Научная статья на тему 'SHO‘RTANGAZKIMYO MAJMUASI FAOLIYATINING TABIIY LANDSHAFTLAR EKOLOGIK HOLATIGA TA’SIRI'

SHO‘RTANGAZKIMYO MAJMUASI FAOLIYATINING TABIIY LANDSHAFTLAR EKOLOGIK HOLATIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Прочие технологии»

CC BY
8
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sho‘rtangazkimyo majmuasi / och tusli bo‘z tuproqlar / chiqindilar / uglerod / azot oksidlari / uglevodorodlar / oltingugurt (II) oksidi / tuproqda oltingugut miqdori / mevali daraxtlar / zararlanish. / Shortangaz chemical complex / gray soils / waste / carbon / nitrogen oxides / hydrocarbons / sulfur (II) oxide / sulfur content in soil / fruit trees / damage.

Аннотация научной статьи по прочим технологиям, автор научной работы — Xoliqulov Shodi Turdiqulovich, Yaqubov Tursunboy Botirovich, Botirova Feruza Tursunboyqizi

Mazkur maqolada Sho‘rtangazkimyo majmuasi faoliyati natijasida atrof-muhitga chiqarilgan chiqindilarning ushbu hududda tarqalgan tuproq va o‘simliklar (mevali daraxtlar)ga ta’siri bayon etilgan. Chiqindilar ta’sirida och tusli bo‘z tuproqlar tarkibidagi yalpi oltingugurt 1,96-1,98% gacha oshgan. Bu ko‘rsatkich mazkur elementning fon ko‘rsatkichidan (0,19%) dan bir necha barobar ko‘pdir. Chiqindilar ta’sirida o‘rganilgan olma, o‘rik, bodom singari mevali daraxtlar novdalarining o‘sishi nisbatan kam bo‘ldi. Barglarida turli dog‘lar, bujmayish, kuyish, qorayish, qizg‘ish rangga o‘tishi va boshqa bir qator tashqi belgilar namoyon bo‘ldi. Generativ organlarida zararlanishlar kuzatildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPACT OF THE OPERATION OF THE SHURTAN GAS CHEMICAL COMPLEX ON THE ECOLOGICAL STATE OF NATURAL LANDSCAPES

This article describes the effect of the waste released into the environment as a result of the activity of the Shurtangaz chemical complex on the soil and plants (fruit trees) scattered in this area. Under the influence of waste, the total sulfur content of pale gray soils increased to 1.96-1.98%. This indicator is several times more than the background indicator of this element (0.19%). The growth of branches of fruit trees such as apples, apricots, and almonds, which were studied under the influence of waste, was relatively low. Various spots, swelling, burning, darkening, turning reddish and a number of other external signs appeared on the leaves. Damage to the reproductive organs was observed.

Текст научной работы на тему «SHO‘RTANGAZKIMYO MAJMUASI FAOLIYATINING TABIIY LANDSHAFTLAR EKOLOGIK HOLATIGA TA’SIRI»

UO'K: 504.05 - 10.5281/zenodo. 11294103

SHO'RTANGAZKIMYO MAJMUASI FAOLIYATINING TABIIY LANDSHAFTLAR EKOLOGIK HOLATIGA TA'SIRI

Xoliqulov Shodi Turdiqulovich

Samarqand davlat unversiteti professor, Samarqand, O 'zbekiston

Yaqubov Tursunboy

Botirovich

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, katta o 'qituvchi, Qarshi, O'zbekiston E-mail:

