Научная статья на тему 'KASALLIK NOMLARIGA OID LEKSEMALARNING LINGVOMADANIY, LINGVOKOGNITIV TADQIQI'

KASALLIK NOMLARIGA OID LEKSEMALARNING LINGVOMADANIY, LINGVOKOGNITIV TADQIQI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tibbiy terminlar / lingvomadaniyat / kognitiv lingvistika / semantika / tushuncha / mantiqiy kategoriya. / medical terms / linguistics / cognitive linguistics / semantics / understanding / logical category.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Qobilov M.E.

Ushbu maqolada tibbiy leksemalarning lingvomadaniy, lingvokognitiv tadqiqi borasida so‘z boradi. Unda maqollar yordamida tibbiy leksemalarning lingvomadaniy jihatlari ochib beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LINGO-CULTURAL AND LINGO-COGNITIVE STUDY OF LEXEMAS RELATED TO DISEASE NAMES

This article covers the linguistic, linguocognitive study of medical lexemes. In it, with the help of Proverbs, the linguistic aspects of medical lexemes are revealed.

Текст научной работы на тему «KASALLIK NOMLARIGA OID LEKSEMALARNING LINGVOMADANIY, LINGVOKOGNITIV TADQIQI»

Qobilov M.E.

Termiz davlat universiteti O'zbek tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi

KASALLIK NOMLARIGA OID LEKSEMALARNING LINGVOMADANIY, LINGVOKOGNITIV TADQIQI

Annotatsiya. Ushbu maqolada tibbiy leksemalarning lingvomadaniy, lingvokognitiv tadqiqi borasida so Z boradi. Unda maqollar yordamida tibbiy leksemalarning lingvomadaniy jihatlari ochib beriladi.

Kalit so'zlar: tibbiy terminlar, lingvomadaniyat, kognitiv lingvistika, semantika, tushuncha, mantiqiy kategoriya.

Kabilov M.E. teacher

Department of Uzbek Linguistics Termiz State University

LINGO-CULTURAL AND LINGO-COGNITIVE STUDY OF LEXEMAS

RELATED TO DISEASE NAMES

Abstract. This article covers the linguistic, linguocognitive study of medical lexemes. In it, with the help of Proverbs, the linguistic aspects of medical lexemes are revealed.

Key words: medical terms, linguistics, cognitive linguistics, semantics, understanding, logical category.

Kirish. Bilamizki, Lingvokulturologiya - tilshunoslikning til, madaniyat, xalq madaniyatining tilda namoyon bo'lish xususiyatlarini aks ettiruvchi, o'rganuvchi fan. Til birliklarining lingvokulturologik tahlili tilshunoslik va madaniy hamjamiyatning o'ziga xos xususiyatlari, milliy-madaniy xarakteristikani tavsiflaydi, kommunikativ toifa, milliy madaniyat tushunchasining ahamiyatini tushuntiradi31.

Lingvokulturologiyaning asosiy vazifasi ma'lum bir lingvokulturologik doiraning muloqot makonining madaniy kelib chiqishi, diskurs va til, shuningdek, lisoniy birlikning madaniy belgilar terminlari interpritatsiyasi, xalqning tarixiy xotirasi prizmasidan kelib chiqqan holda tavsiflashdan iborat32. Shu jihatdan olib qaraganimizda, tibbiy diskursni, ya'ni kasallik nomlariga oid leksemalarni lingvokulturologik jihatdan tahlil qilish matnning lingvokulturologik maydonini tashkil etuvchi lingvokulturologik birliklar tizimini aniqlashni, matnning mazmuniy-tematik dominantlari sifatida madaniy tushunchalarni o'rganishni, nutqni individual - muallifning tilshunosligi sifatida ko'rib chiqishni o'z ichiga

31 Газизов Р. А., Мурясов Р. З. Лингвокультурология и современная лексикография. 2016.. № 2

