Научная статья на тему 'KO‘ZI OJIZ VA ZAIF KO‘RUVCHI SHAXSLARNING TA’LIM TIZIMI'

KO‘ZI OJIZ VA ZAIF KO‘RUVCHI SHAXSLARNING TA’LIM TIZIMI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
228
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
korreksiya defektologiya / surdopedagogika / oligafernopedagogika / tiplopedagogika / maxsus maktab / Nurli maskan / Brayl yozuvi / pribor / grifel / correctional defectology / deaf pedagogy / oligafernopedagogy / type pedagogy / special school / Nurli maskan / Braille writing / accessories / pencil.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Ismoilova U.A.

Ushbu maqolada ko‘zi ojiz shaxslarning ta‘lim tizimi va Brayl alifbosi va unda o‘qish, yozish strukturasi haqida ma’lumotlar bayon etilgan. Ixtisoslashtirilgan Nurli maskan maktab-internatlari darsliklari bilan ham qisqacha tanishishingiz mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EDUCATIONAL SYSTEM OF BLIND AND VISUALLY IMPAIRED PERSONS

This article describes information about the education system of the blind and the Braille alphabet and the structure of reading and writing in it. You can also briefly familiarize yourself with the textbooks of specialized Nurli maskan boarding schools.

Текст научной работы на тему «KO‘ZI OJIZ VA ZAIF KO‘RUVCHI SHAXSLARNING TA’LIM TIZIMI»

Ismoilova U.A.

Urganch davlat Universiteti Pedagogika fakulteti "Boshlang'ich ta'limyo'nalishi" talabasi

KO'ZI OJIZ VA ZAIF KO'RUVCHI SHAXSLARNING TA'LIM TIZIMI

Annotatsiya. Ushbu maqolada ko'zi ojiz shaxslarning ta'lim tizimi va Brayl alifbosi va unda o'qish, yozish strukturasi haqida ma'lumotlar bayon etilgan. Ixtisoslashtirilgan Nurli maskan maktab-internatlari darsliklari bilan ham qisqacha tanishishingiz mumkin.

Kalit so'zlar: korreksiya defektologiya, surdopedagogika, oligafernopedagogika, tiplopedagogika, maxsus maktab, Nurli maskan, Brayl yozuvi, pribor, grifel.

Ismailova U.A. student "Primary Education" Faculty of Pedagogy Urganch State University

EDUCATIONAL SYSTEM OF BLIND AND VISUALLY IMPAIRED

PERSONS

Abstract. This article describes information about the education system of the blind and the Braille alphabet and the structure of reading and writing in it. You can also briefly familiarize yourself with the textbooks of specialized Nurli maskan boarding schools.

Keywords: correctional defectology, deaf pedagogy, oligafernopedagogy, type pedagogy, special school, Nurli maskan, Braille writing, accessories, pencil.

Biz barpo etayotgan yangi, erkin va demokratik davlatda jamiyatning har bir a'zosi bilim olish, zamonaviy kasb-hunarlami egallash, o'z iste'dod va qubilyatlarini ro'yobga chiqarish, mehnat bilan band bo'lish uchun zarur imkoniyatlarga ega bo'lishi shart. Jamiyatimizning eng ehtiyojmand qatlamlaridan biri bo'lgan nogironlar bilan bog'liq faoliyatimizni tanqidiy qayta ko'rib chiqar ekanmiz, bu insonlar ham mamlakatimiz fuqorolari, bizning yurtdoshlarimiz ekanini, binobarin, hech qachon o'zlarini yolg'iz his etmasliklari, ijtimoiy va iqtisodiy hayotimizda faol ishtirok etishlari uchun bundan buyon ham barcha kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz. Bir so'z bilan aytganda, O'zbekistonda hech kim mehr va e'tibordan chetda qolmaydi.

O 'zbekiston Respublikasi Prezidenti: Sh.M.Mirziyayev

Kirish:

Korreksiya - (yunoncha "correction" - tuzatish) - pedagogik uslub va tadbirlardan iborat maxsus ta'lim tizimi yordamida psixik va jismoniy rivojlanishidagi kamchiliklarini qisman yoki to'liq tuzatish ishlari tushuniladi.

