Научная статья на тему 'KICHIK BIZNES SUB’YEKTLARI FAOLIYATIDA MARKETING XIZMATINI TASHKIL ETISH MUAMMOLARI'

KICHIK BIZNES SUB’YEKTLARI FAOLIYATIDA MARKETING XIZMATINI TASHKIL ETISH MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
541
81
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kichik biznes / marketing xizmati / marketing kompleksi / mahsulot / narx / siljitish / yetkazib berish / partizancha marketing / marketing tadqiqotlari. / small business / marketing service / marketing complex / product / price / promotion / delivery / guerrilla marketing / marketing research.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Xolmamatov D.H., Ximmatova B.B.

2022 — 2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasining muhim maqsadlaridan biri sifatida tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va doimiy daromad manbalarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish, xususiy sektorning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 80 foizga va eksportdagi ulushini 60 foizga yetkazish belgilangan. Bu maqsadga erishishda kichik biznes subyektlari faoliyatida marketing xizmatini tashkil etish muammolari dolzarb bo’lmoqda. Mazkur maqolada kichik biznes subyektlari faoliyatida marketing xizmatini tashkil etish muammolari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

One of the key goals of the New Uzbekistan Development Strategy for 2022-2026 is to create conditions for entrepreneurship and sustainable sources of income, to increase the share of the private sector in GDP to 80% and exports to 60%. To achieve this goal, the problem of organizing marketing services in the activities of small businesses is becoming more urgent. This article discusses the problems of organizing marketing services in the activities of small businesses.

Текст научной работы на тему «KICHIK BIZNES SUB’YEKTLARI FAOLIYATIDA MARKETING XIZMATINI TASHKIL ETISH MUAMMOLARI»

KICHIK BIZNES SUB''YEKTLARI FAOLIYATIDA MARKETING XIZMATINI TASHKIL ETISH MUAMMOLARI

Xolmamatov D.H.

SamISI Marketing kafedrasi dotsenti, PhD e-mail: xolmamatov_d@mail .ru Ximmatova B.B. SamISI, MR-118 guruh talabasi

Annotasiya: 2022 — 2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasining muhim maqsadlaridan biri sifatida tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va doimiy daromad manbalarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish, xususiy sektorning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 80 foizga va eksportdagi ulushini 60 foizga yetkazish belgilangan. Bu maqsadga erishishda kichik biznes subyektlari faoliyatida marketing xizmatini tashkil etish muammolari dolzarb bo'lmoqda. Mazkur maqolada kichik biznes subyektlari faoliyatida marketing xizmatini tashkil etish muammolari yoritilgan.

Abstract: One of the key goals of the New Uzbekistan Development Strategy for 2022-2026 is to create conditions for entrepreneurship and sustainable sources of income, to increase the share of the private sector in GDP to 80% and exports to 60%. To achieve this goal, the problem of organizing marketing services in the activities of small businesses is becoming more urgent. This article discusses the problems of organizing marketing services in the activities of small businesses.

Kalit so'zlar: kichik biznes, marketing xizmati, marketing kompleksi, mahsulot, narx, siljitish, yetkazib berish, partizancha marketing, marketing tadqiqotlari.

Keywords: small business, marketing service, marketing complex, product, price, promotion, delivery, guerrilla marketing, marketing research.

Kirish

O'zbekistonda yildan-yilga ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikning ta'minlanib borishi, aholi farovonligi, iste'mol darajasi, bandligi va daromadlarining oshishi, ichki iste'mol bozorini mahalliy tovarlar bilan to'ldirilishi, tashqi bozorlarda milliy tovarlarimiz raqobatbardoshligining ta'minlanishi zaminida kichik biznes sub'ektlarining alohida o'rni borligini qayd etish lozim. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan boshlab mulkchilik munosabatlariga katta e'tibor berildi. Yillar davomida bosqichma-bosqich amalga oshirib kelingan islohotlar natijasida bugungi kunda kichik biznes mamlakatimiz iqtisodiyotining tayanchiga aylanib bormoqda.

