Научная статья на тему 'KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O’QUVCHILARNING IJTIMОIYLАSHUVIDА AXLOQIY MOSLASHUVCHANLIGINI SHAKLLANISHINING AHAMIYATI. FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI BO`LIM'

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O’QUVCHILARNING IJTIMОIYLАSHUVIDА AXLOQIY MOSLASHUVCHANLIGINI SHAKLLANISHINING AHAMIYATI. FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI BO`LIM Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Xolmatova Z, Abdullazizova R

Bu maqolada shахsning хislаtlаri bоlаlik yoshidаn shаkllаnib bоrаdi vа o’smirlik hаmdа yigitlik yoshlаridа intеnsiv surаtdа sоdir bo’lаdi. SHахs хislаtlаrining tаkоmillаshuvi uning butun hаyoti dаvridа dаvоm etаdi. Оdаmning mаvjudоt sifаtidа shахsgа аylаnishi uchun ijtimоiy hаyot shаrоitlаri vа tаrbiya kеrаk bo’lаdi. Аnа shulаr tа`siri оstidа оdаm insоn sifаtidа rivоjlаnib bоrishi vа shахsgа аylаnishi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O’QUVCHILARNING IJTIMОIYLАSHUVIDА AXLOQIY MOSLASHUVCHANLIGINI SHAKLLANISHINING AHAMIYATI. FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI BO`LIM»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O'QUVCHILARNING IJTIMOIYLASHUVIDA AXLOQIY MOSLASHUVCHANLIGINI SHAKLLANISHINING AHAMIYATI.

FARG'ONA DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI BOLIM 1Xolmatova Z, 2Abdullazizova R

1Farg'ona davlat universiteti sirtqi bo'lim Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti, 2Farg'ona davlat universiteti sirtqi bo'lim Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11073282

Anotatsiya. Bu maqolada shaxsning xislatlari bolalik yoshidan shakllanib boradi va o'smirlik hamda yigitlik yoshlarida intensiv suratda sodir bo'ladi. SHaxs xislatlarining takomillashuvi uning butun hayoti davrida davom etadi. Odamning mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy hayot sharoitlari va tarbiya kerak bo'ladi. Ana shular ta'siri ostida odam inson sifatida rivojlanib borishi va shaxsga aylanishi yoritilgan.

Shaxs xatti-xarakatlarini tartibga solish va boshqarishda milliy urf-odatlarning axloq-xulq namunalari mavjud bo'lib, ular inson tasavvurida saklanib boradi.

Komil inson deganda biz avvalo ongi yuksak, mustaqil fikrlaydigan, xulq-atvori bilan o'zgalarga ibrat bo'ladigan bilimli, ma'rifatli kishilarni tushunamiz».

Shaxs - ham aqliy, ham jismoniy, ham ma'naviy jihatdan o'sib, taraqqiy etadigan, shakllanadigan borlikdir. «Shaxs tariqasida tanilmoq uchun inson psixik kamolotining muayyan darajasiga erishmogi va shaxsan o'zini boshqa shaxslardan farq qilib turadigan bir butun vujud deb idrok qilmog'i lozim», - deb yozgan olimlar.

Shaxsning xislatlari bolalik yoshidan shakllanib boradi va o'smirlik hamda yigitlik yoshlarida intensiv suratda sodir bo'ladi. SHaxs xislatlarining takomillashuvi uning butun hayoti davrida davom etadi. Odamning mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy hayot sharoitlari va tarbiya kerak bo'ladi. Ana shular ta' siri ostida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi.

Tarbiya - shaxs taraqqiyotida xal qiluvchi rol' o'ynaydi.

Birinchidan, tarbiya ta'sirida muxit ta'sir kila olmagan narsalar o'rganiladi, ya'ni bilim, ma' lumot egallanadi. Mehnat va texnik faoliyat bilan bog'liq bo'lgan ko'nikma va malakalar xosil bo'ladi.

Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug'ma kamchiliklarni, shaxsni kamolga yetkazish mumkin.

Uchinchidan, tarbiya yordamida muxitning salbiy ta'sirini ham yo'qotish yoki bartaraf qilish mumkin.

To'rtinchidan, shaxsning o'sib tarakkiy etish va kamol topishida davlat tomonidan yaratilgan moddiy va ma'naviy imtiyozlar ham katta rol' o'ynaydi.

Beshinchidan, tarbiya doimo kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.

Shu munosabat bilan bu ishda o'zbek xalqining mavjud bo'lgan milliy pedagogik jihatdan tarbiyalangan yoshlarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash bo'yicha mavjud shakl, mazmun, usullarni namoyon kilish bilan bog'liq masalalarini ko'rib chikish lozim.

