Научная статья на тему 'KICHIK YOSHDAGI BOLALARNING NUTQIY-KOMMUNIKATIV RIVOJLANISHIDA MUSTAQIL FIKRLASHNING O‘RNI'

KICHIK YOSHDAGI BOLALARNING NUTQIY-KOMMUNIKATIV RIVOJLANISHIDA MUSTAQIL FIKRLASHNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
didaktik o‘yinlar / mustaqil fikrlash / tarbiyachi kasbiy kompetentliligi

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Yuldasheva Dilafruz Maxamadaliyevna, Abdullayeva Munisaxon Mansurbek Qizi

Mazkur maqolada didaktik o‘yinlar va ularning bolalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishdagi o‘rnini belgilash hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqish, maktabgacha yoshdagi bolalarni mustaqil fikrlashga yo‘naltirishda tarbiyachi kasbiy kompetentliligining ahamiyati va bolalarning mustaqil fikrlash darajasini baholash mezonini ishlab chiqish muammolari bugungi kunda alohida dolzarblik kasb etayotgani xususida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KICHIK YOSHDAGI BOLALARNING NUTQIY-KOMMUNIKATIV RIVOJLANISHIDA MUSTAQIL FIKRLASHNING O‘RNI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

KICHIK YOSHDAGI BOLALARNING NUTQIY-KOMMUNIKATIV RIVOJLANISHIDA MUSTAQIL FIKRLASHNING O'RNI 1Yuldasheva Dilafruz Maxamadaliyevna, 2Abdullayeva Munisaxon Mansurbek qizi

1F.f.d.(DSc), FarDU 2FarDU talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11065541

Annotatsiya. Mazkur maqolada didaktik o'yinlar va ularning bolalarni mustaqilfikrlashga o'rgatishdagi o'rnini belgilash hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqish, maktabgacha yoshdagi bolalarni mustaqil fikrlashga yo'naltirishda tarbiyachi kasbiy kompetentliligining ahamiyati va bolalarning mustaqil fikrlash darajasini baholash mezonini ishlab chiqish muammolari bugungi kunda alohida dolzarblik kasb etayotgani xususida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: didaktik o'yinlar, mustaqil fikrlash, tarbiyachi kasbiy kompetentliligi

Аннотация. В данной статье рассматриваются проблемы определения дидактических игр и их места в обучении детей самостоятельному мышлению и разработке практических рекомендаций, значение профессиональной компетентности воспитателей в обучении дошкольников самостоятельному мышлению, а также проблемы разработки критериев оценки уровня самостоятельного мышления детей сегодня приобретают особую актуальность. Речь идет о том, что он делает.

Ключевые слова: дидактические игры, самостоятельное мышление, профессиональная компетентность педагога.

Abstract. In this article, the problems of determining didactic games and their place in teaching children to think independently and developing practical recommendations, the importance of the professional competence of educators in guiding preschool children to think independently, and the problems of developing criteria for evaluating the level of independent thinking of children are of special relevance today. It is thought about what he is doing.

Keywords: didactic games, independent thinking, educator's professional competence