Ushbu natijalarga erishishda kichik biznes sub'ektlarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanishi, iqtisodiy erkinlikni ta'minlanishi, faoliyat yuritish uchun huquqiy asoslarni yaratilishi, moliyaviy-iqtisodiy yordamning kuchaytirilishi hisobiga erishilmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz

iqtisodiyotining ustuvor yo'nalishi etib belgilangan. So'ngi besh yil ichida bu sohani rivojlantirishga qaratilgan 2 mingga yaqin qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2021 yilning 20 avgust kuni tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi. Unda kreditlar endi faqat so'mda berilishi, mikromoliya tashkilotlari uchun yengilliklar, biznes uchun soliq yukini kamaytirish, yer sotish va xususiylashtirish, infratuzilma yaratish, eksportyorlarni qo'llab-quvvatlash, transport-logistika tizimini rivojlantirish va tadbirkorlikka oid tartiblarni soddalashtirish yo'nalishlarida qator yangiliklar e'lon qilindi.

Endilikda bir so'z bilan aytganda kichik biznes subyektlari davlat tomonidan to'liq qo'llab-quvvatlanmoqda. Faqat tadbirkorlarning o'zining biznes faoliyatini yuritish ko'nikmalari bilan bog'liq masala qolmoqda. Xususan, mahalliy tadbirkorlarimiz bozorni o'rganish, iste'molchilar talabiga mos tovar va xizmatlarni taklif etish, raqobat kurashida ishlash, o'zining bozordagi o'rnini mustahkamlash, ya'ni marketing xizmatini yo'lga qo'yish muammolariga duch kelmoqda.

Shundan kelib chiqqan holda, mazkur maqolada kichik biznes subyektlari faoliyatida marketing xizmatini tashkil etish muammolari va ularning yechimlari bayon qilinmoqda.

Mavzuga oid adabiyotlar sharhi

Jahon amaliyoti tajribasidan ma'lumki, kichik biznes sub'ektlarining asosiy muammolari moliya, menejment va marketing bilan bog'liqdir. Xorijiy manbalar tahliliga e'tibor qaratadigan bo'lsak, buni yaqqol isbotini ko'ramiz. Kichik biznes sub'ektlari uchun eng muhim bo'lgan quyidagi 10 ta biznes muammolari mavjud[1]:

moliyaviy boshqaruv, sifatli jamoani yaratish, xodimlarga tibbiy yordam ko'rsatish, brendning o'ziga xosligini yaratish, o'z biznes ko'lamini kengaytirish, qoidalarga rioya qilish, naqd pul oqimi bilan ishlash, samarali etakchi bo'lish, vaqtni boshqarish, qachon vakolat berish kerakligini bilish.

Mashhur kichik biznes muammolari bilan shug'ullanuvchi mutaxassis Nikki LaMarko [2] uzoq yillardan buyon o'z tadqiqotlarida kichik biznes muammolarini tadqiq qilib kelmoqda. Nikki LaMarko fikriga ko'ra kichik biznes egasi bo'lish oson emas. Kichik biznesda mahalliy darajadan tortib xalqaro darajagacha bo'lgan turli darajadagi muammolar bilan kurashish kerak. Bu qiyinchiliklar har qanday kichik biznes sub'ektini biznes egasi darajasiga ko'tarishga yoki umuman voz kechishga majbur qiladi. Shu bilan birga, bu vaqt tugashi bilan biznes egasi ularni yengishga tayyor bo'lishi uchun qanday qiyinchiliklarni kutish kerakligini bilishga yordam beradi [3].

Bundan tashqari mashhur kichik biznes muammolari bilan ilmiy izlanuvchi olim Ismail Ruiz tadqiqotlari davomida ham kichik biznes sub'ektlarining oldida turgan quyidagi muammolarni qayd etib o'tgan: kiberxavfsizlik muammolari, soliq qonunchiligi bilan bog'liq muammolari, rivojlanayotgan tibbiy sug'urta bozori, iqtisodiyot haqida noaniqlik, sun'iy intellekt, rivojlanayotgan ijtimoiy media, mobil qurilmalarga mos veb-saytlarga katta ehtiyoj kabilar [7].

Ismail Ruiz fikricha ko'pchilik kichik biznes sub'ektlarida ma^eting bo'limi bo'lmaydi. Kichik biznes sub'ektining umumiy ish faoliyati doiгasida maгketing masalalari ko'гib chiqilaveгadi. Ularning savdo strategiyasida marketing uyg'unlashgan bo'ladi [7].

Kichik biznes muammolari bilan shug'ullanuvchi yana Ыг mashhrn- ameгikalik гeklama bo'yicha mutaxassis Jey Konrad Levinson 1984 yilda kichik biznes subyektlari qimmat reklamalami beгa olmaydi. Ulaг bunday sharaitda "partizan marketingi (gueггilla marketing)" foydalanishini aytib o'tadi [5]. Partizan marketingi kichik byudjetli reklama va marketingni usuli hisoblanadi.

Kichik korxonalarda marketing xizmatini tashkil etish masalasi bilan marketing bo'yicha yetakchi olim Kot^ F. ham keng tadqiqotlari olib bo^an [6]. Kotler F. fikricha kichik koraonalaróa ma^eting xizmati tadbrikoming o'zining tayyorgaгligiga, ya'ni ma^eting bo'yicha malaka hamda ko'nikmalaгiga bog'liq ekanligini ta'kidlaydi. Yoki boshqa yaxshi ta^o^artik ko'гgan, bilim va malakasi yetarii bo'lgan iqtisodiy masalalaг bilan shug'ullanuvchi mutaxassis^ tomonidan maгketing xizmati yo'lga qo'yilishi mumkin [6].

Mavzuga oid adabiyotlar sharhidan kelib chiqqan holda mahalliy kichik biznes subyektlarimiz faoliyatida marketing xizmatini tashkil etish muammolarini yoritish va uning yechimlari bo'yicha amaliy tavsiya^ beгish maqsadi ilgari surildi.

Tadqiqot metodologiyasi

O'zbekiston iqtisodiy o'sishining muhim va tayanch nuqtasi bo'lgan kichik biznesni rivojlantirishda ma^eting xizmatidan foydalanish dolzaгb bo'lib boimoqda. Kichik biznes subyektlari faoliyatida marketing xizmatini tashkil etish muammolarini yoritib berishda monografik kuzatuv, abstrakt-mantiqiy fikrlash, ilmiy mushohada, sintez, induksiya va dediksiya usullaridan foydalanilgan.

Tahlil va natijalar

Ma^eting tamoyillariga muvofiq zamonaviy kichik koraonalaming xo'jalik faoliyatining barcha tomonlari bozor talablarini, iste'molchilaming ehtiyojlarini hisobga olgan holda гejalashtiгilishi va amalga oshirilishi keгak. O'zbekistonda kichik biznes sub'ektlari eng avvalo bozor talablaгini va iste'molchilaming ehtiyojini hisobga olgan holda, o'z ishlab chiqarish va sotish faoliyatlarini rejalashtirishlari maqsadga muvofiq bo'ladi [4]. Aytish kerakki, zamonaviy kichik korxonalarning ishlab chiqarish-sotish faoliyati sohasidagi katta yutuqlari, ishlab chiqariladigan tovarlarining xilma-xilligi va sifati, ularning tashqi bozorlarga kirib borishi, tashqi savdo operatsiya^ miqyosiga ko'ra optimal bo'lgan ishlab chiqarishni yaratish bulaming hammasi maгketingni qo'llash natijasidir

Kichik biznes faoliyatida ham marketing kompleksi elementlaridan foydalaniladi. Marketing kompleksi elementlari kichik biznes faoliyatida o'ziga xoslikka ega.

T.D.Maslova, S.G.Bojuk, L^Kovalik^ o'z tadqiqotlari davomida kichik biznes sub'ektlarida baгcha maгketing kompleksi elementlaгining xususiyatlarini asoslab bergan1 (1-jadval) [S].

1-jadval

Kichik biznes sub'ektlarida marketing kompleksi elementlarining __xususiyatlari_

Elementlar Xususiyatlari

Mahsulot (product) - an'anaviy usulda ishlab chiqariladigan; - talabi tez o'zgaradigan, mavsumiy; - bozordagi hayotiylik davri bilan ishlab chiqarish davrining bir-biriga yaqinligi.

