Научная статья на тему 'KORXONALAR BOSHQARUVIDA KADRLAR SALOHIYATIDAN SAMARALI FOYDALANISH YO`LLARI'

KORXONALAR BOSHQARUVIDA KADRLAR SALOHIYATIDAN SAMARALI FOYDALANISH YO`LLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
boshqaruv / korxona boshqaruvi / kadrlarni boshqarish / kadrlar salohiyatini boshqarish / boshqarish samaradorligi / management / enterprise management / personnel management / human resources management / management efficiency

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Doʻstova Aziza Qahramonovna

Yangi O’zbekiston sharoitida amalga oshirilayotgan har qanday chora tadbirlar va islohotlarning samaradorlik koʻrsatkilarini baholash asosida mavjud kamchiliklarni aniqlash orqali ularni oʻz vaqtida samarali hal etish ilmiy va amaliy jihatdan dolzarb ahamiyat kasb etadi. Boshqa soha va yoʻnalishlarda boʻlgani singari korxona boshqaruvida kadrlar salohiyatidan foydalanish samaradorligini baholash ham korxona xoʻjalik faoliyatida ishlab chiqarish jarayonlarini samarali tashkil etish, korxona egaligidagi mehnat resurslaridan optimal darajada foydalanish hisobiga raqobat ustunliga erishishning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash imkonini beradi. Ushbu maqolada korxonalar boshqaruvida kadrlar salohiyatidan samarali foydalanish, uning yo’llari haqida nazariy ma’lumotlar va amaliy jihati tahlillar asosida yoritib berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EFFECTIVE WAYS OF USING HR POTENTIAL IN ENTERPRISE MANAGEMENT

In the conditions of modernization in Uzbekistan, it is of scientific and practical importance to identify existing shortcomings based on assessing the effectiveness indicators of any measures and reforms and their timely solution. As in other areas, assessing the effectiveness of using human resources in enterprise management makes it possible to determine priority areas for achieving competitive advantage through the effective organization of production processes in the economic activities of the enterprise and the optimal use of labor resources owned by the enterprise This article, based on analysis, highlights the issues of effective use of human resources in enterprise management, theoretical information and practical aspects of its methods

Текст научной работы на тему «KORXONALAR BOSHQARUVIDA KADRLAR SALOHIYATIDAN SAMARALI FOYDALANISH YO`LLARI»

KORXONALAR BOSHQARUVIDA KADRLAR SALOHIYATIDAN SAMARALI FOYDALANISH YOLLARI

Do'stova Aziza Qahramonovna

Buxoro Davlat Universiteti, Iqtisodiyot kafedrasi o'qituvchisi

az 1 dustova@mail. ru

Annotatsiya: Yangi O'zbekiston sharoitida amalga oshirilayotgan har qanday chora tadbirlar va islohotlarning samaradorlik ko'rsatkilarini baholash asosida mavjud kamchiliklarni aniqlash orqali ularni o'z vaqtida samarali hal etish ilmiy va amaliy jihatdan dolzarb ahamiyat kasb etadi. Boshqa soha va yo'nalishlarda bo'lgani singari korxona boshqaruvida kadrlar salohiyatidan foydalanish samaradorligini baholash ham korxona xo'jalik faoliyatida ishlab chiqarish jarayonlarini samarali tashkil etish, korxona egaligidagi mehnat resurslaridan optimal darajada foydalanish hisobiga raqobat ustunliga erishishning ustuvor yo'nalishlarini aniqlash imkonini beradi. Ushbu maqolada korxonalar boshqaruvida kadrlar salohiyatidan samarali foydalanish, uning yo'llari haqida nazariy ma'lumotlar va amaliy jihati tahlillar asosida yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: boshqaruv, korxona boshqaruvi, kadrlarni boshqarish, kadrlar salohiyatini boshqarish, boshqarish samaradorligi

EFFECTIVE WAYS OF USING HR POTENTIAL IN ENTERPRISE

MANAGEMENT

Dustova Aziza Kakhramonovna

Bukhara State University, Lecturer at the Department of Economics

az 1 dustova@mail. ru

Abstract: In the conditions of modernization in Uzbekistan, it is of scientific and practical importance to identify existing shortcomings based on assessing the effectiveness indicators of any measures and reforms and their timely solution. As in other areas, assessing the effectiveness of using human resources in enterprise management makes it possible to determine priority areas for achieving competitive advantage through the effective organization of production processes in the economic activities of the enterprise and the optimal use of labor resources owned by the enterprise This article, based on analysis, highlights the issues of effective use of human resources in enterprise management, theoretical information and practical aspects of its methods.

