YANGI O'ZBEKISTON PEDAGOGLARI AXBOROTNOMASI
www.in-academy.uz
M»1"
h M
ISTON
^ •••-• .....SBB - ■•■•■■
I AXBOROTNOMASI
YANGI O'ZBEKI PEDAGOGLARI
1-II1D, Î-S» Yl
KORRUPSIYA- TARAQQIYOT KUSHANDASI
Dilxavas Umaraliyeva
Buxoro Davlat Universiteti tarix va yuridik fakulteti 5-2Iji-21 guruh talabasi
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 07-yanvar 2024 yil Ma'qullandi: 10-yanvar 2024 yil Nashr qilindi: 17-yanvar 2024 yil
KEY WORDS
davlat, korrupsiya, jamiyat, rivojlanish, mahalliychilik, xalq, demokratiya, jinoyat, millat, kelajak.
Korrupsiya va milliy taraqqiyot masalasi — yurt taqdiri, mamlakat kelajagi uchun har qachongidan muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi. Sababi yurtimiz aholisi bir asrlik mustamlakachilik davrida yo'qotilgan moddiy hamda ma'naviy boyliklar o'rnini qayta tiklash, iqtisodiyotni rivojlantirish, milliy o'zlikni asrash yo'lida kecha-yu kunduz mehnat qiladigan davr keldi
Korrupsiya bilan biz qurmoqchi bo'lgan Yangi O'zbekiston hech qachon oldiga qo'yilgan maqsadlariga erisha olmaydi. U bor ekan jamiyatimiz adolat, halollik, ma'sulyat, xalq ehtiyojlarini qondirish, xalqqa xizmat qilish kabi tushunchalardan yiroq bo'ladi.
Shavkat Mirziyoyev
Goh shovqin-suronli, gohida hayojonli o'tayotgan bugungi kunimizning qadri o'zgacha. Bugun O'zbekiston o'tish davrini boshdan kechirmoqda. O'zbekiston yangilanmoqda, o'tmishini qoralamagan holda tom ma'noda yangi kelajagini yaratmoqda. Yurtimiz taraqiyotning yuqori pog'onalariga ko'tarilayotgan bir paytda ayrim illatlar taraqiyotning ildiziga bolta urmoqda. Inson hayotda yashar ekan, yaxshi hayot kechirish uchun harakat qiladi. Kimdir bu yo'lda ezgulik, halollik amallarini tanlasa, yana kimdir qing'ir, nopok yo'llarga kirib, manzilga osonlik bilan borishni istaydi. Shart-sharoit va imkonyatlar qanchalik yaxshi bo'lsa, ayrim nafs botqog'iga botgan kimsalar o'z manfaatlari yo'lida har qanday yo'ldan qaytmayapdilar va jamiyat uchun xavf -xatar eshigini ochmoqdalar.Isondagi nafs tuyg'usining amalda namoyon bo'uvchi turlaridan biri bu korrupsiyadir.
Korrupsiya (lotincha: corrumpô — aynish, poraga sotilish) — mansabdor shaxsning o'z mansabi bo'yicha berilgan huquqlarni shaxsiy boyish maqsadlarida bevosita suiiste'mol qilishidan iborat amaliyot. Mansabdor shaxslarni sotib olish, ularning poraga sotilishi ham
Korrupsiya deyiladi.
Korrupsiya - har qanday davlat va jamiyatning siyosiy- iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, inson huquq va erkinliklarini poymol bo'lishiga olib keladi. Korrupsiya jinoyat va mojarolarni kuchaytirishi jihatidan o'ta xavfli illatdir. Abu Nasr Forobiy "Fozil odamlar shahri" asarida fuqarolik jamiyatini qurishda to'g'anoq bo'ladigan muammolardan biri korrupsiyadir, deb qayd etgan. Korrupsiyaning yuqori darajasi guruhlar o'rtasida tengsizlik va ishonchsizlikni kuchaytiradi, uzoq davom etadigan mojarolar ehtimolini oshiradi yoki mojarodan keyingi jamiyatlarni urushga chorlaydi. Korrupsiya demokratiyaning kushandasidir. Unga tegishli
YANGI OZBEKISTON PEDAGOGLARI AXBOROTNOMASI
www.in-academy.uz
da'volar va yangiliklar, sud tizimining shaffof emasligi, siyosatchilarning sukut saqlashi, jamoatchilikning davlat institutlariga bo'lgan ishonchini va fuqarolarning demokratik jarayonlarda ishtirok etish istagini pasaytiradi. Siyosatchilarni korrupsioner deb bilgan fuqarolar, hatto, saylovlarda ovoz berishdan bosh tortishi mumkin. Korrupsiya jinoyat va mojarolarni kuchaytirishi jihatidan o'ta xavfli illatdir.
