SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 6 I 2022 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
TRANSPORT KORXONALARIDA AN'ANAVIY VA INNOVATSION MARKETINGNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
S. B. Sattorova
TDTU talabasi Ilmiy rahbar: F. B. Shakirova
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada transport korxonalarida marketinning bir nechta o'ziga xos turlarining xususiyatlarini ko'rsatganmiz. Bundan shuni anglashimiz mumkinki, marketing ma'lumotlari talab bo'yicha amalga oshirilib borilishini ta'minlash, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish va ularni amaliyotda qo'llay olish va shunga o'xshash ko'plab yechimlar keltirilgan.
Tayanch so'zlar: an'anaviy marketing, innovatsion marketing, rentabellik darajasi, "mahsulot - bozor" partfeli, ekspert, marketing xizmati, "4R" tizimi;
So'ngi o'n yillikda mamlakatimizda transport xizmatlari bozori va uning muhim infratuzilmasini tashkil etish hamda rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi. Transport korxonalarida tizimida rentabellik darajasining pastligi, uning aholi salomatligi va ekologiyaga ta'siri talab darajasida emasligi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektorlarida transport xarajatlari ulushining yuqoriligi, hududlarning yo'l tarmoqlari va infratuzilma obyektlari bilan notekis ta'minlanishi aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining transport xizmatlariga bo'lgan talablarini baho va sifat jihatdan qondira olmayapti. Shu boisdan, samarali va iste'molchilarga yo'naltirilgan transport xizmatlarini ko'rsatish uchun transport tizimida innovatsion marketing funksiyalarini optimallashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Korxonada marketing faoliyatini tashkil etishi I. Ansoff va ko'plab xorijiy tadqiqotlar tomonidan "mahsulot-bozor" partfeli doirasidagi muhim bir yo'nalish sifatida o'rganilgan. Har bir mahsulot bozordagi talabning har qanday sharoitida sotilishi va uning iqtisodiy natijadorligi bilan belgilanadi. Shuning uchun biz mavjud bo'lgan va innovatsion mahsulotni bozorga siljitishda pozitsiyasini belgilovchi "mahsulot-talab-marketing" matritsasi ishlab chiqildi.
"Mahsulot-talab-marketing" matritsasida biz kordinataning x,y,z - o'qlariga quyidagilarni joylashtirib chiqamiz:
- x-mavjud va innovatsion mahsulotlar guruxi,
- u-doimiy va yashirin talab sharoiti,
- z-an'anaviy va innovatsion marketingdan foydalanish imkoniyat- lari berilgan. Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 102
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 6 I 2022 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Ushbu kordinataning x,y,z - o'qlariga mahsulotlar va marketing texnologiyaning foydalanish bo'yicha o'zgarish natijasida bozor holati, unga ko'ra qanday pozitsiyada amalga oshirish imkoniyatini beradi. Kordinatadagi x va z o'qlarini quyidagi munosabatlarida bozordagi talabning o'zgarishini izohlaymiz:
1.An'anaviy marketing - an'anaviy mahsulot;
2.An'anaviy marketing - innovatsion mahsulot; 3.Innovatsion marketing - an'anaviy mahsulot; 4.Innovatsion marketing - innovatsion mahsulot;
2-rasm. Innovatsion va an'anaviy marketing vositalarida mahsulotni siljitish pozitsiyasini belgilovchi "mahsulot-talab-marketing" matritsa
Yuqoridagi holatlarda kordinatamizning x va z o'qlarini x1 va z1 ga siljitsak, u -o'zgarishi quyidagicha bo'ladi:
1.An'anaviy marketing(z1)-ana'anaviy mahsulot(xl)^-doimiy talab sharoiti (y1);
2.An'anaviy marketing (zl) - innovatsion mahsulot (x2)^yashirin talab (y2); 3.Innovatsion marketing (z2) - ana'anaviy mahsulot(xl) ^
yashirin talab (y2);
4.Innovatsion marketing (z2)- innovatsion mahsulot(x2) ^ yashirin talab (y2); 5.An'anaviy marketing (zl)- innovatsion mahsulot (x2)^ doimiy talab sharoiti (y1); 6.Innovatsion marketing (z2)- ana'anaviy mahsulot (xl) ^ doimiy talab sharoiti (y1); 7.Innovatsion marketing (z2)- innovatsion mahsulot (x2) ^ doimiy talab sharoiti (yl);
Ushbu kombinatsiyalarning eng murakkabi innovatsion mahsulotni yashirin talab davrida innovatsion marketing vositalari yordamida siljitish hisoblanadi. Ammo an'anaviy mahsulotni doimiy talab sharoitida an'anaviy marketing vositalari yordamida siljitishning eng oddiy usuli sifatida qarashimiz mumkin.
Marketing samaradorligini baholashga yondashuvlar xilma-xilligini hisobga olgan holda biz tadqiqotlarimizdan kelib chiqib, marketing faoliyati tarkibiy qismlarining alohida samaradorligini baholashni taklif etmoqdamiz. Biz taklif etayotgan
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 6 I 2022 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7
yondashuvda marketing funksiyalari doirasida bajariladigan faoliyat yo'nalishlarini alohida samaradorligi aniqlanadi.
1. Rejalashtirishdan oldingi tahlil samaradorligi: % marketing tadqiqotlari, % segmentlarga ajratish, joylashishni aniqlash va maqsadli bozorni tanlash.
