é
Ws,
KASSATSIYA INSTANSIYASI SUD MUHOKAMASIDA HUKM VA AJRIMLARNI TEKSHIRISH MASALALARI VA UNING
AHAMIYATI
Sidiqov Mo'minmirzo Akbaraliyevich
Sudyalar oliy kenshashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi tinglovchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10803213
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 04th March 2024 Accepted: 10th March 2024 Online: 11th March 2024
KEYWORDS Jinoyat, jinoyat-protsessi,
kassatsiya, kassatsiya
instansiya sudi, qayta kassatsiya instansiya instituti, kassatsiya instansiya sudining vakolatlari.
Ha r bir huquqiy davlatning asosiy hal qiluvchi poydevorlaridan biri mustaqil, shaffof va samarali odil sudlov bo'ladi. U fuqarolar vayuridikshaxslarga o'z huquq va erkinliklarini amalga oshirishlari uchun imkoniyat yaratadi hamda mamlakatda hukukiy barqarorlikni ta'minlaydi. Davlat rivojining istiqboli amalga oshirilayotgan tadrijiy rivojlanib boradigan va chuqur o'ylangan islohotlarga bog'liqdir. Amalga oshirilayotgan islohotlar eng avvalo fuqarolarning huquq va erkinliklarini qo'zlab amalga oshirilishi lozim. Ushbu maqolada kassatsiya instansiyasi sud muhokamasida hukm va ajrimlarni tekshirish masalalari va uning ahamiyati haqida ma'lumot berilgan.
Mamlakatimizda istiqlol yillarida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar majmuasida sud-huquq islohotlari, xususan, fuqarolarning huquqiy madaniyati va huquqiy ongini yuksaltirish borasida amalga oshirib kelinayotgan ishlar alohida muhim o'rin egallaydi. Zero, jamiyatning farovonligi va demokratiyaning ustuvorligi avvalo, jamiyatda tartib-qoidaning hukmronligi bilan bog'liq bo'lib, ushbu jarayonda nafaqat jamiyatda mavjud qonunlarning mukammalligi, ularning hayotga tadbiq etilishi va nazorati, shu bilan birga inson va fuqarolarning mavjud tartib-qoidalar, qonunlarni tan olishi, ularga ongli ravishda rioya qilishi, bo'ysunishi, ijrosi jarayonida bevosita faol ishtirokchi bo'lishi ham hal qiluvchi muhim omillardan hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasining "Sudlar to'g'risida"gi yangi tahrirdagi qonuni qabul qilinishi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq sohasidagi islohotlarning eng ahamiyatli bosqichlaridan biri bo'lib, ushbu yangi tahrirdagi qonun bilan odil sudlov samaradorligi va sifatini oshirish maqsadida umumiy yurisdiksiya sudlari ixtisoslashtirilib, fuqarolik va jinoyat ishlari bo'yicha alohida sudlar tashkil etildi. Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlar ham o'z navbatida ishlarni ko'rish, sud qarorlarining qonuniy va asosliligini tekshirish vakolatlariga ko'ra tizimga ajratilgan. Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlar ma'muriy-hududiy tizimga ko'ra: - tumanlararo, tuman (shahar) sudlari; - Qoraqalpog'iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo'yicha Oliy sudi, fuqarolik ishlari bo'yicha viloyat, Toshkent shahar sudlari; - O'zbekiston Respublikasi Oliy sudidan iborat.
é
Ws,
Chunonchi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi 1 tasdiqlanishi mamlakatimiz taraqqiyotining sifat jihatidan yangi davrini boshlab berdi. Mazkur tarixiy hujjat mohiyatan jaxonda turli o'zgarishlar va voqea-hodisalar sodir bo'layotgan bir pallada davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, sud-huquq, iqtisodiy, ijtimoiy sohalar va xavfsizlikni ta'minlash bo'yicha beshta ustuvor yo'nalishda amalga oshirish mexanizmi aniq belgilangan davlatimizning haqiqiy strategiyasiga aylandi. Mazkur farmonda sud ishlarini yuritishda odil sudlovni amalga oshirish sifatini yanada yaxshilash, sudlarning chinakam mustaqilligini ta'minlash hamda qonuniy, asosli va adolatli qarorlar chiqarish bo'yicha mas'uliyatini yanada oshirish kabi muhim vazifalar belgilab berildi. Shu bilan birga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 yanvardagi "2022-2026 yillarda Yangi O'zbekistonning tarraqiyot strategiyasi to'g'risida" PF-60- son Farmoni bilan tasdiqlangan yangi strategiyada ham aynan huquq sohasi, ushbu sohaning asosiy tarmog'i hisoblanuvchi sud sohasiga alohida to'htalib o'tilgan.
