Научная статья на тему 'KITOB – MANGULIK ARDOG‘IDAGI DURDONA'

KITOB – MANGULIK ARDOG‘IDAGI DURDONA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
119
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kitob / badiiy asar / internet / oila / ta'lim muassasasi / aql-zakavot / tarbiya / tarixni anglash / o'zlikni bilish. / book / artwork / internet / family / educational institution / intelligence / upbringing / understanding of history / identity.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Abdualimova Shalola

Ushbu maqolada bugungi kunimiz uchun dolzarb masala bo'lgan va ertangimizni qay darajada porloq bo'lishini belgilab beruvchi kitob badiiy asar o'qish haqida qisqacha mulohaza yuritiladi. Shuningdek, maqolada, mamlakatimizda yoshlarni kitob oqishga qiziqtishrish haqida olib borilayotgan ishlarga ham qisqacha izohlar beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE BOOK IS THE GREATEST OF THE ETERNAL HONORS

This article gives a brief overview of reading a book a work of art, which is a topical issue for today and determines how bright our future will be. The article also gives a brief overview of the work being done in our country to encourage young people to read books.

Текст научной работы на тему «KITOB – MANGULIK ARDOG‘IDAGI DURDONA»

KITOB - MANGULIK ARDOG'IDAGI DURDONA

Abdualimova Shalola

Toshkent shahar, Mirobod tumani 294-maktab ona tili va adabiyot fani o'qituvchi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada bugungi kunimiz uchun dolzarb masala bo'lgan va ertangimizni qay darajada porloq bo'lishini belgilab beruvchi kitob - badiiy asar o'qish haqida qisqacha mulohaza yuritiladi. Shuningdek, maqolada, mamlakatimizda yoshlarni kitob oqishga qiziqtishrish haqida olib borilayotgan ishlarga ham qisqacha izohlar beriladi.

Kalit so'zlar: kitob, badiiy asar, internet, oila, ta'lim muassasasi, aql-zakavot, tarbiya, tarixni anglash, o'zlikni bilish.

THE BOOK IS THE GREATEST OF THE ETERNAL HONORS

Abdualimova Shalola

Teacher of native language and literature at school No. 294, Mirabad district, Tashkent

ABSTRACT

This article gives a brief overview of reading a book - a work of art, which is a topical issue for today and determines how bright our future will be. The article also gives a brief overview of the work being done in our country to encourage young people to read books.

Keywords: book, artwork, internet, family, educational institution, intelligence, upbringing, understanding of history, identity.

KIRISH

Kitob necha ming yillardan buyon insoniyat taqdiri va yashash tarzida o'zining bebaho ahamiyati bilan qadrlangan. Tarixdan ham ma'lumki, kitob deb atalmish xazinaga bo'lgan e'tibor va qiziqish insoniyat taqdirida katta burulishlar yasadi. Jahonni tiz cho'ktirgan. sultonlar-u podshohlar ham kitob qarshisida bosh egdi. Ilm va ma'rifat dunyosida osmon ilmini o'rgandi, sirini ochdi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Afsuski, bugungi shiddat bilan taraqqiy etib borayotgan XXI asr insoniyat hayotida bu bebaho durdona o'zining qadr-qimmatini biroz yo'qotib borayotgandek tuyuladi. Uning o'rnini internet egallab borayotgani, albatta, sir emas. Bugungi kunda internet tizimi insoniyatning faol hayotida o'zining ko'rinmas to'rlarini yanada kengroq yozib,

