Научная статья на тему 'QUDUQ TUBIGA KISLOTALI ISHLOV BERISH USULI VA UNING SAMARADORLIGI'

QUDUQ TUBIGA KISLOTALI ISHLOV BERISH USULI VA UNING SAMARADORLIGI Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
3149
375
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
neft / qovushqoqlik / zichlik / parafin / kislota / samaradorlik / agregat / tog’ jinsi. / oil / viscosity / density / paraffin / acid / efficiency / aggregate / rock.

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Shaxzod Farxodovich Xudoyberdiyev, Jo’Rabek To’Ronovich Bozorov, Mirvohid Olimovich Sattorov

Quduqlarni ishlatish davri oshib borishi bilan turli sabablar tufayli neft beruvchanlik koeffitsiyenti kamayib boradi. Bu koeffitsiyentni oshirish uchun quduq tubiga ta’sir etish usullari qo’llaniladi. Maqolada quduq tubi hududiga kislota eritmasi orqali turlicha ta’sir mexanizmi asosida quduq neft beruvchanligini oshirish va uning samaradorligini aniqlash to’g’risida bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE METHOD OF ACID TREATMENT OF THE BOTTOM OF THE WELL AND ITS EFFECTIVENESS

With the increase in the period of use of wells, due to various reasons, the coefficient of oil permeability decreases. To increase this coefficient, methods of influence on the bottom of the well are used. The article describes how to increase the oil permeability of the well and determine its effectiveness on the basis of a different mechanism of action of the acid solution on the bottom of the well.

Текст научной работы на тему «QUDUQ TUBIGA KISLOTALI ISHLOV BERISH USULI VA UNING SAMARADORLIGI»

QUDUQ TUBIGA KISLOTALI ISHLOV BERISH USULI VA UNING

SAMARADORLIGI

Shaxzod Farxodovich Jo'rabek To'ronovich Mirvohid Olimovich

Xudoyberdiyev Bozorov Sattorov

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti

ANNOTATSIYA

Quduqlarni ishlatish davri oshib borishi bilan turli sabablar tufayli neft beruvchanlik koeffitsiyenti kamayib boradi. Bu koeffitsiyentni oshirish uchun quduq tubiga ta'sir etish usullari qo'llaniladi. Maqolada quduq tubi hududiga kislota eritmasi orqali turlicha ta'sir mexanizmi asosida quduq neft beruvchanligini oshirish va uning samaradorligini aniqlash to'g'risida bayon qilingan.

Kalit so'zlar: neft, qovushqoqlik, zichlik, parafin, kislota, samaradorlik, agregat, tog' jinsi.

THE METHOD OF ACID TREATMENT OF THE BOTTOM OF THE WELL

AND ITS EFFECTIVENESS

Shakhzod Farkhodovich Jurabek Turonovich Mirvohid Olimovich

Khudoyberdiev Bozorov Sattorov

Bukhara Institute of Engineering and Technology

ABSTRACT

With the increase in the period of use of wells, due to various reasons, the coefficient of oil permeability decreases. To increase this coefficient, methods of influence on the bottom of the well are used. The article describes how to increase the oil permeability of the well and determine its effectiveness on the basis of a different mechanism of action of the acid solution on the bottom of the well.

Keywords: oil, viscosity, density, paraffin, acid, efficiency, aggregate, rock.

