Научная статья на тему 'KASBGA YO‘NALTIRISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA XALQARO TAJRIBALARDAN FOYDALANISH'

KASBGA YO‘NALTIRISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA XALQARO TAJRIBALARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
xorijiy tajriba / ta’lim inspeksiyasi / mamlakat / ta’lim / tajriba / tuzilma / xalqaro baholash.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Qurbonova Baxtixon Qo‘Chqarbayevna, Xatamova Durdonaxon Bobobek Qizi

Maqolada Yaponiya ta’lim tizimi tuzilmasi, tajribasi va zamonaviy ta’lim dasturlari qisqacha tahlil qilingan. Shuningdek, ta’lim tizimidagi yutuqlari, ta’lim standartlari monitoring qilingan. O‘zbekistonning ayni damdagi yutuqlari e’tirof etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KASBGA YO‘NALTIRISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA XALQARO TAJRIBALARDAN FOYDALANISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

KASBGA YO'NALTIRISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA XALQARO

TAJRIBALARDAN FOYDALANISH 1Qurbonova Baxtixon Qo'chqarbayevna, 2Xatamova Durdonaxon Bobobek qizi

1FarDU professori, pedagogika fanlari doktori, 2FarDU magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11073219

Annotatsiya. Maqolada Yaponiya ta'lim tizimi tuzilmasi, tajribasi va zamonaviy ta'lim dasturlari qisqacha tahlil qilingan. Shuningdek, ta'lim tizimidagi yutuqlari, ta'lim standartlari monitoring qilingan. O'zbekistonning ayni damdagi yutuqlari e'tirof etilgan.

Kalit so^zlar: xorijiy tajriba, ta'lim inspeksiyasi, mamlakat, ta'lim, tajriba, tuzilma, xalqaro baholash.

Аннотация. В статье кратко анализируются структура, опыт и современные образовательные программы передовых зарубежных образовательных систем, таких как Япония. Также осуществлялся мониторинг достижений в системе образования, образовательных стандартов. Нынешние достижения Узбекистана получили признание.

Ключевые слова: страна, образование, опыт, зарубежный опыт, инспекция образования, структура, международная оценка.

Abstract. The article briefly analyes the structure, experience and modern educational Programs of the advanced foreign education system such as Japan. Also achievements in the education system, educational stan-dards are monitored. The achievements of Uzbekistan at the same time are recognized.

Keywords: country, education, experience, foreign experience, education structure, international evaluation.

Yurtimiz ta'limi keng qamrovli islohotlarni hamda qayta qurish ishlarini amalga oshirishdek murakkab jarayonni boshidan kechirdi va kechirmoqda. Ulardan ko'zda tutilgan maqsad maktab faoliyatini demokratlashtirish uning, insonparvarlik tamoyillarini rivojlantirish, shu asosida o'quv tarbiya ishlari mazmunini, uning shakl va uslubini kompleks yangilash va yanada takomillashtirishdan iboratdir. Yangilangan ta'lim to'la ma'noda yangicha tafakkur, sog'lom fikr demakdir. Hozirgi davrda ta'limning qadr -qimmati, obro' va nufuziga teng darajada uning ijrochilarida tashabbuskorlik, fidoyilik va ishbilarmonlik ham bo'lmog'i zarur. Davlatimiz rahbari mamlakatda kadrlar muammosi mavjudligini barcha sohalarga islohotlar sur'atiga mos zamonaviy mutaxassislar kerakligini aytgan edi. Shu maqsadda butun ta'lim tizimi takomillashtirilmoqda. Maktabgacha ta'lim rivojlantirilayotgani maktab saboqlariga puxta zamin bo'lmoqda. Umumiy o'rta ta'lim sifati ilg'or xalqaro tajriba va zamon talablari asosida yuksaltirilmoqda.