tursunboy. yakubov.1976@mail. ru ORCID ID: 0009-0000-3069-6166

Botirova Feruza Tursunboy qizi

Samarqand davlat tibbiyot

unversiteti talabasi, Samarqand, O 'zbekiston

Annotatsiya. Mazkur maqolada Sho 'rtangazkimyo majmuasi faoliyati natijasida atrof -muhitga chiqarilgan chiqindilarning ushbu hududda tarqalgan tuproq va o'simliklar (mevali daraxtlar)ga ta'siri bayon etilgan. Chiqindilar ta'sirida och tusli bo 'z tuproqlar tarkibidagi yalpi oltingugurt 1,96-1,98% gacha oshgan. Bu ko'rsatkich mazkur elementning fon ko'rsatkichidan (0,19%) dan bir necha barobar ko'pdir. Chiqindilar ta 'sirida o 'rganilgan olma, o 'rik, bodom singari mevali daraxtlar novdalarining o 'sishi nisbatan kam bo'ldi. Barglarida turli dog'lar, bujmayish, kuyish, qorayish, qizg'ish rangga o 'tishi va boshqa bir qator tashqi belgilar namoyon bo 'ldi. Generativ organlarida zararlanishlar kuzatildi.

Kalit so 'zlari: Sho 'rtangazkimyo majmuasi, och tusli bo 'z tuproqlar, chiqindilar, uglerod, azot oksidlari, uglevodorodlar, oltingugurt (II) oksidi, tuproqda oltingugut miqdori, mevali daraxtlar, zararlanish.

ВЛИЯНИЕ ЭКСПЛУАТАЦИИ ШУРТАНСКОГО ГАЗОХИМИЧЕСКОГО КОМПЛЕКСА НА ЭКОЛОГИЧЕСКОЕ СОСТОЯНИЕ ПРИРОДНЫХ

Холикулов Шоди Турдикулович

Профессор, Самаркандский государственный университет, Самарканд, Узбекистан

ЛАНДШАФТОВ

Якубов Турсунбой Ботирович

Каршинский инженерно-экономический институт, старший преподаватель, Карши, Узбекистан

Ботирова Феруза Турсунбой кизи

Студент Самаркандского государственного медицинского университета, Самарканд, Узбекистан

Аннотация. В данной статье описано влияние отходов, выбрасываемых в окружающую среду в результате эксплуатации Шуртанского газохимического комплекса, на почву и растения (плодовые деревья), разбросанные на данной тер-

ритории. Под влиянием отходов содержание общей серы в палевых сероземах увеличилось до 1,96-1,98%. Этот показатель в несколько раз превышает фоновый показатель этого элемента (0,19%). Рост ветвей плодовых деревьев, таких как яблони, абрикосы и миндаль, исследованных под воздействием отходов, был относительно низким. На листьях появились различные пятна, вздутия, жжения, потемнения, покраснения и ряд других внешних признаков. Наблюдалось поражение репродуктивных органов.

Ключевые слова: Шуртангазский химический комплекс, серые почвы, отходы, углерод, оксиды азота, углеводороды, оксид серы(П), содержание серы в почве, плодовые деревья, ущерб.

THE IMPACT OF THE OPERATION OF THE SHURTAN GAS CHEMICAL COMPLEX ON THE ECOLOGICAL STATE OF NATURAL LANDSCAPES

Kholikulov Shodi Turdikulovich

Professor, Samarkand State University, Samarkand, Uzbekistan

Yakubov Tursunboy Botirovich

Karshi Engineering-Economics Institute, senior lecturer, Karshi, Uzbekistan

Botirova Feruza Tursunboy kizi

Student at Samarkand State Medical University, Samarkand, Uzbekistan

Abstract. This article describes the effect of the waste released into the environment as a result of the activity of the Shurtangaz chemical complex on the soil and plants (fruit trees) scattered in this area. Under the influence of waste, the total sulfur content of pale gray soils increased to 1.96-1.98%. This indicator is several times more than the background indicator of this element (0.19%). The growth of branches of fruit trees such as apples, apricots, and almonds, which were studied under the influence of waste, was relatively low. Various spots, swelling, burning, darkening, turning reddish and a number of other external signs appeared on the leaves. Damage to the reproductive organs was observed. Keywords: Shortangaz chemical complex, gray soils, waste, carbon, nitrogen oxides, hydrocarbons, sulfur (II) oxide, sulfur content in soil, fruit trees, damage.

