Научная статья на тему 'KOREYS LINGVOKULTUROLOGIYASIDA «AYOL» KONSEPTINING ONALIK MAQOMI'

KOREYS LINGVOKULTUROLOGIYASIDA «AYOL» KONSEPTINING ONALIK MAQOMI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KOREYS LINGVOKULTUROLOGIYASIDA «AYOL» KONSEPTINING ONALIK MAQOMI»

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^^

KOREYS LINGVOKULTUROLOGIYASIDA «AYOL» KONSEPTINING

ONALIK MAQOMI

B. H. Hakimova

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti Tillar va maktabgacha talim fakulteti

o'qituvchisi, O'zbekiston

Har qanday til muhim funksiya, ya'ni, til sohibi bo'lgan xalqning madaniy tarixiy rivojida dunyoni aks etish qobiliyatiga ega. Har bir tilning ahamiyati nafaqat insonning dunyo va madaniyatini aks ettirishida, balki, uni avloddan-avlodga yetkazib berishida namoyon bo'ladi. Aynan shu hol insonning shaxs sifatida shakllanishida, milliy xarakter, etnik-umumiylik birlikni vujudga kelishida hal qiluvchi rol o'ynaydi. Til madaniyatning eng muhim tarkibiy qismi sifatida inson faoliyati turlaridan biri bo'lib, hayotning turli sohalarida inson tajribasining natijasini ko'rsatadi.

Turli xalqlarga mansub tilning farqi til jamiyati mentaliteti bilan shartlangan dunyo manzarasini o'ziga xos tarzda aks ettirishdan iborat.

Koreys madaniyati vakillarining tafakkurida ayolning tashqi fazilatlari eng avvalo ojizlik, itoatkorlik, go'zallik, nafosat va nazokat bilan bog'lanadi. Pak Vansoning hikoyalaridagi qahramonlarda bunday fazilatlar aks etmaydi.

«Koreys tilining izohli lug'ati» ma'lumotlari shuni ko'rsatadiki, «ayol» so'z-stimuliga asosiy reaksiyalar quyidagilardir: chiroyli; ona; yosh; xushro'y; aqlli; mehribon; xotin, sevikli, jozibali; ishchan, qiziqarli, qari, bolali; qiz, dono, jozibador, odam, nazokatli; jumboq, ona, to'ladan kelgan, go'zal, yoqimli, yoqimtoy va h.k[4].

Shunday qilib, «ayol» konseptida ayolning tashqi jozibadorligi, aqli va o'z yaqinlariga g'amxo'rligi bilan bog'liq nomlar ayniqsa yorqin kognitiv belgilar hisoblanadi. Ular mazkur konseptning o'zagini hosil qiladi va koreys millatining tafakkuri uchun ayniqsa muhim bo'lgan ayolga xos fazilatlardan dalolat beradi. Koreys kognitiv tafakkurida «ayol» konseptiga umuman olganda ijobiy urg'u beriladi, degan xulosa chiqarish mumkin.

Pak Vanso hikoyalarida «ayol» konseptining onalik maqomi:

Ayol - bu avvalo, Ona. Ayol-suyukli yor, mehribon dardkash, g'amxo'r sirdosh. Ona ilohiy hisoblangan bebaho buyuk zotdir. Bu so'z naqadar jarangli. Onaning oilada, jamiyatda o'rni beqiyosdir. Ayolning ona bo'lishi zimmasiga ulkan mas'uliyat yuklanadi, shu bilan birga uning martabasi ham yuksaladi. Onalik darajasi oliy maqom hisoblanadi.

«Janglarda nobud bo'lgan anemon gullari» hikoyasi Koreya urushida sodir bo'lgan voqealarni tasvirlaydigan ikki alohida-alohida hikoyalardan iborat. Bosh qahramonni odamlardan aziyat chekib tuyg'ularini yo'qotmagan va o'zgalarni qutqarish uchun o'zini qurbon qilishga tayyor qari onaning boshdan kechirganlari yoritib beriladi.

