INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© T. Kadirov1^_
1Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi,Samarqand, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: raqamli asrda media kompetentsiyalari o'qituvchilar uchun tobora zarur bo'lib, ularga raqamli vositalar va ommaviy axborot vositalarini o'qitish amaliyotiga samarali integratsiya qilish imkonini beradi. Ushbu tadqiqot o'qituvchilar o'rtasida media kompetentsiyasini rivojlantirishning hozirgi holatini o'rganib, ushbu ko'nikmalarni oshirishda kasbiy rivojlanish dasturlarining roliga e'tibor qaratadi.
MAQSAD: ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi o'qituvchilarning media kompetentsiyasining hozirgi darajasini baholash va ushbu vakolatlarni rivojlantirishda kasbiy rivojlanish dasturlari samaradorligini baholashdir. Bunga o'qituvchilar duch keladigan muammolarni tushunish va mediasavodxonlikni kasbiy rivojlanishga integratsiya qilish bo'yicha ilg'or tajribalarni aniqlash kiradi.
MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot aralash usullardan foydalanadi, Adabiyotlarni ko'rib chiqish, so'rov, intervyu, case studies.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: Natijalar o'qituvchilar o'rtasida ommaviy axborot vositalarining malakasini oshirishning hozirgi holatiga oid bir nechta asosiy tushunchalarni ochib beradi. Media kompetentlik darajalari: so'rov natijalari o'qituvchilar o'rtasida media kompetentsiyasining turli darajalarini ko'rsatadi, raqamli savodxonlik va ommaviy axborot vositalarini o'qitish amaliyotiga integratsiya qilishda sezilarli bo'shliqlar mavjud.
XULOSA: tadqiqot natijalariga ko'ra, o'qituvchilar o'rtasida media kompetentsiyasini rivojlantirish bo'yicha sa'y-harakatlar olib borilayotgan bo'lsa-da, malaka oshirish dasturlari sifati va ulardan foydalanish imkoniyatini sezilarli darajada yaxshilash zarur. Ommaviy axborot vositalarining samarali malakasini oshirish har tomonlama amaliy mashg'ulotlar va doimiy yordamni talab qiladi. Ushbu tadqiqotda aniqlangan muammolarni hal qilish va ilg'or tajribalarni tatbiq etish o'qituvchilarning ommaviy axborot vositalarini o'qitishga integratsiya qilish qobiliyatini oshirishi va natijada raqamli asrda ta'lim natijalarini yaxshilashi mumkin.
Kalit so'zlar: kasbiy rivojlanish, mediakompetentlik, axborot almashinuvi, elektron hukumat, ommaviy axborot vositalari, mediata'lim, media va axborot savodxonligi.
Iqtibos uchun: Kadirov T. Kasbiy rivojlanish jarayonida o'qituvchilarning mediakompetentligini rivojlantirishning mavjud holati. // Inter education & global study. 2024. №6. B. 140—146.
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №6
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
СОВРЕМЕННОЕ СОСТОЯНИЕ РАЗВИТИЯ МЕДИАКОМПЕТЕНТНОСТИ ПЕДАГОГИ В ПРОЦЕССЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНОГО РАЗВИТИЯ_
© Т. Кадиров1^
1 Самаркандский областной национальный центр подготовки педагогов новым методам, Самарканд, Узбекистан_
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в эпоху цифровых технологий медиа-компетенции становятся все более необходимыми для учителей, что позволяет им эффективно интегрировать цифровые инструменты и медиа в свою педагогическую практику. В этом исследовании рассматривается текущее состояние развития медиакомпетентности среди учителей, уделяя особое внимание роли программ профессионального развития в совершенствовании этих навыков.
ЦЕЛЬ: основной задачей данного исследования является оценка текущего уровня медиакомпетентности учителей и оценка эффективности программ повышения квалификации в развитии этих компетенций. Это включает в себя понимание проблем, с которыми сталкиваются учителя, и выявление передового опыта по интеграции медиаграмотности в профессиональное развитие.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании использованы смешанные методы, обзор литературы, опрос, интервью, тематические исследования.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: полученные данные позволяют сделать несколько ключевых выводов о текущем состоянии медиаграмотности среди учителей. Уровни медиакомпетентности. Результаты опроса показывают различные уровни медиакомпетентности среди учителей, со значительными пробелами в цифровой грамотности и интеграции медиа в педагогическую практику.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: по результатам исследования, хотя и предпринимаются усилия по развитию медиакомпетентности среди учителей, качество программ повышения квалификации и их доступность нуждаются в значительном улучшении. Эффективное обучение СМИ требует обширного практического обучения и постоянной поддержки. Решение проблем и внедрение лучших практик, выявленных в этом исследовании, могут улучшить способность учителей интегрировать средства массовой информации в обучение и, в конечном итоге, улучшить результаты образования в эпоху цифровых технологий.
