Научная статья на тему 'KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI TASHKIL ETISHDA MARKETINGNING ROLI'

KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI TASHKIL ETISHDA MARKETINGNING ROLI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
1135
75
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Biznes / marketing / tadbirkorlik / tavar / taklif / extiyoj / bozor / yuksalish / oldi / sotdi.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Bahodir Inomovich Qambarov

Ushbu maqolada Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini yuritishda marketing roli, tadbirkorlikdan samarali foydalanish, talab, taklif, ehtiyoj shular haqida ma‘lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI TASHKIL ETISHDA MARKETINGNING ROLI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI TASHKIL ETISHDA

MARKETINGNING ROLI

Bahodir Inomovich Qambarov

Farg'ona viloyati Rishton tumani Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish

bo'limi bosh mutaxassisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini yuritishda marketing roli, tadbirkorlikdan samarali foydalanish, talab, taklif, ehtiyoj shular haqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: Biznes, marketing, tadbirkorlik, tavar, taklif, extiyoj, bozor, yuksalish, oldi, sotdi.

Turli soha korxonalarida faoliyat ko'rsatayotgan marketing xizmatlari bir-biridan tashkil qilinish tamoyillari va shakliari bilan farqlanadi. Aksariyat adabiyotlarda marketing xizmatlarini tashkil etishning beshta tamoyili va uni boshqarishning ikkita shakli mavjudligi haqida aytib o'tilgan.

Har bir korxona ichki imkoniyatlariga tayanib, ulardan o'ziga ma'qulini tanlagan holda tuzishadi. Bu tamoyillar: 1) funksional; 2) geografik; 3) tovar; 4) bozor; 5) kombinatsiyalashgan tarzda bolishi mumkin. Birinchi tamoyilga ko'ra marketingning har bir funksiyasi (reklama, yangi tovar yaratish, sotish, tadqiqot o'tkazish, marketingni rejaiashtirish, xaridorlarga xizmat ko'rsatish va boshqalar) bo'yicha alohida- alohida mutaxassislar ishlab, marketing ishlari bo'yicha korxona rahbarining o'rinbosariga bo'ysunishadi. Tovar assortimenti kam bo'lgan korxonalarda bunday tashkiliy tuzilishning samarasi yuqori bo'ladi. Tovar assortimentining ko'payishi natijasida esa, aksincha, samarasi kamayib boradi. Keng miqyosda tovar sotadigan korxonalar asosan ikkinchi (geografik) tamoyilga asoslaniladi. Bunda, korxona faoliyatini hududlar bo'yicha tashkil etishib, har birida o'zaro bog'liq bo'lmagan marketing xizmatlarini tashkil etishadi. O'z navbatida, ularning barchasi korxonaning marketing ishlari bo'yicha vitseprezidentiga bo'ysunadi. Mahsulot nomenklaturasi keng bo'lgankorxonalar asosan uchinchi (tovar) tamoyildan foydalangan holda marketingni tashkil etadi. Bunda har bir mahsulot turi bo'yicha alohida marketologlar faoliyat yuritib, o'zlariga biriktirilgan markalarning sotilishiga mas'ul bo'ladilar. To'rtinchi tamoyil (bozor)ga asosan, firmalar marketing xizmatini bozor segmentlarining xususiyatlariga asoslangan holda tashkil etadi. Bunda mijozlarning xulqi, didi, to'lov qobiliyati va boshqa ko'rsatkichlari inobatga olinadi. Amaliyotda ilk to'rtta tamoyilga

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

asoslangan marketing xizmatlaridan tashqari, ular kombinatsiyalashgan tarzda ham ishlatiladi.

Masalan: funksional-tovar, funksional-bozor, funksional-geografik, tovar-geografik, tovar-bozor kabi bo'lishi mumkin. Buning natijasida beshinchi (kombinatsiyalashgan) tamoyilga asoslangan marketing xizmatini tashkiliy tamoyili vujudga keladi.Yuqorida sanab o'tilgan tamoyillar bilan birga marketingni tashkil qilishning ikki shakli ham mavjud. Bular: loyihali; matritsali. Birinchisida har bir tovar uchun belgilangan mas'ul shaxsga keng vakolatlar berilib, alohida-alohida mutaxassislar va boshqa zaruriy moddiy resurslar bilan ta'minlanadi. Alohidalashgan holda ish olib borayotgan guruhlarning har biri bo'lak loyiha hisoblanadi. Ularning har biri faqat bitta rahbarga bo'ysunadi. Buni vertikal boshqarish deb atasa ham bo'ladi. Ikkinchisida, loyihalar o'zaro bog'liq bo'lib, har biri bir nechta rahbarga bo'ysunadi. Bu shaklning birinchisidan afzalligi shundaki, har bir loyiha uchun zaruriy moddiy resurslar alohida olib berilmaydi, balki, olingan resurslardan hamjihatlik asosida foydalanishib, xarajatlar miqdorini pasayishiga olib keladi.

Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatida qaror qabul qilish va uni ishlab chiqishda kichik biznes va tadbirkorlikning samarali vositasi hamda asosi bo'lib marketing hisoblanadi hamda kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini boshqarish tizimida, uni tashkil etishda, rejalashtirish va nazorat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. «Ay-si-ay» konserni boshqaruvi raisi Djon Harvi Djons kichik biznes va tadbirkorlikda marketingni o'rnini tavisflab shunday deydi, ya'ni «Marketing kichik biznes va tadbirkorlikning tayanch omilidir. Bu nafaqat yoqilg'i, balki kema komandasidir.»Marketing elementlarining paydo 17 asrning o'rtalariga borib taqaladi. Bu davrgacha tovarlarni natural ayirboshlashni turli shakllari paydo bo'ladi, keyinchalik marketing faoliyatini birinchi elementlari, ya'ni reklama, narx, sotish kabilarni rivojlanishi kuzatildi.Marketing tushunchasi bozor sohasini har qanday faoliyati bilan bog'liqdir, shu bois marketing so'zini tarjimasi va kelib chiqishi keltiriladi (ing. Market -bozor, ing - faol, faoliyat, harakat ma'nosini anglatadi).Marketing bu nafaqat falsafa, fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur yo'nalishi, ammo ayrim firma, kompaniya, tarmoq va butun iqtisodiyot bo'yicha amaliyot faoliyati hamdir. Talab bilan taklifni o'zaro ta'siri -bu alohida shaxslar yoki guruhning xohish-ehtiyojlarini o'zluksiz qondirish jarayoni bo'lib hisoblanadi. Bu jarayon o'z navbatida shunday ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyalarni o'zaro ta'siriga asoslanadi, ya'ni ularga muhtojlik, ehtiyoj (xohish), talab, xarid qilish (ayirboshlash, bitim) va aniq tovar va xizmatlarni iste'moli (ishlatilishi) kiradi.Bu tushunchalar marketing tushunchasi, mohiyatini aniqlashga imkon beradi.

Muhtojlik - kishini biron bir narsani yetishmasligini his etishidir.

Ehtiyoj - individ shaxsning madaniy darajasiga asosan maxsus shaklga muhtojlikdir. Talab - bu xarid quvvatiga ega bo'lgan ehtiyoj.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

Talab - mavjud, potensial hamda xohish talabga bo'linadi.

Tovar - bu ehtiyojni yoki muhtojlikni qondira oladigan hamda bozorga e'tiborni tortish, sotib olish, ishlatish yoki iste'mol qilish maqsadida taklif etilgan barcha narsalardir.

Marketingni mohiyati iste'molchilar talabiga mos, tovarni ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish va unga talab, ishlab chiqarish imkoniyatlarini mo'ljallashdan iborat. Bunda faol marketingdan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu xususda mamlakatimiz Prezidenti Shu.Mirziyoyev ta'kidlaganidek —...Keyingi vaqtda jahon bozorida narxi keskin tushib ketgan xom ashyo resurslarini eksport qilish amaliyotida imkon qadar tezroq qutilish, tayyor raqobatbardosh mahsulotlar eksportini faol oshirish va bu mahsulotlar yetkazib beriladigan mamlakatlar geografiyasini yanada kengaytirishimiz kerak. Bu borada yangi bozorlar, yangi transport yo'laklarini topish, bir so'z bilan aytganda, faol marketinga asoslangan tashqi iqtisodiy siyosat yuritish zarur.