May 3, 2024

455

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы

^oshkennqisodiyot^a^ed2g2§ika¿iiiie

Asarning ikki qahramoni urush yillarida industriallashtish davri faol «harakatlari»ga qarama-qarshi qo'yiladi. Pak Vanso o'zining hikoyalarida insonlar orasidagi uyg'unlikni buzilishiga olib keluvchi ma'naviy qadr-qimmatni moddiylik bilan almashtirib qo'yish xavf-xatarlaridan kitobxonni ogohlantirayotgandek bo' ladi.

Ona bo'lish ayollar tabiatiga xos bo'lib, har bir ayolning eng katta orzusi hisoblanadi. Yuqoridagi hikoyada ona tushunchasini ko'rib chiqamiz Onalik baxtiga erishgan ayol - eng baxtli inson hisoblanadi.

Pak Vansoning ushbu jumlalari orqali farzandli ayol naqadar aziz va mo'tabar, mevali daraxt ham o'z mevalari ila buyuk va ulkan hamda azim deb e'zozlaganligi ma'lum. Bu hikoyadan keltirilgan parchada «ayol» konsepti ona timsolida juda keng qamrovli, ma'nolari chuqur bo'lgani holda insonni mulohaza qilib, fikr yuritishga chorlaydi.

Haqiqatda ham ona farzandi bilan aziz hisoblanadi. Daraxt mevasi, mazasi, ta'mi bilan bo'lsa, ona esa farzandining odob-axloqi bilan obro'-e'tiborga loyiq bo'ladi.

Farzandlarni tarbiyalash ularni voyaga yetkazishda onaning tutgan o'rni beqiyos ekanligini inkor etib bo'lmaydi. Bunda onaning yetukligi, aqli, odobi, mehnatsevarligi, insonparvarligi, samimiyligi kabi sifatlariga e'tibor berilgan. Shu maqsadda quyidagi ta'sirli asardan parchani kuzatamiz: Ona bir jannat ifori. Bu ifor uyning hayotini o'z maromiga keltirib, uni muvozanatini tutib turadigan ham onadir. Ona o' z qornida murg'ak ko'tarib yuradi, uni dunyoga keltiradi, shu ondan siz onani kimligini bilasiz.

Haqiqatda ham ona farzandi bilan aziz hisoblanadi. Daraxt mevasi, mazasi, ta'mi bilan bo'lsa, ona esa farzandining odob-axloqi bilan obro'-e'tiborga loyiq bo'ladi.

Oila baxti ayol qalbini saodatga olib boradi va yuksaklikka olib chiqadi - bu mazmunni yozuvchi to'g'ridan-to'g'ri aytib o'tirmaydi. Ramzlar va o'zaro muhabbat bilan ochib beradi. Misol uchun, Erim yana meni aql-idrok dunyosiga olib kiradi.

Koreys xikoyalarida ona sevgisi osmon qanchalik keng bo'lsa u ham shu qadar cheksizligiga ishora qilinadi. Farzandni o'stirishda onadan mehr-shavqat, otadan chidamlilik saboqlarini oladi. Ushbu parchada ko'rinib turibdiki, ota va onaning o'rnini hech narsa to'ldira olmasligi, ularni hayotlik cho g'ida asrab-avaylash, ularni roziligini tutilmoqda. Quyosh kunduz uchun qanchalik kerak bo'lsa, oy kecha uchun shunchalik muhimdir. Shunday Oy va Quyosh kabi hayotda qadrli bo'lgan ota va onani bir - biridan kam ko'rmaslik lozimligini adiba o'z hikoyalarida yoritib bermoqchi bo'ladi.

