Научная статья на тему 'KOREYS VA O‘ZBEK QADIMGI XALQ OG‘ZAKI IJODIDA MUSHTARAKLIK'

KOREYS VA O‘ZBEK QADIMGI XALQ OG‘ZAKI IJODIDA MUSHTARAKLIK Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

256
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Folklor / Minyo / Qo„shiq / Yuxviyo / Ishikyo.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Umida Elmuratova, Zilola Eshonqulova

Maqolada Markaziy Osiyo respublikalari bilan Koreya respublikasi o„rtasidagi aloqalar tufayli mamlakat xalqlarining madaniyatiga o„z o„rniga ega bo„lgan “ Xalq og„zaki ijodi” o„zbek va koreys adabiyotlaridagi talqini mehnat qo„shiqlari mavsummarosim qo„shiqlari tarixiy qo„shiqlar lirik qo„shiqlar bolalar uchun yozilgan qo„shiqlar ko„ngilochar syujetli xalq qo„shiqlari qiyosiy o„rganilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KOREYS VA O‘ZBEK QADIMGI XALQ OG‘ZAKI IJODIDA MUSHTARAKLIK»

KOREYS VA O'ZBEK QADIMGI XALQ OG'ZAKI IJODIDA

MUSHTARAKLIK

Umida Elmuratova

Samarqand davlat chet tillar instituti o'qituvchisi

Zilola Eshonqulova

Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi

ANNOTATSIYA

Maqolada Markaziy Osiyo respublikalari bilan Koreya respublikasi o'rtasidagi aloqalar tufayli mamlakat xalqlarining madaniyatiga o'z o'rniga ega bo'lgan " Xalq og'zaki ijodi" o'zbek va koreys adabiyotlaridagi talqini mehnat qo'shiqlari mavsum-marosim qo'shiqlari tarixiy qo'shiqlar lirik qo'shiqlar bolalar uchun yozilgan qo'shiqlar ko'ngilochar syujetli xalq qo'shiqlari qiyosiy o'rganilgan.

Kalit so'zlar: Folklor, Minyo, Qo'shiq, Yuxviyo, Ishikyo.

Folklor (xalq og'zaki ijodi) barcha san'atning boshlanishi, sarchashmasi. Shu sababli boshqa ko'pgina san'atlar bilan uyg'unlikka ega, shuning bilan birga hech biriga o'xshamagan o'ziga xosligi bilan ajralib turuvchi san'at turidir. Shu jumladan,xalq qo'shiqlari ham musiqiy va og'zaki ijodning eng qadimiy shakllaridan biri hisoblanadi. Og'zaki ijodning boshqa janrlari singari, xalq qo'shiqlarida xalqning turmush tarzi, ijtimoiy, maishiy hayoti, qarashlari, e'tiqodi, his-tuyg'ulari,orzu-umidlari ifoda etiladi. U milliy o'ziga xoslikni yaratadi va xalqlarni birlashtirishga xizmat qiladi. Xalq qo'shiqlarida misra va misra shakllari ustun bo'lib, ko'pincha kompozitsiyasi bu ajratilgan ohang-xo'r yoki tiyilish bilan ajralib turadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Har bir xalq qo' shig'ining mazmuni jihatdan farq qiluvchi she'riy baytlari odatda bitta kuyga to'g'ri keladi,takrorlanish yo'li bilan ajralib turadi. Ko'pincha xalq qo'shiqlari to'rt misradan iborat bo'lib,tugal ruhiy holatni ifodalash xususiyatiga ega bo'ladi. Shuningdek, bir necha bandlardan iborat biror mavzuga bag'ishlangan qo'shiqlar ham bo'lishi mumkin. Xalq qo'shiqlari turli yo'nalishlarda ijro etiladi va bu janrlar xilma-xilligini yuzaga keltiradi. Vazifasiga ko'ra:

KIRISH

June, 2022

Mehnat qo'shiqlari Mavsum-marosim qo'shiqlari Tarixiy qo'shiqlar Lirik qo'shiqlar

Bolalar uchun yozilgan qo'shiqlar Ko'ngilochar syujetli xalq qo'shiqlari

Qo'shiq atamasi dastlab Mahmud Koshg'ariyning "Devonu lug'ot-it-turk" (1074) asarida qo'shug' shaklida uchraydi va she'r, qasida ma'nosini anglatadi. Qo'shiq haqida ma'lumot berilgan hamma adabiyotlarda u "qo'shmoq" fe'lidan hosil bo'lganligi aytiladi. Professor S.Mutallibov shu o'rinda "qo'shuq" haqida fikr yuritar ekan, "Qo'shuq so'zining asl ma'nosi bir so'zni boshqa so'zlarga qo'shilishi, ma'lum bir vazn talab qilgan miqdordagi so'zlar qo'shilmasi - tizmasi" deb yozadi. Demak, she'riy yo'lda yozilgan asarlarga nisbatan qo'shiq atamasining qo'llanishi shu ta'rifga mos tushadi. Quyidagi to'rtlikda shunday ma'no, ya'ni qo'shiq atamasi she'riy usulda bitilgan xabar mazmunini ifodalagan: Turkan qatun qutinga, Tegur mendin qo'shig'. Ayg'il sizning tabug'chi, O'tnur yangi tabug'

