Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA KRIPTO-AKTIVLAR SOHASIDAGI KIBERJINOYATLARUCHUN JAVOBGARLIKNI TAKOMILLASHTIRISH BORASIDAGI ISLOHOTLAR'

O‘ZBEKISTONDA KRIPTO-AKTIVLAR SOHASIDAGI KIBERJINOYATLARUCHUN JAVOBGARLIKNI TAKOMILLASHTIRISH BORASIDAGI ISLOHOTLAR Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kiberjinoyatlar / kripto-aktivlar / mayning / raqamli texnologiyalar / kiberxavfsizlik. / Cybercrimes / crypto-assets / mining / digital technologies / cyber security

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Shokirov Bekzod Sherzod O‘G‘Li

ushbu maqolada so’nggi yillarda O‘zbekistonda kripto-aktivlar sohasidagi kiberjinoyatlar uchun javobgarlikni takomillashtirish borasidagi olib borilayotgan islohotlar haqida fikr yuritilgan. Jumladan, kiberjinoyatlarni tartibga soladigan milliy qonunchiligimizni rivojlantirish hamda ushbu sohadagi jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikni qayta ko‘rib chiqish, takomillashtirish masalalari, sohaga doir statistik ma’lumotlar keltirilgan, shuningdek tadqiqot kripto-aktivlar va mayning tushunchalari haqida olimlar fikri, qonunchiligimizda kripto-aktivlar va mayning faoliyati bilan shug‘ullanish tartibi va ushbu sohadagi kiberjinoyatlar uchun javobgarlik masalalariga bag‘ishlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

REFORMS TO IMPROVE ACCOUNTABILITY FOR CYBERCRIMES IN THE FIELD OF CRYPTO-ASSETS IN UZBEKISTAN

In this article, in recent years comments on ongoing reforms to improve accountability for cybercrime in the crypto-asset sector in Uzbekistan.Inparticular, the development of our national legislation regulating cybercrimes and the review and improvement of criminal responsibility for crimes in this area, statistical data on the industry, as well as the opinion of scientists about the concepts of crypto-assets and mining in our legislation, crypto-assets and mining in our legislation are presented. is devoted to the procedure for dealing with activities and the issues of responsibility for cybercrimes in this area

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA KRIPTO-AKTIVLAR SOHASIDAGI KIBERJINOYATLARUCHUN JAVOBGARLIKNI TAKOMILLASHTIRISH BORASIDAGI ISLOHOTLAR»

EURASIAN IOURNAL OF SOCIAL SCIENCES

PHILOSOPHY AND CULTURE

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

REFORMS TO IMPROVE ACCOUNTABILITY FOR CYBERCRIMES IN THE FIELD OF CRYPTO-ASSETS IN

UZBEKISTAN Shokirov Bekzod Sherzod o'g'li

Master, Law Enforcement Academy of the Republic of Uzbekistan Gmail: bekhzodshakiroff@gmail.com Phone number: +998978068000 https://doi.org/10.5281/zenodo.11541917

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 04th June 2024 Accepted: 09th June 2024 Online: 10th June 2024 KEYWORDS

Cybercrimes, crypto-assets, mining, digital technologies, cyber security.

In this article, in recent years comments on ongoing reforms to improve accountability for cybercrime in the crypto-asset sector in Uzbekistan.In particular, the development of our national legislation regulating cybercrimes and the review and improvement of criminal responsibility for crimes in this area, statistical data on the industry, as well as the opinion of scientists about the concepts of crypto-assets and mining in our legislation, crypto-assets and mining in our legislation are presented. is devoted to the procedure for dealing with activities and the issues of responsibility for cybercrimes in this area.

