Volume 4 | NUU Conference 3 | 2023 Sifatli ta'lim — O'zbekiston
KONSULTATSIYA JARAYONIDA PSIXOLOG MUTAXASSISLIGIGA QO'YILADIGAN KOMPETENSIYAVIY TALABLAR
Shohsanam Nabijon qizi Nigmatova
O'zMU pedagogika va umumiy psixologiya kafedrasi katta o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
O'sib kelayotgan yosh, bunyodkor avlod kelajagini har tomonlama takomillashgan va ijtimoiy taraqqiyot talablariga to'la-to'kis javob bera oluvchi ta'lim tizimining muvaffaqiyatli tatbiqisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Ta'limning muvaffaqiyati esa tashkil etilgan o'quv faoliyatining har bir o'quvchi shaxsiga, uning ijtimoiy taraqqiyotiga qo'shgan hissasi bilan belgilanadi.
Kalit so'zlar: faoliyat, psixologik konsultatsiya, kompetensiya, o'zini-o'zi anglsh, psixologik xizmat
АННОТАЦИЯ
Будущее подрастающего молодого, творческого поколения невозможно представить без успешной реализации системы образования, всесторонне совершенствуемой и полностью отвечающей требованиям общественного развития. Успех образования определяется вкладом организованной учебной деятельности в личность каждого учащегося и его социальное развитие.
Ключевые слова: деятельность, психологическое консультирование, компетентность, самопознание, психологическая служба
ABSTRACT
The future of the growing young, creative generation cannot be imagined without the successful implementation of an educational system that is fully improved and fully meets the requirements of social development. The success of education is determined by the contribution of the organized educational activities to the personality of each student and his social development.
Keywords: activity, psychological consultation, competence, self-knowledge, psychological service
O'sib kelayotgan yosh, bunyodkor avlod kelajagini har tomonlama takomillashgan va ijtimoiy taraqqiyot talablariga to'la-to'kis javob bera oluvchi ta'lim tizimining muvaffaqiyatli
May 6, 2023
278
Volume 4 | NUU Conference 3 | 2023 Sifatli ta'lim — O'zbekiston taraqqiyotining poydevori
tatbiqisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Ta'limning muvaffaqiyati esa tashkil etilgan o'quv faoliyatining har bir o'quvchi shaxsiga, uning ijtimoiy taraqqiyotiga qo'shgan hissasi bilan belgilanadi. Bu mas'uliyatli vazifani, ayniqsa, bugungi kunda psixologik xizmatsiz amalga oshirish qiyin. Qolaversa, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashda, o'quv topshiriqlarini takomillashtirishda, o'quvchilarni u yoki bu kasbga yo'naltirishdagi o'ziga xos individual psixologik xususiyatlarini va qiziqishlarini aniqlashda, ularning o'z-o'zini anglashlarida, o'quv jarayoni, o'quvchilar jamoasi, o'quvchi-o'qituvchi faoliyati bilan bog'liq barcha muammolarni bartaraf etish yo'llarini izlashdagi psixolog olimlarning bugungi yutuqlari haqida etarli dalillar mavjud. Masalan, I.V.Dubrovina tadqiqotlarida psixologik xizmatni tashkil etishdagi nazariy va amaliy jihatlarning asoslanishi, L.I.Bojovichning o'quvchi shaxsi va uning maktab yoshidagi shakllanish bosqichlarini psixologik tasniflovchi empirik ma'lumotlari, A.G.Asmolovning o'quvchi faoliyati va ustanovka uyg'unligini izohlab beruvchi tadqiqotlari, D.I.Feldshteynning ontogenezda rivojlanuvchi shaxs ijtimoiy taraqqiyotining psixologik qonuniyatlarini ochib berishga qaratilgan qator ilmiy-tadqiqiy ko'rsatmalari, E.A.Klimovning o'quvchini kasbga yo'naltirishdagi individual uslubni o'zida mujassamlashtirgan psixologik ishlanmalari, V.S.Merlinning o'quvchi shaxsidagi individual va sotsial tipik xususiyatlar psixologiyasini izohlab