Maxsus ta'lim tizimi deganda jismoniy va ruhiy kamchiliklarga ega bo'lgan bolalarga (ko'zi ojiz, kar-soqov, aqli zaif, tayanch harakatli apparatida nuqsoni bo'lgan) aniq maqsadni ko'zlab "Korreksiya", "Kompensatsiya", "Reabilitatsiya" ishlarini amalga oshiradigan maxsus ta'lim muassasalari: ko'zi ojiz bolalar uchun, eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalar uchun, aqli zaif bolalar uchun maktab-internatlari tushuniladi.

Maxsus ta'lim pedagogikasi uch bo'limdan iborat bo'lib

Birinchi bo'lim:

Oligofrenopedagogika deb nomlanib, mazkur bo'limda aqli zaif bolalarga maxsus maktabda ta'lim-tarbiya berish.

Ikkinchi bo'lim:

Surdopedagogika - kar va zaif eshituvchi bolalarga maxsus maktabdata'lim-tarbiya berish.

Uchinchi bo'lim:

Tiplopedagogika - ko'r va zaif ko'ruvchi bolalar maktabda o'qitish jarayonlarining xususiyatlari, ko'r va zaif ko'ruvchi bolalar maktabida ta'limni tashkil etish shakllari va metodlari va bu bolalarni tarbiyalash jarayonida maktab va oila hamkorligi, tiflotexnika kabi masalalar yotadi. Bu maqolada biz asosan Tiplopedagogika haqida gaplashamiz.

Tiplopedagogika - yunoncha typhlos so'zidan olingan bo'lib ko'r va zaif ko'ruvchilar pedagogikasi degan ma'noni bildiradi. Maxsus maktab hamda maktabgacha muassasalar tuzilmasini, ularning ta'lim tarbiyasining tashkiliy qismlarini ishlab chiqadi. Tiplopedagogikaning eng muhim vazifasi bolalarda saqlanib qolgan ko'rish imkoniyatlaridan o'qish jarayonida to'g'ri foydalanish va uni rivojlantirish, ko'rish imkoniyatlarini saqlash uchun sharoit vujudga keltirish, ta'limning texnika vositalarini qo'llashdan iborat. Ko'rishga aloqador nuqsonlar kelib chiqish sabablariga ko'ra tug'ma va orttirilgan bo'ladi. Ko'rishda nuqsoni bo'lgan bolalar ko'ruv o 'tkirligiga ko'ra 2 turga bo'linadi.

1.Total ko 'zi ojizlar (mutloqo ko 'rmaydiganlar) - ko'rish o'tkirligi 0.

2.Zaif ko 'ruvchilar - ko'rish o'tkirligi 0,05 gacha.

Zaif ko'ruvchilar ko'rish o'tkirligiga ko'ra quyidagi guruhlarga bo'linadi.

1.Ko'ruv o'tkirligi 0,05 dan 0,1 gacha.

2. Ko'ruv o'tkirligi 0,1dan 0,2 gacha

3. Ko'ruv o'tkirligi 0,2dan yuqori 0,4 gacha

Ushbu guruhdagi bolalar tevarak-atrofni tasavvur orqali his etadilar va ular o'qish yozishda Brayl alifbosidan foydalanadilar. Umumta'lim maktablarida alifbega tayyorlov davrida O'quvchilar ilmoqcha, bayroqcha, tayoqchalarni yozishni o'rganishsa "Nurli maskan" o'quvchilari 6 nuqtani o'rganishadi.

Brayl alifbosi

Brayl alifbosi 1829-yil fransiyalik tiplopedagog Lui Brayl tomonidan yaratilgan. Brayl 1924-yil ya'ni 15 yoshida dastlabki ekspriment ishlarini boshlagan. Bu kichik tizim ikkita vertikal qatordan iborat bo 'lgan 1,2,3 nuqtalar o 'ng tomonda 4,5,6 nuqtalar chap tomonda joylashtirilgan bo'lib, musiqa notalari, matematik sonlarni ham o'z ichiga oladi.

