SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021 ISSN: 2181-1601
KORROZIYA INGIBITORLARINI NEFT VA GAZ QUDUQLARIGA
SAMARALI QO'LLASH
Ahliddin Valiyevich Jo'rabek To'ronovich Muhriddin
Nasilloyev Bozorov Sadriddinovich Savriyev
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
ANNOTATSIYA
Quduqlarni ishlatish davrida neft va gaz qazib olish jarayonida qo'llaniladigan barcha metall jihozlar quduq mahsuloti tarkibidagi agressiv komponentlar ta'sirida yemirilib boradi. Maqolada quduq tubi jihozlarining korroziyaga uchrashini oldini olish uchun korroziya ingibitorini samarali qo'llash tizimi to'g'risida bayon qilingan.
Kalit so'zlar: korroziya, quduq, ingibitor, emulsiya, tuz, quvur, eritma.
EFFECTIVE APPLICATION OF CORROSION INHIBITORS TO OIL AND
GAS WELLS
Ahliddin Valievich Jurabek Turonovich Muhriddin
Nasilloev Bozorov Sadriddinovich Savriev
Bukhara engineering-technological institute
ABSTRACT
During the period of use of wells, all metal equipment used in the oil and gas extraction process is destroyed under the influence of aggressive components contained in the well yield. The article describes the system of effective use of corrosion inhibitor to prevent corrosion meeting of well bottom equipment.
Keywords: corrosion, well, inhibitor, emulsion, salt, pipe, solution.
KIRISH
Neft va gaz sanoatida korroziya ingibitorlarining keng ko'lamda qo'llanilishi sohada foydalaniladigan jihozlar va qurilmalarning konstruksion uglerodli po'latlardan tayyorlanganligi va ularning «neft-gaz-suv» korrozion tajovuzkor muhitida ishlashi bilan bog'liq. Korroziya ingibitorlari alohida va boshqa himoya usullari bilan birgalikda qo'llanilishi mumkin.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Korroziya ingibitorlarini qo'llashdan avval ularning texnologik xossalari o'rganiladi. Bu xossalarga ingibitorning qovushqoqligi, eruvchanligi, uglevodorod - suv tizimida emulsiya hosil qilishga ta'siri, aralashish va ko'pirish xususiyatlari kiradi.
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021 ISSN: 2181-1601
Ingibitoming qovushqoqligi uch xil haroratda: 293oK, 273 oK va 243 oK haroratlarda aniqlanadi. Ularning qiymatlari mos ravishda 3,5 va 70 Pa-s ga teng bo'lishi zarur.
Ingibitorning erituvchilarda eruvchanligi xususiyati erituvchilar turini tanlash orqali amalga oshiriladi. Erituvchilar sifatida ishlab chiqarish sharoitda kamyob bo'lmagan uglevodorodlar -neft, kondensat, moylar, spirtlar va shunga o'xshash moddalar olinadi.
Ingibitorlarning eruvchanligi albatta suvda va suvli eritmalarda sinab ko'riladi. Barcha sinab ko'rishlar natijasida ikki xil fazaning ajralishi va ajralib chiqish chiziqlarining o'zgarishi bo'lmasligi zarur. Eruvchanlik xususiyati barcha harorat oraliqlarida turg'un bo'lishi zarur.
MUHOKAMA
Neft va gaz qazib olish texnologik jihozlari ichki korroziyasiga qarshi himoya muhitiga korroziya ingibitorlarining kiritilishi quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
a) ingibitorlarni yoki texnik talablarga va sharoitlarga mos keladigan mahsulotlarni markaziy ta'minot bazasiga yetkazish;
b) erituvchilarda ingibitorning ko'rsatilgan miqdordagi eritmasini tayyorlash;
v) eritmani dozalash qurilmalariga va quduqlarga yetkazish ingibitorli ishlov berish uchun quduqni va jihozlarni tayyorlash;
g) quduq va qatlam mahsulotlari tarkibini o'rganish;
ye) ingibitorli eritmani dozalash qurilmasida isitish va aralashtirish;
j) tayyor eritmani ingibitor uchun qurilma yordamida mahsulot tarkibiga, ya'ni ishchi muhitga kiritish;
z) texnologik jarayonni boshqarish va nazorat qilish.
Ingibitorli eritmani tayyorlash va ishchi muhitga kiritish ikki xil usulda amalga oshiriladi. Birinchi usulda berilgan ingibitorning kam konstruksiyasi eritmada uzoq muddatda dozalab, asta-sekin quduqqa jo'natiladi.
Ikkinchi usulda esa yuqori konstruksiyali eritma bir marta aniq vaqt oralig'ida birinchi usulga nisbatan tez jo'natiladi.