32 Маслова В.А. Лингвокультурология.-М.: 2001

oladi. "Madaniy ahamiyatga ega so'z boyligi, - deb to'g'ri yozadi O.S.Chesnokova, - o'ziga xos konseptual va konnotativ yukka ega33. Boshqacha qilib aytganda, tabiatan bunday so'zlar qimmatli ma'lumot ombori, ammo tayyor bo'lmagan odam uchun, agar siz ularning ma'nosini tushunmasangiz, tushunishga jiddiy to'sqinlik qilishi mumkin. Bunday asarlar tabiatan qo'llaniladi, chunki ulardagi ma'lumotlar keyinchalik hayotda (ishda, sayohatda va hokazo) foydalanish uchun berilgan. Badiiy adabiyot, bunda estetik funksiya axborotdan ustun bo'lsa-da, xuddi shunday rolni bajarishi va xalq tarixi, madaniyati va kundalik hayoti haqida ekstralingvistik bilim manbayi bo'lishi mumkin. Lingvokulturologiyaning bevosita tibbiy diskurs bilan bog'liq jihatiga kelsak, shuni aytish lozimki, tibbiy diskurs ham boshqa til birliklari qatorida bu sohaning tadqiq obyektlaridan biri hisoblanadi. "Lingvokulturologiya" kitobining muallifi V.A. Maslova bu borada quyidagicha yozadi: "Matn tilshunoslik va madaniyatning haqiqiy kesishuv nuqtasidir. Zero, diskurs til hodisasi va uning oliy sathi hisoblanadi, shu bilan birga, u madaniyat mavjudligining amal qilish shakli hamdir"34.

Ayni paytda tilga antroposentrik yondashuv tilshunoslik sohasining eng so'nggi yutuqlarini o'zida mujassam etib, mustaqil paradigma sifatidagi maqomini borgan sari mustahkamlab bormoqda. Ko'plab tadqiqotchilarning e'tirof etishicha, kognitiv tilshunoslik va lingvokulturologiya antroposentrik paradigmaning yetakchi yo'nalishlari hisoblanadi.

Adabiyotlar tahlili va metodlar. O'tgan asrning so'ngi choragida o'zining ilk qadamlarini qo'ygan kognitiv tilshunoslik XXI asr boshidayoq lingvistikaning peshqadam sohalaridan biriga aylanib ulgurdi. Zamonaviy kognitiv tilshunoslikning vujudga kelishi amerikalik olimlar J. Miller, J. Bruner, J.Lakoff, R.Langaker, R.Jakendoff va boshqalarning ilmiy ishlari bilan bog'lanadi. Kognitiv tilshunoslik tilni falsafadagi bilish nazariyasi bilan bog'lab, uning hosil bo'lishidagi psixologik, biologik va neyrofiziologik jihatlarning ijtimoiy, madaniy va lisoniy hodisalar bilan uzviy aloqasini ilmiy tadqiq etuvchi soha hisoblanadi. Kognitiv so'zi inglizcha " cognize-bilmoq, anglamoq, tushunmoq" demakdir. Kognitiv tilshunoslik "chegaradosh fan" bo'lib, kognitologiya, kognitiv psixologiya, psixolongvistika, lingvistika kabi sohalar to'qnashuvida vujudga keldi. 1975-yilda J. Lakoff va S. Tompsonning maqolasida "kognitiv grammatika"termini paydo bo'ldi-da 80-yillarda yevropaning an'anaviy tilshunosligida kognitiv tilshunoslik qaror topdi. Rus tilshunosligiga esa kognitiv lingvistika V.I. Gerasimovning ("Новое в зарубежной лингвистике",1988) ilmiy maqolasi bilan kirib keldi. Rus tilshunosligining yana bir atoqli vakili E.S. Kubryakova quyidagicha fikr bidiradi: "Kognitologiya ko'p qirrali fan sohalaridandir. Uning doirasida shakllangan tilshunoslik, o'z navbatida,

33 Usmanova Sh. Lingvokulturologiya. - T.: 2014.

34 Маслова В.А. Лингвокультурология.-М.: 2001

murakkab vazifa ijrosini ko'zlaydi, lisoniy va bilim stukturalari o'rtasidagi munosabatlar hamda doimiy muqobilliklar tahlili, izohi rejalashtiriladi"35.

O'zbek tilshunosi Sh.S.Safarovning fikriga ko'ra, "Kognitiv tilashunoslik -ning vazifasi til yordamida bilim olish va saqlash, tilni amalda qo'llash, hamda uzatish, umuman til tizimi va tarkibini inson miyasidagi in'ikosi sifatida tafakkur bilan bog'lab, chuqur ilmiy tadqiq etishdir36.