Keywords: management, enterprise management, personnel management, human resources management, management efficiency.

ПУТИ ЭФФЕКТИВНОГО ИСПОЛЬЗОВАНИЯ КАДРОВОГО ПОТЕНЦИАЛА В УПРАВЛЕНИИ ПРЕДПРИЯТИЯМИ

Дустова Азиза Кахрамоновна

Бухарский государственный университет, Преподаватель кафедры Экономики

az 1 dustova@mail. ru

Аннотация: В условиях модернизации в Узбекистане имеет научное и практическое значение выявление имеющихся недостатков на основе оценки показателей эффективности любых мер и реформ и своевременное их решение. Как и в других сферах, оценка эффективности использования кадрового потенциала в управлении предприятием позволяет определить приоритетные направления достижения конкурентного преимущества за счет эффективной организации производственных процессов в хозяйственной деятельности предприятия, оптимальное использование трудовых ресурсов, находящихся в собственности предприятия. В данной статье на основе анализа освещены вопросы эффективного использования кадрового потенциала в управлении предприятиями, теоретические сведения и практические аспекты его методов.

Ключевые слова: менеджмент, управление предприятием, управление персоналом, управление кадровым потенциалом, эффективность управления.

KIRISH

Korxonalar faoliyatini tashkil etish, ularda yaratilgan mehnat shart-sharoitlari, xodimlarning kasbiy kvalifikatsiyasi, ma'lumoti, ishlab chiqarish jarayonlarining texnik jihatdan qurollanganligi, xodimlarning ish haqi va ularni rag'batlantirish, korxonadagi ichki ijtimoiy muhit, xodimlar va xodim bilan rahbar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning o'rnatilishi kabi qator omillar boshqaruv jarayonida kadrlar salohiyatidan foydalanish samaradorligiga ta'sir ko'rsatishi ko'p sonli ilmiy tadqiqotlarda o'z isbotini topgan. Jumladan, boshqaruv jarayonida kadrlar salohiyatidan foydalanish samaradorligi ko'rsatkichi xodimlarning individual xususiyatlari bilan ham bog'liq bo'lganligi sababli ham, uni baholash amaliyoti murakkab jarayon hisoblanadi. Bu esa ushbu ko'rsatkichni baholashda nafaqat iqtisodiy ko'rsatkichlar tizimi, balki, korxona xodimlari va rahbarlari o'rtasida so'rovnomalarni o'tkazish zaruriyatini vujudga keltiradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Korxona boshqaruvida kadrlar salohiyatini oshirishga bag'ishlangan nazariy qarashlarni qiyosiy taqqoslashdan avval iqtisodchi olimlar tomonidan "kadrlar salohiyati" tushunchasiga nisbatan bergan ta'riflarini tahlil qilish talab etiladi. Ushbu atama nafaqat korxonalar, balki, butun bir ijtimoiy-iqtisodiy tizim hisoblangan mamlakat, mintaqalar, milliy iqtisodiyot tarmoq va sohalarida yollanma xodimlarning imkoniyatlari va mehnat bozori samaradorligini tahlil qilishda keng foydalaniladigan tushuncha hisoblanadi.

Kadrlar salohiyati tushunchasi iqtisodiy aylanmaga ilk bor XX asrning 80 yillari boshlarida V. Maksvel tomonidan kiritilgan bo'lib, uning fikricha, "korxona yollanma xodimlari ega bo'lgan bilimlar va qobiliyatlarning o'zaro mutanosiblikda ishlab chiqarish jarayonida namoyon bo'lishi kadrlar salohiyatini anglatadi"1. Ushbu tarifda kadrlar salohiyati iqtisodiy atamasining mohiyatini tushuntirishda insonning mehnat qilish jarayoni bilan bog'liq bo'lgan shaxsiy qobiliyatlariga asoslanilgan hisoblanadi. Bu turdagi ilmiy qarashlar kadrlar salohiyati iqtisodiy atamasining tor ma'nodagi tarifini o'zida aks ettiradi, deb hisoblaymiz.