KIRISH

Neft beruvchanlikning qatlamdagi ko'rsatkichini oshirish muammosi juda murakkab bo'lib, unga turli omillarning ta'sirini puxta o'rganish va ularni alohida tahlil qilish taqozo qilinadi. Buning uchun geologik - kon ma'lumotlarini alohida tahlil qilish metodikasi joriy qilish va shuning natijasida ularni har tomonlama o'rganish taqozo qilinadi. Bu ish jarayonida tahlilning yangi majmuasini ijod qilish va nazoratning mukammal usullarini yaratish kerak. Undan tashqari nazorat qiluvchi asbob -uskunalarning yangi va aniqlaridan foydalanish lozim bo'ladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Yuqori neft beruvchanlik ko'rsatkichiga erishmoqlik qazib chiqarishning faqatgina oqilona nusxalari asosida ish yuritilgandagina erishmoq mumkin. Ushbu ishlarni qazib chiqarishning har bir davrida, jumladan qazib chiqarishning oxirgi davrida ham alohida e'tibor bilan olib borilishi lozim. Qazib chiqarishning oxirgi davri eng uzoq muddat davom etadigan bo'lganligi ham ahamiyatga molik. Bu davrda olinadigan neft miqdori ham, suyuqlik miqdori ham uning yuqori darajadagi suvlanganligi tufayli ko'p bo'lishi odatiy holatdir. Bu davrdagi qazib chiqarish jarayoniga qatlamdan jadallashgan holda suyuqlik chiqarish masalalariga afsuski aksariyat yetarli ahamiyat berilmay kelinadi, qazib chiqarish loyihalarida bu masala yetarli darajada to'liq hal qilinmay qoladi. Loyiha ishlab chiqarishxodimlarining usha davr texnikasi va texnologiyasiga yetarlicha e'tibor qaratishlari lozim.

Quduq tubiga ta'sir etishning kimyoviy usullari asosan kislotali ishlov berish bilan bog'liq. Bu usul xlorid kislotaning karbonat tog' jinslarini eritishiga asoslangan bo'lib, masalan, ohaktosh uchun quyidagi reaksiya bajariladi:

CaCO3 + 2HCl = CaC12 + H O + CO2

Reaksiya mahsulotlari suvda yaxshi eriydi va qatlamdan quduqqa olinib yer yuzasiga ko'taralishn mumkin.

Kislota ishlov berish jarayonida ham quduq devori bilan, ham g'ovakli kanallar bilan reaksiyaga kirishadi. Reaksiya natijasida g'ovakli muhit kengayishi va uning loyqa karbonat jinslardan tozalanishi tufayli quduq mahsuloti anchaga oshadi.

MUHOKAMA

Ishlov berishda kislota konsentratsiyasi va uning sarflanish miqdoriga alohida ahamiyat berish kerak.

Qatlam sharoitlariga ko'ra ishlov berishda odatda 8-15% HCl kislotasi qo'llaniladi. Shuningdek har bir metr qatlam qalinligi uchun 0,6-1,2 m eritma sarflanadi.

Kislotali eritmaga bir qator reagentlar ham qo'shiladi. Bu reagentlar umumiy tarzda «ingibitorlar», «stabilizatorlar» va «intensifikatorlar» deb ataladi.

Ingibitorlar kislotaning metall bilan reaksiyasi natijasida zanglashdan muhofaza qilish maqsadida ishlatiladi.

Reaksiya natijasida temir oksidi chiqindisi hosil qilinishining oldini olish maqsadida stabilizatorlar deb ataluvchi bir qator reagentlar qo'shiladi.

Kislota bilan tog' jinsi orasidagi reaksiya natijasida hosil bo'lgan mahsulotlarni quduqdan yer yuzasiga ko'tarishda ko'maklashuvchi reagentlar «intensifikatorlar» deb ataladi.

Umuman, quduqqa kislotali ishlov berishning quyidagi turlari mavjud:

1. kislotali vanna;

2. oddiy usulda kislotali ishlov berish;

| L».»,. __ „. |

3. katta bosim ta'sirida kislotali ishlov berish;

4. issiq kislotali ishlov berish;

5. gidromonitor uzatgichlar yordamida kislotali ishlov berish.

Kislota quduqda UA-320, ЦL-500, ЦA-720 agregatlari bilan haydaladi. Agregatlar 3 plunjerli porshen nasoslarn bilan ta'minlanadi.

Ishlov vaqtida quduq, ustidagi moslama va jihozlar germetik zich holda ta'minlanashi kerak.

Nasos kompressor quvuriga maxsus reaksion uzatgich ulanib unga magniy joylashtiriladi. Kislotani haydash jarayonida u avval magniy bilan reaksiyaga kirishib katta issiqlik (470 kilojoul) ajratadi va qatlamga issiq kislota bilan haydaladi.

2HC1 + Mg + H2O = MgCl2 + H2O + H2 + 470 kDJ

Termokimyoviy usul ayniqsa o'ta qovushqoq neft konlarini ishlatishda yaxshi samara beradi.

NATIJA

Quduq tubiga ta'sir etish usullarining samaradorligi quduqning texnologik va iqtisodiy ko'rsatkichlari orqali baholanadi.

