KREATIV YONDASHUV ASOSIDA BOSHQARISHGA YO'NALTIRILGAN TAJRIBA-SINOV ISHLARINI TASHKIL QILISH METODIKASI
Kamalov Nozim Kasimjanovich
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi o'qituvchisi
Annotatsiya: Maqola kreativ yondashuv asosida boshqarishga yo'naltirilgan tajriba-sinov ishlarini tashkil qilish metodikasiga bag'ishlangan. Maqolada kreativ yondashuv asosida boshqarish mazmuni asoslab berilgan.
Tayanch so'zlar: kreativ yondashuv, metodika, fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish, qo'llangan texnologiya.
Aннотация: Статья посвященa методике оргaнизaции контрольно-экспериментальной рaботы, ориентироввиной Ha упрaвление Ha основе KpearaBroro подходв. В статье о6основвно содержaние менеджментa та основе креaтивного подходв.
Ключевые слова: творческий подход, методик, формировaние компетенций в туке, применяемaя технология.
Abstract: The article is devoted to the methodology of organizing control and experimental work focused on management based on a creative approach. The article substantiates the content of management based on a creative approach.
Keywords: creative approach, methodology, formation of competencies in science, applied technology.
Kirish. Hozirgi vaqtda mamlakatimizning barcha sohalarida islohotlarni amalga oshirish, odamlarning dunyoqarashini o'zgartirish, yetuk va zamon talabiga javob beradigan mutaxassis kadrlarni tayyorlashni hayotning o'zi taqozo etmoqda. Respublikamizda ta'lim tizimini mustahkamlash, uni zamon talablari bilan chamcharchas bog'langan bo'lishi muhim ahamiyat berilmoqda. Bunda mutaxassis kadrlarni tayyorlash, ta'lim va tarbiya berish tizimi islohotlar talablari bilan chambarchas bog'langan bo'lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga dunyo miqyosida shunday o'zgarishlar sodir bo'lmoqdaki, ushbu o'zgarishlar butun boshli xalqni, millatni, elatlarni boringki, butun insoniyatning hayotini o'zgartirib yubormoqda. Ushbu o'zgarishlar jarayonida axloqiy madaniyat va axloqiy munosabatlarning o'rni juda katta hisoblanadi. Bularning barchasiga ta'lim tizimida olib boriladigan sifatli ta'lim-tarbiya orqali erishiladi.
Asosiy qism. Biz tadqiqotimiz davomida tajriba-sinov ishlarini, o'zimiz tanlab olgan tajriba-sinov maydonchalarida harbiy oliy ta'lim muassasalarida o'quv-tarbiya jarayonida kursantlarning kreativligini shakllantirishni tatbiq etishga harakat qildik. Kreativlikni shakllantirishga xizmat qiladigan o'quv materiallari, savol va
topshiriqlar kreativ yondashuv asosida tanlanib, kursantlarda ijtimoiy va kreativ kompetentlilikni shakllantirishga yo'naltirildi.
Ma'lumki, tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishda kreativ yondashuvdan foydalanish imkoniyatlari yetarlicha tadqiq etilmagan. Shu nuqtai nazardan yondashgan holda quyidagi vazifalarga yechim izlandi:
- tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish jarayonida kreativ texnologiyalardan foydalanish yo'nalishlarini aniqlash;
- tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish jarayonida didaktik materiallarning kreativ xarakterga ega bo'lishini ta'minlash;
- tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish jarayonini turli
shakllarda tashkil etish va uning samaradorligini aniqlash;
- kursantlarni o'zaro hamkorlikda, guruhda faoliyat ko'rsatishga jalb qilish, ularning muloqotga kirishishlarini ta'minlaydigan metodlarni qo'llash va ularni tajriba-sinovda sinab ko'rish orqali samaradorligini aniqlash;
- tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish jarayonida pedagogik faoliyatning o'ziga xos jihatlarini aniqlash kabilar.
Biz tajriba-sinov ishlarini tashkil etishda bir qator parametrlarga tayandik.
