Научная статья на тему 'KIBERJINOYATLARNI TERGOV QILISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR'

KIBERJINOYATLARNI TERGOV QILISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
34
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
kiberjinoyat / elektron dalillar / kibermakon / kiberhujum.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Ravshanbekov Bekjon Ziyodbek O‘g‘li

Hozirgi kunda axborot-telekommunikatsiya vositalari, zamonaviy gadjetlar insoniyat hayotining ajralmas qismiga aylanibulgurdi. Zamonaviy texnologiyalar insoniyat hayotini osonlashtirish bilan bir qatorda, jinoyatchilikning yangi turlarini vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Ko‘plab mamlakatlar o‘zining jinoyat qonunchiligiga kiberjinoyatlar atamasini kiritdi. Kiberjinoyatlardavlatning moliya-iqtisodiyot, bank tizimi, kredit tizimi, fuqarolarning shaxsiy mulk daxlsizligiga tahdid sola boshladi. Mazkur omillar kiberjinoyatlarni tergov qilishni yangi bosqichga olib chiqish va zamonaviy jinoiy tendensiyalarning o‘sib borishi bilan mutanosib ravishda, tergov amaliyotini rivojlantirish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Mazkur maqolada kiberjinoyatlarni tergov qilishning yangi metodologiyalari va dastlabki tergov, surishtiruv organlari tomonidan isbot qilishga doir bir qator muammolar va unga yechimlar yoritib beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KIBERJINOYATLARNI TERGOV QILISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR»

Central Asian Journal of

Education and Innovation

KIBERJINOYATLARNI TERGOV QILISHNING OZIGA XOS JIHATLARI: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR

Ravshanbekov Bekjon Ziyodbek o'g'li

Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura va sirtqi ta'lim fakulteti "davlat boshqaruvi huquqi" mutaxassisligi magistranti [email protected] +998993090722 https://doi.org/10.5281/zenodo.11385514

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 20-May 2024 yil Ma'qullandi: 25- May 2024 yil Nashr qilindi: 29- May 2024 yil

KEY WORDS

kiberjinoyat, elektron dalillar, kibermakon, kiberhujum.

Hozirgi kunda axborot-telekommunikatsiya vositalari, zamonaviy gadjetlar insoniyat hayotining ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Zamonaviy texnologiyalar insoniyat hayotini osonlashtirish bilan bir qatorda, jinoyatchilikning yangi turlarini vujudga kelishiga sabab bo'ldi. Ko'plab mamlakatlar oZining jinoyat qonunchiligiga kiberjinoyatlar atamasini kiritdi. Kiberjinoyatlar davlatning moliya-iqtisodiyot, bank tizimi, kredit tizimi, fuqarolarning shaxsiy mulk daxlsizligiga tahdid sola boshladi. Mazkur omillar kiberjinoyatlarni tergov qilishni yangi bosqichga olib chiqish va zamonaviy jinoiy tendensiyalarning o'sib borishi bilan mutanosib ravishda, tergov amaliyotini rivojlantirish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Mazkur maqolada kiberjinoyatlarni tergov qilishning yangi metodologiyalari va dastlabki tergov, surishtiruv organlari tomonidan isbot qilishga doir bir qator muammolar va ungayechimlaryoritib beriladi.

Zamonaviy jinoiy tendensiyalar shuni ko'rsatmoqdaki, zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda, shaxslarning mulkini o'grilash, firibgarlik, tizimni yaroqsiz holga keltiruvchi dasturlar yaratish va hatto shaxsning hayotiga qarshi tahdidlar va boshqa shu kabi jinoyatlar soni ortib bormoqda. Global internet tarmoqlari va saytlari orqali jinoyat sodir etishga qarshi usullar va ushbu turdagi jinoyatlarni tergov qilish samaradorligini oshirish bo'yicha tavsiyalar berilgan. Ayni damda pul aylanmalari va boshqacha ko'rinishdagi to'lovlar naqd pul ko'rinishida emas balki bank plastik kartalari orqali amalga oshirish amaliyoti keng tarqalgan. Bunday amaliyot foydali va samarali, tez bo'lishi bilan bir qatorda kiberjinoyatchilik uchun darcha bo'lishi turgan gap. O'zbekiston Respublikasida kiberjinoyatlarning soni ortib borishi, ushbu turdagi jinoyatlar o'zgalar mulkiga va hatto shaxsiy hayotiga daxl qilayotgani, konstitutsion huquq va erkinliklarini poymol etayotgani, kiberhujumlar davlatning milliy xavfsizligi rahna solishi holatlari mazkur sohani qonun bilan tartibga solish zaruratini vujudga keltirdi. Shu maqsadda 2022-yil 15-aprel sanasida O'zbekiston Respublikasining "Kiberxavsizlik to'g'risida"gi