Plenum ta'kidlaydiki, respublikada bozor iqtisodiyotining rivojlanishi, mulkchilik shakllarining o'zgarishi, xo'jalik yurituvchi subyektlar va xorijiy sarmoyadorlar o'rtasida iqtisodiy aloqalarning kengayishi xo'jalik nizolari sonining ko'payishiga olib kelmoqda. Sud hujjatlarining qonuniyligini kassatsiya tartibida tekshirish xo'jalik yurituvchi subyektlar va tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya etish usullaridan biridir.Sud amaliyotining tahlili sudlarning hal qiluv qarori, qarori va ajrimlari ustidan berilayotgan kassatsiya shikoyatlari va protestlarini rasmiylashtirishda, ish yuritishga qabul qilish, ko'rib chiqib hal qilishda protsessual huquq normalarining har doim ham bir xilda qo'llanilishi ta'minlanmayotganligini ko'rsatmokda. Kassatsiya shikoyati (protesti) xo'jalik sudiga o'tkazib yuborilgan apellatsiya shikoyati (protesti)ni berish muddatini tiklash to'g'risidagi iltimosnoma bilan apellatsiya shikoyati (protesti) berilgandan keyin kelib tushgan va bu iltimosnoma qanoatlantirilgan hollarda kassatsiya shikoyati (protesti)ni qabul qilish XPK 117-moddasi birinchi qismining 3-bandiga mos holda rad etiladi. Kassatsiya shikoyati (protesti)ning qabul qilishni rad etilishi shikoyat (protest) beruvchiga apellatsiya instansiyasida qaror (ajrim) qabul qilingandan so'ng kassatsiya shikoyati (protesti) bilan xo'jalik sudiga qayta murojaat etishiga to'sqinlik qilmaydi, agar shikoyat (protest)ni berish asoslari yo'qolmagan bo'lsa.Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish yoki qabul qilishni rad etish haqidagi birinchi instansiya sudi sudyasining ajrimi bir oylik muddat ichida kassatsiya instansiyasi sudiga shikoyat (protest) qilinishi mumkin.
Shu boisdan jinoyat ishlari bo'yicha sudlar tomonidan chiqariladigan hukm, qaror, ajrimlarini to'g'ri rasmiylashtirish, hukmda ish holatlarini to'liq ifoda etish, dalillarga to'g'ri huquqiy baho berish va aniqlangan holatlarni huquqiy mushohada qilish, nizo bo'yicha sudning xulosalari ishning haqiqiy holatlariga mos bo'lishi, moddiy va protsessual huquq normalari to'g'ri bayon etilishi eng asosiy vazifalardan biridir. Biroq, kassatsiya instansiyasi sudlari tomonidan ajrimlar chiqarishda moddiy huquq normalarini noto'g'ri tatbiq qilish bilan bog'liq holatlar sud amaliyotida haligacha davom etib kelmoqda. Buning yaqqol ko'rinish sifatida
é
Ws,
hozirgi kunda apellyatsiya va kassatsiya sudlarida ish hajmining qo'pligidan va birinchi instansiyada ko'rilgan ko'pchilik ishlar albatta apellyatsiya va kassatsiyada ko'rishligini misol qilishimiz mumkin. Shuningdek, kassatsiya instansiyasi sudlari ajrimlarining asoslantiruvchi qismida kassatsiya shikoyati o'zgarishsiz, ayniqsa, shikoyat qisman qanoatlantirilganlik asoslari har doim ham keltirilmaydi. Shu sababli, hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumida jinoyat ishlari bo'yicha kassatsiya instansiyasi sudlari tomonidan chiqarilgan ajrimlar muhokama qilinib, yangitdan ko'rishlik uchun qo'yi turuvchi sudlarga yuborilmoqda. Ushbu jarayonlarda qilinayotgan shunga o'qshash xatolar tufayli ishlar xuddi aylana shaklga o'xshab, qonuniy o'z yechimini topishda bir qancha qiyinchilikka uchramoqda. Shuningdek