AHOLI BANDLIGINI TA'MINLASHDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY
TADBIRKORLIKNING O'RNI
Po'latov Xudoyberdi O'ktamovich
SamISI mustaqil tadqiqotchisi e-mail: pulatov.xudoyberi@gmail .com Hamdamov G'iyosjon Imomqul O'g'li
SamISI talaba
Annotatsiya: Ushbu maqola O'zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qaysi yo'llar orqali yanada isloh qilish, yanada barqarorlashtirish va hozirgi kundagi xususiy korxonalarning o'sgani, kichik biznes salohiyatining qay darajada ko'tarilgani haqida so'z boradi.
Kalit so'zlar: Kichik biznes, barqarorlik, xususiy korxona, iqtisodiy o'sish, samaradorlik, ishbilarmonlik, aholi bandligi.
Аннотация: В данной статье говорится о путях дальнейшего реформирования и стабилизации малого бизнеса и частного предпринимательства в Республике Узбекистан, а также о росте частного предпринимательства на сегодняшний день, и в какой степени возрос потенциал малого бизнеса.
Ключевые слова: Малый бизнес, устойчивость, частное предпринимательство, экономический рост, эффективность,
предпринимательство, занятость населения.
Kirish O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini mustahkamlash, har tomonlama rivojlantirib borish iqtisodiyotini xususan bozor munosabatiga o'tishni tezlashtiruvchi eng asosiy yo'llardan biri bu kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisoblanadi. Shuning uchun ham tadbirkorlikni rivojlantirishga uni davlat tomonidan qo'llab quvvatlanishi xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko'rsatish uni rag'batlantirishga bag'ishlangan bir qancha qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy ijtimoiy islohotlarning tub negizini tadbirkorlik, omilkorlik va ishbilarmonlik xislatlarisiz tasavvur etish qiyin. Erkin bozor munosabatlarining keng ravnaq topishi kishilar hayotida ularning turmush tarzida ma'naviy va hayotiy ko'nikmalarida namoyon bo'lmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo'llab quvvatlanishi nafaqat iqtisodiyotni muttasil rivojlanishi xo'jalik aloqalarini tuzatish, raqobatni rivojlantirish va iste'mol bozorini to'ldirish bilan bog'liq bo'lgan iqtisodiy maqsadlarni ham ta'minlamoqda.
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada brqaror qilish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Xususiy mulkni himoya qilish mulkdorlar huquqlarining kafolotlarini kuchaytirish tadbirkorlik tashabbuslarini mulkdorlar huquqlarining kafolotlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo'llab quvvatlash borasida ishlarni tashkil qilish bo'yicha qo'shimcha chora tadbirlar, shuningdek tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslar va ishlab
chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish to'g'risida 2019-yil 13-avgustdagi PF-5780-son Farmoni va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to'g'risidagi 2019-yil 13-avgustdagi PQ-4417-son qarorlari qabul qilingan.
Jahonda ro'y berayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz ta'sirida dunyo bo'yicha 56 million kishidan ortiq ishsizlar armiyasi vujudga kelgan bir sharoitda O'zbekistonda yuz minglab yangidan-yangi ish o'rinlari tashkil etilmoqda. Buning yana bir ahamiyatli tomoni shundaki yangi ish o'rinlarini yaratishning o'ziga xos mexanizmlarining tarkib topgani va, uning bir qator yo'nalishlar bo'yicha izchil amal qilib kelayotganidir.
Mamlakatimizda aholini samarali muhofaza qilishga yo'naltirilgan maqsadli chora- tadbirlar hamda yuqori iqtisodiy o'sish va bandlik sur'atlari aholi farovonligini oshirishni ta'minlamoqda.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish iqtisodiy o'sishni ta'minlash, yangi ish o'rinlarini tashkil qilish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishning muhim omili sifatida amal qilmoqda.
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish davlatning aholiga yaxshi hayot faoliyati uchun beradigan shart-sharoitlarini ta'minlaydigan bevosita maqsadli kafolatlar tizimidir. Boshqacha aytganda, ijtimoiy muhofaza tizimi bozor tizimi samaradorligining tor tasavvurlaridan emas, balki haqiqiy ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni ta'minlash masalalarini hal qilish maqsadidan kelib chiqib tashkil etilishi kerak. Shu bilan birga, ijtimoiy muhofaza o'zi amal qilib turgan ishlab chiqarish munosabatlari tizimidan, jahon iqtisodiyotining hozirgi holati imkoniyatlaridan keng foydalanadi va hozirgi zamon talablari asosida rivojlanib boradi.