berishga qaratilgan asarlari, E.G'.G'ozievning ta'lim muassasalaridagi psixologik xizmat vazifalarini qayd etishga bag'ishlangan ko'rsatmalari, M.G.Davletshinning O'zbekistondagi psixologik xizmatning bugungi holati va vazifalarini talqin qilishga qaratilgan ilmiy-amaliy fikr-mulohazalari, G'.B.SHoumarovning Xalq ta'limi tizimida psixologik xizmatning joriy etilishi bilan bog'liq yangiliklar, muammolar va echimlarga bag'ishlangan nazariy-ilmiy va ijtimoiy-amaliy ahamiyatga molik fikrmulohazalari, Sh.R.Barotovning ta'limda psixologik xizmat amaliyotiga bag'ishlangan ilmiy tadqiqot natijalari, B.R.Qodirovning O'zbekistondagi iqtidorli va iste'dodli bolalarni tanlash va tarbiyalashga qaratilgan qator nazariyilmiy va amaliy-uslubiy asarlari shular jumlasidandir. Ayniqsa, bugungi kunda o'zbekistonlik psixologlar guruhi tomonidan "O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimida psixologik xizmat, xalq ta'limi tizimida ishlaydigan psixologlarning malakasini oshirish va ularning attestatsiyasi haqidagi Nizom"ning ishlab chiqilishi va uni Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlanishi O'zbekistondagi psixologik xizmat tizimining rasmiy tarzda "jonlanishi" va taraqqiy etib borishi uchun muhim ijtimoiy
ahamiyat kasb etadi. Tabiiyki, ushbu "Nizom" ta'lim muassasalarida tatbiq etilajak psixologik xizmat tizimining asl
May 6, 20231 ©
Volume 4 | NUU Conference 3 | 2023 Sifatli ta'lim — O'zbekiston taraqqiyotining poydevori
maqsadi, mazmuni, mohiyati, ahamiyati, vazifalari va asosiy yo'nalishlari haqida yetarlicha tasavvur hosil qilish va shu tasavvur asosida muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsatish uchun o'ziga xos qo'llanma va yo'llanma bo'lib xizmat qiladi. Xuddi ana shu "yo'llanma" asosida bugungi kunda Respublikamiz miqyosida talaygina ta'lim muassasalarida psixologik xizmat tizimi tashkil etilgan. Darhaqiqat, Respublika xalq ta'limi tizimida psixologik xizmatning joriy etilishi, dastavval, o'quvchi shaxsini har tomonlama tushunib tahlil qilish va rivojlantirish borasida o'ziga xos yuksak ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Zero, hamma rivojlangan davlatlarda va hamma zamonlarda ham inson omilidan unumli foydalanish muammosi eng dolzarb muammo hisoblangan. Ushbu muammoni bartaraf etish esa eng birinchi navbatda o'quvchilar jamoasiga mazmuniga, mohiyatiga va saviyasiga ko'p jihatdan bog'liqdir. Umumta'lim psixollogik xizmat «Nizomi»ga kiritilgan barcha vazifalarni ma'lum ma'noda shakllantirishga qaratilgan vazifalar sifatida talqin qilish mumkin. Chunki, psixologik xizmat jarayonida har bir o'quvchini o'zini o'zi anglashga, o'zidan o'zi unumli foydalanishga, o'z individual rivojlantirishga, faoliyat jarayonida sodir etilishi mumkin bo'lgan tadbirlar ko'lami muntazam ravishda amalga oshirilib boriladi. Bularning barchasi esa ayni paytda qaratilgan uslubiy vositalar sifatida xarakterlanadi. Shunga muvofiq, bugungi kunda maktab amaliyotchi psixologlari o'quvchi har bir o'quvchini o'zini o'zi anglashga, o'zidan o'zi unumli foydalanishga, o'z faoliyatidagi shakllantirishga qaratilgan vazifalar sifatida talqin qilish mumkin. Chunki, psixologik xizmat jarayonida
1. Har bir sinfdagi ijtimoiy-psixologik muhitning har bir o'quvchi shaxsiga ijobiy ta'sirini tarkib toptirish.
2. Har bir o'quvchining o'quv faoliyatiga nisbatan o'z-o'ziga adekvat baho bera olishini ta'minlash.
3. Har bir o'quvchining o'z-o'zini bilishi, anglash, idora qilish va o'z-o'zidan ijtimoiy ma'noda muvaffaqiyatli qoniqish hosil qilishi uchun shart-sharoitlarni hozirlash.