Professor A.Mamatov til tizimini kognitiv jihatdan tahlil qilish borasida fikr yuritar ekan, shunday deb yozadi: "Kognitiv fan kognisiya bilan shug'ullansa, kognitiv tilshunoslik kognisiyaning, ya'ni bilishning tilda aks etishini, verballashuvini tadqiq qiladi. Tilga bo'lgan kognitiv yondashuv - bu til shaklining oxir-oqibat inson ongi, fikri, bilish strukturalarining aks ettirilishidir. Kognitivlik o'z tuzilishiga ko'ra insonning bilish faoliyatiga tayangan barcha tipdagi bilimlarning tizimlashishini ifodalaydi37.

XXasrning oxirlariga kelib, til va madaniyat muammosi masalasini o'rganishni maqsad qilgan tilshunoslikning yangi sohasi lingvokulturologiya jadal rivojlandi. Lingvokulturologiya - madaniyatshunoslik va tilshunoslik fanlari o'rtasida umumlashma fan bo'lib, til va madaniyatning o'zaro ta'siri va bog'liqligi, bu bog'liqlikning shakllanishi hamda yaxlit bir sistema sifatida til va tildan tashqarida aks etishi kabi hodisalarni o'rganish bilan shug'ullanadi.

Lingvokulturologiya o'rganish obyektiga ko'ra madaniyatshunoslik va tilshunoslik fanlariga birmuncha yaqin, biroq mazmun-mohiyati, o'rganish obyektiga bo'lgan yondashuviga ko'ra farqli deb aytish mumkin. Uning chegaralanuvchi maqomi shundan iboratki, u xalq madaniyatining tilda namoyon bo'lishi hamda ifodalanishi, til mentaliteti, milliyligi, til ruhiyati bilan bog'liq ravishda nutqiy muloqotni tashkil etishdagi milliy-madaniy spesifik qoidalarni o'rganadi hamda millatning tilda aks etgan o'ziga xos milliy til xususiyatlarini aniqlash hodisalarini tadqiq etish bilan shug'ullanadi. Lingvokulturologiyaning vazifasi shundan iboratki, u til birliklarining madaniy mazmunini o'zga til elementlari va madaniyatining tanish simvolik "kodlari" bilan almashtirmagan holda to'liq ochib berishdir.

Muhokama va natijalar. Biz quyida ko'rib o'tmoqchi bo'lgan kasallik nomlariga oid leksemalarning lingvomadaniy, lingvokognitiv jihatlari aynan maqol va matallar yordamida yanada yaqqol namoyon bo'ladi. Sababi shundaki, maqol va matallar jamiyat madaniyati hamda turmush tarzidan, shu bilan birgalikda hududiy mentalitetdan xabar beruvchi vosita hamdir. Biz ayni shu jihatlarni ko'rib chiqishni maqsad qildik:

"Dard" semasini birlashtiradigan o 'zbek xalq maqollari:

35 Кубрякова Е.С О когнитивной лингвистики и семантики термина когнитивны// Вестник Воронежского государственного университета. -Воронеж, 2001.90-с

36 Safarov Sh. S. Kognitiv tilshunoslik.-Jizzax: Sangzor,2006.- B.91

37 Mamatov A. E. Tilga kognitiv yondashuvning mohiyati nimada? Tilshunoslikning dolzarb masalalari: Prof.

A.Nurmonov tavalludining 70 yilligiga bag'ishlab o'tkazilgan ilmiy-amaliy anjuman materiallari.-Andijon,2012/-

B.212-219.

1. Toza havo - dardga davo. Har kuni o'z ustida ishlash, badantarbiya qilish, toza havodan nafas olish har bir insonning salomatligi garovidir. Ushbu maqolda ham toza havodan nafas olish turli dardlarga davoligi aytilgan.

2. Asrayman desa balo yo 'q, O'laman desa - davo. Dardni ham, davosini ham Olloh beradi. Har kim peshanasidagini ko'radi. Taqdirimizga bari yozilgan. Ushbu maqolda ham shu falsafa aks etgan holda ba'zi kasalliklarga o'lim davo, degan tushuncha ham singdirilgan.

"Anqov" semasi qatnashgan xalq maqollari tahlili:

Kasalga davo topilsa ham, Anqovga davo topilmas. Xalqimizda Olloh bergan har qanday kasallikka davo topish mumkin, ammo farosatdan qisgan bo'lsa bedavo, degan gap ham mavjud. Odamlar orasida shunday insonlar borki, ularga qancha tarbiya bersang ham, gap uqtirsang ham befoyda, baribir yuzingga angrayib ne qilishini bilmay qarab turishadi. Ushbu maqol shu kabi kimsalarga atab aytilgan.