Marketing falsafiy ma'noda fikrlash tarzini mujassamlashtiradi.Umuman olganda, marketingga quyidagicha ta'rif berishimiz mumkin: marketing - ehtiyoj va muhtojlikni ayriboshlash orqali qondirishga qaratilgan inson faoliyatining turidir. Marketing vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri bu ishlab chiqarish hajmining ortib borishi, yangi tarmoqlarning vujudga kelishi, tovar turlarining ko'payishi va tadbirkorlar o'rtasida mahsulotni sotish muammosining vujudga kelishidir.Marketing asosida bozorni har taraflama o'rganish yo'nalishlarining asosiylaridan quyidagilarni ko'rsatib o'tish zarur:

talabni o'rganish;

bozor tarkibini aniqlash;

tovarni o'rganish;

raqobat sharoitlarini tadqiq qilish;

sotish shakli va uslublarini tahlil etish.

Marketing quyidagilarni o'rgatadi:

bozorni o'rganishni; uni taqsimlashni;

tovarlarni joylashtirishni;

marketing siyosatini olib borishni;

tovar siyosatini;

narx siyosatini;

taqsimot siyosatini;

siljitish (yo'naltirish) siyosatini;

yuksalish, qo'shimcha xizmatlarni (Plus) - (bunga marka, sotishdan keyingi xizmat, kafolat va texnik yordam, yetkazib berish, assortiment, shaxsiy iste'mol va boshqalarni kiritish mumkin).Marketing korxonalarning bozorda ishlash uslubi, bozor

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

metodologiyasi bo'lib, iste'molchilar va ularning talab istaklarini o'rganish, ularga mos tovarlar yaratish, narx belgilash, tovarlarni yetkazib berish, taqdim etish, sotish, xizmat ko'rsatishni uyushtirish usullari, vositalari, tartib-qoidalari majmui hisoblanadi. Bularning hammasi birinchi asosiy maqsadga talab bilan taklifni o'zaro muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.

Marketing tamoyillari marketing asosini va uning mohiyatini ochib beruvchi holat, talabdir. Marketingni mohiyati - tovar ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish albatta iste'molchiga, talab ishlab chiqarish imkoniyatlarini doimo bozor talabiga mo'ljallashdan iborat.

Xulosa qilib aytganda, marketingning mohiyati va maqsadlaridan quyidagiasosiy tamoyillari kelib chiqadi:

iste'molchilarga yo'naltirilgan tamoyil, ya'ni iste'molchi shohdir;

istiqbolga yo'naltirilgan tamoyil, ya'ni subyekt faoliyati istiqbolga yo'naltirilgan bo'lishi zarur;

pirovard ko'rsatkichga erishishga yo'naltirilgan tamoyil, ya'ni bozor hissasini, foydani oshishi va hokazolar.Marketing konsepsiyasining mazmuni uning funksiyalarini amalga oshirish orqali hal etiladi.

Marketing funksiyalari firmani boshqa funksiyalari, ya'ni ishlab chiqarish, kadrlar, moddiy texnika ta'minoti, moliyaviy, buxgalteriya hisobi funksiyalari bilan birga amalga oshiriladi.Marketing tamoyillari, funksyialari va konsepsiyalari korxona uchun marketing ahamiyati va rolini yoritib beradi va uni amalda tadbiq etish chizmasini qo'yidagi shaklda taklif etaman.Marketingning funksiyalari xo'jalik yurituvchi subyektlarning boshqa funksiyalaridan farqi shundan iboratki, marketing funksiyalari xo'jalik yurituvchi subyektlar, uning iste'molchilari, mijozlari o'rtasida ayirboshlash jarayonini amalga oshirish va tashkil etishga qaratilgandir. Shuning uchun ham marketing funksiyalari doimo o'zgarib boradigan ehtiyoj hamda talabni shakllanishi, yaratilishi va rivojlanishiga ta'sir etadi.

Xulosa qilib aytganda bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik biznes sub'ektlari o'z faoliyatini rivojlantirishda marketingdan foydalanish zarur bo'ladi .Faqat shundagina korxona marketingni mohiyati, ahamiyati va rolini o'rganib oladi va korxona sida tadbiq eta oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Alimov R.X., Jalolov J., Akromov T., Xotamov I. Marketing boshqarish. Darslik. -T.: Adolat, 2000.

2. X. Nabiyev, A.H. Ayubjonov, S.N. Sayfullaev. Iqtisodiy statistika. Darslik. -T.: TDIU, 2011. - 324 bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.