Yurtiga, Vataniga muxabbat, insonparvarlik tuyg'ularini, xalqimizning kon-koniga singib ketgan azaliy xususiyatlardir. Ana shu noyob fazilatlarni asrab-avaylash va yana uni yanada takomillashtirish, farzandlarimizni ozod va demokratiyaga munosib o'g'il-qizlar etib tarbiyalash masalasi ma'naviy soxada ishlarimizni asosiy yo'nalishini tashkil etmogi kerak. Bundan ko'rinib turibdiki, shaxs kamolotining rivojlanishida ma'naviy-axloqiy tarbiyaning roli kattadir. Avvalo, insonning axloqi, axloq o'zi nimaligi haqida tushunchaga ega bo'lmogimiz lozim.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

«Axloq» ijtimoiy tushunchalardan biri bo'lib, uning moxiyati shaxs xatti-xarakati, yurish-turishi, turmush tarzi, hayot kechirish tamoyillari, koidalari, shuningdek, ijtimoiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi. SHu bois axloq ijtimoiy xodisa sifatida jamiyatda. ma'naviy - ruxiy hayotda o'ziga xos muxim rol' o'ynaydi. Muayyan millat kiyofasi, uning kishilik taraqqiyotidagi o'rni belgilanayotgan jarayonda mazkur tushuncha asosiy mezonlardan biri bo'lib xizmat qiladi.

«Axloq» tushunchasi oila fikri asosida tartibga soluvchi faoliyat tarzida kishilik jamiyatining ilk bosqichida shakllangan.

Axloq (lotinsa -xulq-atvor) ijtimoiy tartib-koida bo'lib, bu tartib-koida ijtimoiy hayotning barcha soxalarida kishilarning xatti-xarakatlarini tartibga solish vazifasini bajaradi. Axloq omma faoliyatini tartibga solishning boshqa shakllari (o'quv, ishlab-chikarish, xalq an'analari)dan o'z talablarining asoslanishi bilan farq qiladi.

Axloq talablari barchaga taallukli, birok xech kimning ko'rsatmasiga, xech maxsus buyruq asosida bajarilmaydigan, ixtiyoriy amalga oshiriladigan ko'rsatmasiga, burch shakliga kiradi. Axloq talablarining bajarilishi fakat ma'naviy ta'sir ko'rsatish shakllari doirasida yuz beradi. Taraqqiyotlarda axloq tushunchasini ko'llash va unga daxldor masalalarni ta'riflashda «axloq» tushunchasi mustaqil tushuncha sifatida ko'llanilsa, ayrimlarda bevosita «ma'naviy-axloqiy», «axloqiy kamolot» kabi sinonim yoki mukobil bilimlarni terminlar tarzida ko'llanilmokda. Zero, axloqsiz axloqiy talablar hamda ularda ifoda etilgan goyalarsiz shaxsning mushtaragi uygunligi bo'lgan manaviy komillik shakllanmaydi.

Ma'naviyat - E.Yu.Yusupov nuqtai nazarida - inson axloq-odobi, bilimlari, iste'dodi, qobiliyati, amaliy malakalari, vijdoni, imoni, e'tiqodi, dunyoqarashi, mafkuraviy o'zgarishlarning bir-biri bilan uzviy boglangan jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta'sir etadigan mushtarak tizimdir.

Bizning nazarimizda, shaxs ma'naviyati - uning ongida kechadigan, ijobiy ta'sir etadigan o'y-fikrlar, niyatlar, goyalar, nazariya va ta'limotlar mazmunining amaliy faoliyatidagi tadbig'ida namoyon bo'luvchi ruxiy jarayondir.

Ma'naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etish ijtimoiy tarbiyaning muvaffakiyatini ta'minlovchi eng muxim omil sanaladi. Ma'naviy-axloqiy ta'lim va tarbiya o'zaro bog'liqlik, uzviylik, aloqadorlik hamda dialektik xarakterga ega bo'lib, shaxs ma'naviy kamolotini shakllantirish negizi, asosi xisoblanadi. Ma'naviy-axloqiy tarbiya, ta'lim - o'quvchilarga ijtimoiy axloqiy munosabatlar moxiyati to'g'risida tizimlangan bilimlarni berish, ularda ma'naviy-axloqiy bilimlarni egallashga bo'lgan ehtiyojni yuzaga keltirish, ma'naviy-axloqiy ongni shakllantirish jarayoni bo'lib, u izchil, uzluksiz tizimli tarzda tashkil etilishi lozim.

Ma'naviy-axloqiy tarbiya o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilgan nazariy ma'naviy-axloqiy bilimlar negizida ijtimoiy faoliyatni tashkil etish borasida ko'nikma, malakalarni xosil kilish, ijobiy mazmundagi ma'naviy-axloqiy sifatlarni qaror toptirish va ma'naviy madaniyatni shakllantirishga yo'naltirilgan murakkab dinamik jarayon hisoblanadi.

