Научная статья на тему 'KASBIY KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHDA AMALIY MAZMUNDAGI KOMPETENT MASALALARNI O‘RNI'

KASBIY KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHDA AMALIY MAZMUNDAGI KOMPETENT MASALALARNI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
bo‘lg‘usi matematika o‘qituvchichisi / kompetensiyaviy yondashuv / kompetensiya / kasbiy kompetensiya / kompetent masala / amaliy mazmundagi kompetent masala.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — O‘rinov Xalimjon Xamdamjonovich

Mazkur maqola bo‘lg‘usi matematika o‘qituvchilarini tayyorlashga bag‘ishlangan bo‘lib, unda mazkur muammoni hal etishda kasbiy kompetensiyalarni o‘rni ularni shakllantirish imkoniyatlari va bunda amaliy mazmundagi kompetent masalalarning o‘rni yetarli darajada ochib berilgan. Shu nuqtai nazarda rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimi va mamlakatimizdagi amaldagi ta’lim tizimining tahlillari shuni ko‘rsatadiki, mamlakatning har tomonlama rivojlanishini, jumladan, uning ijtimoiy-iqtisodiy, milliy-madaniy istiqbollarini belgilashda kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lg‘usi matematika o‘qituvchilarni tayyorlashga erishish talab etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KASBIY KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHDA AMALIY MAZMUNDAGI KOMPETENT MASALALARNI O‘RNI»

KASBIY KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHDA AMALIY MAZMUNDAGI KOMPETENT MASALALARNI

O'RNI

O'rinov Xalimjon Xamdamjonovich

Farg'ona davlat universiteti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.13897536

Annotatsiya. Mazkur maqola bo'lg'usi matematika o'qituvchilarini tayyorlashga bag'ishlangan bo'lib, unda mazkur muammoni hal etishda kasbiy kompetensiyalarni o'rni ularni shakllantirish imkoniyatlari va bunda amaliy mazmundagi kompetent masalalarning o'rni yetarli darajada ochib berilgan. Shu nuqtai nazarda rivojlangan mamlakatlar ta'lim tizimi va mamlakatimizdagi amaldagi ta'lim tizimining tahlillari shuni ko'rsatadiki, mamlakatning har tomonlama rivojlanishini, jumladan, uning ijtimoiy-iqtisodiy, milliy-madaniy istiqbollarini belgilashda kompetensiyaviy yondashuv asosida bo'lg'usi matematika o'qituvchilarni tayyorlashga erishish talab etiladi.

Аннотация. Данная статьяпосвящена подготовке будущих учителей математики, при этом достаточно раскрыта роль профессиональных компетенций в решении этой проблемы, возможности их формирования, а также роль компетентностных вопросов практического содержания. В связи с этим анализ системы образования развитых стран и современной системы образования в нашей стране показывает, что в основе математики будущего лежит компетентностный подход в определении комплексного развития страны, в том числе ее социально-экономического, национального и культурного развития перспективы, необходимо добиться подготовки учителей.

Abstract. This article is devoted to the training of future mathematics teachers, while the role of professional competencies in solving this problem, the possibilities of their formation, as well as the role of competence issues ofpractical content are sufficiently disclosed. In this regard, an analysis of the education system of developed countries and the modern education system in our country shows that the mathematics of the future is based on a competence-based approach in determining the comprehensive development of the country, including its socio-economic, national and cultural development prospects, it is necessary to achieve teacher training.

Kalit so'zlar: bo'lg'usi matematika o 'qituvchichisi, kompetensiyaviy yondashuv, kompetensiya, kasbiy kompetensiya, kompetent masala, amaliy mazmundagi kompetent masala.

Ключевые слова: будущий учитель математики, компетентностный подход, компетентность, профессиональная компетентность, компетентная проблема, компетентная проблема в практическом содержании.

Keywords: future mathematics teacher, competence approach, competence, professional competence, competent problem, competent problem in practical content.

