SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
KICHIK SANOAT ZONALAR KORXONALARINI RIVOJLANTIRISHDA
MARKETING STRATEGIYASI
Z. A. Baltasheva G. Xo'janova
Qoraqalpoq davlat universiteti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada kichik sanoat zonalar korxonalarida marketing strategiyasining ahamiyati, marketing strategiyasining korxona samaradorligini oshirishdagi o'rni "A" korxonasi misolida yoritilgan. SWOT tahlil qilish orqali korxona samaradorligini oshirishda marketing strategiyasining yo'nalishlari bo'yicha fikrlar yuritilgan.
Kalit so'zlar: marketing, strategiya, marketing strategiyasi, SWOT tahlil, sanoat korxonalari, iqtisodiy mexanizm.
KIRISH
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi korxona va tashkilotlarning faoliyatida marketing faoliyatini keng miqyosda qo'llash lozimligini ko'rsatdi va isbotladi. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan ilg'or davlatlarning yirik firmalari tajribasi shuni ko'rsatadiki, marketing faoliyati korxona va tashkilotlarning uzoq vaqt yashab qolishiga va unumdorligini orttirib borishiga imkoniyat yaratadi. Marketing faoliyatini amalga oshirish marketing nazariyasi va amaliyotining ravnaqiga bog'liqdir. So'ngi yillarda mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining barcha ko'rsatkichlari bo'yicha belgilangan prognoz ko'rsatkichlar bajarilmoqda. Iqtisodiyotning rivojlanishida yangi bosqichga olib chiqildi. Jahon mamlakatlarining iqtisodiyoti nisbatan past sur'atlarda rivojlanib turgan bir paytda mamlakatimizda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar natijasida erishilgan yutuqlar xalqimizning va mamlakatimiz rahbarining tinimsiz mehnati va sa'y-harakatlari evaziga erishilmoqda.
Mamlakatimizda iqtisodiyotning boshqa sohalari qatori sanoat sohasi ham jadal sur'atlar bilan rivojlanmoqda. Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida asosiy omillardan hisoblangan hamda mamlakat iqtisodiyotining boshqa sohalari va tarmoqlarining rivojlanishiga katta turtki beradigan sanoatning rivojlanishiga, mahsulot sifatini oshirishga, korxonalar o'rtasida sof raqobat muhitini yaratishga katta e'tibor qaratilmoqda. Boshqa sohalar va tarmoqlarda bo'lgani kabi, sanoat sohasida ham, uning turli tarmoqlari va korxonalarida ham modernizatsiyalashga, mahsulot sifatini oshirishga, korxonada marketing strategiyalarini to'g'ri tanlashga, strategiya tahlili orqali prognoz ko'rsatkichlarini belgilashga, texnik-texnologik yangilanishga e'tibor qaratilmoqda.
ADABIYOTLAR SHARHI
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Shu o'rinda shuni aytish lozimki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-sonli farmoni qabul qilinib, unda 20172021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi belgilab berildi. Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan maqsadlarga erishish esa, avvalo korxonalarning marketing faoliyati samaradorligini oshirish, bu esa o'z navbatida, marketing strategiyalarini ishlab chiqshni va amalga oshirishni taqozo etadi. Strategiya - bu yangilanish jarayonlarining haqiqiy harakatlar dasturidir [1].
Marketing strategiyasi korxona imkoniyatlarini bozorga moslashtirish, korxonaning kelgusidagi tovar, narx sotish, kommunikatsiya bo'yicha rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish, iste'molchilarning talab va hohishlarini erkin raqobatli ayriboshlash orqali ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan ijtimoiy jarayondir.
Shuni ta'kidlash joizki, marketing sohasida faoliyat ko'rsatadigan nufuzli Amerika Marketing Assotsiatsiyasining olimlari: Marketing strategiyasi - brend yoki mahsulot liniyasi bo'yicha korxona maqsadlariga erishish yo'nalishlarini ko'rsatib beruvchi bilvosita yoki bevosita bayonot, deya ta'riflagan. Qolaversa, marketing strategiyasi ham o'zining belgilanish turlariga qarab bir qancha strategiyalardan shakllangan. Bulardan birikorxonaning o'sish strategiyasi hisoblanadi [2].
Taniqli o'zbek olimalaridan biri Sh.J.Ergashxodjaevaning fikriga ko'ra, marketing strategiyasi - korxona imkoniyatlarining tahlili, maqsadlarni tanlash, rejalarni ishlab chiqish, marketing chora - tadbirlarini amalga oshirish va ularni ruyobga chiqarishni nazorat qilish jarayonidir [3].
TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL
Hozirgi paytda har qanday strategiyani ilk bor strategiya ishlab chiqayotgan sanoat korxonalari uchun innovatsion holatda ko'rish mumkin, bu tashkilotning tashqi muhitga moslashishining yangi usulidan dalolat beradi. Tashkilotning aynan innovatsion maqsadlarga erishishga qaratilgan strategiyasi ham innovatsion jarayon sifatida talqin qilinadi. Turli strategik rejalarni qiyosiy o'rganish va ularning alohida komponentlarini baholash holatini taqqoslab, strategiyalarning qay darajada yangiligini aniqlash mumkin.
Biz shartli ravishda "A" korxonasining 2022 yilda o'z taraqqiyot rivojlanishini ishlab chiqqan va uni amalga oshirishga kirishgan korxonaningfaoliyatini tahlil qilamiz. Korxona hozirgi paytda muvaffaqiyatli rivojlanmoqda, zaruriy moddiy-texnik va malakaviy bazaga ega. Biroq, u talabning mavsumiy o'zgarishlariga duch kelmoqda va qimmat narxdagi reklama faoliyatini amalga oshiradi hamda ba'zi mahsulotlari bo'yicha yuqori sarf- harajatga uchramoqda.
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7
Hozirgi vaqtda sanoat korxonalarining ichki va tashqi muhitni o'rganish jarayoni SWOT - tahlil matritsasini to'ldirish uchun asos bo'lib xizmat qiladi [4]. Matritsani to'ldirish jarayonida tadqiqotchi korxonaning kuchli tomonlaridan tashqi muhitda paydo bo'lgan imkoniyatlardan foyda olish uchun foydalanish bo'yicha strategiyani ishlab chiqishga yo'naltiruvchi juftlikkombinatsiyalar hosil bo'ladi.
Shularni hisobga olib, biz "A" korxonasining ning SWOT tahlilini amalga oshirishda, o'z tarkibiga oluvchi korxona ichki muhitining kuchli tamonlarini tashqi muhitning imkoniyatlari bilan solishtirishda quyidagi to'rtta asosiy strategiyani alohida ajratdik: raqobatchilik ustunliklari va savdo belgisidan foydalanish asosida tashkilot nufuzini qo'llab-quvvatlash; xodimlar bilim va ko'nikmalariga tayanib, iste'molchilarning ishonch darajasini saqlab qolish; savdo belgisi vamalakali kadrlardan foydalanib, yuqori foyda keltiruvchi mahsulotlarini olg'a surish; yetuklik darajasidagi mahsulotlar daromadliligiga ishonchli ta'minotchilar hisobidan erishish. Korxonaning ichki muhitdagi kuchli tomonini tashqi muhitdagi xavf-xatarlar bilan qiyoslash agentlik tarmog'ini kengaytirishga imkon bermoqda.
Korxonaning hayotiy davriyligida pasayish darajasida bo'lgan faoliyatlarga barham berib, bo'sh turgan mablag'larni yangi mahsulotlarni ishlab chiqishga yo'naltirishi zarur. Yangi raqobatchilar ta'sirini kamaytirish uchun korxona yangi ishonchli hamkor va investorlarga va xizmat ko'rsatish standartlarini oshirishga e'tibor qaratishi kerak.
1-jadval
"A" korxonasining SWOT tahlili
Kuchli tomonlari Kuchsiz tomonlari
• bozorni yaxshi bilish; • moddiy texnika bazasiga ega ekanligi; • mutaxassislarningyetarliligi; • ko'p yillik tajribagaegaligi; • joylashgan muhiti; • o'z xodimlariga har xil xizmatlarni ko'rsatishi; • maxsulotnisifatliligi. • faoliyat qisqa ish fasliga ega; • to'liq quvvati bilanishlamayotganligi; • marketing faoliyatinikuchsizligi.
Imkoniyatlari Tahdidlar
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7
• faoliyatnikengaytirish;
• katta tajriba;
ob-havoning o'zgarishi; raqobatchilarning ko'pligi va kuchayib iborishi;
umumiy iqtisodiy holat; • shartnoma shartlarini bajara olmaslik holati.
yangi maxsulot ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish;
• marketing tadqiqot ishlarini rivojlantirilishi;
• ishlab chiqarishquvvatlarini oshirish.
Yuqorida keltirilgan jadval ma'lumotlarida mazkur korxonaning kuchli-kuchsiz tomonlarini hamda imkoniyat va hatarlarini aks ettiribturmoqda.