Yurtboshimiz tashabbusi bilan "O'zbekiston-2030" taraqqiyot strategiyasi ishlab chiqildi va undagi to'rtinchi ustuvor yo'nalish - qonun ustuvorligini ta'minlash, xalq xizmatidan davlat boshqaruvini tashkil etish deb nomlanadi. Ushbu taraqqiyot strategiyasidagi maqsad va vazifalar ham korrupsiyasiz jamiyat qurishga yangi qadam desak, mubolag'a bo'lmaydi. Umuman olganda korrupsiya shunchaki jinoyat yoki huquqbuzarlik emas, balki, ma'naviy buzulish holatidir. Bozor iqtisodiyoti tizimi kushandasi, davlatlar o'rtasida ikki va ko'p tomonlama hamkorlik, biznes hamda investitsiya rivojida shafqatsiz to'siq ham ayni shu korrupsiya hisoblanadi. Har yili o'nlab qo'shma korxonalarning ochilishi va yopilishi zamirida ana shu "ko'rinmas qo'llar" yotadi. Korrupsiya darajasi yuqorilashgan davlatga chet el investitsiyasini kiritish kamayib borayotganining asl sabablarini ham shu xavfli illatdan izlash lozimga o'xshaydi.
Oldin G'arb, keyinroq Osiyo davlatlarida bu masala chuqurlashib, jamiyatda "kasallik" hududi, ko'lami va darajasi kuchayib borayotgan ekan, nima qilmoq kerak, degan doimiy savol paydo bo'ladi. Nima qilsa, dunyoni egallab, mamlakatlar iqtisodiyotiga raxna solayotgan bunday balo-qazoning ta'sir doirasi kamayadi?! Eng avvalo, korrupsiyaga qarshi kurashishni oiladan boshlash darkor. Bu borada ayollarning roli katta, deb hisoblaymiz. Agar o'g'rilik yoki pora hisobiga kelgan luqmaning tag-ildizini ayollarimiz surishtirib bilsa, ochiq fikrini aytolsa, erlar halol rizqni izlashga tushib, ishi va oilasida fayz-baraka, sokinlik hamda xotirjamlik qaror topishi, shubhasiz.
Korrupsiya — tamagirlikning yuqori nuqtasi. Unga qarshi kurashish uchun amaldorlardan siyosiy iroda talab qilinadi. Ushbu vaziyatdan chiqish usuli shuki, avvalo:
- davlat byurokratik apparati hajmi imkon qadar kamayishi,
-fuqarolarning shaxsiy hayotiga va iqtisodiy faoliyatiga davlatning minimal aralashuvi,
- monopoliyaga barham berilishi lozim.
- agentlik tomonidan korrupsiya tarkibiy qismiga kiradigan qonun hujjatlari qayta ko'rib chiqilishi;
-davlat muassasalari ustidan jamoatchilik nazorati (ochiqlik indeksi) o'rnatilishi; -hokimlar va vazirlar parlament hamda mahalliy Kengashlar tomonidan tasdiqlanishi; barcha davlat xizmatlari "Yagona oyna" markazlariga o'tkazilishi,
- sud tizimi mustaqilligi mustahkamlanishi;
-davlat xizmatchilarining ijtimoiy himoyasi, mansabdor shaxslarning ish haqini biznesdagiga o'xshash ish haqidan 2-3 baravar ko'p bo'lishiga erishilishi (Gruziya tajribasi) kerak. Buning uchun mustaqil komissiya va markazlarni tuzish, haqiqiy ahvolni jiddiy o'rganish, barcha tadqiqotlar hamda axborotlarni muntazam yig'ib boradigan yagona markaz tezda ish boshlashi talab etiladi. Chunki qiladigan ish va vazifa o'n yillarga yetgulik.. Shunday ekan mazkur illatga qarshi kurashda nafaqat davlat organlari balki, jamiyat va umuman barcha fuqarolarimiz ma'suldirlar. Xulosa o'rnida shuni ayta olamanki, prizentimizning bizga bergan ishonchlarini oqlab, har bir qabul qilayotgan qonunlarga rioya qilishimiz kerak. Shundagina bu korrupsiya deb atalmish illatga qarshi kurashishda o'z hissamizni qo'shgan bo'lamiz.
Barchamiz birlashib katta kuchga aylansak, har qanday illatga qarshi kurashib, uni ildizi bilan quritishga qodir bo'lamiz. Korrupsya bizning kelajagimiz kushandasi bo'lishiga aslo yo'l qo'ymaymiz. Korrupsiya illatini zanjir deb bilsak, bizning vazifamiz o'sha zanjirni nafaqat topish, balki, uni uzib tashlashdir. Bu foniy dunyoda kimni ko'rdingizki, orttirgan boyligini o'zi bilan olib keta olgan? Shunday ekan, o'zimizdan boylik, obro' emas, balki, yaxshi nom qoldirishga harakat qilaylik!
1. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshin kurashish kovensiyasi //https://lex.uz/docs/-1461329
2. ''Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida'' gi Qonun // https://lex.uz/docs/-3088008
3. //https://lex.uz/docs/4355387
4. ''O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29-iyundagi PF-6013-sonli Farmoni //https://lex.uz/docs/4875784
5. Xhttp://Gazeta.uz
6. https://lex.uz/acts/-3088008
7. https://lex.uz/acts/-3088008
8. O'zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
9. T Bardhan P. Corruption and development // Journal of Economic Literature. — 1997. — Vol. 25. — P. 1320. [1] (Wayback Machine saytida 2009-09-20 sanasida arxivlangan)(ingl.)
10. T Tanzi, V. Corruption, Governmental Activities and Markets // IMF Working Paper 94/99. — International Monetary Fund, Washington, DC. — 1994. [2](ingl.)
11. Fozil odamlar shahri Abu Nasr Farobiy
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: