Научная статья на тему 'KIMYO DARSLARIDA ISHBILARMONLIK O`YINLARIDAN FOYDALANISH'

KIMYO DARSLARIDA ISHBILARMONLIK O`YINLARIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
89
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ishbilarmonlik / konflikt / musobaqa / didaktik / innovatsiya / texnologiya / muloqat / ko’nikma. / business / conflict / competition / didactic / innovation / technology / communication / skill

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Tashmatova, Rahima Vahobovna, Ruziev, Ilyos Xakimovich, Tog’ayeva, Maftuna Akramovna

Bu maqolada kimyo darslarida ishbilarmonlik o`yinlaridan foydalanishning didaktik sharoitlari, y’ani iIshbilarmonlik o`yinidagi faoliyat bosqichma – bosqich rivojlantirilishi, o`yin uchun konflikt holatlar mavjudligining zarurligi, o`yin davomida o`quvchilarning o`zaro faoliyati e`tiborga olinishi, o`yin vaqtini nazorat qilish lozimligi, o’yinda musobaqa elementlari mavjud bo`lishi, o`yin natijalarini baholashi lozimligi haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF BUSINESS GAMES IN CHEMISTRY CLASSES

This article discusses the didactic conditions for the use of business games in chemistry lessons, ie the gradual development of activities in the business game, the need for conflict situations for the game, taking into account the interaction of students during the game, There is information about the need to control the time of the game, the presence of elements of competition in the game, the need to evaluate the results of the game.

Текст научной работы на тему «KIMYO DARSLARIDA ISHBILARMONLIK O`YINLARIDAN FOYDALANISH»

Scientific Journal Impact Factor

О

KIMYO DARSLARIDA ISHBILARMONLIK OYINLARIDAN

FOYDALANISH

Tashmatova Rahima Vahobovna, dots. k.f.n.,

Samarqand davlat universiteti Ruziev Ilyos Xakimovich, ass. PhD,

Samarqand davlat universiteti Tog'ayeva Maftuna Akramovna

I-bosqich magistranti, SamDU O'z-Finlyandiya pedagogika instituti

Bu maqolada kimyo darslarida ishbilarmonlik o^yinlaridan foydalanishning didaktik sharoitlari, y'ani ilshbilarmonlik o^yinidagi faoliyat bosqichma - bosqich rivojlantirilishi, o^yin uchun konflikt holatlar mavjudligining zarurligi, o^yin davomida o^quvchilarning o^zaro faoliyati eliborga olinishi, o^yin vaqtini nazorat qilish lozimligi, o'yinda musobaqa elementlari mavjud bolishi, o^yin natijalarini baholashi lozimligi haqidagi ma 'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: ishbilarmonlik, konflikt, musobaqa, didaktik, innovatsiya, texnologiya, muloqat, ko'nikma.

В статье рассматриваются дидактические условия использования деловых игр на уроках химии, т.е. постепенное развитие деятельности в деловой игре, необходимость конфликтных ситуаций для игры с учетом взаимодействия учащихся во время игры. о необходимости контроля времени игры, наличии в игре элементов соревнования, необходимости оценки результатов игры.

Ключевые слова: бизнес, конфликт, конкуренция, дидактика, инновации, технология, коммуникация, мастерство.

This article discusses the didactic conditions for the use of business games in chemistry lessons, ie the gradual development of activities in the business game, the need for conflict situations for the game, taking into account the interaction of students during the game, There is information about the need to control the time of the game, the presence of elements of competition in the game, the need to evaluate the results of the game.

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Scientific Journal Impact Factor

O

Keywords: business, conflict, competition, didactic, innovation, technology, communication, skill.

Bugungi kunda mamlakatimizda kimyo fanini rivojlantirish, ushbu yo'nalishda ta'lim sifati va ilm-fan natijadorligini oshirish "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyot yili" Davlat dasturining ustuvor vazifalari qatorida belgilangan.

Zero, yoshlarimizni kimyo fani bo'yicha chuqur o'qitish hududlarda yangi-yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, yuqori qiymat yaratadigan farmatsevtika, neft, gaz, kimyo, tog'-kon, oziq-ovqat sanoati tarmoqlarini jadal rivojlantirishga turtki beradi hamda xalqimiz turmush sharoiti va daromadlarini oshirishga puxta zamin hozirlaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish, rivoglanayotgan o'qitish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash o'qituvchining darsda erishayotgan natijalarining samaradorligiga ijodiy yondoshish daragasini belgilaydi. Shuning uchun biz kimyo darslarida ishbilarmonlik o'yinlaridan foydalanishning didaktik sharoitlarini ko'rib chiqishni maqsad qilib oldik.

Birinchidan, real hayotdagi professional hayotni imitatsiya etuvchi sharoitlarni o'yin davomida modellashtirish kerak. Ishbilarmonlik o'yinlarining asosiy maqsadi murakkab tizimlarni boshqarishda qaror qabul qilishga o'rgatishdir. Qaror qabul qilish yoki tanlov istalgan faoliyatga xos bolgan harakat bolib, u faoliyatda muayyan maqsadni belgilaydi. To'g'ri qaror qabul qila olish insonda hayotiy tajriba orqali (sinov va xatoliklar) yoki o'qitishning maxsus usullari yordamida, shu jumladan oyinlar orqali ham shakllantiriladi.

Ishbilarmonlik o'yinida yaratilgan shartli ishlab chiqarish modelini o'zgartirishlar bilan bo'rttirish kerak emas, ular reallikka maksimal darajada yaqinlashgan hamda ikkilamchi alohida holatlardan holi bolishi lozim, chunki ular o'yin jarayoniga muhim tasir otkaza olmaydi. Misol uchun zavod sexi modelini tolaligicha yaratish shart emas. Oyin boshida sex ko'rinishini tasvirlab berish yetarlidir, chunki shuning o'zi o'quvchi yoshlarda muayyan psixologik maqsadni belgilaydi. So'ngra esa o'yinda oldindan rejalashtirilgan holatlarni kiritib, o'quvchi yoshlarga o'yin vazifalarini berib borish lozim.

Ikkinchidan ishbilarmonlik o'yinidagi faoliyat bosqichma - bosqich rivojlantiriladi. Oyin bosqichlari o'zaro bogliqdir, shu sababli boshlang'ich bosqichlarda olingan o'quvchi yoshlarning qarorlari keyingi bosqich harakatlariga

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

0

ta'sir o'tkazadi. Mazkur bosqichda belgilangan vazifani yechimi optimal varianti ishtirokchilarni fikrlash faoliyatini stimulyatsiya etib, ularda o'z- o'zini boshqarish hamda xatoliklarni tuzatish ko'nikmalarini shakllantiradi.

Uchinchidan ishbilarmonlik o'yini uchun konflikt holatlar mavjudligi zarurdir. Ular ishbilarmonlik o'yiniga xos bo'lib, uning rivojlanishi jarayonida ham yuzaga keladi yoki o'yin rahbari tomonidan yaratilib undan o'quv maqsadlari kelib chiqadi.

Bunda holatlar murakkablashtirilishi yoki o'zgartirilishi, qo'shimcha vazifalar kiritilishi mumkin bo'lib, buning natijasida o'yin qatnashchilarida yangi sharoitlarda qaror qabul qila olish ko'nikmasi hosil bo'ladi. Ishbilarmonlik o'yini davomida konfliktlar professional tavsifga ega bo'lgan bahs va munozaralar ko'rinishida o'tadi, buning natijasida o'yin qatnashchilari turli muammolarni hal etishadi hamda o'yin sharoitlari o'zgargan taqdirda zarur qaror qabul qilish ko'nikmasi hosil bo'ladi. O'yin rahbari tomonidan rejalashtirilmagan konflikt holatlar ham yuzaga kelishi mumkin, bunday holatlarning yuzaga kelishiga o'sha vazifa bajarilishi davomida qarama-qarshi guruh tomonidan beriladigan yechimning turli variantlari asos bo'lishi mumkin.