Shunga o'xshash ilmiy qarash I.V.Kuznetsova tomonidan amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarda ham o'z aksini topadi. Uning fikricha, "kadrlar salohiyati ijtimoiy-iqtisodiy tizim maqsadlariga erishishida mehnat resurslarining imkoniyatlaridan foydalanilayotgan qismini anglatadi"2.

B.M. Genkin fikricha, "kadrlar salohiyati bu insonlarning mehnatda bandligi sharoitida shakllanib, jamlanib boradigan bilim va tajribalarinig korxona ishlab chiqarish jarayonida amalda foydalana olishi bilan bog'liq bo'lgan shaxsiy qobiliyatlarini ifodalaydi"3. Olim tomonidan ishlab chiqilgan tarifda kadrlar salohiyati ularning mehnat staji bilan bog'liq holda tushuntirilganligi bilan ahamiyatli hisolanadi. Ushbu holat korxona boshqaruvida ishlab chiqarish jarayonlarining texnologik rivojlanishi kadrlar salohiyati bilan bevosita bog'liq bo'ladi, degan xulosaga kelish imkonini beradi.

METODOLOGIYA

Mavzuni ilmiy o'rganish, mantiqiylik, tahlil va tadqiq etish jarayonida tizimli tahlil, statistik tahlillardan foydalanilgan. Maqolada, korxonalar boshqaruvida kadrlar salohiyatidan samarali foydalanishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar berildi.

1 Fedoseev V.N. Kapustin S.N. Upravleniye personalom organizatsii: Ucheb. posobiye. - M.: Izd-vo "Ekzamen", 2016. - s. 99

2 Kuznetsova I.V. Upravleniye kadrovbim potensialom v prombishlennosti. // diss. ... k.e.n. Kazan, 2002 - s. 66

3 Genkin B.M., Nikitina I.A. Upravleniye chelovecheskimi resursami: uchebnik. - M.: Norma: Infra-M, 2013. - 464 s.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

2015-2023-yillarda uning barqaror rivojlanish tendensiyasiga ega bo'lgan "GUFIK AVISENA" MCHJ shaklidagi qo'shma korxonasi ma'lumotlarga asoslangan holda, boshqaruv jarayonida kadrlar salohiyatidan foydalanish samaradorligi ko'rsatkichiga ta'sir ko'rsatuvchi omillarni iqtisodiy-matematik usullar asosida baholash lozim topildi. Ushbu maqsadga erishishda ko'p omilli korrelyatsion-regression tahlilni amalga oshirish kerak bo'ladi (1-jadval).

Korxonalar boshqaruvida kadrlar salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish borasida iqtisodiy adabiyotda shakllangan ilmiy qarashlar va korxona tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarga asoslangan holda quyidagicha gipotezani shakllantirish mumkin: boshqaruv jarayonida kadrlar salohiyatidan foydalanish samaradorligi ko'rsatkichiga ish haqi, jami xodimlar soni, jumladan xodimlarning ma'lumoti, jinsi va yosh guruhlari bo'yicha ko'rsatkichlarning ta'sirini aniqlash mumkin.

1-jadval

"GUFIK AVISENA" MCHJ boshqaruvida kadrlar salohiyatidan foydalanish samaradorligini ko'p omilli regression-korrelyatsion tahlili takribiy ko'rsatkichlari jadvali4

T (yillar) Y X1 X2 X3 X4 X5 X6

2015 3,370 998,7 15 5 10 5 13

2016 3,363 1001,2 15 5 10 5 13

2017 4,287 1198,5 18 4 14 8 11

2018 3,500 1200,9 17 4 13 8 10

2019 4,051 1465,8 22 5 17 11 18

2020 3,937 1512,2 24 5 19 13 14

2021 4,467 1598,0 24 5 19 13 18

2022 4,157 1682,1 24 5 19 17 6

2023 5,367 1981,4 23 5 18 16 8

Amalga oshirilgan hisob-kitoblar asosida shakllangan ko'p omilli regression model asosida "GUFIK AVISENA" MCHJ shaklidagi qo'shma korxonasi boshqaruvida kadrlar salohiyatidan foydalanish samaradorligiga omillar ta'siri quyidagicha ekanligi anish mumkin:

