Научная статья на тему 'KIMYO SANOATI CHIQINDILARINING ATMOSFERA RESURSLARIGA TA’SIRI'

KIMYO SANOATI CHIQINDILARINING ATMOSFERA RESURSLARIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
15
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
atmosfera / kimyo sanoati / ifloslanish / atrof-muhit / chiqindi / ishlab chiqarish / gaz tarkibi / miqdor / ruxsat etilgan chegaraviy konsentratsiya. / atmosphere / chemical industry / pollution / environment / emission / production / gas composition / quantity / maximum permissible concentration.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Uzakov Zafar Zoirovich, Muzaffarov Mahsud Akmalo‘g‘li

Maqolada kimyo sanoati korxonalari chiqindilarning tarkibi va miqdori tahlil qilingan. Kimyo sanoatining atrof-muhitga ta’siri xom ashyoni qazib olish va birlamchi qayta ishlashdan yakuniy mahsulotni ishlatish va chiqindilarni utilizatsiya qilishgacha bo‘lgan butun texnologik zanjirni qamrab oladi. Statsionar manbalar tomonidan chiqindilarning hosil bo‘lishi, tozalash uskunalarida gazlarning uslab qolinishi hamda atmosferaga chiqarib yuborilgan miqdorlari tahlili keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE INFLUENCE OF CHEMICAL INDUSTRY ON ATMOSPHERIC RESOURCES

The article analyzes the composition and quantity of waste from chemical industry enterprises. The impact of the chemical industry on the environment covers the entire technological chain: from raw material extraction and primary processing to the use of the final product and waste disposal. An analysis of waste formation from stationary sources, gas accumulation in cleaning equipment and the amount of emissions into the atmosphere is presented.

Текст научной работы на тему «KIMYO SANOATI CHIQINDILARINING ATMOSFERA RESURSLARIGA TA’SIRI»

UO'K: 504.3.054 - 10.70769/3030-3214.SRT.2.4.2024.51

KIMYO SANOATI CHIQINDILARINING ATMOSFERA RESURSLARIGA

TA'SIRI

- - ■

Uzakov Zafar Zoirovich Muzaffarov MahsudAkmal o'g'li

Biologiya fanlari falsafa doktori, dotsent «,,/->

Atrof muhit muhofazasi mutaxassisligi 1-kurs magistratura Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Qarshi, O zbekiston ,-,>>>

talabasi, Qarshi davlat universiteti, Qarshi, O zbekiston

E-mail: uzakov.zafar@mail. ru

Annotatsiya. Maqolada kimyo sanoati korxonalari chiqindilarning tarkibi va miqdori tahlil qilingan. Kimyo sanoatining atrof-muhitga ta'siri xom ashyoni qazib olish va birlamchi qayta ishlashdan yakuniy mahsulotni ishlatish va chiqindilarni utilizatsiya qilishgacha bo'lgan butun texnologik zanjirni qamrab oladi. Statsionar manbalar tomonidan chiqindilarning hosil bo'lishi, tozalash uskunalarida gazlarning uslab qolinishi hamda atmosferaga chiqarib yuborilgan miqdorlari tahlili keltirilgan. Kalit so'zlar: atmosfera, kimyo sanoati, ifloslanish, atrof-muhit, chiqindi, ishlab chiqarish, gaz tarkibi, miqdor, ruxsat etilgan chegaraviy konsentratsiya.

ВЛИЯНИЕ ОТХОДОВ ХИМИЧЕСКОЙ ПРОМЫШЛЕННОСТИ НА

АТМОСФЕРНЫЕ РЕСУРСЫ

Узаков Зафар Зоирович Музаффаров Махсуд Акмал угли

Магистр 1 курса по специальности «Охрана окружающей

Доктор философии биологических наук, доцент Каршинский

среды», Каршинский государственный университет,

инженерно-экономический институт, Карши, Узбекистан

Карши, Узбекистан

Аннотация. В статье проанализирован состав и количество отходов предприятий химической промышленности. Воздействие химической промышленности на окружающую среду охватывает всю технологическую цепочку: от добычи сырья и первичной переработки до использования конечного продукта и утилизации отходов. Представлен анализ образования отходов от стационарных источников, накопления газов в очистном оборудовании и количества выбросов в атмосферу. Ключевые слова: атмосфера, химическая промышленность, загрязнение, окружающая среда, выброс, производство, газовый состав, количество, предельно допустимая концентрация.