O'ZBEKISTONDA KRIPTO-AKTIVLAR SOHASIDAGI KIBERJINOYATLAR UCHUN JAVOBGARLIKNI TAKOMILLASHTIRISH BORASIDAGI ISLOHOTLAR

Shokirov Bekzod Sherzod o'g'li

Magistr, O'zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Gmail: bekhzodshakiroff@gmail.com Tel: +998978068000 https://doi.org/10.5281/zenodo.11541917

ARTICLE INFO

Received: 04th June 2024 Accepted: 09th June 2024 Online: 10th June 2024 KEYWORDS

Kiberjin oya tlar, aktivlar, mayning, texnologiyalar, kiberxavfsizlik.

kripto-raqamli

ABSTRACT

ushbu maqolada so'nggi yillarda O'zbekistonda kripto-aktivlar sohasidagi kiberjinoyatlar uchun javobgarlikni takomillashtirish borasidagi olib borilayotgan islohotlar haqida fikr yuritilgan. Jumladan, kiberjinoyatlarni tartibga soladigan milliy qonunchiligimizni rivojlantirish hamda ushbu sohadagi jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikni qayta ko'rib chiqish, takomillashtirish masalalari, sohaga doir statistik ma'lumotlar keltirilgan, shuningdek tadqiqot kripto-aktivlar va mayning tushunchalari haqida olimlar fikri, qonunchiligimizda kripto-aktivlar va mayning faoliyati bilan shug'ullanish tartibi va ushbu sohadagi kiberjinoyatlar uchun javobgarlik masalalariga bag'ishlangan.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

XXI asrda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning keng miqyosda rivojlanishi bir vaqtning o'zida turli yangi kiberjinoyatlarning sodir etilishiga imkon yaratmoqda, shu sababli so'nggi yillarda mamlakatimizda ham mazkur sohani tartibga solishga doir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinmoqda.

Xususan, "Axborotlashtirish to'g'risida"gi Qonun, "Kiberxavfsizlik to'g'risida"gi Qonun hamda "O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ 3832-sonli Qaror, "Axborot-texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4452-sonli Qarori va boshqa qonun hujjatlari.

Bundan tashqari, 2022-2026 yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasining "Yo'l xaritasi" loyihasi belgilangan bo'lib, unga asosan, kiberjinoyatchilikning oldini olish tizimini yaratish rejalashtirilmoqda hamda 2023-2026 yillarga mo'ljallangan O'zbekiston Respublikasining kiberxavfsizlik strategiyasi ishlab chiqilishi belgilangan. Shuningdek, axborot maydonidagi kiberhujum va tahdidlarni monitoring qilish tizimi yanada takomillashtirish, kiberjinoyatchilik uchun jinoiy javobgarlikni qayta ko'rib chiqish masalasi belgilangan1.

O'zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida orttirilgan tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida ishlab chiqilgan "O'zbekiston - 2030" strategiyasida ham milliy internet makonida kiberxavfsizlikni ta'minlash hamda fuqarolarning internetdan foydalanish borasidagi savodxonligini oshirish lozimligi belgilangan bo'lib, axborotlashtirish va kiberxavfsizlik obyekti, shu jumladan, muhim axborot infratuzilmasi obyektlari kiberhimoyasini ta'minlashda yo'l qo'yilgan kamchiliklarga hamda qonun buzilishi holatlariga nisbatan javobgarlik normalarini ishlab chiqish lozimligi belgilab berilgan2.

O'zbekiston Bosh prokurori Nig'matilla Yo'ldoshevning 2023-yil 8-sentyabrdagi yurtimiz aholisiga qilgan murojaatiga ko'ra, yurtimizda jinoyatchilikning yangi turlari, jumladan, kiberjinoyatchilik ko'paymoqda. So'nggi uch yilda bunday jinoyatlar qariyb 25 barobar oshgan, fuqarolarning katta miqdordagi pullari onlayn tarzda o'g'irlangan. Bunday jinoyatlarning oldini olish uchun Huquqni muhofaza qilish akademiyasida maxsus kafedra, ilmiy-uslubiy markaz va o'quv laboratoriyasi tashkil etilib, kelgusida fuqarolarni kibertahdidlardan himoya qilish, mazkur sohaga zamonaviy dasturiy-texnik yechimlarni va yangicha ish usullarini joriy etish bo'yicha kompleks choralar ko'rilishi ta'kidlangan3.