Ключевые слова: профессиональное развитие, медиакомпетентность, обмен информацией, электронное правительство, средства массовой информации, медиаобразование, медийно-информационная грамотность.
Для цитирования: Кадиров Т. Современное состояние развития медиакомпетентности педагоги в процессе профессионального развития. // Inter education & global study. 2024. №6. С. 140-146.
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 6
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №6
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
THE CURRENT STATE OF THE DEVELOPMENT OF MEDIA COMPETENCE OF TEACHERS IN THE PROCESS OF PROFESSIONAL DEVELOPMENT_
© Tulkin Kadirov1^
Samarkand region national center for training pedagogues in new methods, Samarkand, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: in the digital age, media competencies are increasingly necessary for teachers, enabling them to effectively integrate digital tools and media into their teaching practice. This study examines the current state of media competency development among teachers, focusing on the role of professional development programs in enhancing these skills.
AIM: the main objective of this study is to assess the current level of media competence of teachers and to evaluate the effectiveness of professional development programs in developing these competencies. This includes understanding the challenges teachers face and identifying best practices for integrating media literacy into professional development.
MATERIALS AND METHODS: the research uses mixed methods, literature review, survey, interview, case studies.
DISCUSSION AND RESULTS: the findings reveal several key insights into the current state of media literacy among teachers. Levels of media competence: The survey results show varying levels of media competence among teachers, with significant gaps in digital literacy and media integration into teaching practice.
CONCLUSION: according to the results of the study, although efforts are being made to develop media competence among teachers, the quality of in-service training programs and their accessibility need to be significantly improved. Effective media training requires extensive hands-on training and ongoing support. Addressing the challenges and implementing best practices identified in this study can improve teachers' ability to integrate media into instruction and ultimately improve educational outcomes in the digital age.
Keywords: professional development, media competence, information exchange, e-government, mass media, media education, media and information literacy.
For citation: Tulkin Kadirov. (2024) 'The current state of the development of media competence of teachers in the process of professional development', Inter education & global study, (6), pp. 140-146. (In Uzbek).
Axborotlar almashinuvi tufayli raqamli texnologiyalarning rivojlanishi, "Elektron hukumat"[1] tizimining joriy etilishini ta'minlash, aholi, biznes va davlat o'rtasida samarali hamkorlik yo'lga qo'yilgan. Axborot vositalari bilan ochiq, ommaviy o'zaro hamkorlik qilish madaniyatini singdirishda uslubiy jihatdan ta'minlash orqali ko'maklashish, milliy axborot
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 6
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
makonini hamda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishni rag'batlantirish va ularning faoliyatini qo'llab-quvvatlash, shuningdek, tarmoq korxonalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga ustuvorlik berilmoqda[2]. Shuningdek, ta'lim tizimida shu turdagi texnologiyalar yordamida ta'lim tashkilotlarining o'rtasida hamkorlik tashkil etish samarali natijalarni beradi. Elektron hukumat tizimining yo'lga qo'yilishi davlat, barcha sohalarning o'zaro hamkorligini, shuningdek, jahon raqamli makonida integrasiyalashuvni ta'minlashga qaratilgan[1].
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi PF-5349-son "Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, interaktiv davlat xizmatlarini ko'rsatishning yaxlit tizimini yaratish, davlat organlarining aholi bilan muloqot qilishining yangi mexanizmlarini joriy etish yuzasidan izchil ishlar olib borilishi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish sohasida sifatli axborot xizmatlarini ko'rsatishni nazarda tutadi[3].
Axborotlar erkinligini ta'minlash, axborot texnologiyalari sohasi va ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishning institutsional-huquqiy asoslarini shakllantirish bo'yicha izchil ishlar amalga oshirilishi belgilab berilgan. Fuqarolarning axborot va so'z erkinligiga doir konstitutsiyaviy huquqlarining ro'yobga chiqishini ta'minlash, orqali aholining axborotlardan to'g'ri foydalanish madaniyatini shakllantirish dolzarb masala sifatida berilgan[1].
Axborot texnologiyalaridan foydalanish hamda ilmiy salohiyat amaliy ish tajribasiga ega bo'lgan mutaxassislarni tayyorlash choralari, axborot-resurs markazlari bazasida mavjud darslik, o'quv-uslubiy va boshqa qo'llanmalar raqamli formatga o'tkazilib, ularning elektron platformasi shakllantirilishini ta'minlash bo'yicha raqamli yagona axborot qidiruv tizimini joriy qilish belgilangan[4].