Kirish

Xozirgi kunda fan tarmog'ini qaysi yo'nalishini olmaylik amaliy mazmundagi kompetent masalalarning o'rni oldingi o'rinlarda turadi.

An'anaviy ta'lim tizimida bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish asosiy vazifa hisoblanib kelingan. Kompetensiyaviy yondashuv asosida bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlashda esa kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish va ularni yanada rivojlantirish muhim o'rin tutadi.

Kasbiy kompetensiya ma'lum kasbiy ko'nikmalarni, hamda ushbu ko'nikmalarni kasbiy faoliyat yuritish jarayonida va har bir kasb egasining, jumladan o'qituvchining shaxsiy fazilatlarini mazkur faoliyat jarayonida samarali qo'llay olish qobiliyatini o'z ichiga oladi.

Kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishda matematik masalalardan foydalanib talabaning mutaxassisligi bilan bog'liq bo'lgan aniq vaziyatlarni modellashtiriladi, bunda o'quvchilarning ma'lum matematik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yashirin xususiyatlarni topish kerak. Bunday masalalarni yechish o'quvchilarning matematika faniga bo'lgan qiziqishini oshirishga va shu bilan birga uni amaliyotda qo'llashga yordam beradi.

Material va metodlar

Har qanday amaliy mazmundagi kompetent masalalarni hal qilishning eng murakkab vaziyati bu masala mazmunini "matn tili" dan "matematika tili" ga o'tkazishdan iborat. Ushbu faoliyat talabalarning umumiy kasbiy tayyorgarligi bilan bog'liq.

Amaliy mazmundagi kompetent masalalarni hal qilish ma'lum bir kasbda shaxsga qanday talablar qo'yilishi, u qanday kasbiy kompetensiyalarni egallashi kerakligini aniqlashdan boshlanishi kerak. Kasbiy kompetent masalalarni tanlash jarayonida faqat mavjud matematika dasturlariga xos bo'lgan bilim va ko'nikmalardan kelib chiqibgina qolmay, balki o'quvchilarning kasbiy faoliyatiga kerak bo'ladigan bilimlarni ham kiritish maqsadga muvofiqdir. Shu bilan birga, ishlab chiqarishning rivojlanish tendensiyasi bilan bog'liq bo'lgan mutaxassisni kasbiy tayyorlashda matematik bilimlarning ahamiyati istiqbolini hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Ba'zi hollarda kasbni egallash uchun matematik obyektlar haqida to'liq ma'lumot olish kerak bo'ladi. (O'rinov. 2021)

Talabalarning kasbiy malakasini rivojlantirishga qaratilgan vaziyatlarni yaratish muhim rol o'ynaydi: diagrammalar, grafiklar, algaritim sxemalari va boshqalar bilan birga bo'lishi mumkin bo'lgan vaziyatlardir. Ushbu vaziyatda yuzaga keladigan muammoni hal qilish uchun, masalalar matnidan kerakli ma'lumotlarni ajratib olish qobiliyati talab qilinadi. Bunda ob'yektlar va matematik munosabatlarni ajratib olish, tasvirlangan vaziyatning matematik modelini yaratish, uni o'zgartirishni amalga oshirish va olingan natijalarni matematik atamalar va tushunchalar bilan izohlash maqsdga muvofiq bo'ladi. (M.Barakayev 2019)

Matematikani o'qitishda kasbga yo'naltirilgan vazifalar alohida hollarda emas, balki tizimli ravishda qo'llanilishi kerak. Shu sababli, talabalarning kelgusida mutaxassisligi bilan bog'liq muammolarni hal qilish yo'llari ko'rib chiqiladigan alohida fanlarni ajratib ko'rsatish tavsiya etiladi. Bu mutaxassisning kasbiy faoliyatidan turli vaziyatlarni samarali hal qilishga va mavjud tayanch matematik bilimlaridan foydalangan holda ularning yechimlarini topishga yordam beradi. Bunday fanlar o'quvchilarning matematikaning o'ziga bo'lgan qiziqishini oshiradi, chunki ular matematikaning amaliy imkoniyatlarini ko'rish imkonini beradi. Bundan tashqari, matematik tushunchalar shakllanadi va mustahkamlanadi, matematik bilimlarni qo'llash ko'nikmalari shakllanadi, o'rganilayotgan matematika kursining ahamiyati va amaliy ahamiyatini to'g'ri tushunish shakllanadi.