THE INFLUENCE OF CHEMICAL INDUSTRY ON ATMOSPHERIC

RESOURCES

Uzakov Zafar Zoirovich Muzaffarov Makhsud Akmal ugli

Doctor of Philosophy in Biological Sciences, Associate Professor 1st year Master's student in the specialty "Environmental

Karshi Engineering-Economics Institute, Karshi, Uzbekistan Protection ", Karshi State University, Karshi, Uzbekistan

Abstract. The article analyzes the composition and quantity of waste from chemical industry enterprises. The impact of the chemical industry on the environment covers the entire technological chain: from raw material extraction and primary processing to the use of the final product and waste disposal. An analysis ofwaste formation from stationary sources, gas accumulation in cleaning equipment and the amount of emissions into the atmosphere is presented.

Keywords: atmosphere, chemical industry, pollution, environment, emission, production, gas composition, quantity, maximum permissible concentration.

Kirish. Atmosfera qatlami faqat o'ziga hos bo'lgan xususiyatlari, ya'ni yuqori darajada harakatchanligi, tarkibidagi kom-ponentlarining o'zgaruvchanligi, havodagi fizik-kimyoviy jarayonlarning o'ziga hosligi bilan Yerning boshqa qobiqlaridan ajralib turadi. Atmosfera nafaqat inson, hay-vonotlar, o'simliklarning nafas olishi uchun havo manbasi bo'lib hisoblanadi. Bugungi kunda tabiiy muhitga ko'rsatilayotgan tex-nogen ta'sirlarning ortib borishi atrof-mu-hitni degradatsiyagsiga olib kelishi va shu bilan bog'liq bo'lgan bir qator muammolarni paydo bo'lishiga sabab bo'lmoqda. Bu muammolar orasida atmosfera havosining holati alohida ahamiyatga egadir.

Adabiyot tahlili va usullari. Inson atrof-muhitining ifloslanishi muammosi bir necha asrlarga borib taqaladi. Sanoat rivojlanishiga qadar atrof-muhitning ifloslanishi cheklangan edi, sanoat ishlab chi-qarishi va shahar aholisining o'sishi tufayli vaziyat keskin o'zgardi. Atrof-muhitni iflos-lantiruvchi manbalar orasida qazib olina-digan uglevodorodlar birinchi o'rinda turadi: ko'mir, neft, gaz. Ular yonib ketganda, katta miqdordagi chiqindilar hosil bo'ladi [1].

Atrof-muhitning kimyoviy element va moddalar bilan ifloslanish manbalarini aso-san, metal ishlab chiqarish sanoat chiqin-

dilari, turli yoqilg'ilarning yonish mahsulot-lari, avtomobil dudlari va chiqindi gazlar, qishloq xo'jaligida ishlatiladigan ximikatlar va boshqalar tashkil etadi. Atrof-muhit va albatta inson uchun eng xavfli kimyoviy elementlarga simob, qo'rg'oshin, kadmiy, mishyak, selen, ftor elementlari kirsa, ular ichida o'ta xavflilari simob, qo'rg'oshin va kadmiy hisoblanadi. Dunyo miqyosida o'r-tacha hisob kitoblarga ko'ra, metallurgiya sanoati har yili o'rta hisobda 35-40 tonna simob, 850-900 tonna kobalt (Co), 15002000 tonna rux (Zn) va 180-250 ming tonna-gacha mis (Cu) ni atrof-muhitga chiqaradi [2]. Sulfat angidridi yuqori dozalarda juda zaharli hisoblanadi. Oltingugurt dioksidi bilan zaharlanish belgilari orasida burun oqi-shi, yo'tal, ovozning xirillashi, og'ir tomoq og'rig'i va o'ziga xos ta'm mavjud. Oltin-gugurt dioksidining yuqori konsentratsiya-sini nafas yo'li orqali qabul qilish bo'g'i-lishga olib kelishi mumkin, nutqning buzi-lishi, yutish qiyinligi, qusish va o'tkir o'pka shishi hosil bo'lishiga olib kelishi mumkin. Qisqa vaqt davomida nafas olganda, u kuchli tirnash xususiyati beruvchi ta'sirga ega bo'lib, yo'tal va tomoq og'rig'iga sabab bo'ladi. Stratosferada, odatdagidek, turli sanoat jarayonlarida ajralib chiqadigan ayrim noor-ganik birikmalari bilan mahsus jarayonlar