Kirish. Keyingi yillarda olimlarimiz tomonidan olib borilayotgan ko'pgina ilmiy tadqiqotlar asosan turli xil ekologik muam-molarni hal etishga qaratilib kelinmoqda. Chunki tabiiy landshaftlarning asosiy kom-ponentlari hisoblangan tuproq, suv va havo tarkibining turli omillar ta'sirida ifloslanishi ko'paymoqda. Bunda sanoat korxonalari, ayniqsa kimyo majmualari, metallurgiya korxonalari, issiqlik elektr stansiyalaridan atmosferaga chiqarilayotgan turli xil zaharli gaz va changlar asosiy rolni o'ynaydi. Barcha tirik organizmlar uchun xavfli

moddalar hisoblanadigan uglerod, oltin-gugurt va azot oksidlari hamda simob, qo'rg'oshin va kadmiy singari zaharli ele-mentlar atrof-muhitning ifloslanishiga sabab bo'lmoqda.

Shuning uchun ham sanoat korxonalari faoliyati natijasida atrof-muhitga chiqaril-gan turli hil zararli birikmalarning tabiiy landshaftlar ekologik holatiga ta'sirini o'r-ganish muhim masalalardan hisoblanadi.

Adabiyotlar tahlili va metodlar. Tadqiqotchilar tomonidan turli omillar ta'sirida atrof-muhitning ifloslanishi va

ulaming manbalarini o'гganish boгasida olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari asosida so'nggi yillaгda ilmiy adabiyotlaгda texnogen yoki texnogenez tushinchalari paydo bo'ldi. Mazkuг tushincha bevosita insonning ishlab chiqaгish faoliyati ta,siгida tabiiy majmualaming o'zgaгishi hisobla-nadi.

Ya'ni texnogenez deganda odamlar-ning texnik va texnologik faoliyati natijasida biosferada sodiï bo'layotgan tuгli xil geokimyoviy jarayonlar kombinatsiyasida yuzaga kelgan o'zgaгishlaг tushiniladi [5].

BMT ning 2016-yildagi ma'lumot-laгiga ko'гa, dunyo aholisining 92 foizi bevosita ifloslangan havodan nafas oladi, bu esa sanitar-gigiyenik me'yoriariga javob bemaydi. Ma,lumotlaгga ko'гa 20-asrning boshlarida yer yuzasida 10 ta yirik tabiiy va texnogen ofatlar qayd etilgan. 20 - as! o'rta-lariga kelib esa ularning soni 65 ta, asr oxir-lariga kelib esa 200 dan oshgan. 21-asrning boshlarida taxminan 250 dan ortiq shunday holatlar qayd etilgan [4].

Sanoat korxonalarining faoliyati natijasida atrof-muhitga chiqarilgan chiqindilar hisobiga atmosfera, suv, tuproq, o'simlik, hayvon, insonlarga turii xildagi ta'siгlaг ortib bormoqda. Bu esa tabiatni muhofaza qilishni ilmiy jihatdan tadqiq qilish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda.

Ta'kidlanganidek, dunyo miqyosida sanoat tarmoqlarining jadal rivojlanishi, tuproqlarning texnogen iloslanishida asosiy sabab bo'lmoqda. Tuproqlarning tuгli zaгaгli buikme^ jumladan og'iг metallar bilan ifloslanishi, ularning tuproq xossalari, yer osti va yer usti suvlaгi, o^^ikla^ hayvonot olami hamda insoniyatning yashash muhi-tiga zaгaгli ta,siгini o^ganish boгasida biг qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Jumladan, chimli podzol va qora tuproqlarda

texnogen ifloslanish darajasi bilan bog'liq holda og% metallaг taгqalishi o'гganilib, mis va qo^g'oshin elementlaгining kation-lari tuproqda rux va kadmiyning mustahkam singishiga to'sqinlik qilishi, o'zlari esa mahkam yutilib qolishi qayd etilgan [6,7].

Respublikamiz sharoitida sanoat korxonalari faoliyati natijasida chiqarilgan chiqindilarning atrof-muhitni turli zararli bin^ala^ jumladan og'iï metallar bilan ifloslanishi borasida bir qator tadqiqotlar olib borilgan. Masalan, bunday tadqiqotlar respublikamizda Olmaliq tog'-kon metallur-giya kombinati atrofidagi tuproqlar [1] hamda Samarqand kimyo kombinati atro-fidagi tupгoqlaгda [2,3,8,13] o'tkazilgan.