Ko'rinib turibdiki, oxirgi yillarda ayrim shaxslar tomonidan zamonaviy raqamli texnologiyalar yutuqlaridan qonunga zid ravishda va g'arazli maqsadlarda foydalanilishi oqibatida fuqarolarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari buzilmoqda. Shuning uchun kiberjinoyatlarni tartibga soladigan milliy qonunchiligimizni rivojlantirish va ushbu sohadagi jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikni qayta ko'rib chiqish, takomillashtirish oldimizda turgan dolzarb masala hisoblanadi.

1 https://www.lex.uz/uz/docs/-5841063

2 https://lex.uz/ru/docs/-6600413

3 https://yuz.uz/news/ozbekiston-respublikasi-bosh-prokurori-mamlakatimiz-aholisiga-murojaat-bilan-chiqdi

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

Yurtimizda kiberjinoyatlarning eng keng tarqalgan turlari kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish va mayning faoliyatini qonunga xilof ravishda amalga oshirish hisoblanadi.

Hozirda dunyo bo'ylab chiqarilgan kripto-aktivlarning umumiy soni 24 mingdan ortiq bo'lib, ularning umu-miy narxi qariyb 1,14 trln. AQSH dollarini tashkil etmoqda. Keyingi yillarda mamlaka-timizda ham raqamli iqtisodyotga o'tish doi-rasidagi islohot tufayli mazkur yo'nalishga oid faoliyat turlari amalga oshirib kelinmoqda. Statistik ma'lumotlarga qaraganda, 2022-yilning mart-avgust oylari davomida har haftada O'zbekiston hududiga 23-180 mln. AQSH dollarga teng miqdorda kripto-aktivlar kirib, 20-160 mln. AQSH dollarga teng miqdordagi kripto-aktivlar chiqib ketgan4.

Kriptovalyutalar, mayning o'zi nima?

Kriptovalyutalar kriptografiya asosida banknotalarni xavfsiz almashish va uzatish uchun markazlashtirilgan tizimlardir5.

Mayning - kriptovalyuta yaratishga va kriptovalyuta ko'rinishida mukofot olish maqsadidagi validatsiyaga qaratilgan faoliyat hisoblanadi6.

Mayning vujudga kelishi orqali kriptojeyking rivojlana boshladi. Kriptojeyking - zararli dastur bo'lib, u axborot tizimlariga yashirinadi va qimmatbaho kriptovalyutalar (bitcoin, notcoin) larga ega bo'lish uchun qurilmaning hisoblash mashinalarini o'g'irlaydi7.

Masalan, internetda ma'lum veb-saytlarning ochilishida sodir bo'ladigan kriptojeyking jarayonida web-brauzer foydalanuvchining ma'lumotlarisiz saytga tashrif paytida avtomatik ravishda kriptovalyutani mayning qilishi mumkin bo'ladi, biroq oddiy foydalanuvchi saytda ma'lumot izlash bilan birga kimlar uchundir kriptovalyuta mayning qilishga yordam berayotganligini bilmaydi.

"O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ 3832-sonli Qaroriga asosan, kripto-aktiv mulkiy huquq hisoblanib, ma'lumotlarning taqsimlangan reyestridagi raqamli yozuvlar yig'indisi bo'lgan qiymati va egasiga ega, mayning esa hisoblash operatsiyalarini bajarish orqali ma'lumotlarning taqsimlangan reyestrini yuritish, bloklarning yaxlitligini yaratish va tasdiqlash faoliyatidir.