sodir bo'ladi. EURO 96 kategoriyasi bo'yi-cha ishlab chiqilgan qoidalarga binoan atmosferani ifloslantiruvchi yirik sanoat manbalari qatoriga kimyoviy korxonalar, neftni qayta ishlash korxonalari, aerokosmik ishlab chiqarish, sement zavodlari, ahlatlari yoqish obyektlari, yuk va odam tashuvchi vositalar, elektrostansiyalar, metallurgik kombinatlar, hamda mayda manbalar kate-goriyalari, masalan, kiyimlarni kimyoviy tozalash, xususiy steryokizatorlari, Ikkilam-chi qo'rg'oshinni eritish korxonalari, sanoat qozonlari hamda galvanik xrom uskunalari kiradi [3].

Mutaxassislarning hisob-kitobiga qara-ganda, so'ngi yuz yil ichida inson faqat yonilg'i hisobiga havoga 400 mlrd tonnadan ortiq is gazni chiqargan. Shuningdek, oltin-gugurt oksidi, azot oksidi, ammiak, xlor va boshqa gazlar havoga turli miqdorda chi-qarilib turilmoqda [4].

Rossiya korxonalari 2023 yilda rekord darajadagi 9,3 milliard tonna chiqindi hosil qildi. Bu 2022 yilga nisbatan 3 foizga yoki 262 million tonnaga ko'pdir, FinExpertiza auditorlik va konsalting tarmog'ining tah-liliy xizmati Rosprirodnadzor ma'lumot-laridan foydalangan holda hisoblab chiqdi. Chiqindilar hajmi yildan-yilga barqaror o'sib bormoqda, 2023-yilda 3 foizni tashkil etgan korxonalar tomonidan ishlab chiqa-rilgan chiqindilarning o'sishi, umuman ol-ganda, sanoat ishlab chiqarishining 3,5 foizga o'sishiga to'g'ri keladi. Shu bilan birga, chiqindilarni boshqarish harajatlari atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha boshqa tadbirlarga nisbatan nafaqat eng yuqori, balki eng tez o'sayotgan bo'ldi. 2023 yilda Rossiya biznesi ushbu ekologik hududga 440,3 milliard rubl sarfladi, bu o'tgan yilga nisbatan 34 foizga ko'pdir [5].

Sanoat gazlari ko'plab ishlab chiqarish

jarayonlarining ajralmas qismi bo'lib, asosiy rolni karbonat angidrid (CO2) va metan (CH4) kabi moddalar o'ynaydi. Biroq, bu gazlar issiqxona gazlari emissiyasiga ham sezilarli hissa qo'shadi, issiqxona effektini kuchaytiradi va global isishni kuchaytiradi. Iqlim o'zgarishini oldini olishda sanoat gazlarining atrof-muhitga ta'sirini tushunish juda muhimdir. Yer atmosferasi tabiiy ra-vishda bu gazlarni o'z ichiga olgan bo'lsada, sanoat faoliyati tufayli ularning yuqori kon-sentratsiyasi radiatsiya muvozanatini buzadi va ko'proq issiqlikni ushlab turadi.

Sizda ta'sirni yumshatish bilan shug'ul-lanadigan sohalarni qo'llab-quvvatlash or-qali ijobiy o'zgarishlarga ta'sir qilish imko-niyati mavjud. Bunday chora-tadbirlar ener-giya samaradorligini oshirish, chiqindilarni atmosferaga yetguncha ushlab turish va saqlash, qayta tiklanadigan energiya man-balariga o'tishni o'z ichiga oladi. Sanoat gazlarining salbiy ta'siriga qarshi kurash-ning kaliti sanoat sohasida innovatsiyalar va barqaror amaliyotlarni keng joriy etishda yotadi. Sanoat gazlarining atrof-muhitga ta'sirini tushunishingiz inson faoliyatining iqlim o'zgarishiga kengroq ta'sirini tushunish uchun juda muhimdir. Ushbu gaz-larning manbalari, turlari va ta'sirini, shu-ningdek, kamaytirish choralarini o'rganish orqali siz issiqxona gazlari chiqindilaridagi sanoat roli haqida aniq tasavvurga ega bo'lasiz. Karbonat angidrid, metan, azot oksidi, gidroftoruglerodlar, perftoruglerod-lar va oltingugurt geksaftorid kabi sanoat gazlari turli sanoat jarayonlaridan kelib chiqadi. Ular orasida energiya ishlab chiqa-rishda qazib olinadigan yoqilg'ilarning yoni-shi natijasida karbonat angidrid asosiy emis-siya hisoblanadi, metan chiqindilari esa qishloq xo'jaligi kabi tarmoqlarda sezilarli. Ishlab chiqarish sanoati yuqori global isish