-gipotezaga muvofiq, korxona boshqaruvida kadrlar salohiyatidanfoydalanish samaradorligiga mustaqil o'zgaruvchilar (xi), ya'ni o'rtacha ishhaqi, jami yollanma xodimlar soni, oliy va o'rta ma'lumotli xodimlar soni ayollar va 35-45 yoshdagi

4 Muallif tomonidan tuzilgan

yollanma xodimlar sonidagi o'zgarishlar ta'siriniinobatga olmaganda, kadrlar salohiyatidan foydalanish samaradorligiko'rsatkichi 0,9732 koeffitsiyentga ortadi;

- korxonada o'rtacha ish haqi hajmini ortishi hisobiga boshqaruv jarayonida kadrlar salohiyatidan foydalanish samaradorligi 0,00386 koeffitsiyentga ortadi;

- korxonada yollanm xodimlar sonining ortishi hisobiga boshqaruv jarayonida kadrlar salohiyatidan foydalanish samaradorligi 0,05076 koeffitsiyentga ortadi;

- korxona yollanma xodimlari tarkibida oliy ma'lumotli xodimlar sonining ortishi kadrlar salohiyatidan foydalanish samaradorligi ko'rsatkichiga salbiy ta'sir ko'rsatib, 0,2615 koeffitsiyentga kamayishiga sabab bo'lgan. Ushbu holat oliy ma'lumotli kadrlarning kasbiy tayyorgarlik darajasi korxona tomonidan qo'yiladigan talablarga to'liq javob bermasligini anglatadi;

- korxona yollanma xodimlari tarkibida o'rta ma'lumotli kadrlar sonining ortishi hisobiga boshqaruv jarayonida kadrlar salohiyatidan foydalanish samaradorligi 58409669355,938 koeffitsiyentga kamayishiga sabab bo'lgan. Ushbu holat o'rta bo'g'in kadrlarning yetaarli darajadagi kasbiy bilim, ko'nikma va malakalarga ega emasligidan dalolat beradi;

- korxona xodimlari tarkibida ayollar sonining ortishi ham kadrlar salohiyatidan foydalanish samaradorligi ko'rsatkichiga salbiy ta'sir ko'rsatib, uni 0,1946 koeffitsiyentga kamayishiga olib kelgan;

- korxona personali tarkibida o'rta yoshli, ya'ni 35-45 yoshdagi xodimlar sonining ortishi kadrlar salohiyatidan foydalanish samaradorligi ko'rsatkichiga hech qanday ta'sir o'tkazmaganligi aniqlandi.

Amalga oshirilgan ko'p omilli korrelyatsion tahlil bo'yicha hisoblangan juft korrelyatsiya koeffitsiyentlari umumlashgan holda "GUFIK AVISENA" MCHJ shaklidagi qo'shma korxonasi boshqaruvida kadrlar salohiyatidan foydalanish samaradorligiga omillar ta'sirini baholash natijalariga ko'ra, korxonada ish haqi darajasi, jumladan, xodimlar tarkibida o'rta ma'lumotli va xotin-qizlarni ishga yollash kadrlar salohiyatidan foydalanish samaradorligiga boshqa omillarga nisbatan yuqori darajada ta'sir ko'rsatmoqda, degan xulosaga kelish imkonini berdi. Shuningdek, boshqaruv jarayonida oliy ma'lumotli kadrlar sonidagi o'zgarishlar kadrlar boshqaruvi samaradorligiga yetarli darajada ijobiy ta'sir ko'rsatmayotganligi kadrlarning kasbiy kvalifikatsion darajasi ish beruvchi talablariga to'la mos kelmasligidan dalolat beradi.