keyingi masalaga to'xtalib utadigan bo'lsak, qayta kassatsiya instituti haqida so'z yuritamiz. Xo'sh adolatni qaror toptirishda qayta kassatsiya yoki takroriy kassatsiya qanchalik foyda beryapti? ushbu savolga javob berishda quyidagi ma'lumotlarga yuzlanamiz. Konstitutsiyada belgilangan har bir shaxsning sudga murojaat qilish huquqining kafolati fuqarolar huquqlarini himoya qilish va sud ishlarini yuritish borasida qabul qilingan maxsus qonunlarda ham o'z ifodasini topgan. Xususan, O'zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to'g'risida"gi Qonunining 1-moddasiga muvofiq, har bir fuqaro davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari yoki mansabdor shaxslarning g'ayriqonuniy xatti-harakatlari (qarorlari) bilan o'z huquqlari yoki erkinliklari buzilgan deb hisoblasa, shikoyat bilan sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Kassatsiya tartibida (Oliy sud) birinchi instansiya sudining apellyatsiya tartibida ko'rib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek apellyatsiya instansiyasi sudining hukmlari, ajrimlari kassatsiya tartibida qayta ko'rilishi, kassatsiya instansiyasi sudining qarorlari sud tergovining to'liq emasligi yoki bir yoqlama olib borilganligi, sudning hukmida bayon qilingan sud xulosalari ishning haqiqiy holatlariga muvofiq kelmasligi, JPK normalarining jiddiy ravishda buzilganligi, Jinoyat kodeksi normalarining noto'g'ri qo'llanilganligi, jazoning adolatsizligi to'g'risdagi asoslar mavjud bo'lganda O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori va ularning o'rinbosarlari protestiga ko'ra takroran kassatsiya tartibida qayta ko'rilishi belgilandi. Lekin hozirgi kunda takroriy kassatsiya avvalgi kassatsiyada ko'rilgan ishlarning o'zini ko'rib chikayapti (dublikat ishlar), avvalgisi bilan bir-xil ishni kurishyapti. Ushbu masala ham o'z qonuniy yechimiga muhtoj bizningcha. Yana bir o'z yechimini kutayotgan masala zararni qoplash bilan bog'liq masaladir. Sababi, Apellyatsiya instansiya sudida jinoyat ishi ko'rilmagan taqdirda hamda qonuniy kuchga kirgan sud hukmidan so'ng zarar to'lik qoplangan bo'lsa, shaxs avvalgi ozoldikdan mahrum qilish jazosi bilan qolib ketishi mumkin, chunki ishni kassatsiya instansiyasi sudida ko'rish mumkin emas. Ushbu muammo qonuniy yechimini topishi kerak. O'z navbatida jinoyat ishlari bo'yicha sudlarda ishlarni kassatsiya tartibida ko'rishni yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish, kassatsiya instansiyasi sudlari tomonidan odil sudlovni sifatli amalga oshirilishini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilinishini ta'minlash maqsadida xorijiy davlatlarning qonunchilik tajribasini chuqur tahlil qilgan holda asoslantirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishni taqozo etmoqda. Bu esa o'z navbatida jinoyat hamda jinoyatprotsessual qonunchiligini isloh qilish yuzasidan asosli takliflarni ishlab chiqish va uni amaliyotga keng joriy etish zaruratini taqazo etadi.
é
Ws,
Jinoyat-protsessual faoliyatning bir turi o'laroq, kassatsiya tartibida ish yuritish tegishli vazifalarni bajarish va ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan maqsadlarga erishishga da'vat etilgan.
