Научная статья на тему 'КRЕАTIV YОNDASHUV АSОSIDА BO‘LAJAK MUTAXASSISLARNI TАFАKKURINI RIVОJLАNTIRISHNING АFZАLLIKLАRI'

КRЕАTIV YОNDASHUV АSОSIDА BO‘LAJAK MUTAXASSISLARNI TАFАKKURINI RIVОJLАNTIRISHNING АFZАLLIKLАRI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
14
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kreativ yondoshuv / potensial kreativlik / faoliyatdagi kreativlik / o`z-o`zini rivojlantirish / bo`lajak mutaxasislar / ijodkorlik.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sultonova N.R.

Mazkur maqolada kreativlikning mazmun-mohiyati, bo`lajak mutaxasislarning ta’lim-tarbiyaviy faoliyatga kreativ yondashuvi, talabalarni kreativ fikrlashga o’rgatishh hamda kreativ yondoshuv asosida o`z-o`zini rivojlantirishni takomillashtirishning ilmiy-nazariy asoslari, bo`lajak mutaxasislarining kreativligiga oid ma’lumotlar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «КRЕАTIV YОNDASHUV АSОSIDА BO‘LAJAK MUTAXASSISLARNI TАFАKKURINI RIVОJLАNTIRISHNING АFZАLLIKLАRI»

Sultonova N.R. Jizzax davlatpedagogika universiteti Sirtqi bolim Maktabgacha va boshlanglch yo^nalishlarida masofaviy talim kafedrasi

stajyor-o^qituvchisi

KREATIV YONDASHUV ASOSIDA BO'LAJAK MUTAXASSISLARNI TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHNING AFZALLIKLARI

Annotatsiya. Mazkur maqolada kreativlikning mazmun-mohiyati, bolajak mutaxasislarning ta'lim-tarbiyaviy faoliyatga kreativ yondashuvi, talabalarni kreativ fikrlashga o'rgatishh hamda kreativ yondoshuv asosida o^z-o^zini rivojlantirishni takomillashtirishning ilmiy-nazariy asoslari, bolajak mutaxasislariningkreativligiga oidma'lumotlaryoritilgan.

Kalit so^zlar: kreativ yondoshuv, potensial kreativlik, faoliyatdagi kreativlik, o^z-o^zini rivojlantirish, bolajak mutaxasislar, ijodkorlik.

Sultonova N.R. intern-teacher department of distance education External department Pre-school and primary school Jizzakh State Pedagogical University

THINKING OF FUTURE SPECIALISTS BASED ON A CREATIVE APPROACH DEVELOPMENT BENEFITS

Abstract. In this article, the essence of creativity, the creative approach of future specialists to educational activities, the scientific and theoretical foundations of teaching students to think creatively and improving self-development based on a creative approach, the creativity of future specialists information is highlighted.

Key words: creative approach, potential creativity, creativity in activity, self-development, future specialists, creativity.

Jamiyatning yangilanishi talim-tarbiya tizimini o zgarishini, unga yangicha yondoshuv hamda yangicha munosabatni talab qiladi. Bo lajak mutaxasislarga sifatli ta lim va tarbiya berish, bilim, ko nikmalarini har tomonlama egallashlariga, kelajakda oz sohasining yetuk mutaxasisi bolishlarida hamda oquv fanlarini ozlashtirib borishlariga yengillik yaratish bugungi kunda dolzarblik kasb etadi.

Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash va ta'limni tashkil etishning jahon standartlariga javob beradigan samarali tizimi yaratildi va bugungi kunda ham oliy ta'limni modernizatsiyalashga davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi sifatida

e'tibor qaratilmoqda. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi "Oliy ta'lim tizimini yanada rivоjlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2909-son qarori, 2017 yil 27 iyuldagi "Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3151-son qarori, 2017 yil 9 avgustdagi "Oliy ta'lim tashkilotlarida pedagogika yo'nalishlarida maxsus sirtqi bo'limlarni tashkil etish to'g'risida"gi PQ-3183-son qarori, 2018 yil 5 iyundagi "Oliy ta'lim tashkilotlarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha choratadbirlar to'g'risida"gi PQ-3775-son qarori, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son qarori O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi. 2017-2021-yillarga mo'ljallangan "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi", O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qaroriga muvofiq, ta'lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta'minlash, ta'limning zamonaviy metodologiyasini yaratish, o'quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish hamda pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish taqozo etadi.

Mustaqil davlatlar hamdo'stligi (MDH) mamlakatlari olimlaridan A.Aksenova, A.V.Morozov, D.V.Chernilevskiy, N.Veraks, N.A.Alekseev, Yu.K.Kruglova, K.G. Krechetnikov kreativ yondashuv asosida ta'lim sifat va samaradorligini rivojlantirish masalalari bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borganlar.Ta'lim jarayonida ijodiy qobiliyatlarni shakllantirishning omillari M.M.Zinovkina, A.V.Morozov, D.B.Chernilevskiy, V.N.Drujinin va boshqa olimlar tomonidan o'rganilgan bo'lsa, ijod qilishning psixologiya xususiyatlariga qaratilgan konsestual nazariyalar Y.A.Ponomarev, A.N.Leontev, A.V.Morozovlar tomonidan yaratilgan. Ijod mezonlari, uning psixologik mehanizmlari, ijodiy tafakkurning rivojlanish texnikasi va boshqalarning ishlarida tadqiq etilgan D.B.Bogoyavlenskaya ishlarida ijod tahlili birliklari belgilangan.O'tkazilayotgan ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlili natijalariga ko'ra, bugungi kunda oliy ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan mutaxasislarni kreativ yondoshuv asosida o'z-o'zini rivojlantirish faoliyatini takomillashtirish, ularni samaradorligini pedagogik tajribaga asoslash zarurati mavjud. Ta'lim sifatini va samaradorligini oshirish, birinchi navbatda tarbiyachi - pedagoglarning mahoroti va ularning ta'lim faoliyatlariga mas'uliyat bilan yondoshishiga bog'liq albatta. Buning uchun tarbiyachi - pedagoglar mashg'ulotlar jarayoniga, markazlarda ishlashga va o'rganilayotgan yangi bilimlarni bolalarga yetkazib berish jarayoniga nisbatan ijodiy - kreativ yondoshgan holda uyushtirishi lozim.Tarbiyachi o'z oldiga o'zi tarbiyalayotgan bolalarni maktab ta'limiga sifatli tayyorlashni maqsad qilib qo'yar ekan, buning uchun avvalo mashg'ulotlarni

