Научная статья на тему 'KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK SUB’YEKTLARI FAOLIYATIGA XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISHNI TAKOMILLASHTIRISH YO’NALISHLARI'

KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK SUB’YEKTLARI FAOLIYATIGA XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISHNI TAKOMILLASHTIRISH YO’NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
12
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Investitsiya / innovatsiya / kichik biznes / fermer xo`jaligi / liberallashtirish / muhofaza

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Mirzayev Anvar Navruz Ogli

Ushbu maqolada mamlakatimizdagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, hamda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish orqali faoliyatini takomillashtirish haqida so`z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK SUB’YEKTLARI FAOLIYATIGA XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISHNI TAKOMILLASHTIRISH YO’NALISHLARI»

www.in-academy.uz

KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK SUB'YEKTLARI FAOLIYATIGA XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISHNI TAKOMILLASHTIRISH

YO'NALISHLARI

Mirzayev Anvar Navruz ogli Termiz davlat universiteti magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10976590

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 8th April 2024 Accepted: 11th April 2024 Published: 15th April 2024

Ushbu maqolada mamlakatimizdagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, hamda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish orqali faoliyatini takomillashtirish haqida so^z boradi.

KEYWORDS

Investitsiya, innovatsiya, kichik biznes, fermer xojaligi,

liberallashtirish, muhofaza.

Barchamizga ma'lumki, kichik biznes sub'ektlariga mustaqillik berish, ular faoliyatining yakuniy natijalari uchun javobgarlik hissini oshiradi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng muhim ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lib hisoblanadi. Shu jumladan, hozirgi kunda tijorat banklarining ham oldiga quyilgan eng asosiy vazifalardan biri - kichik biznes sohasini yetarlicha moliyaviy resurslar va xizmatlar bilan ta'minlashdan iboratdir. Kichik biznes aholi zich joylashgan hududlarda ishsizlik muammosini hal qiladi. Shu sababli, bank tizimida kreditlash mexanizmini takomillashtirish buyicha chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi mamlakatda raqobatchilikning zarur muhitini hosil qilib, bozor sharoitidagi ko'pgina o'zgarishlarga tezda moslasha oladi, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohasida yangidan-yangi qo'shimcha ish o'rinlarini yaratadi va mamlakatda ijtimoiy muhitni ta'minlash uchun o'rta sinfni shakllantirish manbai hisoblanadi.

Birinchidan, u bozor iqtisodiyotining zarur sharoitlariga tezda moslashib, chuqur ixtisoslashuv va kooperatsiyalashuvi natijasida uning yuqori samaradorligini ta'minlaydi. Ikkinchidan, u bozordagi talab va taklif mutanosibligini hisobga olib, aholi ehtiyoji uchun zarur bo'lgan tovar va xizmatlarni bozorga tezda etkaza olish imkoniyatlari yuqoriligi bilan alohida ajralib turadi. Uchinchidan, raqobatchilik muhitini yaratish orqali iste'molchilar uchun arzon va sifatli tovar va xizmatlar taklif qiladi. To'rtinchidan, bozor iqtisodiyoti usiz mavjud bo'lmaydigan tadbirkorlik muhiti va ruhini yaratadi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yana bir muhim jihati shundaki, kuchli raqobatchilik muhiti sharoitida ular doim rivojlanishga majbur bo'lishadi va bozorning joriy shartlariga

moslashishlariga to'g'ri keladi, boshqa tadbirkorlik sub'ektlaridan ustun bo'lishlari ularning foyda miqdorlarining oshish manbai hisoblanadi. Zero, bozor iqtisodiyoti insonlar o'zlari istaganlaridek hayot kechirishi uchun barchani tinimsiz harakatda bo'lishini talab etadi.

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik manfaatlarini ishonchli himoya qilish, ularning kelgusi rivojini munosib ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi farmoni butun mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotini qamrab olganligi bilan bir qatorda birgina kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda tizimli, tanqidiy va kompleks yondashuv zarur ekanligini ko'rsatib berdi. Harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo'nalishida keltirilgan har bir vazifaning bajarilishida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning o'rni nihoyatda beqiyosdir. Jumladan, "Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo'nalishlari" deb nomlangan uchinchi ustuvor yo'nalishda mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida quyidagilar ustuvor vazifa deb belgilangan:

- milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta'minlash, uning tarkibida sanoat, xizmatlar ko'rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko'paytirish;

- fermer xo'jaliklari, eng avvalo, qishloq xo'jaligi mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan, qayta tayyorlanayotgan, tayyorlash, saqlash, sotish, kurilish ishlari va xizmatlar ko'rsatish bilan shug'ullanayotgan ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklarini rag'batlantirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

- xususiy mulkning huquq va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta'minlash, barcha turdagi to'sqinliklar va cheklanishlarni bartaraf etish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish yo'lida to'liq erkinlik berish, amaliyotda "Agar xalq boy bo'lsa, davlat ham boy va kuchli bo'ladi" degan printsipni amalgi oshirish;

kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, nazorat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning noqonuniy aralashuvini qat'iy oldini olish.

Jahon iqtisodiyotida kichik biznes ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda, yangi ish o'rinlarini barpo qilishda, bozor o'zgarishlariga nisbatan tez moslashishda va mulkdorlar sinfini shakllantirishda alohida ahamiyatga va yuqori samaradorlikka ega ekanligi tasdiqlanmoqda.

Qator mamlakatlarda kichik biznesning iqtisodiyotda tutgan o'rniga, uning tadbirkorlikni rivojlantirishdagi va bozor munosabatlarini shakllantirishdagi ahamiyatiga alohida e'tibor berilmoqda. Shu nuqtai-nazardan bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning kichik biznesni moliyalashtirish yuzasidan tajribalarini atroflicha o'rganish va samarali bo'lgan usullarni milliy iqtisodiyotning xususiyatlarini hisobga olgan holda joriy qilish bosh masaladir. Bu esa, o'z navbatida, O'zbekistonda kichik biznes loyihalarini moliyalashni takomillashtirishga ham xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYXATI.

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES A

www.in-academy.uz

1. "Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to'grisida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, 30 aprel 1998 yil.

2. "Erkin iqtisodiy zonalar to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, 25 aprel 1996

yil.

3. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. -Toshkent: "O'zbekiston" NMIU, 2017. - 488 b.

4. Malikov T.S. Moliya: O'quv qo'llanma. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi.-T.: "Iqtisod-moliya", nashriyoti, 2018 y. - 268b.

5. Malikov T.S., Jalilov Sh.Q. Moliyaviy tizim: Zamonaviy talqin: o'quv uslubiy qo'llanma. -T.: "IQTISOD-MOLIYA", 2016, - 116 b.

6. Abdullaev YO.A., Qoraliev T.M., va boshqalar "Bank ishi". O'quv qo'llanma - B.M.: T.: "Iqtisod-Moliya", 2009. - 576 b.

7. . Bobakulov T.I. Milliy valyutaning barqarorligi. Monografiya. - Toshkent: Fan va texnologiya, 2007.-184 b.

8. Boltaboev M.R., Qosimova M.S. va boshqalar. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik. -T.: TDIU, 2010y. 240 b.

9. Jumaev N.X. O'zbekistonda valyuta munosabatlarini taritibga solish metodogiyasini takomillashtirish.T. "Fan va texnologiya",2007y.286b.

10. Inomov H.H - Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. O'quv qo'llanma. -"Toshkent" 2009. - 33 b.

Volume 1, Issue 6, April 2024

Page 49

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.