"A" korxonasini SWOT tahlilini amalga oshirish natijasida uning istiqbolda rivojlanishi uchun quyidagi marketing strategiyasi iqtisodiy mexanizmini taklif qilamiz.
Bosh strategiya: Iste'molchilarga raqobatchilarnikiga qaraganda yuqori sifatli sanoat mahsulotlarini taqdim etish yo 'li bilan bozorda mustahkam o 'rin egallash.
2-jadval
"A" korxonasining marketing strategiyasi iqtisodiy mexanizmi tarkibi
№ Marketingstrategiyalari tarkibi Marketing strategiyalarini amalga oshirish xususiyatlari
1. Iste'molchilar bilan integrallashuv strategiyasi 1. Doimiy mijozlar bazasini kengaytirish: • Chegirmalar tizimini ishlab chiqish; 2. Vositachilar tarmog'ini kengaytirish: • Xizmat ko'rsatish sifatini oshirish; • Bonusli dastur.
2. Tez o'sib borayotgan bozorda yuqori darajada raqobatli biznesning tezkor o'sish strategiyasi 1. Reklama kompaniyasini tashkil etish: • Televedenieda, xorijda reklama; • Markaziy nashrlarda reklama; • Mintaqaviy matbuotda reklama; 2. Narxlarni tushirish (arzonlashtirish): • Mahsulot narxlarini tushirish(arzonlashtirish); • Hamkor va investorlar bilan to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar tuzish.
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7
3. Yaxshi raqobatchilik pozitsiyalariga ega bo'lmagan, ammo istiqbolli bozorlarda ishlayotgan sanoat differensiatsiyasi strategiyasi 1. Narxlarni tushirish (arzonlashtirish): • Mahsulot narxlarini tushirish (arzonlashtirish); • Hamkor va investorlar bilan to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar tuzish; 2. Reklama turlarini tashkil etish: • Tovar tarqatish kanallarini takomillashtirish.
4. Konsentrik diversifikatsiya strategiyasi 1. Marketing tadqiqotlarini o'tkazish: • Talabni o'rganish; • Sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish; 2. Logistik servisni shakllantirish; 3. Hamkor va investorlar bilan shartnomalartuzish .
5. Yetuk bozorlardayuqori daraj adaraqobatchilik biznesini differensiatsiyalash strategiyasi 1. Narxlarni tushirish (arzonlashtirish): • Mahsulot narxlarini tushirish(arzonlashtirish); • Hamkorlar bilan to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar tuzish; 2. Mavjudlari asosida yangi dasturlar ishlabchiqish; 3. Reklama kompaniyasini tashkil etish: • Xorijiy va mahalliy matbuotda reklama; • Reklama turlarini tashkil etish; • Sotishni rag'batlantirish dasturlarini ishlabchiqish.
6. Xodimlarning malakasini oshirish strategiyasi 1. Xodimlarni o'qitish: • Har bir xodim uchun individual o'qitish-o'rgatish grafigini yaratish; • Strategiyani amalga oshirishga barchadarajadagi menejerlarni jalb qilish; 2. Iste'molchilarga xizmat ko'rsatish sifatigatalablarni ishlab chiqish.
XULOSA VA MUNOZARA
Xulosa qilib yana shuni aytish mumkinki, korxonaning marketing strategiyalaridan to'laqonli foydalanishi korxona tovarlariga bo'lgan talabni shakllanishiga, ishlab chiqarish mexanizmining jadallashishiga, marketing kompleksi elementlarining rivojlanishiga, savdo jarayonlarining barqarorlashuviga, iste'molchilar ko'lamining oshishiga, iste'molchi uchun aniq rag'batlantirish chora-tadbirlarini joriy etishiga yo'l ochib berishi mumkin. Shuning uchun marketing strategiyasini ishlab
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7
chiqish va tanlash orqali mavjud va potensial iste'molchilami ko'proq jalb qilish nazardatutiladi.
ADABIYOTLAR ROYXATI
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017-yil 19 sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutqi.
2. Zamonaviy strategik tahlil: darslik / E.Yu. Kuznetsova [va boshqalar]; umumiy tahririyati ostida. prof., iqtisod fanlari doktori Fanlar E.Yu. Kuznetsova. -Yekaterinburg: Ural nashriyoti. un-ta, 2016. - 131 b.
3. Arutyunova D.V. Strategik boshqaruv. Qo'llanma. Taganrog: TTI SFU nashriyoti, 2018. 122 b.
4. Pankruxin A.P. Marketologlar gildiyasi. - 3-nashr. - M .: Omega-L, 2005. - 656 p.
5. www.natlib.uz
6. www.ziyonet.uz