INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
KIVI O'SIMLIGIDAN UY SHAROITIDA PARVARISHLASH Muydinova Kamola Baxtiyor qizi
Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.8001376
Annotatsiya. Bizga tanish bo'lgan sitrus meva hisoblangan kivini hammamiz bilamiz. Bu meva issiq mamlakatlarda uchraydi. Keyingi yillarda bu mevani O'zbekistonda ham hosil berayotganini uchratishimiz mumkin. Tadqiqotlarimiz shuni ko'rsatadiki, bu o'simlikni ba'zi malakali bog'bonlar yurtimizga iqlimlashtirib anchagina hosil olmoqdalar. Kividan hosil olishning sirlarini o'rganib, ushbu maqolada mujassam etdik.
Kalit so'zlar: Kivini urug'idan yetishtirish, vakum qilib o'rash, kemeral universal, kemeral luks, agrikola, temperatura barqarorligi.
O'zbekiston Respublikasi prezidentining 2017- yil fevraldagi PF-4947- son "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi, 2018-yil 29-martdagi PF- 5388- son " O'zbekiston Respublikasida meva sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qo'shimcha chora tadbirlarto'g'risida" gi, 2019-yil 11- dekabrdagi PQ-4246- son "Meva - sabzavotchilik va uzumchilik tarmog'ini yanada rivojlantirish, sohada qo'shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida qaror va farmonlari hamda mazkur faoliyatga tegishli me'yoriy - huquqiy hujjatlardagi vazifalarni amalga oshirishda ushbu tadqiqotlar muayyan drarjada xizmat qiladi.[2]
O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng qishloq xo'jaligida tub o'zgarishlar sodir bo'ldi. Yuqori samarali islohotlar o'tkazildi. Fermer xo'jaliklari, dehqon xo'jaliklari, agrofirmalar tashkil etildi. Bu xo'jaliklar keyingi yillarda optimallashtirildi. Ko'p tarmoqli xo'jaliklar tashkil topdi. Hozirgi vaqtda bu xo'jaliklar respublikada yetishtirilayotgan mahsulotlarning 90 % dan ortig'i fermer xo'jaliklari hisobiga to'g'ri kelmoqda. Fermerlarimiz chet el invistitsiyalarini mamlakatimizga olib kirish bilan birga yangi ekin turlarini yangi texnologiyalarni ham olib kirmoqdalar. Shunday ekin turlaridan biri Kivi o'simligidir [1]. Shularni xisobga olgan holda bu o'simlik mevalarini o'zimizni iqlim sharoitimizga moslashtirib borish kabi ishlarni amalga oshirish asosiy vazifalarimizdan biridir. Hozircha bu o'simliklarni himoyalangan yerlarda yetishtirish aholini servitamin kivi bilan ta'minlash shu bilan birgalikda mevachilik sohasida yana bir tur o'simlik assortimentini vatnimizda ko'paytirish dolzarb masalalardan biri bo'lib hisoblanadi.
Kivi sitrus mevasi tropik mamlakatlarda o'sadi. Bu mevani yurtimizga import qilish anchagina sarf harajat talab etadi. Shuning uchun kivi o'simligini O'zbekiston sharoitida o'stirish va parvarishlash choralarini ishlab chiqish kerak. Shunday holatlarni nazarda tutgan holda Farg'ona viloyati Qo'qon shahrida bog'bonlarimiz kivi o'simligini uy sharoitida iqlimlashtirishdi va mo'l hosil olmoqda. tadqiqotlarimizga ko'ra kivi o'simligini iqlimlashtirish texnologiyasini o'rgangan holda, ushbu maqolada kivi o'simligini ko'chatini yetishtirish, uni parvarishlash va undan hosil olishgacha bo'lgan jarayonlarni bayon etganmiz.
Nima uchun biz aynan kivi o'simligini iqlimlashtirayapmiz,nima uchun bizga kerak?-degan savol tug'ilishi mumkin.
Kivi mevasi juda ko'p foydali xususiyatlarga ega, xususan xomilador ayollar uchun foydali bo'lgan Mg ga, C vitaminiga boy. Bu esa kuchli antioksidant bo'lib, organizmni tez toliqib qolishidan saqlaydi, immunitetni oshiradi, yallig'lanish va miyaga qon quyilish xavfini
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
kamaytiradi. Kivi terini tozalash, namlash, yoshartirish, oziqlantirish uchun kosmetik niqoblar tayyorlashda ham ishlatiladi. Kivi o'simligi o'zining be'qiyos ta'mi, vitaminga boyligi, xushboy xidi, qayta ishlash va tashishga yaroqliligi, yetishtirish va ko'paytirishning u qadar murakkab emasligi va shu kabi bir qator afzalliklari bilan dunyoning ko'pgina mamlakatlarida yuqori baxolanadi. So'ngi yillarda Respublikamizda ham xalq ite'moli, shuningdek, mustaqillikdan keying yillarda mamlakatimiz qayta ishlash sanoatining mazkur ekinga bo'lgan talabi keskin ortib bormoqda [4].