Samaradorlikni aniqlash uchun quduqdagi olinadigan mahsulot miqdori to'g'risidagi ma'lumotdan foydalanib, bu quduqning ishlash grafigi chiziladi.

Bu grafikiing absissa o'qida vaqt va ordinata o'qida oy davomida o'rtacha sutkalik mahsulot miqdori belgilanadi. Ishlov berish natijasida quduqning samarali ishlash muddati va uning hisobiga qo'shimcha olingan neft miqdori Aq ga teng.

Iqtisodiy samara quyidagi tenglama orqali hisoblanadi:

S=q* T- X

bu yerda:

S - iqtisodiy samara; Aq - qo'shimcha olingan neft miqdori; T - 1 tonna neftning tannarxi; X - usulni bajarishga sarflangan xarajat.

Quduq tubiga har xil usul bilan yillar davomida bir necha marta ta'sir etish mumkin.

XULOSA

Tajriba shuni ko'rsatadiki, ishlov berish soni oshgani sari samaradorlik kamayib borar ekan. Shuni alohida qayd etmoq lozimki, kollektorlar karbonat jinslardan iborat bo'lgan hollarda quduq tubiga kislota eritmasi haydash, ya'ni quduq tubini kislota bilan ishlash juda yaxshi natija beradi. Fikrimizcha, kislota haydashni vaqti - vaqti bilan qaytarib turish ham foydadan holi bo'lmaydi, kislotaning ta'sir ko'lami va radiusi kengayib, o'sha joylardagi qoldiq mahsulotlarning quduq tubiga siqib kelishiga imkon tug'iladi. Bunday usullar mamlakatimiz konlarida o'zining amaliy ahamiyatini namoyon qilgan.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021

ISSN: 2181-1601

REFERENCES

1.B.SH. Akramov, N.N. Mahmudov. «Neft va gaz qazib olish texnikasi va texnologiyasi» fanidan o'quv qo'llanma. Toshkent. 2003 y.

2.И.Т. Мишенко. «Скваженная добыча нефти». Москва. Изд. «Нефт и газ» РГУ нефти и газа им. И.М. Губкина, 2003 г.

3. B.Sh. Akramov, O.G.Hayitov. «Neft va gaz quduqlarini ta'mirlash». Darslik. Toshkent. Ilim-ziyo, 2004 y.

4.Сойибов, С. А., & Сатторов, М. О. (2016). Подготовка продукции скважин на Бухара-Хивинском регионе в период падающей добычи. Наука, техника и образование, (2 (20)).

5. Сатторов, М. О. (2018). Влияние солей на использование нефти и нефтяного сырья. Научный аспект, 7(4), 860-862.

6.Нураддинов, Н. О. У., & Сатторов, М. О. (2017). Изучение физико-химических основ процесса предварительной подготовки нефти. Вопросы науки и образования, (11 (12)).

7.Ямалетдинова, А. А., Салиев, И. Р., & Дустов, Х. Б. (2021). ВЛИЯНИЕ СОДЕРЖАНИЕ ТЯЖЕЛЫХ УГЛЕВОДОРОДОВ НА ВЯЗКОСТЬ И ТЕКУЧЕСТЬ НЕФТИ В ПРОЦЕССЕ ДОБЫЧИ. Scientific progress, 1(6), 875-879.

8.Салиев, И. Р., Ямалетдинова, А. А., & Комилов, М. З. (2021). ВЛИЯНИЕ МЕХАНИЧЕСКИХ ПРИМЕСЕЙ НА ИЗНОС ГЛУБИННОГО НАСОСНОГО ОБОРУДОВАНИЯ. Science and Education, 2(2).

9. Сатторов, М. О. (2018). Влияние солей на использование нефти и нефтяного сырья. Научный аспект, 7(4), 860-862.

10. Сатторов М.О., Ямалетдинова А.А., Бокиева Ш.К. Улучшение текучести нефти с применением комбинационного способа понижения вязкости // Universum: технические науки : электрон. научн. журн. 2020. 11(80). URL: https: //7universum.com/ru/tech/archive/item/10976 DOI: 10.32743/UniTech.2020.80.11-4.17-21.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.