Olingan natijalar va Muhokama

Amaliy mazmundagi kompetent masalalarni hal qilishda bo'lg'usi mutaxassislarda kuchli irodali xarakter xususiyatlari shakllanadi, ichki mativlar rejasi, oqilona faoliyat uslubi, boshlagan kasbi uchun mas'uliyat va uni oxirigacha yakunlash zarurati, ijodiy tashabbuskorlik va boshqa ko'plab psixologik va pedpgogik xususiyatlar hamda shaxsiy fazilatlar shakllanadi.

Kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishga yo'naltirilgan matematika darslarida maqsad va unga erishish usullaridan kelib chiqib, o'z faoliyatini tashkil etish kabiy kompetensiyalarni shakllantirish va amalda qo'llash mumkin; ish holatini tahlil qilish, joriy va yakuniy nazoratni

amalga oshirish, o'z faoliyatini baholash va tuzatish; o'z ishining natijalari uchun javobgarlik; kasbiy vazifalarni samarali bajarish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni hal qilish va boshqalar. (Bochkareva va boshqalar. 2014)

Kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qiladigan amaliy mazmundagi kompetent masalalarga misollar keltiramiz.

1-masala. Ishchilarning tushlik tanaffusidan doimiy kechikishidan norozi bo'lgan kompaniya rahbariyati jarimalar tizimini joriy etishga qaror qildi. Tushlikdan 10 daqiqadan ko'proq kechikish uchun 15 000 so'm jarima solindi. O'tgan oylardagi kuzatuvlar shuni ko'rsatdiki, har kuni o'rtacha 150 xodimdan 70 tasi tushlikdan kechikadi.

Sotsiologik tadqiqotlar tahlillari shuni ko'rsatadiki, bunday jarimalar joriy qilinganidan keyin 2-oyda kechikishlar 42% ga, 3-chi oyda esa yana 20% ga kamayadi (ya'ni 1-oylik darajadan 62% ga). 3 oyda qancha summa jarima shaklida kompaniyaga qaytarilishi mumkin? Hisoblashda bir oyda 24 ish kuni bor deb hisoblash kerak.

Yechish: Jami holatlar: Ä=150-24 kabi belgilaymiz. Oylar bo'yicha kechikishlarni quyidagi jadvaldagi kabi belgilaymiz.

№ Kechikishlar jarimalar

1 1- oyda: 0,62-А

2 2- oyda: 0,42-А

3 3- oyda: 0,2-А

Jami kechikishlar 1,24-А

Yuqoridagilardan 1,24-150-24=4464 ifodani qiymatini topamiz.

Javob: 66 960 000 so'm kompaniyaga qaytarilgan.

2-masala. Marjonani onasi nok, olmam va behi sotib olish uchun bir ozroq pul sarfladi. Agar nok besh baravar, olma ikki baravar, behi esa 2,5 baravar arzonroq bo'lsa, xuddi shu xarid 80000 so'mga tushadi. Agar nok 2 barobar, olma 4 baravar va behi 3 baravar arzonroq bo'lsa, Marjonani onasi maxsulotlarni xarid qilish 120000 so'm sarflaydi. To'liq xarid qancha turadi?