Jahonda bolalarni mustaqil fikrlashga o'rgatishda ularning yoshiga xos bo'lgan psixologik va pedagogik xususiyatlarning nazariy-metodologik jihatlarini tadqiq qilish, maktabgacha yoshdagi bolalarni mustaqil fikrlashga o'rgatishda maktabgacha ta'lim tashkilotlari, ota-onalar bilan tarbiyachilarning o'zaro hamkorlik ko'lamini kengaytirish; bolalarni har tomonlama rivojlantirish uchun qulay pedagogik shart-sharoitlar yaratish kabi yo'nalishlar izlanishlar tahlili shuni ko'rsatmoqdiki, maktabgacha yoshdagi bolalarni mustaqil fikrlashga yo'naltirishda qo'l keladigan usul va metodlarni aniqlash hamda nazariy-amaliy jihatlarini belgilash; nutq o'stirish mashg'ulotlarida badiiy asarlar misolida bolalarni mustaqil fikrlashga yo'naltirish metodikasini yaratish; didaktik o'yinlar va ularning bolalarni mustaqil fikrlashga o'rgatishdagi o'rnini belgilash hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqish; maktabgacha yoshdagi bolalarni mustaqil fikrlashga yo'naltirishda tarbiyachi kasbiy kompetentliligining ahamiyati va bolalarning mustaqil fikrlash darajasini baholash mezonini ishlab chiqish muammolari bugungi kunda alohida dolzarblik kasb etmoqda. Maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi ta'lim-tarbiya jarayonida ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish, tashkilotlarni zamonaviy bilimlarga ega tarbiyachilar bilan to'ldirish hamda ularda kasbiy malaka, faoliyatga nisbatan ijodiy yondashuv hissini qaror toptirish, uzluksiz ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning muhim yo'nalishlaridan biridir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida qayd etilganidek, maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirish bo'yicha malakali tarbiyachi va pedagog kadrlar bugungi kunda uzluksiz

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

innovatsion izlanishda bo'lshni, fikrlashi, shuningdek, MTTlarda ham innovatik g'oyalarni shakllantirish asosida faoliyat ko'rsatishi zarur. Barcha tadqiqotchilar bola nutqini va uning rivojlanishini alohida ajratilgan holda emas, balki katta yoshli kishining bolaga pedagogik ta'siri bilan o'zaro bog'liqlikda ko'rib chiqadilar. Ushbu yondashuv o'rinlidir, zero, fandagi zamonaviy tadqiqotlar nutqni o'zlashtirish va ijtimoiy o'zaro hamkorlik - o'zaro bog'liq jarayonlardir, nutqni rivojlantirish esa - ijodiy jarayon, biroq u stixiyali jarayon emas, degan fikrga asoslanadi. Inson tajribasining tarixan shakllangan mazmuni so'zli shaklda umumlashtirilgan, uni bayon etish va o'zlashtirish esa ushbu jarayonda nutqning ham ishtirok etishini nazarda tutadi. Nutq bolaga inson madaniyatining barcha yutuqlariga yo'l ochadi. Bolaning psixik jihatdan shakllanishida nutqning alohida o'rin tutishi uning turli bosqichlarda rivojlanishiga yordam beruvchi shart-sharoitlar va omillarni bilishni juda muhim qilib qo'yadi. Nutqning rivojlanishi bilan harakatlanuvchi kuchlar haqidagi masala shiddat bilan sakrash tarzida ro'y berishi tufayli ham, muhim ahamiyat kasb etadi. Tarbiyachilar uchun ona tiliga doir qo'llanmalar, ta'lim tashkilotlaridagi eng yaxshi ish tajribalari haqida maqolalar to'plamlari muntazam ravishda chop etila boshlandi. 1956-yili maktabgacha tarbiya yo'nalishidagi pedagogika bilim yurtlari uchun birinchi marta «Bolalar bog'chasida nutqni rivojlantirish va ona tilini o'qitish» nomli o'quv qo'llanmasi dunyo yuzini ko'rdi. Mazkur qo'llanma muallifi O.I.Solovyeva edi. 50-60-yillarda nutqni rivojlantirish metodikasida yangi bo'lim - grammatik to'g'ri nutqni shakllantirishga katta e'tibor berila boshlandi. Ushbu masalani yoritishga professor A.N.Gvozdev ulkan hissa qo'shdi, u o'zining "Bolalar nutqni o'rganish masalalari" nomli kitobida (1961) bolalarning ilk yoshdan boshlab grammatik tuzilishni o'zlashtirib olishlarining qonuniyatlarini ochib bergan. Ye.A.Flerina "maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitish muammosini tor darajada hal etish"ning xavfliligi haqida ogohlantirgan, maktabgacha yoshdagi bolani o'qitishning o'ziga xosligini ta'kidlagan: "Bolalar bevosita hayot bilan muloqotga kirishish yo'li bilan, tengdoshlari va kattalar misolida hamda mashg'ulotlar va maxsus mashg'ulotlarda tarbiyachining ko'rsatib o'tishi orqali o'qib o'rganadilar". U o'zining tarbiya tizimida san'atga va undan har xil faoliyat turlarida, shu jumladan badiiy-nutqiy faoliyatda bola imkoniyatlarini rivojlantirish uchun foydalanishga asosiy o'rinni bergan. A.P.Usova maktabgacha ta'lim tashkilotlarida o'qitishning umumiy nazariyasini ishlab chiqqani holda unda ona tilini o'qitishga alohida o'rin bergan. Uning fikricha, ta'lim jarayonining o'zi to'g'ri nutqiy rivojlanish kafolati bo'lib xizmat qiladi, chunki "bolalarning nutqiy" rivojlanishiga shunday rivojlanadilar". Ta'lim nutq rivojlanishi qonuniyatlari to'g'ri hisobga olingan taqdirda u barcha bolalar nutqining maqbul darajada rivojlantirilishini ta'minlaydi, hisoblaydi A.P.Usova. U bolalarning mustaqil ravishda egallab olishlari qiyin bo'lgan hikoya qilib berish qobiliyatini shakllantirishga alohida ahamiyat bergan. A.P.Usova ona tili bo'yicha dasturni o'zlashtirish uchun barcha bolalar bilan mashg'ulot o'tkazish lozim, deb hisoblagan. Ayni paytda u mashg'ulot o'tkazish metodikasini ishlab chiqish uchun ham ko'p ishlarni amalga oshirgan. Tadqiqotchilarning asosiy e'tibori nutqiy mashg'ulotlar mazmuni va metodikasiga qaratildi, bu asta-sekin Ye.A.Flerina ogohlantirgan "nutqni o'rgatish" tushunchasining torayishiga, amaliyotda esa- nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg'ulotlar ahamiyatining oshishiga olib keldi. 60-70-yillarda bolalar nutqini rivojlantirish masalalarini o'rganish ishlari faollashdi. Hozirgi paytda bolalarning yuqori darajada aqliy va nutqiy rivojlanishini, ularning til qobiliyatlari shakllanishini ta'minlash imkonini beruvchi bolalar o'quvini tashkil etishning maqbul shaklini qidirish ishlari olib borilnoqda.Mustaqil fikrlash tushunchasi, uning shaxsni shakllantirishdagi o'rni va roli yuqorida nomlari keltirilgan olimlar tomonidan ochib berishga harakat qilingan. Bu masalaga psixologlar, pedagoglar o'z maqsadlaridan kelib chiqqan holda, turli daraja va miqyoslarda fikr-