Ommaviy axborot vositalari yordamida tarqatilayotgan materiallar mazmunining, shu jumladan, shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining himoyasini ta'minlashga qaratilgan qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini tizimli ravishda tahlil qilishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Xorijda O'zbekistonning ijobiy imidjini targ'ib etish, axborot uzatuvchi tarmoqlar ishining sifatini ko'tarish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning borishi, yaratilgan qulay shart-sharoitlar va ishbilarmonlik muhitining yaxshilanishi to'g'risida ma'lumotlar tizimini shakllantirish bu orqali xorijiy ishbilarmon doiralar, tadbirkorlar, salohiyatli investorlar, davlat va jamoat arboblari orasida targ'ibot ishlarini olib borish mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy qudratini dunyoga tanitadi. Mediata'lim tushunchasi foydalanuvchilar uchun uchta vazifani o'z ichiga oladi:
- mustaqil mediafaoliyatni rivojlantirish uchun maxsus maqsadli dasturlar tayyorlash;
- qabul qilingan xabarlarni, axborotlarni tanqidiy tahlil qilish qobiliyatini shakllantirish;
- ishlab chiqish, ijodkorlik va interaktivlikni rag'batlantirishda ommaviy axborot vositalaridan keng foydalanish.
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал 2024, №6
Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
"Media va axborot savodxonligi" tushunchasi XXI asrda o'zini o'rab turgan borliqni tushunishi uchun insonga zarur bo'lgan turfa xil ko'nikmalar to'plamini anglatadi. Media va axborot savodxonligi shaxsning huquqiy savodxonligini rivojlantiradi, bundan tashqari arxiv ma'lumotlari bilan ishlash biz yashayotgan jamiyatdagi ayrim xolatlar to'g'risidagi manbalar bilan tanishish inson ongida yangicha fikrlarning paydo bo'lishiga olib keladi[5].
Media va axborot savodxonligi media va boshqa axborot yetkazuvchilar nima ishlab chiqarayotgani, qanday xabarlarni tarqatayotgani bo'yicha mavjud ma'lumotlar asosida, media va boshqa axborot yetkazuvchilarni baholash hamda maqsadli auditoriya rolini baholash imkoniyatini beradi. Insonlar media savodxonligi ularning quyidagi ko'nikmalarga egaligini bildiradi:
- medianing ta'sirini tushunish;
- qarorlar qabul qilishda mustaqil fikrlay olishi;
- ekologiya bo'yicha so'nggi ma'lumot olish;
- axborotning zarurligini anglab yetish;
- muammolar yechimi bo'yicha o'z fikriga ega bo'lish;
- ijodiy rivojlanishda mediaga murojaat qilish;
- jamiyatdagi siysiy, ijtimoiy harakatlarda faol bo'lish.
Mediasavodxonlik ko'nikmalarini egallash davomida professional faoliyati doirasida va umuman hayotida samarali bilim olish layoqatini o'zlashtiradi. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali axborotni izlash, tizimlashtirish va undan foydalanish sohasidagi imkoniyatlari yanada kengayib boradi(1-rasm).
Hozirgi kunda ommaviy axborot vositalarining hayotimizdagi o'rni va ahamiyati oshib bormoqda. XXI asr global axborot oqimi tezligi ortishi insonlar hayotiga kuchli ta'sir etib,
Axborot savodxonligi
Mediata'lim
Mediasavodxonlik
Mediakompetentlik
Mediamadaniyat
Axborotga bo'lgan ehtiyojni identifikatsiya qilish
Mediani o'rganish
Tahlil va sintez qilish layoqati
Turli xabarlar bilan tanishish va uzatish qobiliyati
Shaxslar umuman jamiyat madaniyatini oshiradi
1-rasm. Mediakompetentlik tuzilmasi
umummadaniy kontekstning tarkibiy qismiga aylanib bormoqda. Shuning uchun mediaaxborotni uning iste'molchilariga ijobiy va salbiy ta'sirini kuzatish mumkin.
© intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 6
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал 2024, №6
Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Ommaviy axborot vositalarining murakkablashib borishi foydalanuvchilarda tanqidiy fikrlash va malakasini oshirishda matnlardan foydalanishda munosabatni o'zgartiradi. Rivojlangan mamlakatlarda "media madaniyati", "axborot madaniyati", "audiovizual madaniyat", "media savodxonlik", "axborot savodxonlik", "audiovizual savodxonlik", "ommaviy axborot vositalari", "axborot ta'limoti", "audiovizual ta'lim", "kompyuter savodxonligi", "ko'pmedia savodxonligi", "axborot kompetentligi", "media kompetentligi", "audiovizual vakolat", "audiovizual kompetentlik" kabi tushunchalar axborot texnologiyalari sohasi bilan bevosita bog'liqdir.