Bunday holatda o'qituvchining vazifasi o'quvchi yoshlarning to'g'ri qaror qabul qilishini hamda bajarilayotgan ish ob'yektiv tahlilini nazorat etishdan iborat bo'ladi. Zarur bo'lganda esa yangi yechimning optimal varianti topiladi.

To'rtinchidan ishbilarmonlik o'yini davomida o'quvchi yoshlarning o'zaro faoliyati e'tiborga olinishi kerak. Bilim olish o'yini mazmuni uning qatnashchilari orasida yuqori darajadagi muloqotni ta'minlashi zarur bo'lib, bunga o'rganilayotgan ob'yektning har tomonlama uslubi hamda vazifa yechishning optimal variantini izlash o'rganilayotgan materiallar muammoli bo'lishi orqali erishilishi mumkin.

Muammoli holatlar konflikt holatlarga aylanib, ulardan chiqish yo'li jamoaviy hamkorlik orqali izlab topilishi mumkin bo'lib, bunda boshqa ishtirokchilar tomonidan taklif etilgan variantlar guruh manfaatlarida himoya qilinishi yoki tanqid etilishi mumkin. Shu jihatdan ishbilarmonlik o'yini, nima, qayerda, qachon television o'yinini eslatadi.

Unda tasodifiy kelib chiqqan masalaga javob izlash barcha ishtirokchilarning to'g'ri javobdan manfaatdorligi o'qibatida izlanadi. Bunda ajratilgan vaqt kam bo'lib, bunda muayyan ishtirokchi jamoa oldida o'z javobi tog'riligini isbotlab berishi lozim bo'ladi.

Bilim olish o'yini o'qitishning tanlab olingan uslubi asosida kuchli tarbiya usuliga ham aylanadi, bilim oluvchining o'quv faoliyati uning uchun ijtimoiy jihatdan muhim bo'ladi. Bunday o'yin davomida kuchli va kuchsiz o'quvchi yoshlar orasidagi

Scientific Journal Impact Factor

0

to'siqlar yechiladi, o'quvchi va o'qituvchi orasidagi tasnifiy devor qulaydi, avvalo o'qituvchi rollarini o'zi istagan tartibda ajratib berishi muhim bo'lib, bunda u o'quvchilarning fe'l- atvoridan kelib chiqishi mumkin, ammo kelgusida u bu ishni o'quvchilarning fikriga yondoshgan holda bajaradi, chunki o'yinda insonning kutilmagan fe'l-atvorlari namoyon bo'lishi mumkin.

Ishbilarmonlik o'yinida rollarning miqdori va belgilanishidan qafiy nazar, o'yinda kollektivning o'zaro hamkorligi aks etishi lozim, aynan shu hamkorlik u yoki bu professional faoliyat bilan band bo'lgan insonlar orasidagi real munosabatlarni immitatsiya etadi.

Beshinchidan o'yin vaqtini nazorat qilish lozim. O'yin vazifalarini bajarishga belgilangan vaqt nazorati ishbilarmonlik o'yinining majburiy sharti bo'lib, u o'quvchi yoshlarni tartiblashtiradi, professional tavsifdagi vazifalarni qisqa muddatda bajarishga undaydi.

Oltinchidan ishbilarmonlik o'yinida musoboqaviylik elementlari mavjud bo'ladi. Musobaqa ishbilarmonlik o'yinining muhim elementi bo'lib, u o'yinning to'g'ri borishini ta'minlaydi. Galaba qozonish, o'zini yaxshi tomondan ko'rsatish, iroda va bilimlarini mobilizatsiya eta bilish o'quvchi yoshlarning e'tiborini kuchaytiradi, axborot almashinishga undaydi va guruh o'yinchilarini birlashtiradi.

