Научная статья на тему 'KO‘HISTON OKRUGI DENDROFLORASINING SHAKLLANISHIDA EKOLOGIK OMILLAR TA’SIRI'

KO‘HISTON OKRUGI DENDROFLORASINING SHAKLLANISHIDA EKOLOGIK OMILLAR TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o‘rmon ekotizimlar / ekologik muammolar / evolutsion rivojlanish / harorat / namlik / issiqsevar daraxt va butalar / yorugʻlik.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Dadayeva Gulchehra Saydullayevna

Ushbu maqolada Ko‘histon okrugi dendroflora tur tarkibini shakllanishida ekologik omillar ta’siri tahlil qilindi. Unda Ko‘histon okrugida joylashgan Shimoliy Turkiston va Molguzar tog tizmalarida o‘sayotgan daraxt va butalarga harorat, namlik va yorug‘lik omillarning ta’siri organildi. Koʻhiston okrugida oʻsadigan daraxt va butalarning issiqqa va sovuqqa chidamli turlari aniqlandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KO‘HISTON OKRUGI DENDROFLORASINING SHAKLLANISHIDA EKOLOGIK OMILLAR TA’SIRI»

KO'HISTON OKRUGI DENDROFLORASINING SHAKLLANISHIDA EKOLOGIK

OMILLAR TA'SIRI Dadayeva Gulchehra Saydullayevna

O'z R FA Botanika instituti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10658879

Annotatsiya. Ushbu maqolada Ko 'histon okrugi dendroflora tur tarkibini shakllanishida ekologik omillar ta'siri tahlil qilindi. Unda Ko 'histon okrugida joylashgan Shimoliy Turkiston va Molguzar tog tizmalarida o'sayotgan daraxt va butalarga harorat, namlik va yorug'lik omillarning ta'siri organildi. Ko'histon okrugida o'sadigan daraxt va butalarning issiqqa va sovuqqa chidamli turlari aniqlandi.

Kalit sozlar: o'rmon ekotizimlar, ekologik muammolar, evolutsion rivojlanish, harorat, namlik, issiqsevar daraxt va butalar, yorug'lik.

Аннотация. В данной статье проанализировано влияние факторов окружающей среды на видовой состав дендрофлоры Кухистанского округа. Анализировано влияние температуры, влажности и световых факторов на деревья и кустарники, произрастающие в Северо-Туркестанском и Молгузарском хребтах, расположенных в Кухистанском округе. Выявлены жаро- и морозоустойчивые виды деревьев и кустарников, произрастающих в Кухистанском округе.

Ключевые слова: лесные экосистемы, экологические проблемы, эволюционное развитие, температура, влажность, теплолюбивые деревья и кустарники, свет.

Abstract. This article analyzes the influence of environmental factors on the species composition of dendroflora in the Kukhistan district. The influence of temperature, humidity and light factors on trees and shrubs growing in the North Turkestan and Molguzar ranges located in the Kukhistan district is analyzed. Heat- and frost-resistant species of trees and shrubs growing in the Kukhistan district have been identified.

Keywords: forest ecosystems, environmental problems, evolutionary development, temperature, humidity, heat-loving trees and shrubs, light.

Tog'li hududlarda joylashgan o'rmon ekotizimlarining faoliyatini o'rganishning ahamiyati ularning biosfera uchun global ahamiyati bilan belgilanadi [1; 2]. O'rmonlarning barqaror rivojlanishining eng muhim ko'rsatkichi, ayniqsa ekologik optimaldan uzoqda, o'rmonning muvaffaqiyatli tabiiy qayta tiklanishidir [3]. Bu jarayon uzoq vaqt talab etadi va ko'plab o'zaro ta'sir qiluvchi ekologik omillarga suyanadi.

Yer yuzida global ekologik muammolar avj olib borar ekan ushbu halokatli holatlarni tabiiy yo'llar bilan bartaraf etish asosiy muammolardan biri bo'lib qolmoqda. Shunday ekan, faqatgina o'simliklar dunyosi vakillarigina, jumladan, daraxt va butalar ushbu halokatlarni oldini olishi va qarshi kurashishi ko'pchilikka ayon bo'ldi. Bu esa o'z navbatida daraxt va butalar turlarini va ularning turli ta'sirlarga qay darajada chidamliligini o'rganish zaruriyatini yuzaga keltiradi [4; 5; 6].