O'quvchilar ma'naviy-axloqiy tarbiyasini tashkil etish aniq maqsadga yo'naltirilgan yaxlit pedagogik jarayon bo'lib, ushbu jarayonda quyidagi pedagogik vazifalar xal qilinadi:

1. O'quvchilarga ma'naviy-axloqiy meyorlar moxiyatini va ularning ijtimoiy jamiyat hayotidagi ahamiyati to'g'risida ma'lumotlar berish;

2. O'quvchilarda ma'naviy-axloqiy bilimlarni egallashga bo'lgan ehtiyojni yuzaga keltirish, ma'naviy-axloqiy ongini qaror toptirish;

3. O'quvchilarda ijobiy mazmundagi ma'naviy-axloqiy sifatlar (bilimdonlik, mehnatsevarlik, kamtarlik, mexr - oqibat, mexr-shavkat, Vatanga, xalqka muxabbat, ota-ona va

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

kattalarga xurmat, insonparvarlik, saxovat, burchga sadokat va x.k) larni qaror topishini ta' minlash;

4. O'quvchilarda ma'naviy-axloqiy mazmundagi xulq-atvor, xarakter va irodani shakllantirish;

5. O'quvchilar ma'naviy-axloqiy madaniyatini shakllantirish.

O'quvchilarni ma'naviy-axloqiy sifatlarining qaror topishi tarixiy ob'ektiv sharoitda shaxs tomonidan jamiyat taraqqiyoti, insonlarning uzaro hamkorlik, aloqa doiralarining kengayishi, takomillashuviga ko'rsatiladigan ta'sirning ijobiy, mo''tadil xolatda bo'lishini ta'minlashda ko'rinadi.

Inson uchun salomatlik kanchalik zarur bo'lsa, kalbi uchun ezgulik shunchalik muxim. Inson aklan va axloqan boyib borgan sayin o'z oldiga olijanob maqsadlar ko'yadi. Zero, insoniy munosabatlar zaminida birinchi navbatda axloq-odob yotadi. Biz odamlarni dunyoda yashagani uchun emas, balki axloqan etuklik darajasiga ko'tarilgani bilan kadrlaymiz.

Kamolotga erishish uchun o'zlik anglanadi. Xayoli tejamkorlik, boriga kanoat qiladigan, shukronalik bilan tinch-totuv yashaydigan, aqlan va axloqan etuk, kibru-xavo, manmanlikdan yirok, o'z xalqi tinchligi yo'lida doimo tayyor to'rgan inson xadislarda ta'riflanganidek komil insondir. Buning uchun inson o'ziga ishonishi va e'tiqodiga tayanishi lozim. Ishonch va e'tikod qiyinchiliklarni engishga yordam beradi. Maqsad sari intilish insonda bunyodkor goyalar tuzilishiga va orzu-umidlarning ushalishiga sabab bo'ladi. Ma'suliyatli, ishonchli inson xar bir jamiyatga ham juda kerak. Chunki u taraqqiyotga o'z xissasini qo'sha oladi.

Demak, o'z oldiga maqsad sari ko'yish va unga intilish insonning hayoti va faoliyatiga bo'lgan talabchanlikdan boshlanadi.

O'quvchilarning kundalik faoliyatini rejalashtirish o'zi uchun bir xujjat bo'lib koladi. Zero, xar bir shaxs o'zini xurmat qiladi. Umrining kadriga etib yashay bilishi ham ulug fazilatlardan biridir. Hamma musibatlarning o'rnini qoplash, to'ldirish mumkin. Lekin, vaqtning biror daqiqasini kaytarib bo'lmaydi. Shuning uchun umrning xar laxzasidan unumli foydalanish kerak.

REFERENCES

1. Akmaljonovna, Z. A., & Usmonalievna, A. R. (2022). Analysis Of Views On The Formation Of The Linguistic Landscape Of The World. Anglisticum. Journal Of The Association-Institute For English Language And American Studies, 11(1), 11-18.

2. Akmaljonovna, A. Z., & Usmonaliyevna, A. R. (2022). BOSHLANG 'ICH SINF O 'QUVCHILARI ONGIDA OLAM LISONIY MANZARASINI SHAKLLANTIRISHDA RANG IFODALOVCHI LEKSEMALARNING ROLI. IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYNILMIYJURNALI, 2(11), 208-214.

3. Vosiljonov, A., & Abdullazizova, R. (2023). HIGH-SPIRITUAL MATURITY, IDEALITY AND PEDAGOGICAL VIEWS OF THE CLASS LEADER. Modern Science and Research, 2(6), 1182-1186.

4. Abdullazizova, R. (2023, June). DEVELOPMENT OF THE WORLD VIEW OF EARLY SCHOOL STUDENTS THROUGH MOTHER LANGUAGE LESSONS. In Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education (Vol. 1, No. 10, pp. 111-112).

5. Akmaljonovna, A. Z., & Usmonaliyevna, A. R. (2022). Psychological and Pedagogical Basis of Teaching Colors to Primary Class Students. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND HISTORY,, 3(12), 152-160.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.