Yettinchidan ishbilarmonlik o'yini natijalari baholanishi lozim. Fanni dars berish faoliyati sharoitlarida o'quvchi yoshlarning bilim olishini dars davomida baholash, ularni rag'batlantirish va jarima qilish muhim bosqichdir. O'yin qatnashchilari ishini baholash o'qituvchi zimmasida bo'ladi. Ammo buning uchun guruh o'quvchilari qatoridan ekspert guruhini tuzish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Guruh va hakamlar o'yin boshlanishidan oldin qoidalar bilan tanishishadi va o'yin davomida unga amal qilishadi. Ammo ba'zi bir rolli o'yinlar tashkillashtirish bo'yicha to'xtalib o'tamiz. Dars tayyorlash jarayonida, ya'ni rolli o'yinni tashkillashtirish davomida o'qituvchi birinchi navbatda taxminiy turli kasb mutaxassislari mehnatini tavsiflovchi kasbiy majburiyat, konikmalar,bo'limlar ro'yxati bilan tanishib chiqadi va mazkur dars vositalari yordamida yechilishi lozim bo'lgan vazifalar doirasini belgilaydi. Vazifalar yo'riqnoma ko'rinishida tuzilishi maqsadga muvofiq bo'lib, ular o'z ichiga kasbiy majburiyatlar ro'yxati, asosiy vazifalar va konikmalar ro'yxati kirishi shart. Bundan tashqari katta tashkiliy ishlar ham amalga oshiriladi. O'yin ishtirokchilari plakatlar, grafiklar chizishadi.

Kimyo xonasida ishchi stendlar osilib, ularda dars mavzusi bo'yicha axborot yoritiladi hamda muayyan ishlab chiqarish, unda faoliyat ko'rsatadigan ishchilar (mazkur mutaxassislarni tayyorlovchi o'quv yurtlari, kollej, OTMlar manzillari),

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 10

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

korxona rekonstruksiyasining asosiy yo'nalishlarini aks ettiruvchi jadvallar keltiriladi. O'qituvchida o'yin ssenariysi va o'yin davomida yechilishi lozim bo'lgan muammolar ro'yxati bo'lishi shart: o'qituvchi o'yinning faol qatnashchisi sifatida o'yinni u yoki bu muammoviy konflikt holatini yaratishga yo'naltiradi. Bundan tashqari o'qituvchining qo'lida o'yin davomida kiritilishi lozim bo'lgan tushunchalar, qonuniyatlar, nazariya, formulalarning oldindan tayyorlangan ro'yxati bo'lishi kerak.Masalan, misol uchun mineral o'g'itlar mavzusiga bag'ishlangan rolli o'yinni keltiramiz. Dars oldindan tayyorlanadi. Sinf quyidagi mutaxassislik bo'yicha beshta guruhga bo'linadi: kimyogarlar, biologlar, texnologlar, agronomlar, ekologlar.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Olimlarning har bir guruhi, o'z mutaxassisligi nuqtai nazaridan mineral o'g'itlar haqidagi materialni o'rganadi, uni darsga ma'ruza sifatida tayyorlaydi. Buning uchun muayyan materiallarni tanlab oladi va mavzu bo'yicha o'quvchi yoshilar uchun savollarni shakllantiradi.

Darsda quyidagi ma'ruzalar eshitiladi: birinchidan, kimyogar olimlarning, "Mineral o'g'itlar klassifikatsiyasi" nomli ma'ruzasi mineral o'g'itlar kolleksiyasi demonstratsiyasi bilan birgalikda o'qib eshittiriladi va mineral o'g'itlarning oziq elementlari miqdori keltirilgan jadval ko'rsatiladi. Ikkinchidan mineral o'g'itlarni ishlab chiqarish uchun kerak bo'lgan xomashyoga doir geologlar ma'ruzasi tabiiy qazilmalarning O'zbekiston xaritasi bo'yicha konlarining ko'rsatilishi bilan amalga oshiriladi.