Qonuni1 qabul qilindi. Kiberjinoyatlarning bizga ma'lum bo'lgan virusli dasturlarni tarqatish, parollarni buzib kirish, kredit karta, bank plastik kartalari, bank rekvizitlaridagi mablag'larni o'zlashtirish, talon-taroj qilish, Internet orqali qonunga zid axborotlar, xususan, tuhmat, ma'naviy buzuq ma'lumotlarni tarqatish bilan bashariyat hayotiga xavf solayotgani mazkur sohada ilmiy izlanishlar qanchalik muhim ekanligidan darak beradi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-iyundagi "O'zbekiston Respublikasining muhim axborot infratuzilmasi obyektlari kiberxavfsizligini ta'minlash tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida"gi qarori2, shuningdek, 2020-yil 15-iyundagi "O'zbekiston Respublikasida kiberxavfsizlikni ta'minlash tizimini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ - 4751-son qarorida3 O'zbekiston Respublikasida kiberxavfsizlikning mexanizmlarini samarali tashkil etish va ushbu turdagi jinoyatlari oldini olish bo'yicha dastuamal ishlab chiqish zarurati ta'kidlandi.

NATIJA

2023-yil 23-avgustda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Raqamli sud ekspertizasi ilmiy-metodik markazi O'zbekistonda elektron to'lov tizimlaridagi firibgarlikning yangi turi haqida ma'lumot berdi va mamlakat aholisini ayniqsa, tadbirkorlarni ogohlikka chaqirdi. Bu yangi turdagi qilmishning nomi "charjbek" edi. Charjbek (inglizcha chargeback) — to'lovchi tomonidan tovar yoki xizmat ko'rsatuvchi uchun amalga oshirilgan to'lovlarining (tranzaksiyalarning), tovar berilmasligi yoki xizmatlar ko'rsatilmasligi natijasida mablag'larning to'lovchiga qaytarilish jarayoni. Masalan Masalan, mijoz internet-do'kondan 10 million so'mlik so'nggi rusumdagi mobil telefonni bank kartasi yordamida onlayn to'lov orqali xarid qiladi. Ko'p vaqt o'tmay o'tmay, karta egasi ya'ni sotib oluvchi xaridor bunday operatsiyani amalga oshirmaganini asos qilib, bankka telefon qilib bankdan to'lovni qaytarishni so'raydi (charjbekni amalga oshiradi). Bank ushbu pulni sotuvchining hisobidan olib, mijozga qaytaradi. Sotuvchi xaridni kim tomonidan amalga oshirilganini isbotlay olmaydi, chunki u mijozni aniqlash uchun qo'shimcha choralar ko'rmagan bo'lib chiqadi. Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan charjbek yordamida firibgarlik holatlarini tekshirish va oldini olishning aniq metodologiyasi ishlab chiqilmagan. Banklarda ham ushbu mexanizmni suiiste'mol qilish holatlarini aniqlash va tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha maxsus tartiblar hozircha mavjud emasligini huquqni muhofaza qilish akademiyasi ma'lum qilgan. Bu kabi holatlar zamonaviy texnologiyalarning hozirgi zamon huquq tizimiga salbiy ta'siriga misol bo'la oladi.

O'tgan asrning 60-yillarida Internet tarmog'ining yaratilishi jinoyat olamida yangi bir turkumning vujudga kelishiga sababchi bo'ldi. 1962-yilda professor Jon Linkayder o'zining "Galactic Network" kompyuter tarmog'i orqali Internet tarmog'ini yaratish konsepsiyasiga yaratgan edi. Shunday qilib Internet tarmog'i yaratilishi bilan birinchi Internet jinoyatchisi vujudga kelgan va uning ismi Jon Draper edi, 1970-yilda Draper shaharlararo va xalqaro qo'ng'iroqlar orqali telefon tarmoqlarini buzish bilan shug'ullanishi oqibatida dastlabki

1 O'zbekiston Respublikasining Qonuni, 15.04.2022 yildagi O'RQ-764-son. // lex.uz - O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi.

2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 31.05.2023 yildagi PQ-167-son. // lex.uz - O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi.