2017-2021 yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasining 3.3 bandida "Respublika tuproq - iqlim sharoitlariga mos, qurg'oqchillikka, issiqlikka va kasalliklarga chidamli qishloq xo'jalik ekinlari navlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlarini kengaytirish" muhim strategik vazifalardan biri sifatida alohida belgilab qo'yilgan. Tsitrus ekinlar assortimentini shunday navlar bilan boyitish, ularni ko'paytirish va yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish respublikamiz qishloq xo'jaligi sohasidagi dolzarb vazifa hisoblanadi. [4]
Ilmiy ishning maqsadi va vazifalari. O'zbekiston sharoitida himoyalangan yerlarda Kivi yetishtirishning zamonaviy texnologiyasini o'rganish. Bu mavzuni tanlashdan maqsad Kivi o'simligi issiq tropik iqlimi bo'lgan hududlarda o'stiriladi. Kivi daraxtga o'xshash tropik lianadir, uning yashash joyi Italiyaning subtropiklari, Abxaziya Yangi Zelandiya, CHili va Qora dengiz sohillarida joylashgan. Uning vatani Xitoy hisoblanadi. Bizning mamlakatimiz iqlim sharoitlari Kivi o'simligini o'stirishga mos kelmaydi, shunga qaramasdan mirishkor dehqonlarimiz kivi ko'chatlarini bizning sharoitga moslashtirishdi. Kivi yetishtirishni zamonaviy usullarini ilmiy asoslarini o'rganish ushbu ishning maqsadidir.
Tadqiqot natijalari. Ushbu kivi o'simligini yetishtirish texnologiyasi quyidagicha. Dastlab pishgan kivi mevasi olindi, undan urug'i ajratib olindi, urug'ini suvda yuvib dokaga o'rab 1 kun muddatga quritib qo'yildi.
Ekish uchun tuproq qorishmasi
T/s Tuproq turi Tuproq foizi%
1 Oddiy tuproq 30
2 Soy tuproq 50
3 Biogumus 20
Tayyorlangan kivi urug'larini tuproq qorishmasiga ekildi. Usti oq selafan paketga o'rab, 20 kunga 25C da parnikda parvarish qilindi. So'ng Kivi o'simligi o'sib chiqa boshladi. Selafan paketni olib suv quyildi, Kivi o'simligi issiqsevar lekin, quyosh nurini unchalik yoqtirmaydi, shuning uchun parnikda yaxshi o'sadi. Uni temperaturasini kuniga nazorat qilib turish zarur agar, pastlab ketadigan bo'lsa o'sishi sekinlashib ketadi. Uni kemeral luks, agrikola, kemeral universal degan o'g'itlarimiz bor. Mana shu o'g'itlar yordamida o'simlikni yaxshi o'sishini ta'minlandi. O'simlik to gullab meva hosil qilgunicha shunday sharoitda bir xilda parvarish qilinadi. Kivi o'simligi 6-7 yilda meva xosil qiladi, shundan keyin har yili meva tuga boshlaydi. Kivi o'simligini zararlaydigan zararkunanda va kasalliklar juda kam. O'stirish uncha qiyinchilik tug'dirmaydi. Kivini shiralar zararlashi mumkin unga qarshi kurash choralari vaqtida olib borilsa, yaxshi natijaga erishamiz.
T/r Kivini o'sib chiqish O'sib
chiqish
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
_JUNE 6-7, 2023_
fazasi muddati
1 Urug'ini ekish 1-Fevral
2 Unib chiqish 20- fevral
3 Barg yozishi 22-mart
T/r Zararkunanda Zararlashi
1 O'rgimchak kana +++
2 Boxelder xatolari ++
3 Yapon qo'ng'izlari ++
4 Leafrollers ++
5 Tripslar +
6 Nematodalar +
Ushbu zararkunandalar kivi o'simligini zararlaydi va o'sishiga to'sqinlik qiladi. Mana shu zararkunandalarga kivini o'stirish davomida kurash choralarini qo'llanildi. Kurash choralari agrotexnik, biologik, kimyoviy usullar qo'llanildi.
Kivi o'simligini xloroz kasalligiga chalinishini oldini olgan holda tuprog'i me'yorida tayyorlandi va kerakli o'g'itlar bilan boyitildi. Yaxshi natijaga erishdik. Qolgan metodlardan ham me'yorida va o'z muddatida foydalanganimiz uchun tajriba effect berdi.
Xulosa. Kivi o'simligi o'zining beqiyos ta'mi, vitaminga boyligi, xushboy xidi, qayta ishlash va tashishga yaroqliligi, yetishtirish va ko'paytirishning u qadar murakkab emasligi va shu kabi bir qator afzalliklari bilan dunyoning ko'pgina mamlakatlarida yuqori baxolanadi.
Bulardan shunday xulosa kelib chiqadiki, demak O'zbekiston sharoitida ham kivi o'simligini o'stirish va undan hosil olish mumkin. Hozirda mana shu texnologiyalarga amal qilgan holda Qo'qon shahrida kivi o'stirilib anchagina hosildan daromad olib kelmoqdalar. Bu esa kivi yetishtirish texnologiyalarini samaradorligini ko'rsatadi. Hozirda chet mamlakatlardan Kivi mevasini importi ancha kamaygan. Agar kivi o'simligini o'stirishni ommalashtiradigan bo'lsak import qilishga ehtiyoj sezilmaydi. Yurtimizda kivi o'stirish ommalashadigan bo'lsa mevani narx navosi ham anchagina pastlaydi va aholi ko'p miqdorda olib o'z oraganizmiga yetarlicha bo'lgan Kivi mevasini is'temol qiladi va tibbiyotda va kosmetologiyada keng qo'llaniladi.
REFERENCES
1. Qambarov SH. N, Arzibayeva S. B, Asqarova M.R Tadqiqotlar jurnali 9-son 1- to'plam 3-5 betlar
2. O'zbekiston Respublikasi prezidentining Respublikada kartoshka yetishtirishni kengaytirish va urug'chiligini yanada rivojlantirish to'g'risidagi 2020-yil 6- maydagi qarori.
3. Ostonqulov T.E, Zuyev vi, Qodirx'jayev O.K. sabzavotchilik; Darslik. Navro'z Toshkent; 2018 (2020) 552- bet
4. Tursunboyev A.A, Oqilova H.M, Tadqiqotlar, 9(1) 138-140