Yechish: x so'm - nok, y so'm - olma, z so'm - behi deb belgilab, masala shartlaridan quyidagicha tenglamalar sistemasini tuzish mumkin х у 2 z

5 + 2 +Г = 80 000 Í2x + 5 y + 4 z = 800 000

X + y + Z = 120000 bundan (6 x + 3 y + 4z = 1440000

.2 4 3

Shunday qilib, biz uchta noma'lumni o'z ichiga olgan ikkita tenglamaga ega bo'lamiz. Ushbu sistemadan uchta noma'lumni aniqlab bo'lmaydi. Ya'ni x + y + z to'liq xaridning narxini topish kerak.

Yuqoridagilarga asosan x va y qiymatlarini solishtiramiz. Tenglamalar sistemasidan z ning qiymatini chiqarib tashlasak, 2x - y = 32 yoki x + (x - y) = 32 ni olamiz.

Chunki x > 0, y > 0, z > 0 va x + y + z = 28 teng bo'ladi. Demak, x < 28 x - y > 4, ya'ni. x > y .

Bundan quyidagini tuzish mumkin, 8x + 8y + 8z = 2 240 000 yoki x + y + z = 280 000 , ya'ni, to'liq xarid 280 000 so'mni tashkil qiladi.

Javob: To'liq xarid 280 000 so'mni tashkil qiladi

3-masala. Reklama maqsadida maishiy texnika ishlab chiqaruvchi "A" firmasi mikroto'lqinli pechni har 20 - qutiga va "V" firmasi - har 30 - qutiga sovg'a vaucherlarini qo'ydi.

Agar do'kondor "A" firma 50 quti va "V" firmadan 60 quti olgan bo'lsa, taqdim etilishi mumkin bo'lgan eng ko'p sovg'a vaucherlarini toping.

Yechish: Agar do'konchi A firmada ishlab chiqarilgan dastlabki 50 ta qutini oladigan bo'lsa, sovg'a vaucherlari 2ta bo'ladi. Lekin dastlabki yoki sovg'ali qutidan keyingi chiqarilgan 10 ta qutidan keyingi 50 ta quti olinsa, u holda 3 ta vaucher bo'ladi.

Shuning uchun A firmadan 2 yoki 3 ta sovg'ali vaucherlar olishi mumkin, V firmadan esa 2 ta sovg'ali vaucherlar oladi.

Javob: 4 ta yoki 5 ta.

Bunday mazmundagi masalalarni yechish orqali bo'lg'usi matematika o'qituvchilari tegishli nazariy materialni o'zlashtirish bilan bir qatorda amaliy matematik faoliyatning xususiyatlarini ko'rsatish, shuningdek, kelgusida kasbiy faoliyati jarayonida o'quvchilarida matematik kompetensiyalarni shakllantirish ko'nikma va malakalari rivojlanadi.

Xulosa

Yuqorida keltirilgan topshiriq mazmunidagi masalalarni bajarish o'quvchi-talabalarda tadqiqotchilik kompetensiyalarni shakllantirishda muhim o'rin tutadi.

Umuman, kompeten masalalardan foydalanish o'quvchilarda anglangan bilimlarni egallash imkoniyatlarin oshirsa, yuqorida keltirilgan masalalardan foydalanish bo'lg'usi matemetika o'qituvchilarini kasbiy tayyorgarligini oshirishga olib keladi.

REFERENCES

1. Barakayev M. Ta'limda kompetensiyaviy yondashuv - nazariya bilan amaliyotning o'zaro bog'liqligiga erishish omili sifatida. //Scientific Conference CONTROL, OPTIMIZATION AND DYNAMICAL SYSTEMS - 2019, ABSTRACTS Andijan, Republic of Uzbekistan, 17-19 October 2019//. - Andijan, 2019, pp.120-121.

2. Бочкарева О. В., Снежкина О. В., Сироткина М. А. Формирование профессиональных умений на занятиях по математике // Молодой ученый. - 2014. - №2. - С. 735-738. -URL https://moluch.ru/archive/61/9214/

3. O'rinov X. Kompetent masalalar - zamonaviy matematika o'qituvchisining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish omili sifatida // Ilmiy axborotnoma. -Namangan, 2021. -№11. -B. 677-681.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.