Anqov o'yin buzar, Tentak - uyin. Hech narsani tushunmay "qovun" tushuradigan insonlar yaxshigina ketayotgan o'yinni buzishlari, tentak esa axmoqligidan uyini ham buzib yuborishi mumkinligi ushbu maqolda aks etgan.

Yer yuzini baxmal olsa ham, Anqovga taqiyalik tegmas. Anqov, tentak kabi insonlar oldida turgan bir dunyo imkoniyatlardan ham foydalana olmaydi. Go'yoki, yer yuzini baxmal olsa ham u kabi insonlar tangadek joyni ololmasligi kabi. Ushbu maqolda sergak bo'l, imkoniyatlardan foydalan, anqovga o'xshab qolma, degan fikr yoritilgan.

Yolg'onga yo yalqov inonar, Yo - anqov. Xalqimizda "yolg'onga bola ishonadi", "aldagani bola yaxshi" kabi iboralar mavjud. Yana shunday toifadagi insonlar borki, ularni aldash oson. Ular anqov va tentaklardir. Maqolda ehtiyotkor bo'lish lozimligi, har narsaga ishonish kerak emasligi aytilgan.

"Pes" leksemasi qatnashgan xalq maqollari:

Pes pes bilan qorong'uda topishar.Ushbu maqolda "Ko'r ko'rni qorong'uda topadi" degan mazmun bor. Har kim o'ziga mos odam bilan do'stlashadi, Ularning nafaqat dunyoqarashlari, balki ko'rinishlari ham bir xillik kasb etishi haqida so'z boradi.

Pes pesni topar, Suv - pastni. Ushbu maqolda ham yuqoridgi fikr o'z ifodasini topgan.

"Moxov" kasalligi nomi qatnashgan xalq maqollari:

Pesning chekiga moxov tushibdi. Ushbu maqolda har kim o'ziga o'xshagan inson bilan do'st tutinadi, u bilan munosabatga kirishishni hayotning o'zi taqozo etadi, degan fikr o'z ifodasini topgan.

Moxov qoshdan gapirar, Mechkay oshdan gapirar. Har bir inson bu dunyoni o'z qarichi bilan o'lchaydi. Tabiiyki, u aytayotgan fikrda ham uning tafakkuru aks etadi. Yuqoridagi maqolda shu fikr aks etgan.

"Kasal" semasi qatnashgan o'zbekxalq maqollari:

Kasaljonning harakatida, Tabibpulning harakatida. Ushbu maqolda ba'zi tabiblar haqida tanqidiy fikr bildirilgan. Bemor odam jonini asrash uchun har

qanday ishga tayyor bo'lsa, ba'zi tabiblar bemorlardan pulni olish maqsadida har ishga tayyor bo'ladi. Ular uchun iqtisodiy manfaat birinchi o'rinda turadi.

Kasal dardini sog' bilmas, Och qadrini to'q bilmas. Tirik jon bor ekan uning isitmasi ham bor. O'sha holatga tushgan bemorning ahvolini, hissiyotlarini u kabi holatda bo'lmagan inson tushunmaydi. Ushbu maqolda aynan shu fikr o'z ifodasini topgan.

Kasalga so 'z yoqmas, Kambag 'alga - o 'yin. Dardga chalingan insonning nafaqat ishtahasi, balki kayfiyati ham bo'lmaydi. Dardga chalingan inson uchun har qanday so'z ortiqchadek tuyilaveradi. Ushbu maqolda shu haqda gap ketadi.

Kasal - oshdan, Davo - qarindoshdan. Inson biror bir dardga chalinganda bir og'iz shirin so'zga, yoqimli kalonga zor bo'ladi. Shunday vaqtlarda qarindoshlarning siylayi rahm ko'rsatishi joningizga oro kiradi. Mazkur maqolda aynan shu g'oya o'z ifodasini topgan.