Manbalaráan ko'гinib tuгibdiki, gaz-sanoati korxonalari tomonidan chiqarilgan chiqindilarning atrof-muhitga ko'reatadigan ta'siri гespublikamiz sharoitida yetariicha o'гganilmagan.

Tadqiqot metodologiyasi. Tadqiqot Qashqadaгyo viloyati G'uzoг tumani hududida joylashgan Sho'гtangazkimyo majmuasi atrofida taгqalgan och tusli bo'z tuproqlar sharoitida olib borildi [10]. Tadqiqotda umumqabul qilingan standart uslublardan foydalanildi.

Jumladan, tuproq gumusini aniqlash -I.V.Tyurin usulida; nitrat shaklidagi azot-Grandvald-Lyaju usulida; ammoniy shakli-dagi azot-Nessler reaktivi yordamida; hara-katchan fosfor-Machigin usulida; almashi-nuvchan kaliy-alangali fotometrda Machigin-Protasov usulida; oltingugurtning yalpi miqdori-oltingugurt saqlovchi mod-dani kislorod yordamida oksidlash hamda bertole tuzi bilan ishlov berish asosida aniqlandi.

Tahlil va natijalar. Respublikamizda tabiiy gazining SS foizi, neftning 92 foizi Qashqadaryo viloyati hududidan qazib

olinadi. Shuning uchun 2001 yilda Qashqadaryo viloyati G'uzor tumanida Sho'rtangazkimyo majmuasi qurilib, foy-dalanishga topshirildi. Majmua yiliga 3,5 mlrd m3 tabiiy gazni qayta ishlab, 125 ming tonna polietilen granulalari, 100 ming tonna siqilgan gaz, 100 ming tonna gaz kondensati, 2,5 ming tonna oltingugurt granulalari va 3,2 mlrd m3 tozalangan gaz ishlab chiqarish imkonini beradi [11,12].

Tadqiqot o'tkazilgan hudud iqlimi kontinental, o'rtacha yillik havo harorati 16,40 C bo'lib, eng sovuq oy harorati -6 0S to'g'ri keladi. Yanvar oyining o'rtacha tempera-turasi 1,90 C. Yoz oylarining o'rtacha havo harorati +270S, +30 0S eng yuqori harorati +43 0C, +45 0C ni tashkil etadi.

Hudud iqlimiga shamol rejimi o'ziga xos ta'sir ko'rsatadi. Shamol rejimi sinoptik holatlar ta'sirida yuzaga keladi. Unga mahalliy relefning o'ziga xosligi ta'sir etadi.

Hududda shamolning yo'nalishi va yillik o'rtacha qaytarilishi quyidagicha tashkil etadi (foizda) Sh-14, ShShq-10, Shq-8, JShq- 3, J-3, JG'-56, G'-20, ShG'-36.

Sho'rtangaz majmuasi hududida asosan shimoliy-g'arb va g'arb tomonilaridan shamol ko'proq esadi. Meteorologik sharoit-larning turlicha o'zgarishida shamolning

aerodinamik kuchi va yo'nalishi katta ahamiyatga ega, qumli chang -to'zonlarning majmua chiqindilari bilan aralashgan holda atrof-muhitga turli xil ta'siri hamda o'simlik vegetativ organlariga to'xtovsiz tushishi oqibatida o'simlik bargi va tanasining tez isishi, natijada uning suv rejimini izdan chiqish holatlari kuzatiladi.