maqsadini aniq belgilab olishi va bilish jarayonini tashkil etishda sifat o'zgarishlariga erishishni nazarda tutishi kerak. Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilariga turli noan'anaviy usullar asosida talim berish 6-7 yoshli bolaning maktab ta'limiga sifatli tayyorgarligining samarali kechishiga ko'maklashadi. Noan'anaviy usullar bilan tashkil etilgan mashg'ulotlar bolalarning qobiliyatlarini sayqallaydi va qiziqishlarini uyg'otib, mashg'ulot mobaynida zerikish va toliqishlarsiz ijodiy va mantiqiy fikrlashlarini rivojlantiradi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda, ayniqsa tayyorlov guruhi bolalarida ilk matematik tasavvurlarni shakllantirish juda ahamiyoti kattadir.Farzandlarimizni kelajakda qaysi kasbni egallashidan qat'iy nazar o'z kasbini mahorat bilan egallashi uchun unga matematik bilimlar zarurdir.Shu boisdan ham Yurtimiz ertasi bo'lgan farzandlarimizning baxtli kelajagi uchun qayg'urish, har tomonlama ya'ni, intellektual, jismoniy, estetik, aqliy, sog'lom avlodni tarbiyalashga intilish har bir maktabgacha ta lim tashkiloti tarbiyachisining ustuvor maqsadi bo'lsagina ertamiz egalari bo'lgan bolajonlarimizni buyuk shaxsiyat egalari qilib ulg'aytira olishimiz mumkinligini tushungan tarbiyachi o'z oldiga qo'ygan maqsadini tayyorlov guruhi bolalarini maktabga tayyorgarlik monitoringini oshishida malum darajada hissasini qo'shish bilan bajara oladi desak adashmaymiz. tayyorlov guruhi bolalarini maktab ta'limiga sifatli tayyorlashda matematika mashg'ulotlarini turli xil interfaol usullardan, xususan, ertaklar, qisqa hikoyalar, harakatli o'yinlar, arifmetik topshiriqlar, matematik savollar, jamoa bo'lib shug'ullanish, juftliklarda ishlash, masala tuzish, tushuntirish, tetiklashtiruvchi mashqlar, matematik bilimlarni mustaxkamlash uchun o'yinlar bilan tashkil qilinsa ta'limiy jarayonlar mazmunli bo'ladi va bolalarni maktabga tayyorgarlik monitoringini oshishida xizmat qiladi. Yurtimiz ertasi bo'lgan farzandlarimizning baxtli kelajagi uchun qayg'urish, har tomonlama ya'ni, intellektual, jismoniy, estetik, aqliy, sog'lom avlodni tarbiyalashga intilish har bir maktabgacha ta lim tashkiloti tarbiyachisining ustuvor maqsadi bo'lsagina ertamiz egalari bo'lgan bolajonlarimizni buyuk shaxsiyat egalari qilib ulg'aytira olishimiz mumkinligini tushungan tarbiyachi o'z oldiga qo ygan maqsadini tayyorlov guruhi bolalarini maktabga tayyorgarlik monitoringini oshishida malum darajada hissasini qosha oladi, buning uchun albatta bolajak mutaxasislarimiz har tomondan yani, ijodiy, pedagogik, aqliy va axloqiy qolaversa estetik tomonlardan ham mohir bolishi, har bir pedagogik jarayoniga qattiq tayyorgarlik korib, kunlik faoliyatlariga ozgacha noananaviy, kreativ tomonlama yondoshib ishlamog' i lozim deb hisoblaymiz. Shundagina biz ertangi yorug' istiqbolimizdan umid qilsak arziydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida'' gi qonuni 23.09.2020 -yil, O'RQ-637-son

2. O'zbekiston Respublikasining «Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi qonuni. 2019-yil 16-dekabr.

3. Kamoldinov M, Vaxobjonov B, Innovatsion pedagogik texnologiya asoslari. T.: Talqin. 2010 y. b-128.

4. Xasanboyev J.Y. va boshqalar. Maktabgacha pedagogika. O'quv qo'llanma.-T., "Fan".2006

5. Sultanova G.A. Pedagogik mahorat. O'quv-metodik qo'llanma. TDPU.T., 2005.

6. Xoliqov А.А. Pedagogik mahorat. O'quv qo'llanma. - T.: "IQTISOD-MOLIYA" 2009, b-270.

7. Kaldibekova A.S., Xodjaev B.X. Talabalarning bilish faolligini oshirish yo'llari - T.: TDPU, 2006.

8. А. В. Mopo3oB, Крeaтивнaя пeдaгoгикa и псиxoлoгия: y4e6Hoe noco6^. -М.: Aкaдeмичeский npoeKT. 2004. 2-e изд., испр. и дoп. - 560 с.

9. K.A. Muslimov, Sh.S. Sharipov, M. Qodirov. "Technical creativity and design". - T.: "TDPU", 2010. -180 b.

10. .Sh. Sharipov, N. Muslimov. "Technical creativity and design". - T.: 2011. -144 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.