Narx (price) - bozorga kiruvchi past narx strategiyasini qo'llashi; - tannarxning pastligi; - o'ta qayishqoq narx siyosatiga egaligi.

Yetkazib berish (place) - tovaг haгakatining yo'li qisqa; - yetkazib berishda kam sonli (2-4ta) pog'ona^ qatnashadi; - asosan, mahalliy bozoralrda pirovard iste'molchiga yaqin joylaráa sotadi; - sotish miqdorining beqarorligi; - savdo nuqtalaгini tez^ o'zgartiгa olishi.

Siljitish (promotion) - ko'p mablag' sraf qilinadigan siljitish usullaridan kam foydalanishi; - vitrina va tashqi гeklama vositalaгidan ko'praq foydalanishi; - tovami targ'ib qilishda mahalliy aholining ko'magidan foydalanishi; - shaxsan sotish va pгopoganda usullaridan ko'pгoq foydalanishi.

Tadqiqotlarimizdan kelib chiqib, kichik biznes subyektlari faoliyatida marketing kompleksi bilan bog'liq muammolar aniqlandi. Har bir marketing kompleksi elementlari bilan bog'liq muammolar 2-jadvalda keltirilgan.

2-jadval

Kichik biznes sub'ektlarida marketing kompleksi elementlari bilan bog'liq _muammolar (mualliflar ishlanmasi)_

№ Marketing elementlari Marketing muammolari

1. Mahsulot (product) - mahsulot assortimentini kengaytirish; - mahsulot sifatini boshqarish;

:Маслова Т.Д., Божук С.Г., Ковалик Л.Н. Маркетинг: Учебник. 3-е изд., перераб. и доп. -СПб.: Питер, 2008. -34 с.

- mahsulot "hayotiy davri"ni aniqlash; - mahsulot raqobatbardoshligini oshirish; - brendni tanitish.

2. Narx (price) - yirik korxonalarning narxlari ta'siri ostida qoladi; - narxlar o'ta qayishqoq bo'ladi; - ko'pchilik holatlarda past narxlar shakllanadi, bu esa iste'molchilarda "shubhali" fikrlarni vujudga keltiradi.

3. Yetkazib berish (place) - sotuv kanallarini yetarli darajada tovar bilan ta'minlay olmaydi; - ulgurji tovar sotish imkoniyati cheklangan; - logistik xarajatlarning oshib ketishiga olib keladi; - saqlash infratuzilmasining mavjud emasligi; - o'zining tashish uchun transportining yo'qligi.

4. Siljitish (promotion) - ommaviy reklama tarqatish vositalaridan foydalanish uchun yetarli mablag'ning yo'qligi; - sotishni rag'batlantirish dasturini ishlab chiqish uchun moliyaviy imkoniyatlarning cheklanganligi; - yarmarka va ko'rgazmalar uchun taqdim etiladigan namunalar cheklangan.

Marketing kompleksini ishlab chiqish qo'yilgan maqsadlarga erishishni eng yaxshi tarzda ta'minlay oladigan marketing qurollarining kombinatsiyasini qo'llashdan iborat [9]. Marketing kompleksini shakllantirishga, birinchi navbatda, bozorning tanlangan maqsadli segmentidagi talabning ahvoli (rivojlanayotgan, salbiy, irratsional va hokazo) ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun kichik biznes sub'ektlari bozor vaziyatining xususiyatiga qarab, shuningdek, o'zining imkoniyatlariga mos marketing vositalarining muayyan kombinatsiyasi asosida o'zining strategik qarorlarini qabul qiladi.