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

mulohazalar bildirishgan. Psixologlar samarali fikrlashni iloji boricha yangi bilimlarni ko'proq yoki kamroq samaradorligi aqlning tabiatan shakllanganligiga va tegishli fazilatlarini shakllantirish, yangi bilimlarni o'rganish tezligi va qulayligini aniqlash, qaror qabul qilish imkoniyatlarini aniqlashga bog'liq. Fikrlash samaradorligi uning jarayonida olingan bilimning yangilik darajasi, originalligi bilan tavsiflanadi. Bu sifat o'zini unga ma'lum bo'lgan usullar bilan muammoni hal qilishga urinib ko'rgan kishida namoyon bo'ladi, bunday urinishlarning besamarligiga ishonch hosil qiladi, muammoni hal qilish uchun yangi bilimlarga muhtojlik paydo bo'ladi. Natijada, subyekt uchun yangi va original narsa paydo bo'ladi. Shuning uchun samarali fikrlash ko'pincha mustaqil fikrlash uchun sinonim sifatida ishlatiladi. Reproduktiv fikrlash, aksincha, muammolarni hal qilishda allaqachon tanish, mashhur usullarni, ularga muhim tuzatish kiritmagan holda sodir bo'ladi. Yangi vazifa allaqachon tanish bo'lgan vaziyatga, qaror tuzilishiga qaratilgan, uning og'zaki asosini topadi, bu jarayonda xotira muhim rol o'ynaydi.