www.scientificprogress.uz

kitobning o'rnini batomom egallab olmasdan turib, mening nazarimda, uning o'z vazifalarini belgilab olishimiz lozim. Sababi shundaki, dunyo aql-zakovat egalari o'zlarining iqtidor namunalarini kelajak avlodga yetkazish maqsadida ilm, aql-zakovat xazinasi, vaqt oralig'idan olib o'tuvchi vosita - kitobning ahamiyatini, qadr-qimmati, uning foydalari, inson tarbiyasidagi ahamiyatini juda yaxshi anglashgan. To'g'rida, aytingchi, kitob haqida gapirganingizda so'zingiz oxrida "lekin" degan so'zni qo'sha olasizmi? Yoki kitobning turlari haqida gapirganimizda xavotir, ikkilanish bilan fikr yuritamizmi? Yo'q, albatta. Ijtimoiy tarmoqlar haqida gapirganimizda-chi? Qo'yingchi, o'ylaganimizdachi? Kitobni inson yoshiga munosib, saviyasiga mos darajasini aniqlab berish, farzandimizga o'qitish mumkin, ammo internetdagi saytlar haqida nima deya olasiz? Siz uy yumushlari yoxud kasbingiz jihatdan bandligingiz tufayli farzandingiz foydalanayotgan internet saytlarini qanday nazorat qilishga ulgurasiz yoki qunt qila olasiz? Inson o'z farzandiga tavsiya qilayotgan kitoblarni ko'pchiligi bilan tanish bo'ladi. Bu kitoblarni siz yo o'qigansiz yoki vedeofilmlarini ko'rgansiz. Ammo bola foydalanayotgan saytlar haqida nima deya olasiz. G'arbiycha madaniyat, yengil-yelpi hayot va tizginsiz nafs iskanjasi, axloqsizlikni namoyish etuvchi filmlar, musiqa va kliplar, internet orqali taralayotgan turli shov-shuvli ma'lumotlar xalqlarning osuda hayot tarziga salbiy ta'sir ko'rsatib, jamiyatda beqaror holatlarni chaqirayotgan ushbu "XXI asr mo'jizasi" emasmi? To'g'ri, internetning qulay tomonlari ham bor, albatta, ammo ushbu ziyo xazinasidan bilim izlashdan ko'ra illat, fisq-u fasod bulog'idan bahra olib, yana shunday buloqlarni yaratuvchi kimsalarning bor ekanligiga nima deysiz?

MUHOKAMA

Mening nazarimda, farzanddek navnihollarimizni bu salbiy illat iskanjasidan himoya qilish uchun nafaqat ta'lim muassasalarida, oilada turli chora-tadbirlar ishlab chiqish lozim. Unib-o'sib kelayotgan kelajak avlodga oilada, ta'lim muassasida milliy qahramonlarimiz hayoti aks etgan asarlarni, ular asosida ishlangan video filmlarni ko'proq ko'rsatishimiz, ular to'g'risida qiziqarliroq, hayajonliroq gapirishimiz lozim. Oilaviy an'analar orasida bir oyda bir marta milliy, insoniy fazilatlarni o'zida jamlagan kitoblar o'qish an'anasini ham kiritsak yomon bo'lmasdi. Buning uchun turli tanlovlarini o'tkazish bilan birga maktablarda ta'lim berayotgan pedagogik kadrlarni o'zlarini kitobxonlik saviyalarini yanada oshirish kerak. Chunki yuqori saviyga ega, o'z kasbining ustasi bo'lgan ustoz darsini olgan tinglovchi, albatta, bilimga chanqoq bo'ladi, kitob qadrini tushunadi. Maktabda o'tiladigan adabiyot, tarbiya darslarida, to'garaklarda milliy ruhdagi, farzandlar tarbiyasiga ijobiy ta'sir ko'rsatuvchi asarlardan masalan, "O'tkan kunlar", "Mehrobdan chayon", "Sarbadorlar", "Yulduzli tunlar", "Avlodlar davoni", "Ulug' saltanat", "Ulug'bek xazinasi", "Ufq", "Ikki eshik orasi", "Dunyoning ishlari" kabi badiiy asarlarga o'xshash buyuk ajdodlarimiz qahramonligini,

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 3

o'zbek xalqining fazilatlarini, ikkinchi jahon urushining oqibatlarini o'zida aks ettirgan hamda milliy qadriyatlarimizni sehrli jilolarini taratuvchi kitoblarni o'qishni tavsiya qilish, ular yuzasidan o'quvchilar fikrini maqolalar tarzida jurnallarga yoritish, adabiyot kechalarini tashkil qilish samarali natija beradi, deb o'ylayman.

NATIJA

Ba'zan kitoblarning narxlari bilan bog'liq fikrlar quloqqa chalinadi. Ammo masalaning boshqa bir tomoniga ahamiyat berish ham kerak. Katta-katta to'ylarga isrofarchilik qilib, be'mani, bachkana urf-odatlarga sarflangan xarajatlar negadir kitob sotib olish masalasiga kelganda katta muommodek muhokama qilinadi. Qizig'i shundaki bir marta pul sarflab sotib olingan kitoblar qancha daholar yetib chiqishiga sabab bo'lishi necha avlodga xizmat qilishi mumkin. Internetdan olgan ma'lumotingizni siz bir marta o'qiy olasiz (agar ko'chirib olmasangiz), bir necha yillardan so'ng ushbu ma'lumotni qayta topa olmaysiz. Kitobdagi ma'lumotlar necha qayta tekshiruvlardan o'tadi. Internetdagi ma'lumotlar kimning tahlilidan o'tadi, kimning taqrizi asosida chop etiladi, qolaversa uning haqiqiyligiga kim kafolat beradi.