Marketing kompleksi elementlarini shakllantirish bozor vaziyati va korxona imkoniyatlaridan kelib chiqib nihoyatda xilma-xildir. Ularning xilma-xilligi marketing vazifalarini hal qilishning ko'pgina strategik usullarining mavjudligi, iste'molchilarning ehtiyojlari o'zgarishi, raqobat usullarining xilma-xilligi va boshqalardan kelib chiqadi. Kichik biznes sub'ektlari tomonidan marketingni qo'llash bo'yicha kasb etgan tajribasi, shu jumladan, uni boshqarish tajribasi ham, bu jarayonda muhim rol o'ynaydi. Ularning marketing, imkoniyatlar to'g'risidagi bilimlarining chuqurligiga, asosiysi esa, qo'yilgan maqsadlarga erisha olishiga kichik biznes sub'ektida marketingdan ijodiy foydalanishning muvaffaqiyati yoki mag'lubiyati bog'liq bo'ladi [10]. Tadbirkor marketing sohasida chuqur bilimga ega bo'libgina qolmay, marketingni kichik korxona faoliyatiga joriy etish va bu ishni shaxsan boshqarishga qat'iy bel bog'lashi kerak.

Xulosa

Kichik korxonalarda marketing xizmatini tashkil etish masalalari malakali kadrlar va vositalarning yo'qligi sababli ayniqsa dolzarb bo'lib qolmokda. Lekin shunga qaramay, bu yerda marketingai qo'yidagi yo'nalishlarda tashkil etish mumkin:

1) boshqa kichik korxonalar bilan birgalikda muayyan marketing tadbirlarini, masalan, bozorni o'rganish, reklama kompaniyalari va hokazolarni o'tkazish;

2) maгketing vazifalarini koгxonaning eng yaxshi tayyoгgaгlik ko'rgan xodimiga yuklash;

3) marketing tadbirlari (sotish tarmog'ini shakllantirish, assortimentni rivojlantirish, jamoatchilik bilan ishlash va hokazo)ni ishlab chiqish va joriy qilish uchun maslahatchilar va ekspertlarni taklif etish;

4) tashqi bozor kon'yunktuгasini o'rganish, talab va taklif, naгxlar kon'yunkturasini tahlil qilib boruvchi marketing agentliklari, marketing tadqiqotlari olib boruvchi uyushmalar tashkil etish;

5) marketing markazlari, marketing firmalari faoliyatini rivojlantirish, ixtisoslashgan oliy ta'lim muassasalarida marketing tadqiqotlari markazlari faoliyatini tashkil etish;

6) marketing autsorsing tizimini rivojlantirish, tajribali yirik korxonalarning marketing xizmati mutaxassislarining maslahatlari, marketing funksiyalarini bajarishga jalb qilish.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. https://www.fundera.com/blog/small-business-problems

2. Nikki LaMarko. https://smallbusiness.chron.com/problems-smallscale-businesses-12355.html

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2S yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-sonli Farmoni// www.lex.uz

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 24 yanvardagi "Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperasiyasini kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-99-son Qarori// www.lex.uz

5. Jay Conrad Levinson, Paul R. J. Hanley. The Guerrilla Marketing Revolution: Precision Persuasion of the Unconscious Mind. — Piatkus Books, 2005. — 192 p. — ISBN 97S-0749926113.

6. Kotler, P. (199S) Marketing Management: Analysis, Planning, Implementation, and Control. 9th Edition, Prentice Hall, Upper Saddle River.

7. https://blog.mailrelay.com/en/201S/10/23/10-common-marketing-challenges-or-problems-that-most-businesses-will-face# Ismail Ruiz

S. MaonoBa Т.Д., Божук С.Г., Ковaлик Л.Н. Мapкeтинг: Учебник. 3-е изд., пepepaб. и дон. -СПб.: Питер, 200S. -34 с.

9. Sanjarbek B. The Role of High-Tech Marketing in Improving the Efficiency of Marketing Services in Enterprises //EUROPEAN JOURNAL OF BUSINESS STARTUPS AND OPEN SOCIETY. - 2022. - Т. 2. - №. 2. - С. 120-125.

10. Ходжаев Э. H., Данияров К. Д., Мурадова Н. У. Эффективность использования субъектами сельского хозяйства кредитов коммерческих банков в целях обеспечения высокой доходности //Направления повышения стратегической конкурентоспособности аграрного сектора экономики. - 2016. -С. 344-348.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.