Ommaviy axborot vositalari o'rtasidagi hamkorlik media sohasidagi izlanishlar uchun muhim hisoblanadi. Yuzaga kelayotgan media maydon axborot kommunikatsiya sohasining rivojlanayotganini bildirib jamiyatning ehtiyoji shu sohaga ortib borayotganini bildiradi (2-rasm).
i AKT ning globallashuv jamiyatidagi o'rni
Fan
Iqtisodiyot va boshqaruv
Ommaviy axborot vositalari
Barcha sohalardagi yangiliklar
2-rasm. AKT ning globallashuv jamiyatidagi o'rni
L.Xandrabura, N.Gru fikricha, "Ommaviy axborot vositalari ta'lim omili bo'lib, media axborotning turlicha - matn, ovoz, grafika shaklida iste'molchiga uzatiladi"[6]. L.Xandrabura, N.Gru kuzatishlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, uzatish usullarining xilma-xilligiga qarab media turlariga aniqlik kiritadi.
1. Jamoat mediasi ommaviy axborot vositalari tijorat maqsadlarida va plyuralizm, to'g'rilik va teng huquqlilik tamoyillari asosida mamlakat, mintaqa aholisini xabardor qilish.
2. Davlatga siyosatini targ'ib etuvchi media vositalari bu hukumat siyosatini belgilovchi televidenie va radio hisoblanadi.
3. Xususiy media sarmoya kiritgan bir nechta shaxslarning qiziqishlari natijasi hisoblanadi:
- tijorat - daromad olish maqsadida axborotni iste'molchiga yetkazish bilan shug'ullanadi;
- axborot-ta'limni rag'batlantirish maqsadida madaniyat, ilm-fan, ekologiya va shunga yaqin xizmatlar bilan shug'ullanadi;
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 6
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
- jamoatchilik fikrini manipulyatsiya qilib foydali va raqobatchilarga zarar keltiradigan axborotni tarqatish bilan shug'ullanadi.
4. Mustaqil media moliyalashtirish shakli va egasidan qat'iy nazar, barcha ommaviy axborot vositalari mustaqil tahririyat siyosatini olib boradi. Ularning axborotlarda hech qanday siyosiy yoki iqtisodiy kuchni qo'llab-quvvatlamaydi, hech qanday mafkuraviy chiziqni targ'ib qilmaydi, balki teng darajada jamiyatdagi barcha muammolar va voqealarni aks ettiradi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Узбекистан Республикаси Президентининг 2018-йил 13-декабрдаги "Узбекистан Республикаси давлат бошкарувига ракамли иктисодиёт, электрон х,укумат х,амда
/— V V V V • V м
ахборот тизимларини жорий этиш буйича кушимча чора-тадбирлар фрисида ги ПФ-5598-сон Фармони / Крнун х,ужжатлари маълумотлари миллий базаси, 13.12.2018 й., 06/18/5598/2313-сон).
2. Узбекистан Рeспубликaси Президентининг 2019-йил 2-февралдаги "Ахборот сох,аси ва оммавий коммуникацияларни янада ривожлантиришга оид кушимчa чoра-тaдбирлaр туfрисидa"ги ПФ-5653-сон Фармони. 04.02.2019 й., 06/19/5653/2568-сон; 11.12.2019 й., 06/19/5892/4134-сон.
3. Узбекистон Республикаси Президентининг 2018-йил 19-февральдаги "Ахборот технологиялари ва коммуникациялари сох,асини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари т;^рисида"ги ПФ-5349-сон Фармони (Конун х,ужжатлари маълумотлари миллий базаси, 20.02.2018 й., 06/18/5349/0792-сон; 14.12.2019 й., 06/19/5894/4161-сон; Конунчилик маълумотлари миллий базаси, 24.07.2021 й., 06/21 /6268/0700-сон).
4. Узбекистон Республикаси Президентининг 2020-йил 27-февралдаги "Педагогик таълим сох,асини янада ривожлантириш чора-тадбирлари т;^рисида"ги, ПК-4623-сонли карори. 28.02.2020 й., 07/20/4623/0220-сон.
5. F.Мирзо, Иброх,имова О. Ахборот эркинлиги - демократиянинг мух,им таянчи. 28.11.2022. https://uza.uz/uz/posts/ ахборот-эркинлиги-демократиянинг-мух,им-таянчи _411507.
6. Хандрабура Л. Медиаобразование: Учебник: (7/8 класс) / Лоретта Хандрабура, Наталия Грыу. - Кишинев: Б. и., 2020.стр-153.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
HKadirov Tulkin, dotsent v.b, [Кадиров Тулкин, и.о доцент], [Tulkin Kadirov,
associate professor]; manzil: O'zbekiston, Samarqand viloyati, Samarqand sh. X.Obiddinov ko'chasi, 7-uy [адрес: Узбекистан, Самаркандб город Самарканд,. улица Х. Обиддинова, 7], [address: Uzbekistan, Samarkand region, Samarkand sh. H. Obiddinov Street, 7]