Koreys xalq qo'shiqlari,ya'ni atamasida esa min-xalq, Ä-tovush

ma'nosini anglatadi. Xalq qo'shiqlari tabiiy ravishda yaratilgani va kuylangani uchun "tovush", aniqroq qilib aytganda, "ohang" deb nomlangan. Ozbek va koreys xalq qo'shiqlari ham yaratilish uslubi, xususiyatlari jihatidan bir muncha yaqindir. Har ikkala xalqning qo'shiqlari og'izdan-og'izga o'tib kelgan. Mana shu takrorlanish davomida qo'shiqlarning bir necha namunalari -variantlari yuzaga kelgan. Xususiyatlari esa -xalq qo'shiqlarida odamlarning mehnat mashaqqatlari, mehnat qurollari va boshqalar qanday bo'lsa shunday aks ettirilgan. Bundan tashqari, xalqning turmush tarzi ham ko'rsatib berilgan. Ya'ni, g'am-qayg'u, dard, odamlarning adashishi, xatolari ifoda etiladi. Shu bilan birga xalq qo'shiqlariga odamlarning hissiyoti, hayajoni, qorishiladi va ideallikka intiladi, yangi dunyo haqida orzular qilinadi. Zolim jamiyatdan qochib, tinchlik, erkinlik, tenglik dunyosini kuylaydi. Xalq qo'shiqlarida - ruh, uyg'onish, jonlanish, va omon qolish uchun kuchli iroda, kelajakka nisbatan umidvorlik kayfiyati bor.

Ma'lumki, o'zbek-koreys xalqlari qishloq xo'jaligi bilan qadimdan shug'ullanib kelgan. O'zbeklar - dehqonchilik, chorvachilik,

hunarmandchilik; koreyslar - baliqchilik, sholikorlik, hattotlik,

June, 2022

bilan bir necha asrlardan buyon shug'ullanib kelganlar. Mehnat esa o'ziga yarasha tashvishdan, irodalilikni namoyish qilishdan, ba'zan insonning o'zini majburlashidan iborat bo'lgan. Ayniqsa, kun davomida doimiy ravishda bir xil zerikarli harakat odamni toliqtiradi, qilinayotgan ishni to'xtatmagan holda ovunish choralarini topishga majbur qiladi. Ana shunday damlarda eng samarali yechim-qo'shiq aytishdan iborat bo'lib, "qo'shiq" mexnat jarayonini uning tezlashtirib, xalqning kundalik hayot qiyinchiliklarni yengishga yordam bergan. Mehnat faoliyatiga qarab mehnat qo'shiqlari ham turli xil ko'rinishlarni o'zida aks etira olgan. Bunga misol qilib koreyslarning (Pxung Yo) "Shamol qo'shig'i" ni olishimiz mumkin: Kel, Kel, Kel! Kel, birga g'am chekaylik Xalq iztirobda

Kel, Nirvanani anglab, ruhlarimiz tin olsin.

Bu qo'shiqni mehnatkashlar Silla hukmronligi davrida kuylaganlar. Qirolicha Sondok hukmronligi davrda ruhoniy Yangdji ibodatxonasida Buddaga atab haykal qurayotgan edi. Qurilishga yordam berayotgan ayollar va erkaklar birgalikda shu qo'shiqni kuylashgan. Bu qo'shiq insonlarni kundalik hayot qiyinchiliklarni yengayotganlarini-jannatdagi hayotga ishonchini oshirgan. (diniy qarashlari bilan bog'liq)

Lirik qo'shiqlar-(yuxviyo) ham raqs uchun ham o'yin-kulgi uchun mo'ljallangan, Ular musiqiy asboblar jo'rligida kuylanib kelinadi. O'zbek xalq lirik qo'shiqlarida mehr-muhabbat, ishq tarannum etiladi: Beqasam to'nlar kiyib, Muncha meni kuydirasiz? ! Goh-gohida bir qarab, Voy, beajal o'ldirasiz?!

Koreys xalq lirik qo'shiqlarida ham tabiat va ishq - muhabbat mavzulari bir-biriga chambarchas holda ifoda etilgan. Ularda xalqning o'ziga xos etnografik xususiyatlari, ko'p qirrali an'anaviy tabiat obrazlari - tog', archa, kedr, bambuk, turna, xrizantema va shunga o'xshash narsalar, yilning turli fasllari - xazonrezgi kuz, muzaffar ilk bahor, kun qismlari - subhidam tong, tun kabilar. Bundan tashqari, harakatli o'yinlar paytida kuylaniladigan va raqsga tushish uchun mo'ljallangan qo'shiqlardir. Masalan, "Dondeomunni ochish" Siz qanday kiyimda yurasiz? Siz qanday poyabzal kiyasiz? Qaysi eshik Dongdeomunni ochadi?