Barcha holatlarda quduqdan foydalanish to'xtatiladi va quduqqa ingibitorli ishlov berish uchun quyidagi ketma-ketlikda texnologiya bo'yicha amalga oshiriladi:
- ingibitorli ishchi eritmani aniq konsentratsiyada tayyorlash va quduqqa yetkazish uchun avtosisternalarga yuklash;
- avtosisternada tayyorlangan eritmani quduqlarga yetkazish:
- ingibitorli eritmani maxsus agregat orqali quduqqa jo'natish.
Avtosisterna idishlarida ingibitor ishchi eritmasi tayyorlanib, uning aniq konsentratsiyasi miqdori belgilab olinadi. Bir xil jinsli eritma olish uchun 30 minut davomida suyuqlik nasosi bilan aralashtiriladi.
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021
ISSN: 2181-1601
Nasos-kompressor kuvuri ichki sirtida ingibitorlar ta'sirida qoplama hosil kilish ingibitorning tavsifnomalariga bog'liq ravishda ingibitorli ishlov berish 2-8 soat davomida amalga oshiriladi.
NATIJA
Bostiruvchi suyuqlik (eritma) xajmini nasos-kompressor quvuri bo'shliq hajmiga nisbatan quyidagi ifoda orqali tanlanadi.
Ving > 4^Vnkk
bu yerda: Vnkk - nasos-kompressor quvuri ichki bo'shliq xajmi, m
Ba'zi hollarda ingibitorli eritmani bostiruvchi suyuqlik sifatida zichligi 1,12
"3
g/sm bo'lgan minerallashgan suv yoki tayyor neft hamda gazokondensatlardan foydalaniladi.
Ingibitorli ishlov berilgan quduq 2 kundan keyin foydalanishi mumkin. Bunda quduqda qoplama hosil qilishda qatnashmagan ichki eritma boshqa yer usti jihozlari ichki korroziyasida qoplama hosil qilish uchun quduqdagi mahsulot oqimi uni foydalanish davridagi oqim tezligidan kichik tezlikda jo'natiladi. Bu jarayon 0,5-2 soatni tashkil etadi.
XULOSA
Ingibitorli ishlov berish, hosil bo'lgan qoplama sifatlarini aniqlash uchun quduqqa kuzatuv nusxalari qo'yiladi. Bu nusxalar o'lchamlari 25mmx40mmx5mm bo'lib, parallelopiped ko'rinishda va nasos-kompressor quvuri materialidan tayyorlanadi. Kuzatuv nusxalari keyinchalik ham vaqti-vaqti bilan grafik bo'yicha olinib, uning sirtida korrozion jarayonlar nazorat qilinadi va korroziya tezligiga baho beriladi.
REFERENCES
1. Бондар В.И. Коррозия и защита материалов. Мариупол. 2009, 131 с.
2. Дустов Х.Б. Коррозиядан хдмоя ^илиш. Бухоро. Шарк.2019.й. 276 б.
3. Шабонов, М. Б. У., & Сатторов, М. О. (2018). Влияние жидкостей глушения на эффективность ингибиторов коррозии и биоцидов. Вопросы науки и образования,
(2 (14)).
4. Бакиева, Ш. К., Нуруллаева, З. В., & Сатторов, М. О. (2016). Подготовка нефти для защиты оборудований от коррозии. Наука и образование сегодня, (2 (3)).
5. Гаффоров, А. А., Бозоров, Ж. Т., & Сатторов, М. О. (2021). ИССЛЕДОВАНИЕ СКОРОСТИ КОРРОЗИИ И КЛАССИФИКАЦИЯ АГРЕССИВНЫХ СРЕД. Scientific progress, 2(2), 27-31.
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021
ISSN: 2181-1601
6. НЕЪМАТОВ, Ж. Ж., ЯМАЛЕТДИНОВА, А. А., & САТТОРОВ, М. О. (2014). ОСНОВНЫЕ ФАКТОРЫ, ВЛИЯЮЩИЕ НА КОРРОЗИЮ ОБОРУДОВАНИЯ.
In Современные инновации в науке и технике (pp. 172-174).
7. Неьматов, Ж. Ж., Сатторов, М. О., Атауллаев, Ф. Ш., & Артыкова, Р. Р. (2013). ПРОВЕДЕНИЕ АНТИКОРРОЗИОННЫХ МЕРОПРИЯТИИ ПРИ ПОДГОТОВКЕ НЕФТЕЙ. In СОВРЕМЕННЫЕ МАТЕРИАЛЫ, ТЕХНИКА И ТЕХНОЛОГИЯ (pp. 27-29).
8. Сатторов, М. О. (2018). Влияние солей на использование нефти и нефтяного сырья. Научный аспект, 7(4), 860-862.
9. Ямалетдинова, А. А., Салиев, И. Р., & Дустов, Х. Б. (2021). ВЛИЯНИЕ СОДЕРЖАНИЕ ТЯЖЕЛЫХ УГЛЕВОДОРОДОВ НА ВЯЗКОСТЬ И ТЕКУЧЕСТЬ НЕФТИ В ПРОЦЕССЕ ДОБЫЧИ. Scientific progress, 1(6), 875-879.