Научная статья на тему 'KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING BUGUNGI KUNDAGI DOZLARBLIGI'

KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING BUGUNGI KUNDAGI DOZLARBLIGI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
32
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kichik biznes / mulk / investitsiya / ishsizlik / rag‘batlantirish / raqobat.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Meyliva N.O., Xolmirzaev T.R.

Ushbu maqolada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishlari, kichik biznesni milliy iqtisodiyotdagi o‘rni va axamiyati iqtisodiy ko‘rsatkichlar orqali yoritilgan. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bozor muhitiga tez moslasha olishi, bandlikni ta’minlash, daromadlarni shakllantirish va shu orqali uning tengsizligini yumshatish hamda o‘rta mulkdorlar qatlamini qaror toptirishdagi afzalliklari ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING BUGUNGI KUNDAGI DOZLARBLIGI»

Meyliva N.O.

1 kurs 101- 23 guruh talabasi Iqtisodiyot va pedagogika Universiteti

Xolmirzaev T.R. Iqtisodiyot va pedagogika Universiteti Iqtisodiyot kafedrasi stajyor o 'qituvchisi

KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING BUGUNGI KUNDAGI DOZLARBLIGI

Annotatsiya. Ushbu maqolada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo'nalishlari, kichik biznesni milliy iqtisodiyotdagi o'rni va axamiyati iqtisodiy ko 'rsatkichlar orqali yoritilgan. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bozor muhitiga tez moslasha olishi, bandlikni ta'minlash, daromadlarni shakllantirish va shu orqali uning tengsizligini yumshatish hamda o 'rta mulkdorlar qatlamini qaror toptirishdagi afzalliklari ochib berilgan.

Kalit so'zlar: kichik biznes, mulk, investitsiya, ishsizlik, rag'batlantirish, raqobat.

Meyliva N.O.

101-23 group student University of Economics and Pedagogy

Kholmirzaev T.R. intern teacher Department of Economics University of Economics and Pedagogy

THE ESSENCE OF SMALL BUSINESS AND PRIVATE ENTREPRENEURSHIP DEVELOPMENT TODAY

Abstract. This article describes the directions of small business and private entrepreneurship development, the role and importance of small business in the national economy through economic indicators. The advantages of small business and private entrepreneurship in quickly adapting to the market environment, providing employment, generating income and thus reducing its inequality, as well as finding a solution for the middle class of owners have been revealed.

Key words: small business, property, investment, unemployment, incentives, competition.

Kichik biznez va xususiy tadbirkorlik bozor muhitiga tez moslasha olishi, bandlikni ta'minlash, daromadlarni shakllantirish va shu orqali uning tengsizligini yumshatish hamda o'rta mulkdorlar qatlamini qaror toptirishdagi afzalliklari bilan

birga xususiy va shaxsiy mulkni ro'yobga chiqaгishda xo'jalik yuгitishning eng samarali shakllaridan hisoblanadi.

Tadbirkorlik faoliyatining erkinligi, xususiy mulk dahlsizligini amalda ta'minlash bundan buyon ham davlat siyosatida ustuvor yo'nalish bo'lib qoladi.

Kichik biznes bozoг iqtisodiyotida xo'jalik yuritish shakli sifatida mulkchilikning har qanday shaklini inkor etmaydi. Kichik biznes mulkiy tavsifiga ko'гa muгakkab xo'jalik yuritish shakli hisoblanib, mulkchilikning mavjud barcha shakllariga asosan tashkil qilinib, faoliyat yuritishi mumkin. Bozor iqtisodiyotida rivojlangan mamlakatlar tajribasi turli mulk shakllariga asoslangan kichik biznes sub'ektlaridan faqat xususiy mulkchilikdagi shunday korxonalar faoliyati birmuncha samaгali ekanligini ko'rsatadi.

Aynan shu sababli, 2017-2025 yillarda O'zbekiston Respublikasini гivojlantiгishning beshta ustuvor yo'nalisЫaгi bo'yicha haгakatlaг stгategiyasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini rag'batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettiгish ustuvoг yo'nalish sifatida qaraladi. [2,4b.]. Xususiy tadbirkorlik kichik biznesdan farq qilib, moliyaviy mablag'lari va iqtisodiy resurslarini shakllantirilish (tadbiгkoгning o'z mulki, meгos qoldirilgan, qarz yoki ijaгaga olingan mulk va boshqalar) qat'iy xususiy mulkka asoslanadi va xo'jalik yuгitishda shaxsiy tashabbuskorlik ustuvoг o'гin egallaydi.

Respublikamizda iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida kichik biznesni yanada rivojlantirishni гag'batlantiгish bilan biгga, uning taTkibida xususiy mulkka asoslangan sub'ektlar ulushini to'xtovsiz oshiгib boгishga alohida e'tibor qaгatilmoqda. Islohotlaгimiz natijasida o'tgan yili 93 mingta yoki 2018 yilga nisbatan qaгiyb 2 barobar ko'p yangi tadbiгkoгlik sub'ektlaгi tashkil etildi. Jahon bankining "Biznes yuritish" reytingida 7 pog'ona ko'tarilib, biznesni ro'yxatga olish ko'rsatkichi bo'yicha dunyoning 190 ta davlati orasida 8 o'rinni egalladik va eng yaxshi islohotchi davlatlar qatoridan joy oldik

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining iqtisodiyotda band bo'lganlardagi ulushi 2018 yilda 2010 yilga qiyosan 74,3 % dan 78,2 % ga, YaIM ni shakllantirishdagi salmog'i 52,5 % dan 59,4 % ga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi shunday ko'rsatkichi 18,8 % dan 34,7 % ga ortgan. Bu davrda kichik biznes sub'ektlarilari soni 1,3 barobarga, ularning eksportdagi ulushi 2 martaga yaqin ko'paygan.