Bular: tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat
qiladigan metodlarning o'ziga xosligi, ulardan foydalangan holda kursantlarda tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishning o'ziga xos jihatlari, tayanch kompetensiyalarni shakllantirishda foydalaniladigan didaktik vositalar, tayanch kompetensiyalarni shakllantirishga yo'naltirilgan mashg'ulotlarda foydalaniladigan didaktik ashyolar va h.k.
Bularning barchasi kursantlarga tayanch fanga oid kompetensiyalar haqida umumiy tasavvur hosil qilish imkonini berdi. Shu bilan bir qatorda, pedagogik jihatdan muhim bo'lgan didaktik xususiyatlarga ham alohida e'tibor qaratildi. Bu o'rinda biz quyidagi vaziyatlarni tashkil qildik: muloqot jarayoni, o'zaro hamkorlik vaziyatlari, individual ishlash.
Kursantlarda kreativlikni shakllantirishda yuqorida ko'rsatilgan parametrlar alohida ahamiyat kasb etdi. Biz kreativlikni shakllantirish jarayonini tajribasinovdan o'tkazishda asosan kursantlarni kasbiy mahoratlarini shakllantirish, ularda kreativlikni shakllantirish orqali hayotga tayyorlashni nazarda tutgan holda tashkil etdik. Tajriba-sinov jarayonida birinchi navbatda kursantlarning ijtimoiy hamkorlik va muloqot ko'nikmalarini egallashlariga e'tibor qaratdik. Bunda bir qator ish turlaridan foydalandik. Qo'llangan texnologiyalarga muayyan talablar qo'ydik. Ushbu talablar:
1) guruhli ish jarayonida muloqot ko'lamini kengaytirish;
2) tayanch va fanga doir kompetensiyalarning kursantlarda kreativlikni
shakllantirish imkoniyatiga egaligiga e'tibor qaratish;
3) tayanch va fanga doir kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qiladigan kreativ xarakterdagi o'quv materiallarini loyihalashda o'qituvchining mavqeini oshirish kabilar.
Ishlanmalarning mazmunida quyidagilarni ifodalanishiga e'tibor qaratdik:
- o'quv materialining muayyan didaktik maqsadga erishilishiga xizmat qilishi;
-kursantlarning kasbiy muloqot ko'nikmalarini egallaganliklari;
- taqdim etilgan o'quv materiallari jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-axloqiy hayotini ifodalashiga e'tibor qaratishi;
- didaktik materiallarning kursantlarni kreativlikka undashga yo'nalganligi;
- mashg'ulotlarning kursantlarda kreativlikni shakllantirishga yo'naltirilgan holda jihozlanishi kabilar.
Quyida tajriba-sinov jarayonida qo'llanilgan didaktik ishlanmalarning xarakterli xususiyatlari ustida to'xtalamiz.
Didaktik materiallar mazmunida kursantlarda kreativlikni shakllantirish hamda bilishga asoslangan faoliyatni rivojlantirish imkoniyatlari uyg'unlashtirildi. Bunda bir qator mezonlarga tayandik:
a) Kreativ faoliyatga nisbatan motivatsiyaning qaror topganligi
b) Kreativlik sifatlarining shakllanganligi
v) Kreativ fikrlash ko'nikmalarining rivojlanganligi g) Amaliy kreativ faoliyat jarayonini tashkil etish d) Ixtissoslashgan kreativlikning shakllanganligi
Kreativ xarakterdagi didaktik materiallarning o'ziga xos xususiyati -kursantlarni jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, ma'naviy taraqqiyotidan xabardor qilish imkoniyatiga egaligidadir.
Imitatsion o'yinlar yordamida kursantlarni ijtimoiy hayotdagi hamkorlik va shaxslararo munosabatlariga olib kirish imkoniyatlari kengaytirildi. Bunday o'yinlar jarayonida kursantlarning guruh bo'lib faoliyat ko'rsatishlariga alohida e'tibor qaratildi.
