cm planting scheme for the period of July 1 to 33.8 s/Ha. Also for the period of July 1 by the Sur Variety, the highest yield was achieved in the 70x25-1 cm planting scheme with an indicator of 29.5 s/Ha.
Keywords: sunflower, Sam QXI 20-80, SUR, sowing period, planting scheme, yield,
variety.
Kirish. Dehqonchilikda qo'llaniladigan har qanday agrotexnologik tadbir o'simlik hosildorligini va hosil sifatini oshirishga qaratilgan bo'lishi lozim. Qishloq xo'jalik ekinlari jumladan kungaboqar qulay ekish muddati va maqbul oziqlanish maydonida o'stirilganda undan sifatli va yuqori hosil olinadi [1;.3; 5.].
T. V. Azizov /2008/ malumoti buyicha Toshkent viloyati sharoitida Kungaboqarning "Dilbar" navida erta 20 iyunda ekilgan muddatda 36,5 s/ga urug' hosili olingan. Ekish muddati 1 iyul bo'lganda hosildorlik 33,2 s/ga bo'lib, 3,3 s/ga kamayganligi aniqlandi va kech 10 iyulda ekilgan muddatda 29,7 s/ga tashkil qilib, hosildorlikning erta ekilganga nisbatan 6,8 s/ga va 1 iyulda ekilganga nisbatan 3,5 s/ga kamayishi kuzatilgan [4;,6;].
Kungaboqar navlarning tez pisharligi maxsuldorligi, hosilidan moy chiqimi har xil muddatlarda va har xil ekish qalinligida turlicha ko'rsatkichlarda bo'ladi, Tayloq tumanida ang'izda Piyoner navini 1-iyulgacha 70x25 sm. li, Sam QXI 20-80 navini 10 iyulgacha 70x30 sm. li sxemada ekilganda yaxshi o'sib rivojlanadi va yuqori hosildorlikka yerishiladi [5;].
Materiallar va metodlar: Tadqiqotlar Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi Samarqand davlat veterinariya medisinasi chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti o'quv tajriba xo'jaligida o'tkazildi. Tajriba maydonining tuprog'i utloqi bo'z tuproq, mineral elementlar bilan o'rtacha darajada ta'minlangan. Tajribada obyekt sifatida moyli kungaboqarning ertapishar Sam QXI 20-80 va SUR navlarining 1-repraduksiyali urug'ligidan foydalanildi. Tajriba dalasida kuzgi boshoqli don ekinlaridan bo'shagan yerga takroriy ekin sifatida 1-iyul, 10-iyul va 20-iyul muddatlarida hamda 70x20-1, 70x25-1, 70x30-1, 70x35-1sm. va 70x40-1 sm. ekish sxemalarida ekildi. Nazorat sifatida 70x25-1sm ekish sxemasi qabul qilindi. Paykalchalar 4 qatorli, qator orasi 0,7 m, uzunligi 20 m, variant uchun 56 m2 bo'ldi. Tajriba to'rt qaytariqdan
iborat. TagKUKOTnap-O'zPm (2007y.),0'simliklar genetic resurslari ITI (2009), Don dukkakli ekinlar ITI (2014) va umumqabul qilingan uslublar bo'yicha o'tkazildi .
Tadqiqotlar natijalari. Samarqand viloyatining o'tloqi bo'z tuproqlari sharoitida kungaboqar yetishtirishda maqbul ekish muddatilari va ekish sxemalarini belgilash hosildorlikni oshishida katta ahamiyatga ega.
Bizning tajribamizda kungaboqar navlaridan urug' hosiliga ekish muddatlari va sxemalari sezilarli ta'sir ko'rsatdi. Kungaboqarning Sam QXI 20-80 navida ekish muddatlari pista hosili eng yuqori ko'rsatkich 1 iyulda ekilgan variantlarda o'rtacha 27,3-33,8 s/ga oralig'ida bo'ldi. Eng kam ko'rsatkich esa ekish muddati 20 iyulda ekilgan variantlarda o'rtacha 21,0-27,8 s/ga bo'lganligi kuzatildi.