Daraxt va butalar evolutsion rivojlanish jarayonida turli sharoitlarda o'sishga moslashgan [5]. Yer sharida quruqlik asosan ikki xil geomorfologik relefga tog'li va tekislikdan tarkib topgan. Dendroflora vakillari turli shimoliy kenglikda va sharqiy uzunlikda hamda dengiz sathidan har xil balandlikda joylashib, xilma-xil shakllarni yuzaga keltirgan. Jumladan, Ko'histon okrugining daraxt butalari ham xilma-xilligi bilan iqlim zonalariga ega. Bu ikki xil geomorfologik hududlarda iqlim elementlari turlicha taqsimlangan bolib, bu holat o'simlik dunyosini ham geografik jihatdan

turlicha tarqalishiga va joylashuviga sabab bo'ladi. Shu sababli shimoldan janubga tomon o'simlik dunyosi bir biridan farq qiladigan bir necha zonalarga ajratilsa, pastlikdan yuqoriga toqqa ko'tarilgan sari daraxt va buta o'simliklarining vertikal poyaslar bo'yicha tarqalganligini yaqqol ko'rsa bo'ladi. Toqqa ko'tarilganda har 100 metrda o'rtacha havo harorati 0.6— l.0° C pasayib, namlik miqdori ortib boradi.

Ikki xil geomorfologik hududlarda o'suvchi daraxt va buta o'simliklari uzoq tarixiy davrlarda o'sib rivojlanib, asosan iqlim omillari bilan munosabatda bo'lgan, bu ta'sir ijobiy bo'lsa, u o'simlik turida genetik mustahkamlanib, avloddan avlodga o'tavergan. Bu hol o'simliklar geografiyasining xilma-xilligida yaqqol ko'rinib turadi [5].

Ko'histon okrugining shimoliy qismidan boshlab haroratni ko'tarilib borishi va shu sababli ular oralig'ida turli iqlim zonalari hosil bo'lishi yaqqol ko'zga chalinib turadi. Tog' tizmalarida harorat mintaqalari vertikal tus olib, dengiz sathidan ko'tarilgan sari o'rtacha harorat pasayadi va namlik miqdori ortib boradi. Harorat boshqa ekologik omillar, shu jumladan, namlik rejimi bilan birgalikda iqlim mintaqalari hodisalarini murakkablashtiradi, buning natijasida ushbu hududdagi o'simlik dunyosi tabiati ham o'zgaradi [4].

Ko'histon okrugining o'rmon, dasht, adir, yaylov o'rmonzorlardagi daraxt va buta o'simliklarning xilma-xilligi aynan ana shu ikki omil harorat va namlikdan tarkib topgan. Harorat okrugning dendroflorasini geografik tarqalishiga ta'sir ko'rsatsada, morfologik belgilari o'zgarishiga ta'sir eta olmaydi. Har bir daraxt va buta turi uchun uchta: optimal, past va yuqori harorat chegarasi belgilanadi [7]. Optimal harorat o'simliklarning talabiga to'g'ri keladigan bo'lib, ularning yaxshi o'sishi va rivojlanishi, turli fiziologik jarayonlarning yaxshi borishi uchun qulaylik tug'diradi. Ma'lum bir tur uchun xos bo'lgan turli fiziologik jarayonlar uchun harorat chegarasi har xil bo'ladi.

Daraxtlarning o'sishi va rivojlanishi uchun harorat asosiy o'rin tutadi. Bahor oylarida o'simlikarning shirasi harakatga kelishi uchun harorat +6 ° C va undan yuqori bo'lishi kerak, fotosintez jarayoni harorat +1°C va yuqori bo'lganda, optimal ravishda esa +25+30° C bo'lganda kechadi, +45+50° C da esa jarayon to'xtaydi. Mayda ildizlar tuproqning harorati +5+10° C bo'lganda o'sa boshlaydi. Ko'pchilik daraxt turlarining kurtagi +10 °C va undan yuqorida yozila boshlaydi. Sovuqqa chidamli daraxt turlarining (Ulmus) urug'lari yozda haroratning darajasi +10+15 °C dan past bo'lmaganda pishadi. Daraxtlar meva hosil qilishi uchun o'sish davrida ma'lum darajada haroratlar yig'indisi zarur hisoblanadi. Ko'histon okrugida ko'p daraxt turlari qisqa vaqtda +40+45 °C ga bardosh beradi. Yuqori harorat ko'proq vaqt ta'sir qilsa, tanasining qobig'i, barglari va ildiz bo'g'ini qorayish xuxusiyatiga ega. Ildiz bo'g'ini qorayganda shu yerdagi kambiy tuproqning ustki qizib turgan qismi bilan aloqada bo'lib, kambiy ko'rina boshlaydi. Daraxtlardan Fraxinus sogdiana va Ailantus altissima turlarining tanasi, Acer, Populus turkum turlarining janub tomondan barglari qorayganligi aniqlandi. Qobig'ining qorayishi daraxt uchun zararli emas, ammo ma'lum qismining chirishiga olib keladi. Haroratning keskin pasayishi daraxtlarning ayrim qismlari (barglari, gullari, novdalari, shox-shabbasi) qurib qoladi. Haroratning asta-sekin pasayishi (kuzda va qishda) o'simlikka zarar keltirmaydi. Buning sababi hujayradagi kraxmal shirasining muzlash nuqtasini oshiradi, ya'ni o'simlik chiniqadi. Harorat keskin pasayganda daraxtlarning qobig'ida yoriqlar vujudga keladi. O'rmonning ta'sirida havo va tuproqning harorat rejimi o'zgaradi. Yozda Ko'histon okrugining Turkiston tog' tizmasi va tog' oldi qismlarida havoning harorati ochiq joy havosiga nisbatan 10 — 15 ° C pastroq, qishda esa iliqroq bo'ladi.