potentsialiga ega bo'lgan boshqa kuchli gazlarga ham hissa qo'shadi [6].

Bugungi kunda sanoat dunyosining energiyaga bo'lgan talabining 97 foizdan

ortig'i an'anaviy fotoalbom yoqilg'ilarni yoqish orqali qondiriladi. Energiya ishlab chiqarishning boshqa qimmatroq turlariga o'tkazish jadallik bilan amalga oshirilsa

1-jadval

Statsionar manbalardan atmosferaga chiqadigan ifloslantiruvchi moddalar, ularni

tozalash va utilizatsiya qilish

Ifloslantiruvchi moddalar xos raqami Satr kodi Ifloslantiruvchi moddalar Hosil bo'lgan ifloslantiruvchi moddalar miqdori Tozalash inshootlariga tushgan ifloslantiruvchi moddalar jami ulardan, ushlab qolingani va zararsizlantirilgani Atmosferaga chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalar-jami t/yil

jami ulardan, utilizatsiya qilingani

А B 1 2 3 4 5 6

0001 101 Jami (101=102+103) 6246.5923 951.0508 908.2536 908.2536 5338.3387

0002 102 shu jumladan: qattiq holdagi 0.029 0.0058 0.0057 0.0057 0.0233

х х shu jumladan: х х х х х

0123 1401 Temir oksidi 0.0007 0.0007

143 1402 Marganes va uning birikmalari 0.00005 0.00005

323 1403 Kremniy dioksid amorfniy (Aerosil-175) 0.00005 0.00005

328 1404 Qurum 0.0058 0.0058 0.0057 0.0057 0.0001

2929 1406 Aminoplast changi 0.0214 0.0214

331 1407 Oltingugurt elementlari 0.0009 0.0009

0004 103 gazsimon va suyuq (103=104+105+106+ 107+108+109+110) 6246.5633 951.0450 908.2479 908.2479 5338.3154

0330 104 shu jumladan: sulfat angidridi 1934.2854 951.0450 908.2479 908.2479 1026.0375

0337 105 uglerod oksidi 3236.3662 3236.3662

0301 106 azot dioksidi 822.0429 822.0429

0304 107 azot oksidi 205.6241 205.6241

0401 108 uglevodorodlar (UOB siz) 45.3177 45.3177

x x shu jumladan: X x x x X

410 1501 Metan 45.2468 45.2468

2704 1502 Benzin (neftli kam oltingugurtli, uglerodga qayta hisoblanganda ) 0.0709 0.0709

0006 109 uchuvchan organik birikmalar (UOB) 2.9269 2.9269

x x shu jumladan: x x x x x

408 1601 Siklogeksan 1.0142 1.0142

1555 1602 Sirka kislotasi 1.7941 1.7941

7777 1603 Boshqalar 0.0923 0.0923

1325 1604 Formaldegid 0.0153 0.0153

1317 1605 Asetaldegid 0.011 0.011

0005 110 boshqa gazsimon va suyuq moddalar 0.000061 0.000061

x x shu jumladan: x x x x x

342 1701 Gazsimon ftor birikmalari 0.000061 0.000061

324 1702 Oltingugurt kislotasi 0 0

ham, qazib olinadigan yoqilg'ining yillik iste'moli miloddan avvalgi 2000 yilga kelib ikki baravar ko'payishi mumkin. Agar dun-yo har qanday vaqtda mavjud bo'lgan eng arzon yoqilg'iga ustunlik berish kabi keng tarqalgan iqtisodiy siyosatga amal qilsa, 1974 yilgacha chorak asr davomida mavjud bo'lgan qazib olinadigan yoqilg'i iste'mo-lining yiliga 4 foizga o'sishi qayta tiklanishi va keyingi asrda davom etishi mumkin. Yillik eng yuqori ko'rsatkich bugungi kunga nisbatan 10 yoki hatto 20 barobar ko'p bo'lishi mumkin, bu yoqilg'i zaxiralarining tugashi iste'molning pasayishiga olib kelishi mumkin [7].