Ekish muddati 1 iyulda ekilgan variantlarga nisbatan 10 iyul ekish muddatida variantlarga mos ravishda o'rtacha 3,6; 3,5; 3,4; 3,2 va 2,7 s/ga kam, 20 iyulb ekish muddatida esa mos ravishda o'rtacha 6,3; 6,2; 6,0; 5,8 va 5,7 s/ga kam urug' hosili bo'lganligi qayd etildi.
Ekish sxemalari bo'yicha barcha ekish muddatlarida Sam QXI 20-80 navida 70x30-1 bo'lgan variantda eng yuqori bo'ldi. Erta [1.07] muddatda shu ekish sxemasida o'rtacha 33,8 s/ga, o'rta [10.07] muddatda o'rtacha 30,4 s/ga va kechki [20.07] ekish muddatida esa o'rtacha 27,8 s/ga hosil olinda. 1 iyulda 70x20-1 ekish sxemasida hosildorlik o'rtacha 27,3 s/ga bo'lib, nazoratga nisbatan o'rtacha 4,8 [14,9 %] s/ga kamayganligi aniqlandi. 70x30-1 bo'lgan ekish sxemasida nazorat variantda nisbatan o'rtacha 1,7 [5,3 %] s/ga, 70x35-1 ekish chxemasida o'rtacha 1,3 [4,0 %] s/ga yuqori bo'lgan bo'lsa, 70x40-1 ekish sxemasida esa nazorat variantiga nisbatan o'rtacha hosildorlik 2,9 [9,0 %] s/ga kamayganligi qayd etildi. O'rta [10.07] va kechki [20.07] muddatlarda ham shu qonuniyat takrorlandi. 20 iyul ekish muddatida oziqlanish maydoni 1400 sm2 bo'lgan 70x20-1 ekish sxemasidagi variantdan o'rtacha 21,0 s/ga hosil olindi, oziqlanish maydoni 1750 sm2 bo'lgan 70x25-1 ekish sxemasidagi nazorat variantdan o'rtacha 25,9 s/ga, oziqlanish maydoni 2100 sm2 bo'lgan 70x30-1 ekish sxemasidagi variantdan o'rtacha 27,8 s/ga, oziqlanish maydoni 2450 sm2 bo'lgan 70x35-1 ekish sxemasidagi variantdan 27,6 s/ga va oziqlanish maydoni 2800 sm2 bo'lgan 70x40-1 ekish sxemasidagi variantda esa o'rtacha 23,5 s/ga hosil olindi. Har xil muddatlarda ekilgan kungaboqar SamQXI 20-80 navi hosildorligiga ekish sxemasi
va qo'shimcha changlatishning ta'siri [2020-2022]
Ekish sxemasi Yillar bo'yicha hosildorlik, s/ga O'rtacha hosil s/ga Qo'shimcha olingan hosil s/ga
2020 2021 2022 Ekish muddati bo'yicha Ekish sxemasi bo'yicha
1-iyul
70x20-1 28,1 27,6 26,2 27,3 - -4,8
70x25-1 33,1 32,4 30,8 32,1 - st
70x30-1 34,8 34,1 32,4 33,8 - +1,7
70x35-1 34,4 33,7 32,1 33,4 - +1,3
70x40-1 30,1 29,5 28,0 29,2 - -2,9
10-iyul
70x20-1 24,4 23,9 22,8 23,7 -3,5 -4,9
70x25-1 29,5 28,9 27,5 28,6 -3,5 st
70x30-1 31,3 30,7 29,2 30,4 -3,4 +1,8
70x35-1 31,1 30,5 29,0 30,2 -3,2 +1,6
70x40-1 27,3 26,8 25,4 26,5 -2,7 -2,1
20-iyul
70x20-1 22,1 21,2 19,7 21,0 -6,2 -4,9
70x25-1 27,2 26,2 24,3 25,9 -6,2 st
70x30-1 29,2 28,1 26,1 27,8 -6,0 +1,9
70x35-1 29,0 27,9 25,9 27,6 -5,8 +1,7
70x40-1 24,7 23,7 22,1 23,5 -5,7 -2,4