Koreys madaniyatining o'ziga xos jihatlaridan yana biri koreys ota va onalari farzandlarining kamol topishi, voyaga yetishi, yetuk inson bo'lishi, hayotni to'la anglab yetishlari darajasida tarbiya beradi. Uyadagi qush poloponlarini qanoti ostida parvarishlab, tumshug'ida oziqlantirib voyaga yetkazganidan so'ng ularni uchishga -parvozga o'rgatadi. Ota-onalarning tarbiyasi ham xuddi qushning poloponini parvozga o'rgatishi misol «temir qanot» bo'lib farzandlarni qanoti ostiga olib kamolga yetkazadi. Yuqoridagi kelirilgan parchada ota-onalar farzand tarbiyasida bir tanu bir jon

May 3, 2024

456

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ToshkenUqisodiyo^^

ekanliklariga ishora qilingan. Pak Vanso asarlarida bilakda kuch, yurakda shijoat ila «tarbiya» deb atalmish hayotiy saboq darsi farzandlarning vujudiga, ongiga singdirib boriladi. Ota-ona bir-birlarini to'la anglab yetgan holda ota fikr yuritish, ona esa tushuntirish kuchiga ega bo'lib, ular bir-birini to'ldirib, farzandlarni kamolotga yetkazadi. Farzand uchun ota-onaning jamiyatda tutgan o'rni turli o'xshatishlar bilan ifoda etilgan. Bolalarning ruhiy holatiga ota-qo'rg'on darajada yuksak quriladi. Ota ham o'z tajribasi bilan bolani oldindan turli xavf-xatarni ko'ra olishi va undan himoya qila olishiga ishora etilgan. Pak Vanso asarlarida ona farzandi uchun o'zini fido qila oladigan darajada fidoiydir. Bu fidoiylik quyidagi parchada o'z aksini topgandir.

Xulosa qilib aytganda, koreys xalqining oilasida ayollarning o'rni va ahamiyati qanchalik muhimligini so'zlamoqchi bo'lgan. Jamiyatning har qanday og'ir sitamlariga qaramay ayollar oilani farovonligi va baxt-saodati uchun jonidan kechishga tayyor. Pak Vanso ayol va oila mavzusidagi hikoyalari zamirida yashiringan teran ma'noni chuqur anglab yetib, o'z hayoti davomida unga amal qilib yashasa, koreys ayollarining turmushi yanada chiroyli va obod, mustahkam va bardavom bo'lishi shubhasiz deb o'ylagan.

«ayol» konseptida ayolning tashqi jozibadorligi, aqli va o'z yaqinlariga g'amxo'rligi bilan bog'liq nomlar ayniqsa yorqin kognitiv belgilar hisoblanadi. Ular mazkur konseptning o'zagini hosil qiladi va koreys millatining tafakkuri uchun ayniqsa muhim bo'lgan ayolga xos fazilatlardan dalolat beradi. Koreys kognitiv tafakkurida «ayol» konseptiga umuman olganda ijobiy urg'u beriladi, degan xulosa chiqarish mumkin

Bir so'z bilan shuni aytish mumkinki, Ayol jamiyatning faol a'zosi, suyukli yor, farzandlari tarbiyasida zahmatkash va oqila, ro'zg'or yumushlarini bajarishda chaqqon va uddaburon, mohir, saromjon-sarishta beka, har qanday sharoitda ham oilasini gullab-yashnatishga, oilasini tinch-totuv bo'lishiga o'zini fido qiluvchi zotdir. References / Adabiyotlar

1. Ким. В.Н., Сайдазимова У.Т., Шакирова Н.Б. Корейс адабиётидан хрестоматия. - Тошкент

2. Сайдазимова У.Т. Чой Со Ёнг ва бош. Корейс адабиёти. - Тошкент, 2015. - 221

3. Сайдазимова У ва бош. Замонавий корейс насри антологияси. - Тошкент: Истицлол, 2014. - 520 б.

4. 0|7|£. АН^ад^. - 1998; ^А^. - ^^#^^.1990

5. г^СМЯ. Я|1.2^. S^SHK, 1976^

6. www.hompi.sosang.ac.kr

7. www.arirang.ru

457

https://tipi.uz/

^_May 3, 2024

International Scientific and Practical Conference

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.