Mineral o'gitlar ishlab chiqarilishi (texnologlar ma'ruzasi) kimyoviy reaksiyalar tenglamalari haqidagi hamda mineral o'g'itlar ishlab chiqarilishi haqidagi ma'lumotlar bilan to'ldiriladi. Mineral o'gitlar ahamiyati (agronomlar ma'ruzasi) o'simliklar faoliyatidagi mineral o'gitlarning rolini ko'rsatuvchi plakatlar bilan birgalikda namoyish etiladi.

Mineral o'gitlarni ishlab chiqarish va qo'llash bilan bog'liq bo'lgan ekologik muammolar (ekologlar ma'ruzasi) haqidagi ma'lumotlar beriladi. Darsda mineral o'gitlarni aniqlashga doir laboratoriya ishi o'tkazilishi ko'zda tutilgan. Mutaxassislarning har bir guruhiga uchtadan mineral o'g'it beriladi. Vazifa: ularni aniqlash, uni qanday amalga oshirish haqida guruhga aytib va ko'rsatib berishdan iborat. Dars davomida ishtirokchilarning faolligini oshirish uchun mutaxassilarning har bir guruhi boshqa guruhlarga oldindan tayyorlangan munozarali savollarni berishadi. O'qituvchi zarur paytlarda ishtirokchilarga umumlashtiruvchi tavsiflarga ega bo'lgan savollar berishi mumkin. Bunda turli didaktik maqsadlarda, ya'ni

o'quvchi yoshlarning o'qish jarayonini motivatsiya etish maqsadida darsda

157

Scientific Journal Impact Factor

О

qo'shimcha sifatida u yoki bu maruza oldidan muammoviy masala sifatida, shu bilan birgalikda o'rganilgan materialni mustahkamlash maqsadida ham kimyoviy topishmoqlarni berish maqsadga muvofiqdir.

Masalan, birinchidan dalalarda vitamin, omborlarda huddi mina(selitra) non yopib bo4mas, sepmasa hosil bo'lmas (fosforit uni) unda uchdan biri azotdan, dehqon halos azobdan (ammiak selitrasi). Bunday darsda har bir ishtirokchi o'zini u yoki bu jihatdan ko'radi (mustahkam bilimga ega mutaxassis olim, yaxshi notiq, tadqiqotchi eksperementator yoki rassom). Oqituvchining vazifasi har bir ishtirokchi darsga qanday hissa qo'shganligini ko'rib uning bilimini to'g'ri baholashdan iboratdir. Tajribalarning ko'rsatishicha o'quvchilar uchun ijobiy baho salbiy bahodan ko'ra tasirliroqdir.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Yuqoridagilardan kelib chiqib xulosa qilishimiz mumkinki, o'yinli usulini o'quv jarayonida, bundan tashqari, har bir holatda emas, balki tizimli ravishda kengroq qo'llash kerak. Darsda didaktik o'yinlardan tizimli maqsadli foydalanishgina o'quvchi shaxsining asosiy sifatlarini o'zgartirishda ham, o'quv faoliyati samaradorligini oshirishda ham, umuman o'qitishda ham ma'lum natijalar berishi mumkin.

REFERENCES

1. Александрова Т.К., Нефедова В.Е., Федорова Ж.В. Игра как средство активизации учебно-познавательной деятельности учащихся // Химия в школе. - 1989. - №2. - с.79-63.

2. Жарова Л. В. " Учить самостоятельности " - М.:Просвещение, 1993.

3. Azizxo'jaeva N.N. Pedagogic texnologiyalari va pedagogic mahorat . Toshkent-2006.74 bet.

4. Голиш Л.В.Технология обучения на лекциях и cеминарах ;Учебное пособие.Под общ.ред.акад.С.С.Гулямова.-Т.: TrEy,2005.44c.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.