4. Har qanday o'quv faoliyati talablarini bajarish jarayonida o'quvchining me'yoriy-hissiy holat chegarasidan chiqib ketmasligi uchun barcha tadbirlarni qo'llash.
5. O'quvchining faoliyat talablariga va aksincha, faoliyat talablarining o'quvchi shaxsiga moslasha olishlarini ta'minlash.
6.O'quvchi-o'quvchi, o'quvchi-o'qituvchi, o'quvchi-jamoa o'rtasidagi hamkorlik faoliyati uchun muhim muvaffaqiyatli munosabatlar o'rnatila borilishini muntazam nazorat ostiga olish.
May 6, 2023
p
Volume 4 | NUU Conference 3 | 2023 Sifatli ta'lim — O'zbekiston taraqqiyotining poydevori
7 O'quv faoliyati talablarini muvaffaqiyatli bajarilishini ta'minlashga xizmat qiluvchi o'quvchi shaxsi faolligi bilan bog'liq individual uslub imkoniyatlarini o'rganish va qaror toptira borish.
8. Har bir o'quvchini maktabga qabul qilishda u yoki bu fan bo'yicha chuqur o'zlashtiruvchi sinflarga jalb etish orqali kasb tanlashga yo'llashda tegishli ilmiy amaliy tavsiyalar berib borish.
9. K.Platonovning "Shaxs strukturasi" usuli asosida va unga Sh.Baratov tomonidan ayrim o'zgartirishlar kiritilgan holda qayta ishlab chiqilgan "Shaxs kartasi" ustida ish olib borish (har bir o'quvchi bilan, albatta).
10. E.A.Klimovning kasblarni tanlashga oid ishlab chiqqan metodikasining Sh.Baratov tomonidan o'zbek tiliga moslashtirilgan variantini qo'llash asosida har bir o'quvchi uchun tegishli tavsiyalarni ishlab chiqish.
11. E.G'.G'oziev tomonidan tavsiya etilgan "Ta'lim muassasalari psixologining vazifalari" asosida ilmiy-amaliy ish faoliyatini rejalashtirish.
12.Umumiy psixologik xizmat Nizomi asosida psixoprofilaktik, psixodiagnostik va psixokorreksion ishlarni tizimli ravishda amalga oshirish. Maktab amaliyotchi psixologlari faoliyati muayyan talab asosida ishlab chiqilgan tegishli yo'l-yo'riqlar, ko'rsatmalar va ilmiy-amaliy tavsiyalar asosida tashkil etiladi.
Mazkur yo'nalishlarning har biri haqida qisqacha izoh berish mumkin:
• bilim, tushuncha va tassavurga ega bo'lish;
• o'quvchi shaxsiga psixologik yondashuv uchun samarali foyda bera oluvchi psixologik usullar, tamoyillar va metodikalarni ajrata olish;
• umumiy psixologiya, yosh va pedagogik psixologiya, tibbiy psixologiya fanlari bo'yicha tegishli bilimlarni o'zlashtirish;
• O'zbekistondagi psixologik xizmat konsepsiyasi haqida axborotga ega bo'lish;
• o'z-o'zini ilmiy-nazariy jihatdan takomillashtirish bilan bog'liq kunlik, haftalik, oylik va yillik ish rejalarini tuzish va bajarish.