Sanoat kimyoviy chiqindilarning asosiy ishlab chiqaruvchisi bo'lib, global chiqindilar yukiga sezilarli hissa qo'shadi. Kimyoviy ishlab chiqarish: Turli xil ilovalar uchun kimyoviy moddalarning keng assortimentini ishlab chiqaradigan ushbu sektor katta miqdordagi chiqindilarni, shu jum-ladan foydalanilmagan xom ashyo, qo'shim-cha mahsulotlar va ifloslangan idishlarni hosil qiladi. Neftni qayta ishlash va neft kimyosi: neftni qayta ishlash va neft-kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bog'liq jarayonlar turli xil xavfli chiqindilarni, jumladan, loy, ifloslangan suv va chiqindi gazlarni keltirib chiqaradi [9].

Sanoat chiqindilarini atrof-muhitga, biosferaga tashlanishi ko'p regionlarda eko-logik holatning buzilishiga olib kelmoqda. Buning oldini olish uchun sanoat kor-xonalaridan ajralayotgan chiqindilarga REChK (ruxsat etilgan chegaraviy konsen-tratsiya) lar o'rnatilishi lozim. Har bir kor-xonadan ajralayotgan chiqindi REChK dan yuqori bo'lsa u tozalanishi yoki albatta kor-xona texnologiyasi sozlanishi lozim. Hozirgi kunda olimlar tarafidan har bir chiqindini tozalash yoki uni zararsizlantirish uchun

turli usullar ishlab chiqilgan. Har bir usul ajralayotgan chiqindining agregat holati, fizik-kimyoviy xususiyati, miqdori, konsen-tratsiyasi, harorati, qanday manbadan ajrala-yotganligiga qarab tanlanadi [10].

Natijalar va muhokama. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'z-garishi boshqarmasining 2023-yildagi ma'-lumotlariga ko'ra, Sho'rtan gaz kimyo MChJ majmuasi manbalaridan atmosferaga tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar tarkibi tahlil etildi. Bunda hosil bo'lgan ifloslantiruvchi moddalar miqdori -6246.5923 tonna/yilni, Ulardan tozalash inshootlariga tushgan ifloslantiruvchi moddalar 951.0508 tonna/yil, ulardan utilizatsiya qilingani jami 908.2536 tonna/yil, atmosferaga chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalar 5338.3387 tonna/yilni tashkil etgan.

Qattiq holdagi hosil bo'lgan ifloslantiruvchi moddalar miqdori jami 0.029 tonna/yil, tozalash inshootlariga tushgan ifloslantiruvchi moddalar 0.0058 tonna/yil, ulardan utilizatsiya qilingani 0.0057 tonna/yil, atmosferaga chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalar 0.0233 tonna/yil hisobida, shundan temir oksidi miqdori 0.0007 tonnani, atmosferaga chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalar 0.0007 tonnani, marganes va uning birikmalari esa 0.00005 tonnani, atmosferaga chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalar 0.00005 tonnani; Qurum 0.0058 tonnani, shundan ushlab qolinib, utilizatsiya qilingani 0.0057 tonnani, atmosferaga chiqa-rib yuborilgan miqdori 0.0001 tonnani tashkil qilgan.

Gazsimon va suyuq holdagi moddalar miqdori 6246.5633 tonna/yilni, shundan tozalash inshootlariga tushgan ifloslantiruvchi moddalar 951.0450 tonnani, ulardan utilizatsiya qilingani 908.2479 tonnani, atmosferaga chiqarilgan miqdori 5338.3154

tonna/yilni tashkil etgan. Masalan, sulfat angdrid 1934.2854 tonna/yilni, shundan, utilizatsiya qilingan miqdor 908.2479 ton-nani, atmosferaga chiqarilgan ifloslan-tiruvchi modda miqdori 1026.0375 tonnani, uglerod oksidi 3236.3662 tonnani, atmosferaga chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalar 3236.3662 tonnani, azot dioksidi 822.0429 tonnani, atmosferaga chiqarilgan miqdori 822.0429 tonnani, azot oksidi 205.6241 tonnani, atmosferaga chiqarilgan miqdori 205.6241 tonnani tashkil etgan.