2. Rejalashtirish samaradorligi: % marketing rejalarining barcha turlarini (strategik, joriy, individual bozorlar sharoitida, mahsulotlar) ishlab chiqish samaradorligini baholash, marketing auditini o'tkazish bilan sifatli amalga oshirilishi mumkin, % ishlab chiqarilayotgan va yangi mahsulotlar bo'yicha (mahsulot markasi, servis darajasi, upakovka va b.q.) mahsulot siyosati samaradorligini aniqlash, % narx siyosati samaradorligini aniqlash, % tovar tarqatish kanallari samaradorligini aniqlash, % siljitishning alohida usullarini baholash.
3. Korxona marketingining samaradorligi: % marketing boshqaruvi tashkiliy tuzilmasining samaradorligi, % marketing xizmatida vazifalar, javobgarliklar va huquqlarni taqsimlash samaradorligi, % korxonaning boshqa bo'limlari bilan marketing xizmatining aloqasi samaradorligi.
4. Marketing xizmati xodimlari va menejerlari, shuningdek, sotuvchi xodimlarning mehnat motivatsiyasi samaradorligi.
5. Yuqorida keltirilgan marketing funksiyalarining ayrimlari bajarilishini nazorat qilish samaradorligi. Bunday baholash faqat marketingni boshqarish tizimlarining o'ziga xos turlarini tanlash va marketing auditini o'tkazishda mutaxassislarning maslahati bilan amalga oshirilishi mumkin.
Shunday qilib, tadqiqot shuni ko'rsatmoqdaki, marketing samaradorligini kompleks baholashning uslubiy asoslari korxonalarning analitik ish faoliyati va konsalting xizmatining amaliyotida foydalanish uchun ishlab chiqilmagan. Bizning fikrimizcha, marketing samaradorligini baholashning metodologik yondashuvi 3 ta savolga javob asosida bo'lishi kerak: uslubiyat qanday maqsadlarda ishlab chiqilmoqda, natijalardan qanday foydalanish mumkin va ular kimlarga kerak. Biz tavsiya etayotgan marketing samaradorligini baholash usuli quyidagi shartlarga javob beradi.
Marketing samaradorligini baholash masalasida muallif marketing faoliyati amalda marketing funksiyalarini bajarish orqali amalga oshirilishini ta'kidlaydi. Bozorni o'rganish, bozorni segmentlash va bozorning maqsadli segmentlarini tanlash, mahsulotni joylashtirish, mahsulotning samarali assortimentini ishlab chiqish, yangi mahsulotlarni bozorga chiqarish, moslashuvchan narx siyosatini amalga oshirish, samarali tovar tarqatish kanallari va savdo faoliyatini tashkil etish, samarali siljitish faoliyatini amalga oshirish shular jumlasidan.
Boshqaruvning asosiy funksiyalari rejalashtirish va tashkil qilishdir. Shuning uchun barcha marketing faoliyatining muvaffaqiyati marketing rejalarining qanchalik sifatli va obyektiv bo'lishi hamda marketing xizmatining samarali tashkil etilishiga bog'liq.
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 6 I 2022 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7
Ushbu marketing funksiyalari va marketingni boshqarish funksiyalarining bajarilishini, bizning fikrimizcha, faqat ekspert xulosasi yordamida baholash mumkin. Korxonaning marketing bo'limi mutaxassislari mutaxassis sifatida qatnashishlari kerak.
Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqib, har bir faoliyatda yangicha qarash, yangi usullarda xomashyolarni yaratish va ishlab chiqarishga sarflash, iste'molchilar ehtiyojini to'la qonli qondirishga qaratilgan faoliyatini amalga oshirish, innovatsion mahsulotni siljitishgacha bo'lgan barcha jarayonlarning har birida innovatsion marketingni o'zida namoyon qiladi.
Bugungi kunda ko'pgina korxonalarda marketing o'lchovli natijalarni bera olmayapdi. Korxonalarda marketing bo'limlari tashkil qilinmoqda. Marketing faoliyati uchun xarajatlar qilinmoqda. Lekin marketing xarajatlari samarasini aniqlash va baholash tizimi yo'lga qo'yilmagan. "4R" formulasi bo'yicha marketingning an'anaviy konsepsiyasi bilan bog'liq operatsion funksiyalarga e'tiborni qaratib, marketing o'z potensialidan strategik boshqaruv vositasi, rentabellik va kompaniya qiymati manbai sifatida foydalanilmaydi.
Shunday qilib, transport xizmatlari bozorida logistik jarayonlarni, boshqaruv strategiyalarini, marketing tadqiqotlarini to'g'ri yo'lga qo'yish transport korxonasining o'z oldiga qo'ygan maqsadlari, aholiga sifatli xizmat ko'rsatish imkoniyatlari yaratilishiga xizmat qiladi. Transport sohasidagi muammolarni muvoffaqiyatli hal etish ko'p jixatdan transportai boshqarishning yagona logistik tizimi doirasida logistika va marketing usullarini sintez qilish bilan amalga oshiriladi.Olingan marketing ma'lumotlari talab parametrlari bo'yicha amalga oshirilib borilishini ta'minlash, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish va ularni amaliyotda qo'llay olish uchun shu sohada faoliyat olib borayotgan ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda ish olib borishlari maqsadga muvofiqdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ansoff I. Marketing va innovatsiya. Piter 2006 c.65