3 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-iyundagi PQ-4751-son "O'zbekiston Respublikasida kiberxavfsizlikni ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori. // lex.uz -O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi.

kiberjinoyat sodir etilgan. Kiberjinoyatlar asosan zamonaviy texnologiyalar va ilm fanning zamonaviy texnologik sohalardagi yutuqlaridan o'zining g'arazli maqsadlarini ro'yobga chiqarishni maqsad qilgan shaxslar tomonidan sodir etiladi. Ushbu turdagi jinoyatlarni ya'ni aynan jinoyat sodir etishning kiber yo'lini tanlashga undovchi omillarda biri texnologik vositalar yordamida sodir etilgan jinoiy qilmishni fosh etish bir muncha qiyin ekanligiga va jazosiz qolishga ishonish hisoblanadi. Kiberjinoyatlar aksariyat hollarda o'zgalar mulkini talon taroj qilish maqsadida sodir etiladi. Lekin xalqaro jinoyatlar tendensiyasiga nazar solsak, kiberjinoyatchilik shaxslarning hayotiga suiqasd qilish maqsadida ham sodir etilishi holatlari kuzatib turiladi. Masalan, "2016-yilda Rossiya Federatsiyasida «синий кит» nomli kiber o'yin yaratilgan. Ushbu o'yin ishtirokchilarining deyarli barchasi o'smirlar edi. Ushbu o'yinning so'nggi sharti o'z joniga qasd qilish hisoblangan".4 MUNOZARA

Hakkerlar hujumlaridan himoya qilish uchun barcha me'zonlarga javob beruvchi yagona mamlakat Singapur hisoblanadi. Keyinga o'ntalikka esa "AQSH (2-o'rin), Malayziya (3-o'rin), Ummon (4-o'rin), Estoniya (5-o'rin), Mavrikiy (6-o'rin), Avstraliya (7-o'rin), Gruziya va Fransiya (8-o'rin), Kanada (9-o'rin), Rossiya (10-o'rin) kiradi, O'zbekiston esa, ushbu ro'yxatda 41-o'rinni egallaydi"5Britaniyaning "Comparitech" tadqiqot kompaniyasining tadqiqoti bo'yicha esa, kiberxavfsizlik darajasi bo'yicha 60 ta davlatlar reytingi Yaponiya yetakchilik qilgan va oxirgi o'rinni esa Jazoir egallagan. Ro'yxatda O'zbekiston 56-o'rinni egallagan. Davlatlarning reytingdagi o'rniga 7 ta mezon, jumladan zararli dasturiy ta'minot bilan zararlangan mobil qurilmalar va kompyuterlar ulushi, pullarni o'g'irlash maqsadida amalga oshirilgan xakerlik hujumlari soni, u yoki bu davlatning xakerlik hujumlariga tayyorlanganligi, tegishli qonunchilik mavjudligi kabilar ta'sir qilgan. Har bir davlat 0 dan 100 ballgacha to'plashi mumkin bo'lgan, bunda to'plangan ball qanchalik kam bo'lsa, davlat kibertahdidlardan shunchalik yaxshi himoyalangan hisoblanadi. Yakuniy jadvalga ko'ra, Yaponiya 8,8 ball to'plagan. 2 va 3-o'rinlarni Fransiya va Italiya egallagan. Ushbu davlatlar mos ravishda 10,6 va 11,2 ball to'plagan. Eng yaxshi davlatlar o'ntaligiga Daniya, AQSH, Irlandiya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya va Singapur kiritilgan. Reytingning oxirgi o'rnini egallagan Jazoir 55,8 ball to'plagan. O'zbekiston 50,5 ball bilan 56-o'rindan joy olgan.

O'zbekiston Respublikasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir chora tadbirlar va fuqarolarning qonuniy manfaatlarini va huquqlarini himoya qilish, ro'yobga chiqarishga doir chora tadbirlar keng ko'lamda amalga oshirilmoqda. Ayniqsa hozirgi globallashuv jarayonini boshdan kechirayotgan dunyo hamjamiyatini o'ylantirayotgan yangi muammolar, jinoyatchilik va huquqbuzarlikning yangi tarmoqlarda avj olishi jamiyatning har bir a'zosini hushyor tortishga chaqirishi bor gap. Agar O'zbekiston Respublikasining ayni damdagi milliy huquqiy tizimining hoziri va kelajagiga nazar soladigan bo'lsak, u muntazam yangilanishda va zamon ruhiga mos ravishda o'zgarib boradi. Shu qatorda milliy jinoiy huquq tizimi tendensiyaviy nuqtai nazardan mo'tadil va turg'un holatda bo'lmaydi. Jamiyat va davlatga tahdid sifatida ko'rilayotgan har qanday ijtimoiy xavfli qilmish jinoyat sifatida qaralishi lozim.