Mashg'ulotlarning didaktik jihozlanishi kursantlarni zarur materiallar bilan qurollantirish imkonini berdi. Mashg'ulotlar davomida O'zbekiston Respublikasining ta'lim tizimi va uning taraqqiyoti haqida ma'lumot beruvchi materiallar kiritildi.
Kursantlarda kreativlik shakllantirishda bir qator holatlarga alohida e'tibor qaratildi:
1) kursantlarda kreativlikni shakllantirish uchun ularning o'quv-tarbiya hamda amaliy faoliyatlarini uyg'unlashtirish;
2) guruh a'zolarining o'zaro hamkorlikda faoliyat ko'rsatishlarini targ'ib qiluvchi foto, audio, videovizual vositalardan foydalanish kabilar. Quyida ularning
asosiy mazmuni haqida fikr yuritamiz. Kursantlar bilan guruhli faoliyat jarayonida turli xil loyihalarni amalga oshirishga e'tibor qaratildi.
Kreativlikni shakllantirishdan ko'zda tutilgan maqsad shundan iboratki, bu kursantlarning hozirjavobligi va noan'anaviy fikr yuritishlari hamda mustaqil tafakkurga yo'nalganliklarini ifodalaydi.
Harbiy oliy ta'lim o'quv-tarbiya jarayonini kreativ yondashuv asosida boshqarish muhim pedagogik ahamiyatga ega. Jumladan,
- kursantlarda hozirjavobligi va noan'anaviy fikr yuritishlari hamda mustaqil tafakkur ahamiyat kasb etishini pedagogik jihatdan asoslash;
-kursantlarda kreativlikni shakllantirish maqsadlariga ko'ra didaktik materiallarni tabaqalashtirish;
- kursantlarda kreativlikni shakllantirishda o'qituvchilarning o'quv jarayonini loyihalash imkoniyatlaridan samarali foydalanish.
Kursantlarda kreativlikni tarkib toptirishda "Umumiy pedagogika" fanidan "Ta'lim metodlari va vositalari" mavzusida mashg'ulot amaliy tashkil etdik. Tajriba-sinov jarayonida respondentlar topshiriq mazmuni va shartlari bilan tanishtirildilar. Jumladan, respondentlar bir-birlari bilan o'zaro axborot almashish asnosida kreativlikning mavjud darajasini namoyon qildilar, bir-birlariga savollar berib, javoblar qaytardilar.
Taqdim etilgan kreativ xarakterdagi o'quv materiallari vositasida kursantlarda hozirjavoblik, muammolarga nisbatan yuqori darajadagi sezgirlik, intiutsiya, natijalarni oldindan ko'ra bilish, fantaziya, tadqiqotchilik va refleksiya shakllantirildi.
Ularda fan-texnika yutuqlaridan xabardorlik, yangiliklarni bilishga intilish, ijodkorlik sifatlarini egallash kabi motivlar shakllandi.
Tajriba-sinov jarayonida kursantlarda kreativlikni shakllantirish maqsadida real hayotiy vaziyatlarni imitatsiyalash metodidan foydalanildi. Bu jarayonda respondentlar hayotiy vaziyatlarga moslashishga muvaffaq bo'ldilar. Ijtimoiy hayot bilan bog'liq vaziyatlar respondentlarning iqtisodiy, madaniy munosabat me'yorlarini o'zlashtirishlariga ko'maklashdi. O'zaro axborot almashinish, shaxslararo munosabatga kirishish, madaniy-estetik qarashlarini takomillashtirish imkonini berdi. Bu esa kursantlarda tayanch kompetensiyalar yordamida kreativ xarakterdagi kompetentlilikni shakllantirish, ularni ijtimoiy munosabatlarga kirishishga tayyorlash, mehnat bozorida raqobatbardosh kadr sifatida faoliyat ko'rsatishga yo'naltirish imkonini beradi. Tayanch kompetensiyalarni shakllantirish jarayoni kursantlarning o'zaro axborot almashinishlariga qulaylik yaratishi uchun guruhli ish usulidan foydalandik.