Keyingi yillarda mahalliy korxonalar boshqaruvida kadrlar salohiyatidan foydalanish amaliyotini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirishda bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladigan markazlashmagan boshqaruv elementlarini amaliyotga joriy etish talab etiladi. Jumladan, mamlakatda korxonalar faoliyatini innovatsion rivojlantirishga qaratilgan islohotlarga ustuvorlik qaratilayotganligi ham xodimlarning kreativ fikrlash, to'g'ri qaror qabul qila olish, holatni to'g'ri tahlil qilish

kabi shaxsiy qobiliyatlarini rivojlantirish va undan amaliyotgan foydalanish samaradorligini oshirish zaruriyatini vujudga keltiradi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Korxonalar boshqaruvida kadrlar salohiyatidan foydalanish samaradorligiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar tahliliga ko'ra, korxonalarda belgilangan ish haqi darajasi uning ortishiga boshqa omillarga nisbatan ko'proq ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Shu sababli, korxonalarda samarali mehnat qilayotgan kadrlar faoliyatini moddiy rag'batlantirishning bozor iqtisodiyoti komponentlari bilan to'yintirilgan ta'sirchan mexanizmini ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish talab etiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Michie J. & Sheehan M. Business strategy, human resources, labour market flecibility and competitive advantage. The International Journal of Human Resouce Management, Vol. 15, Issue 3. 2005. - pp. 445-464

2. Piwowar-Sulej, K. 2021. Human resources development as an element of sustainable HRM. Available at https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC7470767/. Accessed 20 May 2022.

3. Pratt, M & Florentine, S. 2022. Employee retention: 10 strategies for retaining top talent. Available at https://www.cio.com/article/251060/employee-retention-10-strategies-for-retaining-top-talent.html. Accessed 13 May 2022.

4. Jenny, M. & Nancy Brown, J. 2004. An analysis of current human resource management publications. Available at https://www.emerald.com/insight/analys-HRM. Accessed 14 May 2022.

5. Goffee R, & Jones, G. 2013. Creating the Best Workplace on Earth. Available at https://hbr.org/2013/05/creating-the-best-workplace-on-earth. Accessed 9 May 2022.

6. Gewertz, M. 2016. Defining Enterprise. Available at https://www.eabooks.net/defining-enterprise. Accessed 20 April 2022; Friedman, E. 2019. 4 External Factors that Affect Human Resource Management. Available at https://blog.shrm.org/blog/4-external-factors-that-affect-human-resource-management. Accessed 13 May 2022.

7. Abduraxmonov Q.X. o'zbekistonda inson omili va manfaatlari - eng oliy qadriyat. - T.: G'ofur G'ulom nomidagi nashriyot matbaa uyi, 2017. - 364 b.

8. Muratov X.I. Kadrlar salohiyatini innovatsion rivojlantirishni samarali boshqarish // "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali, № 3, may-iyun, 2016. - 11 b. URL: https://iqtisodiyot.tsue.uz/sites/default/files/maqolalar/13_X_Muratov.pdf

9. Imomov V.A. O'zbekiston Respublikasi qishloq aholisi mehnat potensialidan samarali foydalanish. i.f.n. diss. - T.: O'zR FA Iqtisodiyot instituti, 2009. - 155 b.

10. To'xtaboyev A. Ma'muriy menejment. T.: Moliya, 2003. - 174 b.

11. Abdurahmanov Q.X., Xolmo'minov Sh.R., Zokirova N.K. Personalni boshqarish - T.: O'qituvchi, 2008. - 161 b.

12. Qosimova D.S. Boshqruv nazariyasi. - T.: Aloqachi, 2009. - 38 b.

13. Sagatov T. Kadrlarni boshqarishda maqbul qarorlar qabul qilishning ahamiyati. T.: Toshkent, 2016. - 34 b.

14. Моисеева Е.Г. Управление персоналом. Современные методы и технологии: учеб. пособ. Саратов: Вузовское образование, 2017. - 139 с.

15. Дустова А. К. ОСНОВНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ РАЗВИТИЕ КАДРОВОГО ПОТЕНЦИАЛА ПРЕДПРИЯТИЯ //"Iqtisodiy tadqiqotlarga asoslangan oliy malumotli iqtisodchi kadrlarni tayorlash. - С. 496.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.