Prezident maktablari, buyuk allomalarimiz nomi bilan ataladigan ixtisoslashtirilgan maktablar, ijod maktablari, Temurbeklar maktablari kabi zamonaviy va innovatsion ta'lim maskanlari tashkil etildi.Ularda xalqaro tajribalar yo'lga qo'yilganligi kelajakda yetuk kadrlar yetishib chiqishidan dalolat beradi. 2019-yil 26- noyabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Zamonaviy maktab" larni tashkil etish chora tadbirlari to'g'risida" gi qaror qabul qilindi. Qarorga muvofiq 2021-yilgacha maktablarning kamida 3 foizi, 2025-yilgacha 20 foizi 2030-yilga qadar esa 50 foizini "zamonaviy maktab" larga aylantirishning asosiy parametrlari belgilandi.

Ta'limdagi muvvafaqiyat, aksariyat dadil harakat qiluvchilar tarafida bo'ladi. Dadil harakat, shijoat tufaylidir. Shijoatni esa insonga, o'zbek milliy pedagogikasining mumtoz

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

namoyondasi Abdulla Avloniy takidlaganlaridek maktab ilm- ma'rifat baxsh eta oladi. Qadimdan bizda bilim olish qadrlangan. Bilimdon kishilar esa el- yurt ardog'ida bo'lganlar. Shuning uchun ham bilim olish va olingan bilimni mamlakatimiz xizmati yo'lida xizmat qildirish oliy insoniylik burchimizdir. Bu vazifalarni muvvafaqiyatli hal etishni muhim shartlaridan biri chet el maktabi va pedagogikasi, tajribalarini o'rganishdir. Xalqaro tajribalarini sinchkovlik va qunt bilan o'rganish orqali ta'lim tarbiyada qotib qolgan, o'z dolzarbligini yo'qotb borayotgan ish shakllari, uslublaridan xalos bo'lish bilan birga, uni munosib tarzda yangilashda qo'shimcha boy manbalarga ega bo'lamiz.

Yurtimiz ta'limi keng qamrovli islohotlarni hamda qayta qurish ishlarini amalga oshirishdek murakkab jarayonni boshidan kechirdi va kechirmoqda. Ulardan ko'zda tutilgan maqsad maktab faoliyatini demokratlashtirish uning, insonparvarlik tamoyillarini rivojlantirish, shu asosida o'quv tarbiya ishlari mazmunini, uning shakl va uslubini kompleks yangilash va yanada takomillashtirishdan iboratdir. Yangilangan ta'lim to'la ma'noda yangicha tafakkur, sog'lom fikr demakdir. Bugungi kunda har qaysi xalq davlat va jamiyatning taraqqiyot darajasi, avvalambor uning inson kapitaliga, inson rivojida berayotgan e'tibori bu yo'ldagi sayi-harakatlari bilan o'lchanadi.

Yurtimizda matematika, kimyo, fizika, va biologiya darslarining 10 foizigina amaliy mashg'ulotga ajratilgan. Rivojlantirilgan davlatlarda bu ko'rsatkich 30-50-foizni tashkil etadi. Shu bois xalq ta'limi vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga o'quv dasturlarida raqamli texnologiyalardan keng foydalanish, aniq fanlarda amaliy mashg'ulotlar ko'lamini oshirish vazifasi qo'yildi.

Bugungi kunda har qaysi xalq davlat va jamiyatning taraqqiyot darajasi, avvalambor uning inson kapitaliga, inson rivojida berayotgan e'tibori bu yo'ldagi sayi- harakatlari bilan o'lchanadi. Bugungi kunda ta'lim mazmuniga bo'lgan e'tibor rivojlangan mamlakatlardagi shart -sharoitlarga yetib bormoqda. Buning isboti sifatida xorijiy mamlakatlatlar ta'lim tizimini tahlil qilib o'tamiz.

Yaponiya ta'lim tizimi: Yaponiya ta'limida "iqtidorli o'quvchi" tushunchasi yo'q. chunki har bir o'quvchi alohida iqtidor sohibidir. Ilg'or mamlakatlar ichida Yaponiya ta'limi o'ziga xos yo'nalishi yetakchi o'rinni egallaydi. Jumladan, Yaponiya ta'lim tizimining tarkibi quyidagicha: maktabgacha ta'lim , boshlang'ich maktab , kichik o'rta maktab, yuqori o'rta maktab, oliy ta'lim tizimlariga kiruvchi oliy o'quv yurtlari. Boshlang'ich maktabda o'qituvchilar bolalarni tanqidga, ya'ni o'z xulqining yomon jihatlarini, maktabdagi kamchiliklarni tanqid qilishga o'rgatishadi. Bundan ko'rinib turibdiki, o'qituvchi faqat ta'lim berish bilan cheklanib qolmay, bolaning har tomonlama rivojlanishiga tasir etadi.