O'qish jarayonida14 о

25 о о

36 о о

Yozish j arayonida 41 о

52

63

Aslida o'qish va yozishda nuqtalar bir xil raqamlarga ega, ammo o'qishda chapdan o'ngga o'qiladi. Yozuvda o'ngdan chapga yoziladi. Buning sababi yozuvda maxsus qog'oz pribor ichiga qo'yib grifel (bigizsimon qalam) bilan xuddi arab alifbosida o'ngdan chapga yozilganidek Brayl yozuvi ham shu tartibda yoziladi. Yozilgan yozuv o'qish uchun pribor ichidan maxsus qog'oz olinadi bigizsimon qalam bilan yozilgani uchun qog'ozda teshikchalar bo'ladi. Qog'oz orqa tomoniga o'giriladi bunda bo'rtma harflar bo'ladi va uni ko'zi ojiz inson barmoqlari bilan paypaslash orqali o'qiydi. Qog'oz orqa tarafiga o'girilganligani sababli yozuvlar chapdan o 'ngga qarab o 'qiladi.

Ko'zi ojizlar uchun tovush signallari o'ziga xos mo'ljal o'rnini egallaydi, ko'radigan bolalar uchun ham tovushlar muhim rol o'ynaydi, ammo ko'zi ojizlar uchun tovush signallari mo'ljal olish uchun asosiy faktor hisoblanadi. Maxsus ta'lim sharoitida eshituv, teri, hid bilish, vibratsion va boshqa psixik jarayonlarning sensor analizatori rivojlanishi asoslari shakllanadi. L.S.Vigotskiy tomonidan ko'rlar oltinchi sezgi (harorat)ga egaligi ko'rsatilib, bu ularga

predmetlarni masofadan sezishga ranglarni ham sezishga imkon yaratadi. Maxsus ta'lim erta boshlanganda normal maydon va sterotopik ko'ruv yaxshi rivojlanadi va mukammallashadi. Bu ularda kelajakda murakkab fazoviy ko'rgazmalarni idrok etish imkonini beradi.

O'zbekiston Respublikasida ko'rishida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun ta'lim muassasalar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 117-sonli qaroriga muofiq tashkil etilgan. Qarorga muofiq maktabgacha ta'lim muassasalarda ko'rishda og'ir nuqsonlari bo'lgan bolalar -ko'zi ojizlar, ambliopiya va g'ilaylik, zaif ko'ruvchilar ta'lim tarbiya olishlari uchun mo'ljallangan ta'lim muassasalariga 2-3 yoshdan, har bir guruhga 6-8 nafardan qabul qilish mo'ljallangan.

Ko'rishida imkoniyati cheklangan bolalar maktab-intematlari hozirda "Nurli maskan" nomi bilan yuritiladi. Ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalar uchun maktablarda o'qitish sistemasi Boshlang'ich I-IV sinflar, yuqori V-XI sinflarni o'z ichiga oladi. Ko'zi ojiz bolalar maktab muassasaga psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasiga ko'ra qabul qilinadi. Ko'zi ojiz o'quvchilar har bir sinfda 10-12 nafar o'quvchidan, murakkab nuqsonli bolalar uchun 5-7 o'quvchidan tashkil etiladi. Nurli maskan maktab-internati darsliklari ham umumta'lim maktab darsliklari asosida o'tiladi. O'quvchilar maktab darsliklarining Brayl alifbosi asosida chiqarilgan darsliklardan foydalanadilar. Umumta'lim maktab darslaridan farqi Nurli maskanda korreksion darslar kiritilgan.

Bulardan:

1.Logopediya (nutq o'stirish).

2.Predmet tasavvuri (tasavvurni shakllantirish).

3.Mayda qo'l motorikasi (teri tuyish).

4.Mo'ljal olish (atrof muhitda erkin harakatlanish).