Respublika hududlarida kichik biznesning yalpi hududiy mahsulot,tarmoqlar mahsuloti, asosiy kapitalga qo'yilgan investitsiyalar, chakana tovar aylanmasi va xizmat ko'rsatish hajmi hamda boshqa makroiqtisodiy ko'rsatkichlardagi ulushida ham katta ijobiy o'zgarish ro'y bergan va ayrim nomutanosibliklar ham kuzatiladi. Jumladan, respublikaning deyarli barcha hududiy sub'ektlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 2010 yilga qiyosan 2018 yilda turli xil darajada ortgan bo'lsa, ayrimlarida bu ko'rsatkich bir muncha kamaygan. Uning eng yuqori o'sishi 11,3 % ni(Andijon vil.), eng ko'p pasayishi esa 8,7 % ni (Sirdaryo vil.) tashkil qilgan.

2018 yilga kelib kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YaHM dagi eng yuqori ulushi Jizzax va Namangan (80,9 %) va eng past salmog'i Navoiy (37,6 %) viloyatiga tegishli bo'lgan.

2010-2018 yillarda kichik biznesning YaIM dagi salmog'i yiliga o'rtacha

0.4.% ga ortgan bo'lsa, sanoat mahsulotida esa uning ulushi 2010 yilda 19,6 %ni, 2016 yilda 45,0 %, 2018 yilga kelib esa 34,7 foizni tashkil etgan yoki 2016 yilga nisbatan 10,3 % pasayish kuzatilgan. Qurilish sohasida kichik biznesning ulushi 2010 yilda 52,3 % ni, 2016 yilda 67,2 %, 2018 yilda 66,6 %ni tashkil etgan bo'lsa, xizmatlar soxasida esa mos yillar bo'yicha 36,6 %; 60,5 % va 55,2 %ni tashkil etmoqda.

Birinchi marta tadbirkorlarga ichki bozorda sotgan mahsuloti bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'ining bir qismini qaytarish tartibi joriy etilmoqda. Hozirgacha bu tartib faqat mahsulot eksport qilinganda qo'llanar edi. Buning hisobidan tadbirkorlar ixtiyorida 3,4 trillion so'm yoki o'tgan yilga nisbatan 2,5 barobar ko'p mablag' qoladi.

Chunonchi, mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali:

- o'rta mulkdorlar sinfi shakllanadi;

- makroiqtisodiy beqarorlik, ishsizlik va taqchillik kabi iqtisodiy muammolar barham topadi;

- sog'loq raqobatchilik muhitining yaratilishi orqali YaIMning miqdor va sifat jihatidan o'sishi kuzatiladi;

- ichki bozor zarur tovar (xizmat)lar bilan to'yinadi va ularning sifati oshadi;

- va pirovardida aholi turmush darajasining o'sishiga erishiladi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish nafaqat davlat va jamoat taraqqiyotida, balki xar bir insonning yuksalib borayotgan xayotiy extiyojlarini qondirishda muhim ahamiyatga ega, ya'ni xizmat ko'rsatish, chakana savdo, oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarish kabi soxalarda ushbu faoliyat yaqqol namoyon bo'ladi.

Ayni paytda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal o'sishini ta'minlash, xususiy mulkni ximoya qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish yo'lidagi ba'zi ma'muriy to'siqlarni bartaraf etish, respublikamizda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini sifat jixatidan yangi bosqichga ko'tarish orqali xalqaro me'yorlarga to'liq javob berishini ta'minlashda o'z aksini topadi.

Adabiyotlar:

1. Mirziyoev Sh. Konstitutsiya — erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir. T.: O'zbekiston. 2018 y. 32 b.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi 4947-sonli "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Xarakatlar strategiyasi to'g'risida»gi Farmoni. http://lex.uz/

3. Mirziyoev Sh. M. 2020 yil — ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili. //Xalq so'zi. 1- 5b. 25.01.20y.

4. O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining 2010-2018 yillar bo'yicha ma'lumotlari. https://stat.uz/.

5. Akhmedov, B. A. (2024). Dialogue Leading to A Problematic Situation and Its Place In School Education. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 28, 17-21.

6. Akhmedov, B. A. (2024). Reorganization of teaching manual in higher education in Tashkent region. Uzbek Scholar Journal, 24, 13-25.

7. Akhmedov, B. A. (2024). Methods Of Improving the Quality of Dissertation Works in The Exact Sciences of The Tashkent Region. Pedagogical Cluster-Journal of Pedagogical Developments, 2(1), 39-57.

8. Akhmedov, B. A. (2023). Physics is a Science Forming Knowledge About Health. Diversity Research: Journal of Analysis and Trends, 1(3), 350-355.

9. Тангиров, И. Х., & Ахмедов, Б. А. (2021). Перспективы развития правового государства. Политика и общество, 7(18), 178-186.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.