O'tkazgan tadqiqotlarimizning ko'rsa-tishicha, Sho'rtangazkimyo majmuasi ato-fida tarqalgan och tusli bo'z tuproqlar asosan yengil mexanik tarkibli, tuproqning ustki qatlamida gumus miqdori 0,6-0,7 foiz bo'lib ba'zi joylarda 1,0-1,1 foiz ni tashkil etadi. Gumus asosan tuproqning ustki qatlamida to'plangan bo'lib, tuproq qatlamlari bo'ylab pastga tomon kamayib boradi. O'rganilgan hudud tuproqlarida yalpi azot miqdori 0,08 - 0,10 % ni, yalpi fosfor 0.070,11%, yalpi kaliy esa 2,0% dan oshadi. Tuproqning singdirish sig'imi uncha katta emas. Singdirish sig'imining yig'indisi 5-8 mg/ekv ni tashkil etadi. Shundan 77-90 % kalsiy ulushiga to'g'ri keladi.

Tadqiqot o'tkazilgan ekotizimda qalin bo'lib o'sadigan va 5-8 sm chuqurlikgacha zieh chim hosil qiladigan o'tlar, efeme-roidlar va qo'ng'ir-kovrak o'simliklari for-masiyasidan tashkil topgan. Zonada asosan

1-jadval

moddalar.

Ifloslantiruvchi moddalar Tonna

2018 y 2019 y

1 Uglerod oksidi 106,99 105,48

2 Azot ikki oksidi 202,21 155,12

3 Azot oksidi 48,64 39,41

4 Uglevodorodlar 8,42 8,54

5 Oltingugurt II oksidi 1,67 2,41

6 Saja(qurum) 0,54 0,56

Shoirtangazkimyo majmuasidan atmosferaga chiqariladigan ifloslantiruvchi

efemeroidlar bilan efemer o'simliklaгdan boychechak, chuchmoma, no'xatak, sag'on, lolaqizg'aldoq, yovvoyi arpa, qoгasho'гa, yantoq, yulg'un va boshqalar o'sadi.

Sho'rtangazajmuasida 53 manbadan atmosfera havosiga ifloslantiruvchi mod-dalar chiqaradi va shundan 24 ta manbadan tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalar 9 ta manbadan atmosferaga tashlanadigan iflos-lantirnvchi gazlar bo'yicha taЫillaг olib borildi.

Shuningdek, hudud ekotizimlari havo-sini ifloslantimvchi asosiy manbalaг bo'lgan 100 ta pech pirolizdan, 6100 ta parogene-ratordan, oltingugurt olish sexidagi dud-burondan va ishchilar shaharchasida joy-lashgan qozonxona quvuridan chiqadigan tutundan namunalar olinib ular tarkibidagi ifloslantiruvchi moddalarning miqdori aniq-lab borildi. 1-jadvalda majmuadan atmosferaga chiqariladigan ifloslantiruvchi mod-dalar miqdori keltirilgan.

1-jadval ma'lumotlariga ko'гa majmuadan atmosfera chiqarilayotgan azot va uglerod oksidlari miqdori 2019-yilga nisbatan 2020-yilda kamayganligini ko'ri-shimiz mumkin. Ya'ni 2019-yilda atmosferaga 106,99 tonna uglerod oksidlari, 202,21 tonna azot ikki oksida hamda 4S,64 tonna azot oksidi chiqarilgan bo'lsa ulaming miqdori 2021-yilda mos ravishda 105,4S; 155,12; 39,41 tonnani tashkil etgan.

Majmuadan ekotizimlarga chiqarilayotgan uglevodorodlar va qurum miqdori biroz, oltingugurt II-oksidi esa sezilarli osh-gan, ya'ni atmosferaga chiqarilayotgan uglevodorodlar miqdori 2019-yilda S,42 tonnani tashkil etgan bo'lsa, 2020-yilda uning ko'r-satkichi 8,54 tonna bo'ldi. Oltingugurt II oksidi esa 2019-yilda atmosferaga 1,67 tonna chiqarilgan. 2020-yilda esa uning atmosferaga chiqarilgan miqdori 2,41 tonnani

tashkil etgan.

Majmua trubalaridan chiqadigan mash'ala (fakel) ham atrof-muhitga ma'lum darajada turli xil zararli birikmalar chiqaradi va ekotizmning barqarorligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Ularga asosan metan, etan, propan, butan, pentan, geksan, geptan, azot oksidlari, uglerod oksidlari, oltingugurt oksidlari, vodorod sulfid, uglevodorodlar (yoki merkaptanlar) va boshqa turli xil kimyoviy moddalar kiradi.