5.Ijtimoiy-maishiy yo'nalish (bolalarni ijtimoiy hayotga yo'naltirish).

6.Ritmika (musiqa va harakat hamkorligi asosida jismoniy mashqlar bajarish).

7.Davolash gimnastikasi (turli kasalliklarning amaliyotda, davolash)

kabi darslar ko'zi ojiz o'quvchilar ko'ruv idrokni korreksiyalash va shu

ko'rish darajasini saqlab qolish, tasavvurlarni aniqlashtirish, ko'rgazmali obrazli tasavvurni takomillashtirish, o'z-o'zini nazorat qilish harakatlarni boshqarish o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish malakalarini kengaytirish, ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda yotoqxona, sinf xonasi, maktab va maktab hovlisida to'g'ri yo'nalishni belgilab harakatlanishga o'rgatish va shunga o'xshash bir qancha hayotiy saboqlarni berishni maqsad qiladi.

Maxsus maktablarni tugatgan o'quvchilar kasb tayyorgarligini hunar maktablarida olishlari mumkin.

Ko'rishda nuqsoni bo'lgan shaxslar ham O'zbekiston Respublikasi barcha fuqorolari kabi oliy o'quv yurtlarida ta'lim olish huquqiga ega. Ko'zi ojiz va

zaif ko'ruvchilar barcha kasblarni tanlash huquqiga ega. Oliy o'quv yurtlarida o'qish muddati uzaytirilmaydi.

Hozirda yurtimizda 16 ta Nurli maskan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari o'z faoliyatini olib bormoqda. Vazirlar mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 374-sonli qaroriga muofiq Nurli maskan maktab-internatlarida ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalarni kasb-hunarga o'rgatish maqsadida maxsus o'quv-ishlab chiqarish korxonalarini yo'lga qo'yish ko'zda tutilgan.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi insonlar ham jamiyatimiz bir bo'lagi va ular shu jamiyatda o'z o'rnini topishlari uchun zarur bo'lgan barcha sharoitlar mavjud. Shuningdek, Maxsus ixtisoslashtirilgan maktab-internatlariga yirik korxonalar va klasterlarni biriktirib sharoitlarni yaxshilash qayt etilgan. Nafaqat yurtimizda balki butun dunyoda imkoniyati cheklangan shaxslarga katta e'tibor qaratiladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, har yil 3-dakabr sanasi butun dunyoda Xalqaro nogironlar kuni sifatida nishonlanib, 13-noyabr Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti qarori bilan butun dunyoda Xalqaro ko'zi ojizlar (oq hassa) kuni sifatida nishonlanib kelayotgani bunga misol bo'la oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: 1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyayevning 3 - dekabr Xalqaro Nogironlar kuni munosabati bilan yo 'llagan tabrigi03.12. 2021 2.O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi "UMUMIY PEDAGOGIKA" Toshkent - 2018

3. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim Vazirligi; "MAXSUS PEDAGOGIKA" Toshkent - 2014.

4. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o 'rta maxsus ta'lim

vazirligi; Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti; "KORREKSION PEDAGOGIKA VA LOGOPEDIYA" Toshkent "Iqtisod-Moliya" 2007.

5. S.M. Dangalov "Savodga o'rgatish" Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining tayyorlov sinflari uchun darslik. O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan, Toshkent - "ILM ZIYO" - 2022.

6. Rajabbibi Sharipova, Matyoqub Abdullayev, Zevarjon Avezova "MUQADDAS DARGOH" Xivadagi 121 - ko 'zi ojiz bolalar maktab-internati tarixidan lavhalar Urganch - 2005.

7.Nodira Egamberdiyeva - "Ijtimoiy pedagogika" Toshkent - 2018

8. F.U.Qodirova, Z.X.Xussniddinova. "Tiplopedagogikaning umumiy masalalari" Toshkent - 2023.

9. Daryo.uz.

10. Inson huquqlar bo 'yicha O 'zbekiston Respublikasi milliy markazi rasmiy veb-sayti.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.