Hozirgi kunda ko'plab rivojlangan davlatlarda (Belgiya, Fransiya, Germaniya Federativ Respublikasi, Gresiya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Ispaniya, Portugaliya)da jinoyat ishlarini kassatsiya tartibida ko'rishning turi mavjuddir. Lekin ushbu davlatlarda kassatsiya instansiyasi turli qo'rinishda ifodalanadi. Ammo, ba'zi bir davlatlar (Daniya, Finlyandiya, Shvesiya, Avstriya) jinoyat ishlarini kassatsiya tartibida ko'rishni istisno qilishadi. Misol uchun, Yepropa mamlakatlaridan Fransiya davlatini oladigan bo'lsak, ushbu davlatda jinoiy ishlar kassatsiya tartibida ko'rib chiqiladi, ammo faqatgina yuqori turuvchi sud organi, ya'ni Oliy sud tomonidan amalga oshiriladi. E'tiborli jihati shundaki, Fransiya davlatida sud qarorlari ustidan shikoyat qilishning eng so'nggi bosqichi bu kassatsiya tartibida berilgan shikoyat hisoblandi. Shuningdek, ushbu instansiya sudi qo'yi turuvchi sudlar tomonidan chiqarilgan qarorni Fransiya davlatining qonunchiligiga zid yoki zid emasligi to'g'rsidagi masalani ko'rib chiqib, sud qaroriga baho berish bilan cheklanadi, ya'ni, jinoyat ishi materiallaridagi holatlarni to'lik tekshirib chiqmaydi. Misol uchun, shaxsning jinoyat sodir etishda aybli yoki aybsiz ekanligini hamda jinoyat ishi bo'yicha taqdim qilingan dalilarni qaytadan tekshirib ko'rmaydi. Qolaversa, kassatsiya sudi qo'yi turuvchi sudlar tomonidan chiqarilgan qarorni o'zgartish vakolatiga ega emas. Qabul qilingan qarorlarni bekor qilish yoki kassatsiya shikoyatini rad qilish bilan cheklanadi. Birinchi instansiya tomonidan chiqarilgan hukm bekor qilingan taqdirga yangitdan ko'rish uchun qo'yi turuvchi sudlarga yuboriladi. Umuman olganda, ushbu davlatda jinoyat ishlarini kassatsiya tartibida ko'rib chiqishning ikki xil turi mavjuddir. Birinchisi, tomonlarning shikoyati asosida, ikkinchisi, qonunchilikka zid ravishda chiqargan sud qarorlari asosida ko'rib chiqadi. Bundan ko'zlangan yagona vazifa, tomonlar huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va sud amaliyotidagi kamchiliklarni bartaraf qilish hisoblanadi.
XULOSA. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, jinoyat ishlarini ko'rib chiqishda kassatsiya instansiya sudlari ko'pgina davlatlarning sud sistemasida mavjud, lekin ularning har biri o'ziga xos xususiyatlarga ega, ularning xar-biri bir-birini takrorlamaydi. Ulardan eng optimal variantlarini qonunchiligimizga tadbiq qilsak maqsadga muvofiq buladi deb hisoblaymiz. Shuningdek, yuqoridagi masalalar yuzasidan quyidagi takliflarni berib o'tmoqchiman: Birinchidan, avvalgi ishni takrorlovchi qayta kassatsiya instituti bekor qilinishi kerak deb hisoblaymiz yoki ish buyicha yangi ochilgan holatlar yuzasidangina ushbu kassatsiya faoliyatiga yo'l qo'yilishi lozim; Ikkinchidan zararni qoplash bilan bog'liq muammo buyicha esa ish buyicha apellyatsiyada zarar qoplanmagan bo'lsa lekin kassatsiya kelib zarar qoplangan XULOSA Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, jinoyat ishlarini ko'rib chiqishda kassatsiya instansiya sudlari ko'pgina davlatlarning sud sistemasida mavjud, lekin ularning har biri o'ziga xos xususiyatlarga ega, ularning xar-biri bir-birini takrorlamaydi. Ulardan eng optimal variantlarini qonunchiligimizga tadbiq qilsak maqsadga muvofiq buladi deb hisoblaymiz. Shuningdek, yuqoridagi masalalar yuzasidan quyidagi takliflarni berib o'tmoqchiman: Birinchidan, avvalgi ishni takrorlovchi qayta kassatsiya instituti bekor qilinishi kerak deb hisoblaymiz yoki ish buyicha yangi ochilgan holatlar yuzasidangina ushbu kassatsiya faoliyatiga yo'l qo'yilishi lozim; Ikkinchidan zararni qoplash bilan bog'liq muammo buyicha esa ish buyicha apellyatsiyada zarar qoplanmagan bo'lsa lekin kassatsiya kelib zarar qoplangan.
é
UIF = 8.1 | SJIF = 7.899
www.in-academy.uz
References:
1. 2021 yil 12 yanvardagi "Jinoyat ishlari bo'yicha sud qarorlarini qayta ko'rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining Jinoyatprotsessual kodeksiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi 664-son O'zbekiston Respublikasi qonuni;
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-son Farmoni;
3. 2021 yil 27-noyabrdagi "Jinoyat ishlarini kassatsiya tartibida kurish buyicha sud amaliyoti tugrisida" 37-son Oliy sud plenum qarori;
4. Ilyutchenko N. V. The impact of judicial reform on the accessibility of justice //Materials of the International Scientific and Practical Conference dedicated to the 100th anniversary of the Kuban State University. Judicial reform in Modern Russia: results, problems and prospects. Krasnodar, 2020.
5. The Law of the Russian Federation on the amendment to the Constitution of the Russian Federation of 14.03.2020 No. 1-FKZ "On improving the regulation of certain issues of the organization and functioning of public power". 2020. No. St. 1416.