REFERENCES

1. Asqarova M. va boshqalar Kichik yoshdagi bolalar nutqini o'stirish. -T.: 2001.

2. Babayeva D.R. "Nutq o'stirish nazariyasi va metodikasi" -TDPU, 2017y.

3. Yuldasheva Dilafruz Maxamadaliyevna, Bekmagambetova Roza Karpikovna, Matkarimova Shaxnoza Maxamadjonova. Bolalar poetik matnlarini pedagogik dizayn vositasida o'rgatish. FarDU. Ilmiy xabarlar- Научный вестник. ФерГУ. DOI: 10.56292/SJFSU/vol29_iss1/a4

4. Yuldasheva , D., Ermatova , M., & Abdumalikova , N. (2024). Jahon tilshunosligida matn tadqiqi haqida. Farg'ona Davlat Universiteti, 30(1), 75. Retrieved from https://iournal.fdu.uz/index.php/sjfsu/article/view/3560

5. D.M.Yuldasheva.Professor A.Mamajonov-uslubshunos olim Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 8| 2023

6. D.M.Yuldasheva. Muallif nutqi agnonimlari(Siddiq Mo'min ijodida misolida). Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 volume 2 | special issue 8| 2023

7. Yuldasheva, D., & Abdug'aniyeva, D. . (2023). BOLALAR NUTQIDAGI LINGVISTIK XUSUSIYATLAR NAZARIYASI. Бюллетень педагогов нового Узбекистана, 1(4), 5254. извлечено от https://www.in-academy.uz/index.php/yopa/article/view/12199

8. Yuldasheva D.M. Pedagogisal Features Of Mental Development Of Presshool Shildren. Solid State Teshnalogy.Volume: 63 Issue:6 Publisation Year:2020. 14221-14225

9. Yuldasheva D.M.Anthropotsentris Approash To Shildren'S Speesh Study. Sestion 2: Linguistiss Theory,Applied Linguistiss. Sollestion Of Materials Of The International Online Sonferense.Www.Researsh-Support-Senter.Som 2020.92-95

10. Yuldasheva D.M. The Methods Of Speesh Development Of Presshool Shildren. Epra Internashinal Jurnal Of Multidissiplinary Researsh(Ijmr). Impast Fastor: 7.6.11.November.

11. Юлдашева Д.М. Использование зоонимов в колыбельной песне-«алла», как аспект этнолингвистики. cyberleninka.ru

12. ДМ Юлдашева, Д Аскарова, М Зох,идова. Узбек болалар нуткига доир матнларда лакуна. Academic research in educational sciences 2

13. D Yuldasheva. Anthropotcentric approach to children's speech study. Конференции.

14. Ю.Д Махамадалиевна. Использование зоонимов в колыбельной песне-«алла», как аспект этнолингвистики. Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук. 12 (Ulrich's ...

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

15. YD Maxamadalievna, M Matmusaeva. On Lingvofolcloristic Units. International Journal of Culture and Modernity 11, 169-171

16. YD Maxamadalievna, MX Madaminovna. Gnoseological Substantiation of Cognitive Development Children. International Journal of Innovative Analyses and Emerging Technology 2 (4), 7-11

17. YD Maxamadalievna. USE OF PRESIDENTIAL NAMES IN UZBEK CHILDREN'S TEXTS. Gospodarka i Innowacje. 22, 68-70

18. D Yuldasheva, S Umarova . MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMIDA O 'YINLAR TEXNOLOGIYASI. Scientific progress 3 (2), 746-751

19. ДМ Юлдашева. Синтактик такрорларнинг бадиий-эстетик имкониятлари. Международный журнал/ Искусство слова

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.