Bunday tibbiy birliklar qo'llanilgan maqollarning guruhlarini yanada davom ettirishimiz mumkin. Maqollar tilning ko'rki hisoblanadi. Ulardagi ixcham hajm va ma'no xalq ma'naviyati, zakovati mahsulidir. Maqollardan nutqda foydalanish mazmunni boyitishga, ta'sirchanlikni oshirishga va shuning barobarida tilning ko'rkamligini namoyon etishga olib keladi, nutqning xalq tiliga yaqin bo'lishini ta'minlaydi. Maqol matni qisqa, ixcham va lo'nda fikrlash, aniq bayon etishni taqozo etgani bois ijodkorga qo'l keladi. Maqol matni mazmun jihatdan tahlil etilmaydi, chunki maqollar, odatda, to'g'riligi isbotlangan holda, qayta-qayta ishlanib vujudga keladi. Maqollar asosan ifoda nutqning rang-barangligini, ta'sirchanligini, badiiyligini ta'minlovchi uslubiy vositalardan biri hisoblanadi. Tibbiy birliklar qo'llanilgan maqollarni mumkin qadar o'rganish va tadqiq etish til va nutq uchun xarakterli bo'lib, shu orqali o'zbek tilining lug'at tarkibi boyib boradi. Bunday mazmundagi maqollarga muloqot jarayonida ko'proq murojaat qilish, ayni paytda kishilarning nutq odobi va muomala madaniyati yuksalaveradi. O'zbek tilshunosligida ushbu uslubiy vositaning lisoniy mohiyatini ochib beruvchi maxsus ish yuzaga kelgan emas. Mavjud ma'lumotlar esa ilmiy jamoat ahlini qondirish darajasida emas.

Xulosa. Xullas, ilmiy nutq adabiy nutq ko'rinishining alohida bir shakli bo'lib, bunda individuallik ham sezilmas darajaga boradi. Uning o'ziga xos xususiyatlari ana shuni taqozo qiladi. Faqat ilmiy-ommabop nutq shakllarida ma'lum individuallik yaqqol sezilishi mumkin ya'ni ilmiy nutqda ham ma'lum darajada qolipga solinganlik kuzatiladi. Ilmiy uslub tilshunos M.Mukarramov ta'kidlaganidek, murakkab tipdagi qo'shma gaplarning ko'p ishlatilishi bilan, ayniqsa, xarakterlidir38. Shunday qilib, ilmiy uslub insonning uni o'rab turgan borliq bilan munosabatini, shuningdek, jamiyat, ijtimoiy hodisalar bilan munosabatini ifodalaydi. Bu nutq shakllari ana shu ehtiyojdan kelib chiqqan holda, ana shu munosabatlarni ta'minlash maqsadida yuzaga keladi39. Bundan tashqari, tibbiy leksemalarning lingvomadaniy, lingvokognitiv jihatlarini aynan

38 Mukarramov.M. Hozirgi o'zbek adabiy tilining ilmiy stili.-T.,1981

39 Xalilova.M. O'zbek tili stilistikasi asoslari.''Farg'ona''nashriyoti.2009

maqollar yordamida ochib berish, ularning shifokorlar nutqida yoki oddiy xalq so'zlashuv uslubida qo'llanilishi madaniyatimizga xos bo'lgan jihatlarni ko'rsatib beradi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Газизов Р. А., Мурясов Р. З. Лингвокультурология и современная лексикография. 2016.. № 2

2. Маслова В.А. Лингвокультурология. - М.: 2001

3. Usmanova Sh. Lingvokulturologiya. - T.: 2014.4. Кубрякова Е.С О когнитивной лингвистики и семантики термина когнитивны// Вестник Воронежского государственного университета. -Воронеж, 2001.90-с5. Safarov Sh. S. Kognitiv tilshunoslik. - Jizzax: Sangzor,2006. - B.91 6. Mamatov A. E. Tilga kognitiv yondashuvning mohiyati nimada? Tilshunoslikning dolzarb masalalari: Prof. A.Nurmonov tavalludining 70 yilligiga bag'ishlab o'tkazilgan ilmiy-amaliy anjuman materiallari. - Andijon,2012/-B.212-219.7. Mukarramov.M. Hozirgi o'zbek adabiy tilining ilmiy stili. -T.,1981

8. Xalilova.M. O'zbek tili stilistikasi asoslari.''Farg'ona''nashriyoti.2009

9. Эшнозарович К М. KASALLIK NOMLARIGA OID TERMINLARNING LINGVOSTILISTIK XШШIYATI//МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА. - 2023. - Т. 6. - №. 4.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.