June, 2022

Dongdeomun- qadimgi koreys darvozalaridan birining nomidir va ushbu qo'shiqda darvozani ochish uchun savol tarzidagi kuylangan qo'shiq. (bu qanday darvoza? Nimani anglatadi?)

Marosim qo'shiqlar (ishikyo) - xalq tomonidan turli marosimlar vaqtida ijro etiladigan qo'shiqlar. Umumxalq bayramlari bilan bir qatorda, oilaviy turli marosimlar ham maishiy hayotda muhim o'ringa ega bo'lgan. Odamlarning maishiy hayotidagi mavsum-marosim, har bir bayram, ma'lum davrdagi mavsumlar alohida-alohida bo'lib, aniq mavzuni ifodalovchi mazmunga ega bo'lgan. Ular ba'zan ommaviy tarzda ijro etishga mo'ljallangan bo'lishi bilan bir paytda, maxsus tayyorgarlik ko'rgan ijrochilar ijodini ham inkor etmaydi.

O'zbek marosim qo'shiqlarida ham xuddi shunday jihatlar ko'zga tashlanadi. Bunga misol qilib, to'ylarda kuylanadigan:"Yor-yor", "Kelin salom" hamda marosim qo'shiqlari hisoblanmish "Choymomo", "Sust xotin"larni namuna sifatida ko'rsatish mumkin. Bu qo'shiqlardan ayniqsa, "Yor-yor" badiiy jihatdan mukammalligi bilan ajralib turadi:

Tog'da toychoq kishnaydi,

Ot bo'ldim deb,yor-yor,

Uyda kelin yig'laydi

Yot bo'ldim deb,yor-yor

Yig'lama qiz yig'lama to'y seniki, yor-yor

Koreys marosim qo'shiqlariga urf-odat va diniy marosim qo'shiqlari kiradi: "Songjupuri" nomli qo'shiqda shu nomli rohibning shaharma-shahar aylanib, budda dinini yoyganligi haqida sharaf bilan kuylanadi. U Namdo qo'shiqchilari tomonidan kuylanilgan:

O'sha baland va past qabrlarda Ba'zi qahramonlar bor.

(Vonvangsenga) "Osmon jannatida qayta tug'ilishga umidni ifodalovchi qo'shiq"

Ey, Oymomo, g'arbga yo'nalib, Salomimni yetkaz Budda Amitaga: Odamlar bor samodagi jannatni sog'inib yashar, Jannatga tushish uchun duolar qilar Budda Amita insoniyatni qutqarish uchun Bergan 48 qasamiga sodiq qolurmi?

Bu qo'shiq buddaviy marosimlari paytida kuylangan bo'lib, Silla hukmdori Munmu (661-680) davriga oiddir.

June, 2022

Koreys xalq lirik qo'shiqlarining yana bir alohida ko'zga ko'ringan yo'nalishlaridan biri - ayollar qo'shiqlaridir. Ularda ayollarning jamiyatda ezilishi, tortgan azob-uqubatlari, oilaviy ajrim jarayonida chekkan iztiroblari tasvirlangan. Turmushga chiqqan ayolga nisbatan- tengsiz ziddiyatli munosabatlar, er-xotin o'rtasidagi nizolar, qaynona va kelin o'rtasidagi o'zaro kelishmovchiliklar aks etgan. Koreys ayollari o'zlarining g'am-anduhlarini shu qo'shiqlar orqali ifodalab, o'zlariga shu orqali tasalli berishga harakat qilgan. Bunday qo'shiqlar- komediya yoki fojiaviy xarakterga ega bo'lgan.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak bu ikkala xalqning folklor qo'shiqlari adabiyotining kelgusi rivojiga asosiy poydevar vazifasini o'tab kelmoqda. Bugungi kunda zamonaviy she'riyatda ham xalq qo'shiqlari, qadimgi xalq og'zaki ijod namunalarining, ruhiyati, mazmuni, ifoda uslublari sezilib turarli darajada milliy -mental konseptlar sifatida xalq ongiga singib ketganligini ko'rishimiz tabiiydir. Konfudziyning oz o'g'liga she'r yodlashni nasixat qilib aytgan so'zlari diqqatga sazovordir. Jumladan u o'z so'zida she'rni atrofdagi olam, i nson uning ruhiy xolati, ichki kechinmalarini tushunish, anglashning hayotbaxsh manbayi, deb takidlaydi.

3. ^Пш^Ш 183-199

4. £E|0f= 120-123

5. "Klassik koreys she'riyati antologiyasi" Saydazimova U, Choy So Yong, Xvan L, Shakirova N, Kim O, Kim Ye. "Istiqlol" 2013. 5-13b

6. "Xalq og'zaki poetik ijodi" akademik litsey va kasb-hunarlari uchun darslik. Madayev.O, Sobitova T. Toshkent-2010. 11-13b

7. Веселовский А.Н. Историческая поэтика 1940. С 59

8. Лотман Ю.И. Сотворение Карамзина-М 1987. С.225

9. www.wikipedia.org

XULOSA

REFERENCES

1. ^п^Цш^^ "Koreys xalq madaniyati entsiklopediyasi

2. 1998.

June, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.