Harbiy oliy ta'lim o'quv-tarbiya jarayonini kreativ yondashuv asosida boshqarishga yo'naltirilgan tajriba-sinov jarayoni bir nechta bosqichda amalga oshirildi. Bular tajriba-sinov jarayoniga tayyorgarlik, uni amalga oshirish va olingan
natijalarni baholash. Har uchchala bosqich alohida pedagogik ahamiyatga ega bo'ldi. Harbiy oliy ta'lim o'quv-tarbiya jarayonini kreativ yondashuv asosida boshqarishda shaxsning tahliliy faoliyatini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilgan.
Tahliliy faoliyat tajriba-sinov natijalarini umumlashtirish, tahlil qilish va baholash uchun ham nihoyatda zarur hisoblanadi. Bunday faoliyatni shakllantirish natijasida kursantlar o'z guruhdoshlarining bajargan ishlarini o'rganadilar, tahlil qiladilar va baholaydilar. Kursantlarda tahliliy faoliyat tajribasiga ega bo'lish ijtimoiy kompetentlilikning shakllanishi uchun ham muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonda kursantlar baholovchi munosabatlarini bayon qilib uni guruh a'zolari bilan muhokama qiladilar.
Tajriba-sinov jarayonida kreativ yondashuv asosida o'quv-tarbiya jarayonini boshqarishda eksperimentator-o'qituvchilar keng ko'lamli vazifalarni bajardilar. Bunday vazifalar sirasiga o'quv topshiriqlarini tanlash, o'quv vaziyatlarini tashkil etish, kursantlarning faoliyat natijalarini tashxislash va baholash kabilar kiradi. Bu o'znavbatida har bir bosqichda o'qituvchi hamda kursantlar faoliyatining o'ziga xos tarzda namoyon bo'lishi bilan bog'liqdir.
Harbiy oliy ta'lim o'quv-tarbiya jarayonini kreativ yondashuv asosida boshqarishda quyidagilarga alohida e'tibor qaratdik:
- kreativ kompetensiyani shakllantirish uchun kursantlarda mavjud bo'lgan so'z zahirasi va nutqiy ko'nikmalar darajasini aniqlash;
- o'quv materialllarini mazmun jihatdan boyitish;
- kreativ kompetensiyani jadal tarzda shakllantirishga xizmat qiladigan didaktik vaziyatlarni tashkil etish;
- kursantlarni juftliklar va kichik guruhlarga ajratish;
- mashg'ulotni didaktik jihatdan jihozlash kabilar.
Mashg'ulotni didaktik jihatdan jihozlash uchun o'qituvchi zarur chizmalar, maketlarni tayyorlaydi. Mashg'ulotni maqsadga muvofiq tarzda jihozlash natijasida kursantlarning vaqti tejaladi va vujudga keladigan savollarning oldi olinadi. O'qituvchi kursantlarda kreativ kompetentlilikni shakllantirish uchun zarur bo'lgan didaktik vositalarni tanlaydi va tizimlashtiradi.
Xulosa. Yuqoridaglarning barchasi, O'qituvchi mashg'ulot jarayonida kursantlarni o'z faoliyatlari natijalari va kursdoshlarining faoliyatlarini obyektiv baholashga o'rgatadi. Tajriba-sinov jarayonida kursantlarda kreativ kompetentlilikni shakllantirishga xizmat qiladigan didaktik topshiriqlar, loyihalar, faol o'qitish metodlarini o'z ichiga olgan mashg'ulot ishlanmalaridan foydalaniladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. o'quv qo'llanma. Qarshi. 2000 yil. 123 b.
2. Xodjayev B.X. Umumiy pedagogika darslik. - T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2017 y. - 416 b.
3. Hasanboev J., To'raqulov X.A., Alqarov I., Usmonov N.O'., Is'yanov R.G., Yuzlikaev F. Pedagogika nazariyasi: darslik. - T.: Fan va texnologiyalar, 2011y. -420 b.
4. Satib-Aldiev A. Ofitserning pedagogik madaniyati. O'quv qo'llanma. -Toshkent OUQBYu, 2013. - 38 b.