Ushbu qarorga muvofiq, mayning faqat yuridik shaxs tomonidan quyosh fotoelektr stansiyalari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalangan holda amalga oshiriladi. Yashirin mayningni amalga oshirish (maxsus dasturiy ta'minotdan foydalanish orqali uchinchi shaxslarning hisoblash quvvatlarida, ularga bildirmagan holda yoki roziligisiz mayningni amalga oshirish bo'yicha faoliyat) va anonim kripto-aktivlar mayningi (anonimlik prinsipi bo'yicha ishlayotgan kripto-aktivlar) taqiqlanadi8.

4 https://senat.uz/articles/post-1207

5 Айгубов С.З., Магомедтагиров М.М. Майнинг криптовалют как золотая лихорадка нового времени. // Журнал "Регионалные проблемы преобразовния экономики", 2017. // URL:cyberleninka.ru /article/n/mayning-kriptovalyut-kak-zolotaya-lihoradka-novogo-vremeni/viewer

6 Мамсуров А.А. Майнинг как юридическая и информационная категория. // Журнал "Актуальные проблемы экономики и права", 2018. // URLxyberleninka.ru /article/n/mayning-kak-yuridicheskaya-i-informatsionnaya-kategoriya

7 Колоба Ю.И. Криптоджекинг как новая угроза нелегитимного майнинга. Материалы IV Международной научно-практической конфренции международного института в сфере ПОД/ФТ.

8 https://lex.uz/docs/-3806053

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

Kripto-birjada kripto-aktivlar savdolarini amalga oshirish qoidalari va Kripto-do'kon faoliyatini amalga oshirish qoidalariga asosan, kripto-birja yoki kripto-do'kon bilan shartnoma tuzish ham shaxs identifikatsiyasi amalga oshirilgandan keyin kripto-aktivlarni sotib olish va sotish bo'yicha operatsiyalarni amalga oshirish uchun kripto-birja yoki kripto-do'kon xizmatlaridan foydalanish mumkin bo'ladi.

O'zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 24-iyuldagi PF-5120-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan bo'lib, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi yuridik shaxs huquqiga ega, davlat rahbariga hisob beruvchi davlat muassasasi hisoblanadi. Agentlik kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish, mazkur sohadagi faoliyatni litsenziyalash va tartib-taomillari jarayonlari bo'yicha vakolatli organ hisoblanadi9.

Mamlakatimizda ushbu sohani rivojlantirish va huquqiy jihatdan tartibga solish bo'yicha ko'plab amaliy ishlar amalga oshirilgan bo'lsada, yaqin vaqtlargacha jinoyat qonunchiligimizda aynan shu turdagi jinoyatlar uchun javobgarlik belgilanmagan edi.

Biroq, 2024-yilning 19-yanvarida O'RQ-899-sonli "O'zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi Qonun qabul qilindi.

Ushbu Qonun bilan O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzganlik va mayning faoliyatini qonunga xilof ravishda amalga oshirganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

Jumladan, Jinoyat kodeksining axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga doir XX1 bobi quyidagi mazmundagi 2788 va 2789-moddalar bilan to'ldirildi:

Jinoyat kodeksi 2788-moddasi. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish.

Kripto-aktivlarni qonunga xilof ravishda olish, o'tkazish yoki ayirboshlash, belgilangan tartibda litsenziya olmasdan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirish yoxud kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari tomonidan anonim kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa,

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O'sha harakatlar:

a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;

b) ko'p miqdorda;

v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo'lsa,

bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan to'rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O'sha harakatlar:

9 https://napp.uz/oz#zero-371

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

a) juda ko'p miqdorda;

b) xizmat mavqeyidan foydalangan holda;

v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko'zlab sodir etilgan bo'lsa, uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi10. Jinoyat kodeksi 2789-moddasi. Mayning faoliyatini qonunga xilof ravishda amalga oshirish.