SUR navidan ekish muddatlari va oziqlanish maydonlari bo'yicha olingan hosil Sam QXI 20-80 navidan olingan hosilga nisbatan kam bo'lishi aniqlandi. Bunda erta 1 iyul ekish muddatida ekish sxemalari yoki oziqlanish maydoni bo'yicha Sam QXI 20-80 naviga nisbatan quyidagi ketma-ketlikda kam hosil olindi: 2,4 s/ga, 2,6 s/ga, 4,6 s/ga, 6,0 s/ga va 4,2 s/ga. 10 iyulda ekilgan muddatda quyidagi ketma-ketlikda kam hosil olindi: 2,1 s/ga, 2,3 s/ga, 4,4 s/ga, 5,8 s/ga va 4,8 s/ga hamda oxirgi 20 iyulda ekilgan muddatda esa mos ravishda o'rtacha 1,9 s/ga, 2,0 s/ga, 4,1 s/ga, 5,4 s/ga va 4,3 s/ga kam hosil olindi.
SUR navida ham ekish muddatlari kechikishi bilan urug' hosli kamayishi kuzatildi. Ushbu navda eng kam hosil ekish muddati 20 yulda ekilgan variantdarda qayd etildi. Bunda variantlarga mos ravishda 19,1; 23,9; 23,7; 22,2; va 19,2 s/ga bo'lganligi aniqlandi 10 iyul ekish muddatiga nisbatan kechki 20 iyul ekish muddatining variantlarida urug' hosili mos ravishda 2,5; 2,4; 2,3; 2,2 va 2,5 s/ga kam bo'ldi.
SUR navini eng yuqori urug' hosili ekish xsemasi 70x25-1 bo'lgan nazorat variantda kuzatildi. O'simlik tup soni kamayishi urug' hosilini ham kamayishiga olib keldi.
Barcha ekish muddatlarida oziqlanish maydoni 2800 sm2 bo'lgan 70x40-1 ekish sxemasidagi variantlarda urug' hosilining eng kam ko'rsatkichi ekish muddatiga mos ravishda o'rtacha 25,0 s/ga, 21,7 s/ga va 19,2 s/ga bo'lganligi aniqlandi.
Xulosa. Qisqacha xulosa qilinganda ekish sxemasi va oziqlanish maydoni kungaboqar navlarini hosiliga sezilarli ta'sir ko'rsatib, takroriy ekin sifatida ekish muddatini 1 iyulda o'tkazish erta pishar navlar uchun maqbul hisoblanadi. Sam QXI 20-80 navida oziqlanish maydoni 2100 sm2 yoki 70x30-1 ekish sxemasida, SUR navida esa 1750 sm2 oziqlanish maydoni yoki 70x25-1 ekish sxemasida sifatli va yuqori hosil olinish imkoniyati bo'ladi.
ADABIYOTLAR
1. Azizov T.B. Anorboyev I.U. Kungaboqardan mo'l hosil yetishtirish bo'yicha tavsiyalar// Toshkent/ 2008 yil/ 16-59 b
2. Amanova A.E., Rustamov A.S., Kungaboqarning sermoyli navlari // O'zbekiston qishloq xo'jaligi jurnali № 5. 2004.
3. Yormatova D. Xushvaktova H. Moyli ekinlar Toshkent 2009 y 94-98 b.
4. Yormatova D. «Soya» Mexnat. T. 1989 . 121 b
5. Lukov M.K Turakulov O. X. Повышение урожайности раннеспелых сортов подсолнечника при помощи дополнительного опыления //Актуальные проблемы современной науки № 6 (135) Россия. 2023-C. 82-90 (06.00.00 № 5)
6. Tog'ayeva S. S. Ekish muddati va oziqlanish maydonining moyli kungaboqar.