APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
/
t v
yr\rT
9\. 5f« t I fe I " « '■- y^
l ê .JUfll
ryiwi«!"11"
LAW, FINANCE AND APPLIED SCIENCES
ARTICLE INFO
IMPROVING ACCOUNTABILITY FOR CRIMES IN THE FIELD OF CYBERCRIME Shokirov Bekzod Sherzod o'g'li
Master, Law Enforcement Academy of the Republic of Uzbekistan Gmail: [email protected] Phone number: +998978068000 https://doi.org/10.5281/zenodo.11541901
ABSTRACT
Received: 04th June 2024 Accepted: 09th June 2024 Online: 10th June 2024 KEYWORDS
Cybercrimes, subject age, hacker, information,
computer cyber security.
In this article, discusses the fact that the type and weight of cybercrimes committed in the information space are increasing along with the development of information technologies in recent years. In particular, people who misuse the achievements of information technology and try to commit violations by using existing loopholes in the legislation, therefore, by studying foreign experiences, making necessary changes to the legislation or removing unnecessary norms from the legislation. the need to constantly improve our legislation, statistics on cybercrime are provided, and the study is devoted to the issues of improving responsibility for cybercrime, including revising the age of the subject of cybercrime.
KIBERJINOYATCHILIK SOHASIDAGI JINOYATLAR UCHUN JAVOBGARLIKNI
TAKOMILLASHTIRISH
Shokirov Bekzod Sherzod o'g'li
Magistr, O'zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Gmail: [email protected] Tel: +998978068000 https://doi.org/10.5281/zenodo.11541901
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 04th June 2024 Accepted: 09th June 2024 Online: 10th June 2024 KEYWORDS
Kiberjinoyatlar, subyekt yoshi, haker, axborot, kompyuter kiberxavfsizlik.
Ushbu maqolada so'nggi yillarda axborot-texnologiyalar rivojlanib borishi bilan birgalikda axborot makonida sodir etilayotgan kiberjinoyatlarning turi va salmog'i ham oshib borayotganligi haqida fikr yuritilgan. Jumladan, axborot-texnologiyalarining yutuqlaridan noto'g'ri yo'llarda foydalanuvchi shaxslarninig qonunchilikdagi mavjud bo'shliqlardan foydalanib, qonunbuzarliklar qilishga harakat qilishi, shuning uchun ham xorijiy tajribalarni o'rganish orqali qonunchilikka kerakli o'zgartirishlarni kiritish yoki keraksiz normalarini qonunchilikdan chiqarib yuborgan holda doimiy ravishda qonunchiligimizni takomillashtirib borishimiz lozimligi, kiberjinoyatchilikka oid statistik ma'lumotlar keltirilgan, shuningdek tadqiqot
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
kiberjinoyatlar uchun javobgarlikni takomillashtirish, jumladan, kiberjinoyatlarning subyektyoshini qayta ko'rib chiqish masalalariga bag'ishlangan.
Butun dunyoda texnologiyalar rivojlanib borishi bilan birgalikda axborot makonida sodir etilayotgan kiberjinoyatlarning turi va salmog'i ham oshib bormoqda.
So'nggi uch yil davomida Oksford universiteti tomonidan o'tkazilgan tadqiqotlarga asosan, Rossiya federatsiyasi eng ko'p kiberjinoyatlar sodir etilayotgan mamlakatlar reytingida yetakchi hisoblanib, ushbu reytingda keyingi o'rinlarda Ukraina, Xitoy, AQSh va Nigeriya davlatlari bormoqda.Ushbu tadqiqotlar davomida kiberjinoyatlarning eng muhim manbalari baholandi hamda tarixda birinchi marta Jahon kiberjinoyat indeksi (WCI, World Cybercrime Index) bo'yicha mamlakatlar reytingi tuzildi. Unda butun dunyo bo'ylab kiberjinoyatlar bo'yicha 92 ta tajribali ekspertlarning baholash natijalariga ko'ra, birinchi o'rinni egallagan Rossiya 58,39 ball, Ukraina - 36,44 ball, Xitoy - 27,86 ball, AQSh - 25,01 ball, Nigeriya - 21,28 ballni qo'lga kiritgan. Global kiberjinoyatlar o'choqlari o'ntaligiga, shuningdek, Ruminiya (14,83 ball), Shimoliy Koreya (10,61 ball), Britaniya (9,01 ball), Braziliya (8,93 ball) va Hindiston (6,13 ball) ham kirdi. Bundan tashqari, 11-20-o'rinlarni mos ravishda Eron, Belarus, Gana, JAR, Moldova, Isroil, Polsha, Germaniya, Niderlandiya va Latviya egalladi1.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 2023-yil oxirida IT infratuzilmasini yaxshilash, soha va tarmoqlarni raqamlashtirish yuzasidan o'tkazilgan yig'ilishda ham IT sohasi rivojlangani sari kiberxavfsizlikni ta'minlashning dolzarbligi qayd etib o'tildi. Xususan, O'zbekistonda 2023-yilning 11 oyi davomida 5,5 mingta kiberjinoyat sodir etilgan. Shulardan 70 foizi bank kartalari bilan bog'liq firibgarlik va o'g'irlik jinoyatlari hisoblanadi. Bugungi kunda O'zbekistonda 50 ga yaqin to'lov tizimi mavjud bo'lib, ularning hammasi ham kiberxavfsizlik talablariga javob bermasligi qayd etilib, mutasaddi vazirlik va idoralarga barcha elektron to'lov tizimlari uchun yagona kiberxavfsizlik talablarini ishlab chiqish va ijrosini qat'iy nazorat qilish topshirildi. Ko'rsatiladigan IT xizmatlari hajmini 20 trillion so'mga, eksportni esa 800 million dollarga yetkazish, tarmoqlarda 130 ta axborot tizimini joriy qilish hamda 750 ta davlat xizmatlarini to'liq raqamlashtirish borasidagi rejalarni ishlab chiqish lozimligi belgilandi2.
2022-2026 yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasining "Yo'l xaritasi" loyihasi belgilangan bo'lib, unga asosan, kiberjinoyatchilikning oldini olish tizimini yaratish rejalashtirilmoqda va 2023-2026 yillarga mo'ljallangan O'zbekiston Respublikasining kiberxavfsizlik strategiyasi ishlab chiqilishi belgilangan.
1 https://www.ox.ac.uk/news/2024-04-10-world-first-cybercrime-index-ranks-countries-cybercrime-threat-level
2 https://yuz.uz/uz/news/11-oyda-55-mingta-kiberjinoyat-sodir-etilgan
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
Jumladan, axborot maydonidagi kiberhujum va tahdidlarni monitoring qilish tizimi yanada takomillashtirish, shuningdek, kiberjinoyatchilik uchun jinoiy javobgarlikni qayta ko'rib chiqish masalasi belgilangan3.
Bundan tashqari, O'zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida orttirilgan tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida ishlab chiqilgan "O'zbekiston — 2030" strategiyasida ham milliy internet makonida kiberxavfsizlikni ta'minlash hamda fuqarolarning internetdan foydalanish borasidagi savodxonligini oshirish lozimligi belgilangan bo'lib, axborotlashtirish va kiberxavfsizlik obyekti, shu jumladan, muhim axborot infratuzilmasi obyektlari kiberhimoyasini ta'minlashda yo'l qo'yilgan kamchiliklarga hamda qonunbuzilishi holatlariga nisbatan javobgarlik normalarini ishlab chiqish lozimligi belgilab berilgan4.
O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining XX1 bobi bevosita axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyat normalarini o'z ichiga oladi va ushbu bobda axborotlashtirish qoidalarini buzish, kompyuter axborotidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish, kompyuter tizimidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish uchun maxsus vositalarni o'tkazish maqsadini ko'zlab tayyorlash yoxud o'tkazish va tarqatish, kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish, kompyuter sabotaji, zarar keltiruvchi dasturlarni yaratish, ishlatish yoki tarqatish uchun jinoiy javobgarlik belgilab qo'yilgan.
Yuqorida aytib o'tganimizdek, axborot-texnologiyalarining yutuqlaridan noto'g'ri yo'llarda foydalanuvchi shaxslar ham topiladi, ular qonunchilikdagi mavjud bo'shliqlardan foydalanib, qonunbuzarliklar qilishga harakat qilishadi. Shuning uchun ham xorijiy tajribalarni o'rganish orqali qonunchilikka kerakli o'zgartirishlarni kiritish yoki keraksiz normalarini qonunchilikdan chiqarib yuborgan holda doimiy ravishda qonunchiligimizni takomillashtirib borishimiz lozim.
Statistik ma'lumotlarga qaraganda, 2022-yilning mart-avgust oylari davomida har haftada O'zbekiston hududiga 23-180 mln. AQSH dollarga teng miqdorda kripto-aktivlar kirib, 20-160 mln. AQSH dollarga teng miqdordagi kripto-aktivlar chiqib ketgan5.
Shu sababli, joriy yilning 19-yanvarida O'RQ-899-sonli "O'zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi Qonuni qabul qilinib, Jinoyat kodeksining axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga doir XX1 bobiga yangi ikkita modda qo'shilib, kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzganlik (Jinoyat kodeksi 2788-moddasi) va mayning faoliyatini qonunga xilof ravishda amalga oshirganlik (Jinoyat kodeksi 2789-moddasi) uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi yangi jinoiy normalarni Jinoyat kodeksiga kiritish orqali jinoyat qonunchiligimizdagi ushbu sohada mavjud bo'lgan bo'shliqlar to'ldirildi.