Keyingi yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotning o'zgarishlarga tez moslashuvchan sohasi sifatida ichki bozorni iste'mol tovarlari bilan to'ldirish, xizmat ko'rsatishning yangi va zamonaviy turlarini kengaytirish, eksport salohiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash borasida qabul qilingan qarorlarning amaliyotga keng tadbiq etilishi, tekshirish ishlarining qisqarganligi, biznes yuritish uchun moliya va vaqt harajatlarining kamayganligi, ro'yxatga olishning xabardor qilish tizimining joriy etilishi natijasida, ularning tashqi savdo faoliyati ko'rsatkichlarida ham ijobiy tendensiyalar yuz bermoqda. Import o'rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kichik biznes subyektlarining davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanishi eksport hajmida kichik biznesning hissasini oshirish imkonini bermoqda. Respublikamiz eksportining umumiy hajmida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 2000 yilda 10,2 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2020 yilda 26,5 foizga oshgan.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning aholi bandligi va farovonligini oshirish bilan bog'liq ijtimoiy muammolarni hal qilish imkoniyatlaridan kelib
chiqqan holda davlat tomonidan keng qo'llab-quvvatlanmoqda. Shulardan kelib chiqib, mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo'ljallangan asosiy konseptual yo'nalishlari sifatida qo'yidagilar belgilab quyildi:
• xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya kilishni ta'minl ash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo'lidagi barcha to'siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga to'liq erkinlik berish, «Agar xalq boy bo'lsa, davlat ham boy va kuchli bo'ladi» degan tamoyilni amalga oshirish;
• kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, huquqni muhofaza kiluvchi va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarning kat'iy oldini olish;
• davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning tartib-taomillarini soddalashtirish, xo'jalik yurituvchi subyektlarning us tav jamg'armalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan obyektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
• investisiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy, eng avvalo, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investisiyalarni faol jalb qilish;
• korporativ boshqaruvning zamonaviy standart va usullarini joriy etish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish;
• tadbirkorlik subyektlarining muhandislik tarmoqlariga ulanishi bo'yicha tartib-taomil va mexanizmlarni takomillashtirish va soddalashtirish;
• mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tartibga solishda davlat ishtirokini kamaytirish, davlat boshqaruvi tizimini markazlashtirishdan chiqarish va demokratlashtirish, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat, jamoat tashkilotlari va joylardagi o'zini o'zi boshqarish organlarining rolini oshirish.
Xulosa. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirishda muhim omilidir. Ushbu soha vakillarini har taraflama qo'llab quvvatlash maqsadida oxirgi ikki yarim yilda Prezidentning ellikdan ortiq farmon va qarorlari qabul qilindi. Bularning barchasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka qaratilgan. Jumladan tadbirkorlik faoliyatini davlat ro'yxatidan o'tkazish, turli ruxsatnomalar olish soddalashtirilgan.
Foydalangan adabiyotlar ro'yxati
1. Ширинов, У. А. (2021). AUDITORY ANALYSIS OF COMMUNICATION ENTERPRISES SEGMENTS. Экономика и социум, (7), 550-553.
2. Ширинов, У. А. (2021). CONCEPTUAL ISSUES OF SEGMENTARY AUDIT IN COMMUNICATION ENTERPRISES. Экономика и социум, (7), 554558.
3. ШИРИНОВ, У., & НАРЗУЛЛАЕВ, Н. МОЛИЯВИЙ МАЖБУРИЯТЛАР АУДИТИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ. ЭКОНОМИКА, 810-813.
4. ШИРИНОВ, У. МОБИЛ АЛО^А ХИЗМАТЛАРИДАН ОЛИНАДИГАН ДАРОМАДЛАР ХИСОБИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ. ЭКОНОМИКА, 800803.
5. Ширинов, У. Почта хизматларининг хдсоб ва аудит объекти сифатидаги таснифий асослари. Экономика, 804-809.
6. Ширинов, У., & Нарзуллаев, Н. Молиявий мажбуриятлар аудитини методологик асослари. Экономика, 814-817.
7. Хусанов, М. (2021). Махсус саволлар буйича утказиладиган аудиторлик текширувларининг ташкилий ва методологик асослари. Общество и инновации, 2(4/S), 564-571.
8. Хусанов, М. (2021). THE NEED FOR A SPECIAL QUESTION-LIKED AUDIT. Экономика и социум, (5-2), 539-543.