Научная статья на тему 'FARG’ONA VODIYSI IQLIM SHAROITIDA ANORZORLARNI SOVUQ URISHDAN SAQLASH'

FARG’ONA VODIYSI IQLIM SHAROITIDA ANORZORLARNI SOVUQ URISHDAN SAQLASH Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
5
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o‘suv davri / harorat / issiqlik / sovuq / subtropik o‘simlik / anorzorlar / qora sovuqlar / qishga chidamlilik qobiliyati / tur va navlarning sovuqqa chidamliligi / “Kazaki” / “Sal” / “Texas Red” / “Plantation Red”

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Qobilov Soxib Sherovich, Abdullaaxatov Asadbek Ilhomjon Oʻgʻli

O‘simliklarning normal o‘sishi va rivojlanishi uchun uzoq sovuq bo‘lmaydigan ma’lum davrni talab qilibgina qolmay, balki o‘suv davrida haroratning kerakli ritmda bo‘lishini ham talab etadi. O‘suv davrining turli fenofazalarida bir o‘simlikning o‘zi issiqlikning har xil miqdorda bo‘lishini talab qiladi. Ushbu maqolada anorning sovuqqa bo‘lgan talabi, tur va navlarning sovuqqa chidamliligi va anorlarni sovuq urishdan saqlash chora tadbirlari to‘g‘risida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FARG’ONA VODIYSI IQLIM SHAROITIDA ANORZORLARNI SOVUQ URISHDAN SAQLASH»

FARG'ONA VODIYSI IQLIM SHAROITIDA ANORZORLARNI SOVUQ URISHDAN

SAQLASH

1Qobilov Soxib Sherovich, 2Abdullaaxatov Asadbek Ilhomjon o'g'li

1Farg'ona Davlat Universiteti Agrar qo'shma fakulteti, q.x.f.n, 2Farg'ona Davlat Universiteti Agrar qo'shma fakulteti Agranomiya (anorchilik) yo'nalishi 4-bosqich talabasi.

E-mail: 2asadbekabdullaahatov@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.10932893

Annotatsiya. O'simliklarning normal o'sishi va rivojlanishi uchun uzoq sovuq bo'lmaydigan ma'lum davrni talab qilibgina qolmay, balki o'suv davrida haroratning kerakli ritmda bo'lishini ham talab etadi. O'suv davrining turli fenofazalarida bir o'simlikning o'zi issiqlikning har xil miqdorda bo'lishini talab qiladi. Ushbu maqolada anorning sovuqqa bo'lgan talabi, tur va navlarning sovuqqa chidamliligi va anorlarni sovuq urishdan saqlash chora tadbirlari to'g'risida so 'z boradi.

Kalit so'zlar; o'suv davri, harorat, issiqlik, sovuq, subtropik o'simlik, anorzorlar, qora sovuqlar, qishga chidamlilik qobiliyati, tur va navlarning sovuqqa chidamliligi, "Kazaki", "Sal", "Texas Red","Plantation Red"

Kirish. Anor (Punica granatum L.) Anordoshlar oilasi (Punicaceae Horan) va Anordoshlar (Punica) turkumiga kiruvchi subtropik o'simlik turi bo'lib, 2 ta turni (P. granatum L. va P. protopunica Balf) o'z ichiga oluvchi 1 ta avloddan (Punica L.) tashkil topgan. Shuningdek, Punicaceae oilasi dastlab Lythraceae deb nomlangan. Anor- qimmatbaho subtropik o'simliklardan biri. O'zbekistonda anor boshqa mevali daraxtlar ichida 5-7 % maydonni egallaydi, bu esa aholining anorga bo'lgan ehtiyojini qondira olmaydi. Shu sababli kam harajat qilgan holda ko'p miqdorda anor ko'chati yetishtirish va anorzorlar barpo etish muhim masala bo'lib qolmoqda. Yer yuzining anor qishda ko'milmay parvarish qilinadigan xududlarida balandligi 5-7 m gacha o'suvchi daraxt-buta qishda ko'miladigan hududlarda buta holda o'sadi. Anor yovvoyi holda tabiatda bir ildizdan unib chiqqan bir necha shoxlardan iborat bo'lgan buta shaklida uchraydi.

Bir necha asrdan ziyod vaqt davomida O'zbekiston iqlim sharoitiga mahalliylashtirilgan issiq sevar, sug'orish suvi va tuproq unumdorligiga talabchan, sho'rga chidamli ekin. Respublikamizda anorning 40 dan ortiq navlari bor. U O'zbekistonning deyarli barcha tumanlarida o'stiriladi. Tabiiy holda o'suvchi anorlar O'zbekistonning janubiy tumanlarida uchraydi. Anorning xalq xo'jaligidagi ahamiyati kattadir. U mevali, bo'yoqli, dorivor hamda vitaminli o'simliklardan hisoblanadi.