Ta'lim muassasalarida adabiyot darslarida o'qituvchi, avvalo, o'tilayotgan dars mavzusini o'quvchilarga oldindan tavsiya etsa, o'quvchilarning ko'pchiligi shu kitoblarni topib o'qishga xarakat qiladi. O'quvchilar kitobdan olgan xulosalarini yanada boyitish, taassurotlarini yanada kuchaytirish maqsadida ushbu asarlar muallifi yashagan uy muzeylar, adabiyot muzeylariga olib borilsa, o'quvchiga yanada katta qiziqish uyg'onadi. Axir, aytingchi, milliy adabiyotimizning shoh asarlarni o'qigan, shunday buyuk yozuvchilarning mashaqqatli hayoti bilan tanishgan o'quvchilarni kitobga mehr qo'ymaydi deya olasimi? Otabek va Kumush, Anvar va Ra'no, Robiya va Kimsanning sof muhabbatini, Xalima ayadek onalar mehri tarannum etilgan, Zebi, Gulnor kabi o'zbek qizlarining ayanchli taqdirlari, Mirzo Ulug'bekdek daho xizmatlari aks ettirilgan asarlar yaratilgan xonadonga tashrif buyurgan, otashin muhabbat aks etgan, milliy qadriyat va madaniyatni jamlagan asarni o'qishni va yana shunga o'xshash asarlar o'qishga muhtojlik sezmaydi deya olasizmi.

Bu harakat orqali biz nafaqat milliy qahramonlar, balki bu asarlar orqali biz o'zimizning tariximiz va qadimiy shaharlarimizga nisbatan ham yosh avlod ongida hurmat va qiziqish tuyg'usini shakllantirishimiz mumkin. Masalan, Odil Yoqubovning "Ulug'bek xazinasi", "Boburnoma" kabi asarlarni o'qigan inson borki, go'zal Samarqand shahriga maftun bo'ladi. Xayolan Registon maydonini aylanib yurgan "padarkush" deya nom olgan Abdulatifga nisbatan muhabbat-u Mirzo Ulug'bekdek dahoning ma'rifat merosini saqlab, kelajak avlodga yetkazish uchun jonini xatarga qo'ygan, ming o'g'ildan aziz shogird, astranomiya maktabining davomchisi, olim Ali Qushchiga nisbatan nafrat paydo bo'larmidi? Bolalik gashtini surib ulgurmay bir

kechada sarkarda, hukmdorga aylangan, umri davomida hiyonat, iztirob, ayriliq, sog'inch iskanjasida yashasa-da, 322 yildan oshiq hukm surgan sulolaga asos solgan Z.M.Boburdek shaxs faoliyatiga nisbatan qiziqish uyg'onmaydi, deya olasizmi.

XULOSA

Yuqoridagi fikrlarimiz bilan virtual olamdan umuman chekinish kerak demoqchi emasman. Internetning biz uchun qulay, afzal va juda muhim tomonlari bor. Ammo kishini dardini kuylovchi, quvonchlariga sherik bo'luvchi, asrlar tizgini va sinovidan o'tgan kitob mangulik ardog'idagi durdonadir.

Men kitob o'qishni juda sevaman, o'zim dars berayotgan o'quvchilar ongida ham qalbida ham milliy adabiyotimizga, tariximizga, qahramonlarimizga, adiblar va adabiyotimizning serjilo nuqtalariga mehr, muhabbat uyg'otish mening vatan oldidagi eng katta o'qituvchilik burchim deb bilaman.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Мирзиёев Ш.М. Адабиёт ва санат, маданиятни ривожлантириш - халкимиз маънавий оламини юксалтиришнинг мустахкам пойдеворидир / Халк сузи. 2017. 4 август

2. www.зиёнет.уз.

3. www.адабиёт.уз.

4. www.гоогле.уз.

5. www.литература.ру.

REFERENCES

1. Мирзиёев Ш.М. Адабиёт ва санат, маданиятни ривожлантириш - халкимиз маънавий оламини юксалтиришнинг мустахкам пойдеворидир / Халк сузи. 2017. 4 август

2. www.зиёнет.уз.

3. www.адабиёт.уз.

4. www.roQme^.

5. www.литература.ру.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.