Anonim kripto-aktivlar mayningi bilan shug'ullanish yoki belgilangan tartibni buzgan holda mayning faoliyatini amalga oshirish shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa,

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Yashirin mayningni amalga oshirish

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlar:

a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;

b) juda ko'p miqdorda;

v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo'lsa, bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan to'rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlar:

a) xizmat mavqeyidan foydalangan holda;

b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko'zlab sodir etilgan bo'lsa, uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi11.

Shuningdek, Jinoyat kodeksiga kiritilgan ushbu yangi 2788 va 2789-moddalarning o'ziga xosligi shundan iboratki, agarda shaxs yuqorida keltirligan turdagi jinoyatlarni sodir etishga tayyorgarlik ko'rayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyat haqida o'z ixtiyori bilan arz qilgan va uni ochishga faol yordam bergan taqdirda javobgarlikka tortilmasligi to'g'risidagi rag'batlantiruvchi norma belgilangan.

Bundan tashqari, Jinoyat kodeksi sakkizinchi bo'limi quyidagi mazmundagi atamalar bilan to'ldirililgan:

Kripto-aktiv -ma'lumotlarning taqsimlangan reyestridagi raqamli yozuvlar yig'indisini ifodalaydigan, qiymati va egasiga ega bo'lgan mulkiy huquq;

Mayning - hisoblash operatsiyalarini amalga oshirish orqali ma'lumotlarning taqsimlangan reyestrini saqlash, bloklarni yaratish va ularning yaxlitligini tasdiqlash faoliyati12.

10 https://lex.uz/docs/-111453?ONDATE=01.04.1995%2000#-271724

11 https://lex.uz/docs/-111453?ONDATE=01.04.1995%2000#-271724

12 https://lex.uz/docs/-6763724?ONDATE=19.01.2024%2000#-6767724

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

Xulosa qilganimizda, raqamli texnologiyalar yutuqlari ko'payib borgani sayin ushbu texnologiyalardan qonunga zid ravishda hamda g'arazli maqsadlarda foydalanadiganlar, qonuchilikdagi bo'shliqlardan foydalanib yangi turdagi jinoyatlar sodir etadiganlar ham topiladi. Shuning uchun doimiy ravishda xalqaro tajriblarni o'rganib, milliy qonunchiligimizni rivojlantirish va barcha sohalar singari kiberjinoyatlar uchun ham jinoiy javobgarlikni qayta ko'rib chiqish, takomillashtirish oldimizda turgan dolzarb masala hisoblanadi.

References:

1. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi

2. O'zbekiston Respublikasi "Kiberxavfsizlik to'g'risida"gi Qonuni

3. O'zbekiston Respublikasi "Axborotlashtirish to'g'risida"gi Qonuni

4. O'zbekiston Respublikasi "O'zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi Qonuni

5. "O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ 3832-sonli Qarori

6. Ахборот технологиялари сох,асидаги жиноятлар(кибержиноятлар) - турлари, квалификацияланиши ва уларга нисбатан тергов х,аракатларини утказиш такикаси -укув кулланма / Г.Ф.Мусаев [ва бош;]. — Ташкент: Baktria press, 2020. 220-б.

7. Salayev N.S., Ro'ziyev R.N Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishga oid milliy va xalqaro standartlar. Monografiya .,-T.: TDYU, 2018, 139-b.

8. Anorboyev A.U Kiberjinoyatchilik, unga qarshi kurashish muammolari va kiberxavfsizlikni ta'minlash istiqbollari. Monografiya -T.: Milliy gvardiya instituti 2020.-324 b.

9. Айгубов С.З., Магомедтагиров М.М. Майнинг криптовалют как золотая лихорадка нового времени. // Журнал "Регионалные проблемы преобразовния экономики", 2017.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

10. Мамсуров А.А. Майнинг как юридическая и информационная категория. // Журнал "Актуальные проблемы экономики и права", 2018.

11. Колоба Ю.И. Криптоджекинг как новая угроза нелегитимного майнинга. Материалы IV Международной научно-практической конфренции международного института в сфере ПОД/ФТ.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.