Majmuaning faoliyati natijasida eko-tizimlarga chiqarilayotgan barcha chiqin-dilarni ikki guruhga ajratish mumkin: qattiq va suyuq chiqindilar. Qattiq chiqindilardan eng ko'pi alyuminiy oksidi bo'lib, u FA-2105 A/V adsorberida polimer va siklogek-san tarkibidagi ishlatilgan katalizatorni, aniqrog'i katalizatoming deaktivatorlar bilan hosil qilgan holatlarini yutishga xizmat qiladi. Toza sorbent kimyoviy tarkibiga ko'ra, Al2O3 -93%, Na2O -0,3%, SiO2- 0,2%, Fe2O3 -6,5% dan iborat bo'lib, suv ishlatil-gandan so'ng, vannadiy, titan birikmalarini tutgan bo'ladi.

Qattiq chiqindilardan olingan silikagel va molekulyar sito kabilar ham siklogek-sanni tozalashdan hosil bo'lgan reagentlar chiqindilaridir. Bu chiqindilar ham kim-yoviy tarkibi jihatidan alyuminiy oksidiga yaqin tursada, tarkibidagi moddalarning foiz ulushi bilan farqlanadi. Masalan, toza silikagel 99,5% SiO2 dan iborat bo'lib, ishlatish jarayonida tarkibi qisman o'z-garadi. Shunga ko'ra uni kremniy (II)-oksidi ishlatiladigan sohalarda sinab ko'rish maq-sadga muvofiq bo'ladi. Bu chiqindi yong'in-ga xavfsiz bo'lib, zaxarli emas, faqat alyuminiy oksidi kabi mayda chang zarrachalari odam organizmiga ta'sir ko'rsatishi mum-kin.

Majmua faoliyati natijasida atrof-

muhitga chiqarilgan chiqindilar ushbu hududda tarqalgan och tusli bo'z tuproqlar tarkibidagi yalpi va organik holatdagi oltingugurt miqdoriga o'z ta'sirini ko'rsatdi.

novdalarining o'sishi nisbatan kam bo'ldi. Barglarida turli dog'lar, bujmayish, kuyish, qorayish, qizg'ish rangga o'tishi va boshqa bir qator tashqi belgilar namoyon bo'ldi.

2 1,8 1,6 S 1,4

С 1,2

£ 1

.5? 0,8 S 0,6 0,4 0,2 0

Sharq Janub G'arb

^ ^ ^ Ф <5° ^ rS?

\ 'V

/

masofa, m

1-rasm. Sho'rtangazkimyo majmuasi atrofidagi tuproqlarda oltingugurt yalpi miqdori

(2017-2020yil).

Yalpi oltingugurtning eng ko'p miqdori majmuadan janubi-sharqiy yo'nilishda 1750 m uzoqlikda 1,98 %, janub yo'nalishida huddi shunday masofada 1,96 % ni tashkil etdi (2-jadval). Oltingugurt miqdori majmuadan 1000-1500 m uzoqlikkacha bo'lgan masofalargacha ortib bordi. Majmuadan 2000 metr uzoqlikdan boshlab barcha yo'nalishlarda oltingugurtning miqdori ka-mayib boradi. 5000 metrdan boshlab esa uning miqdori turli yo'nalishlarda fondagi miqdoriga yaqinlashadi yoki tenglashadi. Fon sifatida olingan 20 km masofadagi yalpi oltingugurtning miqdori esa 0,19% ni tashkil etdi.