Uglevodorodlar (UOB siz) 45.3177 tonna/yilni, atmosferaga chiqarilgan ifloslantiruvchi modda miqdori 45.3177 tonnani, shundan metan 45.2468 tonnani, atmosferaga chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalar miqdori 45.2468 tonnani tashkil etgan.

Uchuvchan organik birikmalar (UOB) 2.9269 tonnani, atmosferaga chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalar miqdori 2.9269 tonnani, siklogiksan - 1.0142, atmosferaga chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalar miqdori 1.0142, sirka kislotasi 1.7941 tonnani, atmosferaga chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalar 1.7941 tonnani, boshqa gazsimon va suyuq moddalar 0.000061 tonnani, at-mosferaga chiqarilgan ifloslantiruvchi mod-dalar 0.000061 tonnani, shundan gazsimon ftor brikmalari 0.000061 tonnani tashkil etgan.

Xulosa. Sanoat korxonalarini ko'-paytirishning eng katta afzalliklaridan biri iqtisodiyotdagi o'sishdir. Biroq, sanoat kor-xonalaridan chiqayotgan chiqindi gazlar va ularning atmosferaga ta'siri bizni tashvishga solmoqda. Sanoat korxonalaridan chiqayot-gan chiqindi gazlar inson salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatib, turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Sanoatdan chiqayotgan zaharli gazlar nafaqat insonlarga, balki o'simliklar va hayvonlarga ham zarar yet-kazadi.

Aniqlanishicha, hozirgi paytda bios-ferada 70 ming xil yangi kimyoviy moddalar tarqalgan bo'lib, ular ilgari tabiatda uch-ramagan. Ulardan 300 turi inson organiz-mida aniqlangan. Tadqiqotlar natijalariga ko'ra, har 100 kishidan 99 tasida ushbu kimyoviy moddalar mavjudligi ma'lum bo'lgan. Planetamizda biror burchak yo'qki, har xil kimyoviy moddalar bilan iflos-lanmagan bo'lsin.

Ushbu muammolarning oldini olish uchun bosqichma-bosqich kam chiqitli tex-nologiyalarni qo'llash, shuningdek, turg'un tashlama manbalariga o'rnatilgan chang-gaz tozalash uskunalarini doimiy ravishda mo-dernizatsiya qilish va yangilab borish maq-sadga muvofiqdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Uzakov, Z. Z., & Jumayeva, M. D. (2024). NEFT VA GAZ SANOATI KORXONALARI CHIQINDILARI TAHLILI. Sanoatda Raqamli Texnologiyalar, 2(02). Retrieved from https://ois.qmii.uz/index.php/sr/article/view/801.

2. Sh.A. Mutalov, T.T.Tursunov, M.M.Niyazova, K.M.Adilova, B.Z.Zaynitdinova, A.A.Maksudova "Sanoat ekologiyasi (Atrof muhit muhofazasi)" Toshkent 2020. -359 b.

3. Tilovov, Turob. Ekologiya: o'quv qo'llanma / Turob Tilovov. - Toshkent: Oqituvchi, 2012. - 152 b.

4. National Academies of Sciences, Engineering, and Medicine. 1977. Energy and Climate: Studies in Geophysics. Washington, DC: The National Academies Press. https://doi.org/10.17226/12024.

5. Musayev, M.N. Sanoat chiqindilarini tozalah texnologiyasi asoslari: Oliy o'quv yurtlarining 5850100—Atrof-muhit muhofazasi yo'nalishi talabalari uchun darslik. — T.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2011. — 500 b.

6. https://hayotkimyosicom.wordpress.com/about/

7. https://www.vedomosti.ru/esg/ecology/articles/2024/08/23/1057624-othodi-rossiiskoi-promishlennosti-previsili-istoricheskii-maksimum

8. https://ramdon.com/environmental-impact-of-industrial-gases/

9. https://www.cleanway.com.au/e-waste-recycling/chemical-waste-current-perspectives-and-

challenges/# :~:text=Kev%20characteristics%20that%20often%20deflne,handling% 2C%20treatment%2C%20and%20disposal.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.