Ilmiy-tashkiliy faoliyat yo'nalishlari quyidagi vazifalarni bajarishni o'z ichiga oladi: har kunlik, haftalik, oylik va yillik taqvimiy ish rejasi tuzish, uni hududiy psixologik xizmat markazi tomonidan tasdiqlatish; psixologik xizmat xonasini kerakli jihozlar, ko'rgazmalar va boshqa barcha materiallar bilan to'ldirish; Maktabdagi har bir o'quvchi uchun "Shaxs psixologik kartasi"ni tuzish va shu ma'lumotlar (ko'rsatkichlar) asosida tegishli psixologik tadbirlarni belgilash; ota-onalar, sinf rahbarlari, fan o'qituvchilrivamaktabrahbarlari bilan bajariladigan ishlar rejasini tuzish; har bir sinfdagi o'quvchilar guruhi, alohida
referent, rasmiy va norasmiy guruhlar, liderlar va ayrim "ajralib
May 6, 2023
P
Volume 4 | NUU Conference 3 | 2023 Sifatli ta'lim — O'zbekiston taraqqivotining povdevori
qolgan" o'quvchilar bilan individual ish olib boorish rejasini tuzish; o'quvchilarni maktabga qabul qilish va kasbga yo'llash bilan bog'liq psixologik ishlar ko'lamini belgilash; Ilmiy-tadqiqiy yo'nalishlari bo'yicha quyidagi vazifalarning bajarilishi nazorat qilinadi: maktab amaliyoti uchun zarur psixologik usullarni qo'llash va olingan ma'lumotlarni qayta ishlash asosida tegishli ilmiy xulosalar chiqara olish;-psixologik qonuniyatlarni bilish va shu asosda namoyon bo'luvchi yosh xususiyatlari, individual xususiyatlar va o'quv motivlariga xos jihatlarni muntazam o'rganib borish, tadqiq qilish, fikr-mulohazalar yuritish; - o'quvchi faolligiga, o'z-o'zini anglash va rivojlantirish orqali o'z-o'zini himoya qilishga nisbatan ijobiy yoki salbiy ta'sir etuvchi omillarni obdon o'rganish, tadqiq qilish va tadbirlarni belgilash; - o'quv faoliyati samaradorligini aniqlashga ta'sir etuvchi psixologik omillarni aniqlash va tadqiq qilish ahamiyatlidir.
REFERENCES:
1. Абдуллаева, Г. А., & Аллаярова, С. Н. (2021). ТАРБИЯ ЖАРАЁНИ СИФАТИНИ КВАЛИМЕТРИК МОНИТОРИНГ ^ИЛИШ: МУАММО ВА ЕЧИМЛАР. Современное образование (Узбекистан), (12 (109)), 63-70.
2. G. A. Abdullayeva (2021). O'QUVCHILARNING MA'NAVIY-AXLOQIY TARBIYASINI BAHOLASHNING AYRIM MASALALARI. Academic research in educational sciences, 2 (NUU Conference 1), 300-305.
3. Isyanova, A., & Usmanova, S. (2015, May). Structural Components of Creative Potential of University Pedagogical Personnel. In SOCIETY. INTEGRATION. EDUCATION. Proceedings of the International Scientific Conference (Vol. 1, pp. 176-185).
4. Сагатова, Ш. Ф. (2021). ЭМОЦИОНАЛ ИНТЕЛЛЕКТ РИВОЖЛАНИШИНИНГ ШАРТ-ШАРОИТЛАРИ. Academic research in educational sciences, 2(NUU Conference 1), 124-127.
5. Усманова, Ш. Д. (2019). Шахс ижтимоии фаоллиги ривожланишининг психологик механизми. Современное образование (Узбекистан), (3 (76)), 27-31.
6. Шоира Джумабековна Усманова (2023). ЁШЛАРДА ИЖТИМОИЙ ФАОЛЛИК ВА ИНТЕЛЛЕКТ ДИНАМИКАСИ: МУАММО ВА ЕЧИМЛАР. Academic research in educational sciences, 5 (NUU Conference 2), 781-786.
May 6, 2023