Asosiy qism. Anor aprel oyining boshida havo harorati 12-14°C ga ko'tarilishi bilan ko'kara boshlaydi. Kuzda issiq harorat shu darajaga tushganda o'sishdan to'xtaydi. Anorning o'sish davri naviga, iqlimiga qarab 180-215 kun davom etadi. Anor may oyining boshida gullaydi, birinchi galda qishlab chiqqan kurtaklar gullaydi, oradan 10-15 kun o'tib, yoppasiga gullash boshlanadi. Anor o'zining naviga qarab 120-160 kunda pishib etiladi. Anor daraxtlari qishki tinim davrida sovuqqa birmuncha chidamli, lekin kuzda tinim davriga to'liq kirgungacha bo'lgan va bahorda kurtak yorish davrlarida sovuqdan aziyat chekishga ancha moyil bo'ladi. Anorlarning ko'pi faqat -11°C gacha chidamli bo'ladi. O'zbekiston iqlim sharoitida anor tupi kech kuzda tuproq o'simliklar qoldiqlari bilan ko'miladi. Erta bahorda ustki qismi ochiladi. O'zbekiston Respublikasining janubiy viloyatlaridan tashqari barcha tumanlarida anor tupi qishki sovuqdan himoya qilish uchun tuproq bilan ko'miladi. Ko'milgan anor tuplari mart oyi oxiri va aprel oyining boshlarida ochiladi. Vegetatsiya davri 180-215 sutkani tashkil qiladi. Anor -15-17°C haroratga

chidamli, -20°C dan past harorat sharoitida o'simlik tupini sovuq urishi qayd qilinadi. Ko'pgina Amerika, O'rta Yer dengizi va Hind navlari -13°C dan -9°C gacha bo'lgan haroratda zararlanadi, -18°C dan -19°C gacha bo'lgan haroratda ildizigacha zararlanadi. Turkmanistondagi tadqiqotlarga ko'ra sovuqqa ko'proq chidamli bo'lgan Markaziy Osiyo navlari -15°C dan -13°C gacha bo'lgan haroratda yuqori qismlari va bir yillik novdalar zararlandi, -17°C dan -16°C gacha bo'lgan haroratda tana qismi sezilarli zarar ko'rgan va -18°C dan -21°C gacha bo'lgan haroratda daraxtning butun tanasi zarar ko'rgan. Texasdagi anor sinovlarining dastlabki natijalari "Kazaki" va "Sal" (Salavaskiy) AQShning 6 ta hududida (-20°C dan -18°C gacha) tirik qolishlari mumkinligini ko'rsatib turibdi, bu esa ularni eng sovuqqa chidamli anorlarga aylantiradi. "Texas Red" va "Plantation Red" ham eng ko'p sovuqqa chidamli nav bo'lishi mumkin. Qattiq urug'li navlar yumshoq urug'li navlarga qaraganda sovuqqa chidamliroq bo'ladi. Agar mevalar sharbat qilinadigan bo'lsa, meva urug'ining qattiqligini hech qanday ahamiyati yo'q, ammo mevalar shundayligicha istemol qilinsa, bu juda katta ahamiyatga egadir. Anor daraxti sovuqqa chidamsiz bo'lib, minus 10 darajagacha sovuqqa chidaydi. Respublikamizning ko'pgina hududlarida namligi yuqori bo'ladigan qishida anorni tez sovuq urishi mumkin. Anor daraxtining qishli kunlardan saqlab qolish uchun uni ko'mish kerak. Ko'mish uchun eng qulay vaqt oktyabr oyining oxiri va noyabr oyining birinchi o'n kunligidir. Chunki bu vaqtda anor daraxti tanasida suv bo'lib, yaxshi egiladi va sinmaydi. Ko'mishdan avval zamburug' kasalliklari (oidium) bilan kasallangan anor daraxtilari ko'milishidan oldin 5%li ISO suyuqligi bilan ishlanadi. Shuningdek, anorzorni ko'mishdan bir hafta oldin sug'orilgani ma'qul, chunki nam tuproqqa ko'milgan anor yaxshi qishlaydi. Anorlarni ko'mishda tashlanadigan tuproq qalinligi har joyning iqlim sharoitiga bog'liq.