Xulosa qilib aytilganda kiberjinoyatlarni ijtimoiy xavfli qilmishni qaysi makonda sodir etilishiga qarab ikkita guruhga ajratish mumkin, ya'ni axborotkommunikatsiya texnologiyalari sohasiga tegishli kibermakonda sodir etiladigan kiberjinoyatlar va axborot sohasida sodir

4 Galina Mursaliyeva. O'lim guruhlari. Novaya gazeta. 16.05.2016.

5 BMTning 2017-yildagi global kiberxavfsizlik indeksi. // https://rus.delfi.ee.

Page 149

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = 5.281

etiladigan kiberjinoyatlar. Ikkala jinoyat ham kibermuhitda sodir etiladi, biroq axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi kiberjinoyatlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyasi zarar ko'rishi yoki zarar yetadigan holatga olib kelinishi mumkin. Axborot sohasidagi kiberjinoyatlarda esa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga zarar yetmaydi, balki foydalanuvchilarga zarar yetkazuvchi ma'lumotlar ularning axborotkommunikatsiya texnologiyasida saqlanishi, uzatilishi va foydalanishi orqali shaxs, jamiyat va davlat manfaatlariga putur yetkaziladi. Shuning uchun ham jinoyat-protsessual qonunchiligida ham isbot qilish jarayonida ham ayrim dalillarni raqamli dalillar deb e'tirof etishni taqozo etmoqda.

XULOSA

Birinchidan, ayrim hollarda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni sotuvchi shaxslar ijtimoiy tarmoqlarda o'zlarining qo'shtirnoq ichidagi "tadbirkorligini" targ'ib qilib kelmoqda. Xorijiy mamlakatlardagi amaliyotga nazar soladigan bo'lsak, kiber dorishunoslik oid jinoyat yuzasidan Ukraina jinoyat kodeksining 321-1-moddasiga va Albaniya jinoyat kodeksining 284/d-moddasiga asosan jinoiy javobgarlik belgilangan. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shu jumladan, telekommunikatsiya, Internet tarmog'ida sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o'tkazish maqsadida o'tkazganlik yoki reklama qilganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortishga oid qoidalar belgilanishi mumkinligidan kelib chiqib, jinoyatni liberallashtirish maqsadida, kibertexnologik huquqiy asoslardan kelib chiqib, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186-3-moddasini "axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o'tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o'tkazish, shuningdek, dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish" matnida bayon qilish taklif qilinadi. Ikkinchidan, jinoyat protsessual qonunchiligi ham bevosita kiberjinoyatlarni tergov qilishga mutanosib ravishda zamonaviy huquq tendensiyalariga muvofiq, mos ravishda takomillashib borishi lozim. "Hozirgi vaqtda foydalanuvchilar bir nechta raqamli qurilmalardan va raqamli xizmatlardan foydalanishga moyildirlar."6 Dastlabki tergov va surishtiruv jarayonlarida dalillar muhim ro'l o'ynaydi. Hozirgi kunda axborot-telekommunikatsiya sohasidagi jinoyatlar statistikasi ortib borayotgani dalillarning ham yangi turlarini yaratmoqda. Ulardan biri bu shubhasiz elektron dalillardir. Elektron yoxud raqamli dalillar tushunchasi hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasi Jinoyat - protsessual kodeksida mavjud emas. Mazkur kodeksning 23-bobi narsa va dalillarni ashyoviy dalil sifatida jinoyat ishiga qo'shib qo'yish protsessual jarayoniga bag'ishlangan bo'lib, unda "elektron dalillar" yoxud "raqamli dalillar" tushunchasiga ta'rif berilmagan. Hozirgi vaqtda dastlabki tergov va surishtiruv jarayonlarda jinoyat sodir etilganlik faktini isbotlashda dalillarning asosiy foizi elektron dalillarga to'g'ri kelmoqda Shu maqsadda O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsesual kodeksining tegishli moddalariga raqamli dalillar tushunchasini kiritish lozim deb hisoblaymiz.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati:

1. C. Pasquini, I. Amerini, and G. Boato, ''Media forensics on social media platforms: A survey,'' EURASIP J. Inf. Secur., vol. 2021, no. 1, pp. 1-19, Dec. 2021.

2. M. Rustambayev, "Jinoyat kodeksiga sharh" - Yuridik adabiyotlar publish -T.; - 2023. 45-b.

6 C. Pasquini, I. Amerini, and G. Boato, ''Media forensics on social media platforms: A survey, Secur., vol. 2021, no. 1, pp. 1-19, Dec. 2021.

' EURASIP J. Inf.

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = 5.281

3. Простосердов М.А. Экономические преступления, совершаемые в киберпространстве, и меры противодействия им Специальность 12.00.08 - уголовное право и криминология; уголовноисполнительное право Диссертация на соискание ученой степени кандидата юридических наук. - М.: 2016. - С 190-191.

4. Salayev N.S., Ro'ziyev R.N. Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishga oid milliy va xalqaro standardlar. Monografiya. TDYU. 2018. 39-bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.