Tog' qiyaliklarida o'rmon barpo etishda shuni hisobga olish kerakki, tog'dan yuqoriga qarab ko'tarilgan har 100 m balandlikda harorat 0,5°-1° C ga pasayadi. Harorat o'rmonning o'zida o'zgarib qolmasdan o'rmon atrofidagi qishloq xo'jalik dalalariga ham ta'sir qiladi.

Ko'histon okrugining Turkiston tog' tizmasida uchrovchi daraxtlardan Ulmus minor va U. glabra turlari 4-10° C haroratda yaxshi o'sadi, 10° C dan yuqorida gullaydi, ular sovuqqa -20° C haroratda chiday oladi. Celtis, Salix, Populus va Juglans turkum turlari pastroq haroratda gullaydi, o'sishi uchun esa yuqoriroq harorat talab etiladi (6.1-rasm). Yashil o'simliklardagi barcha fiziologik jarayonlar maksimal haroratga yaqin bo'lgan sharoitda kechadi, chunki har qaysi o'simlik o'ziga xos ma'lum o'rtacha haroratda o'sib rivojlanadi. Ko'pchilik daraxt-butalarning urug'lari fiziologik tinim davrida bo'lganligi uchun, ularni unib chiqishi uchun ma'lum vaqt sovuq haroratda saqlash lozim. Sovuq harorat ushbu urug'larni unishga tayyorgarlik jarayonini yaxshi kechishi uchun zarur bo'ladi. Asosan, o'rmon daraxtlari, butalari, ayrim dorivor o'simliklar urug'lari (danaklari) uchun qo'llaniladi [4]. Agar harorat haddan tashqari yuqori bo'lsa, hujayra protoplazmasi quyulib ba'zan qurib ham qoladi. O'simlik tanasida suv kam bo'lgan paytlarda yuqori haroratga chidamli bo'ladi. Past harorat ham o'simliklarga turlicha ta'sir etadi. Ayrim o'rmon o'simliklar 5° C da ham zararlanishi mumkin, harorat 0° C dan past bo'lsa, ular batamom nobud bo'ladi. Quruqroq yerlarda o'sadigan va tanasida suv kam bo'ladigan o'simliklar past haroratga chidamli bo'ladi, chunki ularning hujayrasi tarkibidagi suv kam va sershira bo'lib, muzlamaydi. Ba'zan daraxtlarning tinim holatidagi kurtaklari saqlanib qolib, tana va shoxlarining kambiysi zararlanadi. Bu hol daraxt uchun juda xavfli, albatta, chunki bunday zararlangan daraxt ham nobud bo'ladi. Bahorda bunday zararlangan daraxtlardagi kurtaklar yoziladi, ilk bargchalar paydo bo'ladi, lekin tez orada ular so'lib quriydi va to'kilib ketadi. Bu holat ko'proq daraxtlarning Malus, ba'zi Populus turkum turlarida kuzatiladi. Ba'zi hollarda qattiq sovuqlar natijasida daraxt tanasida yoriqlar paydo bo'ladi.