Bugungi kunda kiberjinoyatlarning boshqa turdagi jinoyatlardan farqli jihati shundan iboratki, kiberjinoyat yoki kiberterrorizm subyekti yosh tanlamaydi, masalan,O'zbekiston jinoyat kodeksining 17-moddasiga asosan, Jinoyat kodeksining axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga doir XX1 bobidagi kiberjinoyatlar uchun subyekt yoshi 16 yosh etib
3 https://www.lex.uz/uz/docs/-5841063
4 https://lex.uz/ru/docs/-6600413
5 https://senat.uz/articles/post-1207
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
belgilangan.
Biroq, bugungi kunda butun dunyodagi aksariyat yoshlar dasturlashga qiziqishadi va yoshlar orasida ko'plab tajribali va turli kiberjinoyatlarni ham sodir etish imkoniyatiga ega bo'lganlari ko'pchilikni tashkil qiladi.
Masalan, shu yili 14 yoshli Kairan Quazi "Starlink sun'iy yo'ldosh internet dasturlarini ishlab chiqish bo'limiga ishga qabul qilindi.
U yaqinda Kaliforniyadagi Santa Klara universiteti muhandislik maktabida bakalavr darajasini oldi va maktab tarixidagi eng yosh bitiruvchiga aylandi. Bundan tashqari, Kairan Kvazi yosh bo'lishiga qaramasdan, bundan oldin "Intel" kompaniyasida katta tajriba to'plagan. Yosh mutaxassis 2 yoshidayoq to'liq jumlalar bilan gapira boshlagan va 9 yoshida u maktab o'quv dasturidan oldinda edi6.
Bundan tashqari, yurtimizda 2022-yil 2-noyabr kuni "MarshGolden" guruhi Oliy Majlis Senati saytiga kiberhujum uyushtirganda 6 kishi bo'lib, ularning barchasi 14 yoshdagi o'smirlar bo'lishgan. Yosh hakerlar bungacha ham bir necha davlat organlari saytlariga, jumladan, "Kundalik.com" saytiga ham buzib kirishganini tan olishgan. Intervyu davomida yosh haker "Senat.uz" rasmiy saytiga hujumni ham o'zlari uyushtirganini tan olgan. Ular mutasaddilarga saytning xavfsizlik tizimidagi zaiflikni ko'rsatib qo'yish maqsadida Senat rasmiy saytiga kiberhujumni amalga oshirganliklarini aytishgan7.
Senat saytini buzib kirib shov-shuv bo'lgan 14-15 yoshli bolalar darsdan tashqari vaqtlarida O'zbekiston kiberxavfsizlik markazida ishlaydi. Ular Ozarboyjonda o'tkazilgan kiberxavfsizlik musobaqasida 1-o'rinni egallab qaytgan. Guruh sardori bu sohani 10-11 yoshidan o'rganishni boshlab, 14 yoshida kibernetikka aylangan8.
Xulosa qilganimizda, hozirda kiberjinoyatlarni sodir etadigan subyektlar orasida yoshlar ko'pchilikni tashkil etayotganini hisobga olsak, kiberjinoyatlar uchun subyekt yoshi masalasini qayta ko'rib chiqishimiz lozim bo'ladi.
References:
1. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi
2. O'zbekiston Respublikasi "Kiberxavfsizlik to'g'risida"gi Qonuni
3. O'zbekiston Respublikasi 2022-2026 yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasining "Yo'l xaritasi"
4. O'zbekiston Respublikasi "O'zbekiston — 2030" strategiyasi
5. Ax6opoT TexHo^orHH^apH cox,acHgaru ^HHOHT^ap(KHÖep^HHOHT^ap) - Typ^apu, квa^н^нкaцнн^aннmн Ba y^apra HHc6aTaH TeproB ^apaKaT^apHHH yTKa3Hm TaKHKacu -yKyB Ky^aHMa / T.O.MycaeB [Ba 6om^]. — TamKeHT: Baktria press, 2020. 220-6.
6. Salayev N.S., Ro'ziyev R.N Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishga oid milliy va xalqaro standartlar. Monografiya .,-T.: TDYU, 2018, 139-b.
6 https://habr.com/ru/news/741172/
7https://kun.uz/news/2022/11/05/senat-saytini-buzib-kirganlar-14-yoshdagi-osmirlar-ekani-malum
boldi?q=%2Fuz%2Fnews%2F2022%2F11%2F05%2Fsenat-saytini-buzib-kirgan!ar-14-yoshdagi-osmirlar-ekani
malum-boldi
8 https://kun.uz/kr/news/2023/08/10/oz-sohamda-eng-kuchli-mutaxassis-bolishni-xohlayman-senat-saytini-buzib-kirgan-15 -yo shli-haker-bilan-suhbat
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
7. Anorboyev A.U Kiberjinoyatchilik, unga qarshi kurashish muammolari va kiberxavfsizlikni ta'minlash istiqbollari. Monografiya -T.: Milliy gvardiya instituti 2020.-324 b.