Yaponiya rivojlangan davlatlar ichida o'qituvchining maoshi davlat rahbarlari orasida ham yuqori bo'lgan yagona davlat. Majburiy ta'lim muhiti. Ta'limning bu pog'onasi 6 yoshdan 15 yoshgacha bo'lgan bolalarni o'z ichiga oladi. Muhtoj oilalarning bolalariga moddiy yordam ko'rsatiladi. Yuqori o'rta maktab 10-11-12-sinflarni o'z ichiga oladi, bunday maktablarning kunduzgi, sirtqi, kechki bo'limlari mavjud.

Yuqori bosqich o'rta maktablarda butun o'quv jarayonida o'quvchilar 80 ta sinov topshirishadi. O'quvchilar majburiy asosiy fanlardan tashqari o'z xohishlariga ko'ra ingliz tili, texnik ta'lim va maxsus sinovlarga jalb etiladi. Universitetlariga yuqori va o'rta maktabning yoki 12 yillik oddiy maktabni bitirgan o'quvchilari qabul qilinadi. Universitetlarga qabul qilinish 2 bosqichga bo'linadi: 1-bosqich turar joyda o'tkaziladi, buning uchun yapon tili, matematika, fizika, kimyo, jamiyatshunoslik, tarix bo'yicha test sinovlaridan o'tkaziladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

Yaponiyada oliy ta'lim majburiy hisoblanadi va u kasb ta'limi bilan uzviy bog'liqdir. Yaponiyada bolalar tarbiyasida onalarning roli va mas'uliyati ayniqsa kattadir. Ular farzandlarining aqlli, dono va mehnatsevar bo'lib o'sishlari uchun oila sulolasi va davlat oldida o'zlarini ma'sul deb hisoblaydi. Yaponiyada oilaviy tarbiya xususida ko'plab metodik qo'llanmalar va tavsiyanomalar nashr etiladi, radio va televideniya orqali ko'plab pedagogik maslahatlar berib boriladi.

Yaponiyada faqat milliy an'analar bilan cheklanib qolmay jahondagi AQSH, Fransiya, Germaniya kabi taraqqiy etgan mamlakatlarning ilg'or pedagogik ish tajribalari ham ijodiy o'zlashtirilgan. Bunday tajribalar Respublikamiz ta'lim tizimini yanada yuqori pog'onaga ko'tarishda qo'l kelishi shubhasiz.

O'zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta'lim sifatini nazorat qilish ta'lim inspeksiyasi tashkil qilinganiga endigina 2 yildan oshdi. O'tgan davr mobaynida inspeksiyaga yuklatilgan vazifalarni bajarish bo'yicha ilg'or xorijiy tajribalarni o'rganish va ularni yurtimiz ta'lim sifatini baholash ishlarini joriy etish bo'yicha maqsadli ishlar olib borilmoqda. Biz ayni damda chet el pedagogikasidagi ilg'or jihatlarini o'zashtirish, yangi- yangi o'quv predmetlarini ta'lim tarkibiga kiritish bilan jahondagi eng ilg'or pedagogikalarning biriga aylantirishga erishamiz.

REFERENCES

1. A.A. AXMEDOV. IJTIMOIY PEDAGOGIKA/ [Matn]: o'quv qo'llanma Amin Axmedov -Buxoro : "BUXORO DETERMINANT?' MCHJning Kamolot nashriyoti, 2023. - 244 b.

2. Begmatov A., Quraev M. Ijtimoiy pedagogikaning dolzarb masalalari. T.: OPI to'plami.

3. Golovanova N.F., Boshlang'ich sinf o'quvchisini ijtimoiylashtirish pedagogik muammo sifatida. - SPb .: Maxsus adabiyotlar, 1997. S. 17.

4. Journal of collage teaching

5. Ne'matova Flora Baxtiyorovna "Ijtimoiy pedagogika" "Fan va ta'lim" nashriyoti Buxoro-2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.