Ko'histon okrugida o'sadigan daraxt va butalar issiqqa va sovuqqa turlicha munosabatda bo'ladi. Juda issiqsevar daraxt va butalarga Pistacia vera, Elaeagnus angustifolia, Prunus bucharica, P. spinosissima, Populus nigra, P. talassica, Tamarix arceuthoides kiradi. Bu turlar Ko'histon okrugining shimoliy qismida quruq tuproqli yerlarda o'sadi. Issiqsevar daraxt va butalarga Populus alba, Salix alba, Tamarix arceuthoides turlari kiradi.

Okrugning sovuqqa o'rtacha chidamli daraxt va butalar qatoriga Salix, Crataegus, Lonicera turkumining ayrim turlari, Populus afganica, P. nigra, Malus sieversii, Pyrus korshinskyi, Sorbus persica turlari kiradi. Quyidagi keltirilgan turlar tog'li hududlarda 1600 metrgacha bo'lgan balandliklarda o'sadi. Qattiq sovuqqa chidamli daraxt turlariga asosan tog'li yerlarda o'suvchi Ulmus, Juniperus turkum turlari, Rhamnus cathartica va R coriacea turlari kiradi. Ko'histon okrugining baland tog'lari zich va o'rtacha zich o'rmonzorlar hosil qiladi. Bu yerlarda ochiq va yopiq urug'li daraxtlar o'sadi va aralash o'rmonzorlar hosil qiladi. O'rtacha zona iqlimida to'rt oy issiq bo'ladi, harorati 10 — 20 °C dan 22 °C gacha tashkil etadi. Sovuq mavsumda esa aksincha esadigan iqlimida qish kam qorli bo'ladi, yog'ingarchilikning asosiy qismi 85 — 90 % issiq vaqtda yog'adi. Dasht iqlimi — bu zonada yoz oylarining harorati 20 — 33 °C, yog'ingarchilik esa 200 — 400 mm ga teng bo'ladi.

Yoritish unib chiqqan daraxt va butalar urug'larining omon qolishiga ta'sir qiluvchi yetakchi omillardan biri hisoblanadi. Yorug'lik Ko'histon okrugining dendroflora turlarining hayotida ham zarur omillardan hisoblanadi. Yorug'liksiz fotosintez jarayoni amalga oshmaydi, daraxt va butalar ham karbonat angidrid gazini o'zlashtira olmaydi va kislorod ajralib chiqmaydi. Yer sharining turli geografik mintaqalarida yorug'lik kuchi har xil bo'ladi. Olib borilgan

tadqiqotlarda yorug'lik yil davomida bir kecha kunduzning o'zida ham o'zgarib turishi, tog'li hududlarda qishda kun qisqa, tun uzoq bo'lishi aniqlangan. Qutb kengliklarida ekvator kengliklaridagi qaraganda yorug'likning sifati assimilyatsiya uchun ancha qulay. Shuning uchun yerning mo'tadil iqlimli poyasida quyosh energiyasi ekvatordagiga nisbatan ko'p. Lekin yorug'lik o'simliklarni geografik tarqalishi uchun hech qanday chegara bo'la olmaydi.

Xulosa qilib aytganda, Ko'histon okrugida turli geografik zonalarda turlicha iqlim zonalari vujudga kelib turlicha harorat rejimi mavjud. Bu esa o'z navbatida o'simlikl;ar dunyosi vakillarini va ularning turli ta'sirlarga qay darajada chidamliligini o'rganish zaruriyatini yuzaga keltiradi.

REFERENCES

1. Демаков Ю.П. Диагностика устойчивости лесных экосистем (методологические и методические аспекты). Йошкар-Ола: Периодика Марий Эл, 2000. 416 с.

2. Уткин А.И., Замолодчиков Д.Г., Честных О.В., Коровин Г.Н., Зукерт Н.В. Леса России как резервуар органического углерода биосферы // Лесоведение. 2001. № 5. С. 8-23.

3. Денисов С.А., Демичева Н.В., Егоров В.М. Теория и практика естественного возобновления леса. http://csfm.volgatech.net/elearning/vozobnovlenie/text/, 2019.

4. A.K. Qayimov, E.T. Berdiyev Dendrologiya. Toshkent-2012.

5. A.Qayimov. E.Berdiyev "Dendrologiya" darslik. Toshkent-2008.

6. Arifxanov K.T., Slavkina T.l. Dendrologiya Uzbekistana. tom.XI, Izd-vo FAN UzSSR. Tashkent. 1981.

7. Tokuhisa, Jim. "Tree definition". Newton Ask a Scientist. Archived from the original on 6 December, 2021.

8. Keslick, John A. (2004). "Tree Biology Dictionary". Archived from the original on 19 March 2021. Retrieved 30 July 2012.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.