Sho'rtangazkimyo majmuasi chiqin-dilari uning atrofida o'sayotgan o'simliklar jumladan, mevali daraxtlarning ekologik holatiga, ya'ni ularning o'sish va rivoj-lanishiga ham sezilarli darajada salbiy ta'sir ko'rsatdi. Chiqindilar ta'sirida o'rganilgan olma, o'rik, bodom singari mevali daraxtlar

Daraxtlar generativ organlari ya'ni, gulidagi changchilar, urug'chi tumshug'i va ustun-chasining zararlanishi kuzatildi. Bu hol o'rganilgan daraxtlar orasida ayniqsa bo-domda ko'proq namoyon bo'ldi. Natijada o'rganilgan mevali daraxtlarning hosildor-ligi ham fon sifatida olingan ifloslanmagan hududga nisbatan kam bo'ldi [9].

Xulosa. Sho'rtangazkimyo majmuasi faoliyati natijasida atrof-muhitga chiqarilgan turli chiqindilar ushbu hududning ekologik holatiga o'ziga xos salbiy ta'sir ko'rsatgan. Majmuada 53 manbadan atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqaradi va shundan 24 ta manbadan tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalar 9 ta manbadan atmosferaga tashlanadigan iflos-lantiruvchi gazlar bo'yicha tahlillar olib borildi. Chiqindilar ta'sirida och tusli bo'z tuproqlar tarkibidagi yalpi oltingugurt 1,961,98 % gacha oshgan. Bu ko'rsatkich maz-kur elementning fon ko'rsatkichidan

(0,19%) dan bir necha barobar ko'pdir. |

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Арутюнян С.Ш. Воздействие медеплавильного производства на окружающую среду //Биогеохимия Зарафшанской долины: Сборник научных статей. -Самарканд, 1997. -С.85-102.

2. Бобобеков И.Н. Техноген ифлосланган типик буз тупрокдардаги огир металлар микдорини камайтиришга органик ва минерал угитларнинг таъсири (Самарканд кимё комбинати атрофи тупроклари мисолида ). К^-х.ф.н. илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация автореферати. Тошкент, 2006.- 22 б.

3. Бобобеков И., Абдурахимов М. Минерал ва органик угитларнинг огир металлар билан ифлосланган тупроклар озик режимига таъсири// Узбекистон тупрокшунослари ва агрокимёгарлари жамиятининг V-курултойи материаллари. Тошкент.2010 йил 16-17 сентябр.-Б.247-251.

4. Джувеликян Х. А., Черепухина И. В., Современные проблемы природного и техногенного загрязнения окружающей среды (обзор) // «Живые и биокосные системы». - 2017. - № 22; URL: http: //www. j bks .ru/archive/issue-22/article-8

5. Реймерс Н.Ф. Природопользование. -М.: Мысль, 1990. -639 с.

6. Ладонин Д.В., Пляскина О.В. Изменение фракционного состава меди, цинка, кадмия и свинца в некоторых типах почв при поиэлементном загрязнении //Сборник статей Ивановской государственной сельскохозяйственной академии: Вып.4. -Иваново, 2001.- С.184-197.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

7. Ладонин Д.В. Соединение тяжелых металлов в почвах - проблемы и методы изучения. // Ж. Почвоведение.- 2002.- № 6. -С.682-692.

8. Холикулов Ш., Ортиков Т., Бобобеков И. Сугориладиган буз тупрокларнинг техноген ифлосланиши ва унга угитларнинг таъсири// Агроилм журнали. Тошкент.-2010.-№4 (16).-Б.26-27.

9. Холикулов Ш.Т., Якубов Т.Б. Шуртангазкимё мажмуаси чикиндиларининг мевали дарахтлар экологик хрлатига таъсири. Хоразм Маъмун академияси ахборотномаси: илмий журнал.-№11 (82),2021йил. 155-160-бетю.

10. Узбекистон Республикаси тупрок коплами атласи. Тошкент. 2010.

11. Kholikulov Sh., Yakubov T., Bobobekov I., The Effect of Gas Industry Waste on Heavy Metals in Soil. Journal of Ecological Engineering 22(9), 255-262 (2021). DOI: 10.12911/22998993/141365

12. Kholikulov Sh.,Bobobekov I.., Yakubov T., Botirova B. Influence of Gas Industry Waste on the Ecological Condition of Soils// E3S Web of Conferences 462, 03045 (2023). https://doi.org/10.1051/e3sconf/202346203045

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.