Anor oktyabr oyining oxirlaridan boshlab ko'miladi. Bunda shoxshabbasi tagiga qamish, sholi, poxol, xashak to'shaladi va tuplari ketma-ket bir tomonga yotqiziladi, ustidan yana bir sidra qurigan xashak to'shab, keyin 25-30 sm qalinlikda tuproq tortiladi. Ko'mish vaqtida tuproqda nam etarli bo'lishi kerak.

Zax yerlarda yerga bir qavat xas-xashak tashlanadi, anor yotkizilib, ustiga yana bir qavat xas-xashak tashlab, shoxlari yig'ishtirilib ko'miladi. Iloji boricha anor tanasiga tuproq tegmay xashak ustida bo'lishiga e'tibor berish zarur, shundagina daraxt qishdan omon chikadi.Yana bir jixati borki, qish cho'zilib ketgan davrda anor tanasini tuproq «yalamay», unga ziyon yetkazmaydi.Baxor boshlanib, mart oyining o'ninchisini o'tkazib, qishi bilan tayyorlangan o'g'it bo'lsa, anorning chuqurlariga solib ustidagi tuprog'ini tushirib, qo'yish maqsadga muvofiqdir.

Xulosa. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki anorni bir yillik novdalari -12 -15, shox-shabbalari -16 daraja sovuqda, -18 -20 gradus sovuqda esa o'simlik ildiz bo'g'zigacha yer ustki qismini sovuq uradi. Anorzorlar atrofiga va kartalar orasidagi yo'l yoqalarida tez va baland o'sadigan ko'p yillik daraxtlar ekilganda ular yosh ko'chatlarini shamoldan, issiqdan va sovuqdan saqlaydi, hosilga kirgan daraxtlarning hosilini shamolda to'kilishidan, shox-shabbalarini sinishdan, kuz, qish va bahor fasllarida daraxtlarni qora sovuq urishidan, tuproq namining bug'lanishidan, sho'rlanishdan saqlaydi va sizot suvlari sathini birmuncha kamaytiradi. Anorlarni qishki sovuqlardan saqlash uchun o'tkaziladigan agrotexnik chora-tadbirlar quyidagilar: sovuqqa chidamli tur, payvandtag va navlarni tanlashga, ayniqsa, kech gullaydigan navlar; mevali daraxtlarni qattiq sovuqlarga chidamliligini ham hisobga olgan holda maydonlarga joylashtirish; ko'proq xashaki (urug'i) payvandtaglarga ulangan navlarni qo'llash; sug'orish va o'g'itlash tizimini oqilona va samarali foydalanishda azotli o'g'itlarni bog'larga me'yordan ko'proq kiritmaslik va sug'orish me'yorini haddan tashqari oshirmaslik; daraxtlarda hosilli va o'suv novdalarni teng mutanosibligi hamda o'z vaqtida mevalarni yig'ib-terib olish kabilardan iboratdir.

Shuningdek, mevali daraxtlarning sovuqdan zararlanish darajasi ularning tur va nav xususiyatlariga bog'liq. Tur va navlarning sovuqqa chidamliligi ularning uzoq vaqt davomida hosil qilgan irsiy xususiyati hisoblanadi.

Shuningdek hozirda tez-tez global iqlim o'zgarishlari natijasida uchrab turadigan bahor oylarining sovuq kunlarida bog'larni qondirib sug'orish ham past harorat ta'sirini bir muncha kamaytiradi. Yer yuzasi suv bilan qoplangunga qadar ko'llatib sug'oriladi. Bunda suv havo haroratidan yuqori bo'lganligi uchun bog'larning suv isitkichi hisoblanadi. Ikkinchi tomondan hosil bo'lgan suv bug'lari yerning va daraxtlarning nurlanishini kamaytiradi hamda havo haroratini pasayishiga yo'l qo'ymaydi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5853-son Farmoni

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi PF5388-son O'zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlan tirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'grisidagi farmoni.

3. Sayfutdinova M., Dodoboev Y.T., O'rinov A.A., Umirzaqov X.S., O'zbekiston Respublikasida Anorchilik iqtisodiyoti va ishlab chiqarishni tashkil etish. 2022 yil.

4. Namozov I.Ch, Anor yetishtirish 100 kitob to'plami, 51-kitob. 2021 yil.

5. Qo'shiyev H.H., Ergasheva F.Sh., Anorchilik. Darslik. 2021 yil.

6. https://xs.uz/uz/post/sirdaryoda-anorzorlar-qahratondan-omon-qoldi

7. https://agro-olam.uz/anor-parvarishlash/

8. https://www.agro.uz/toshkent-davlat-agrar-universiteti/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.