Научная статья на тему 'JUVALI MAYDALAGICHLARNING SEMENT ISHLAB CHIQARISH SANOATIDAGI O‘RNI'

JUVALI MAYDALAGICHLARNING SEMENT ISHLAB CHIQARISH SANOATIDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
10
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qurilish / juvali maydalagich / sement / maydalash / mashina / jixozlarnilar / hom-ashyolar / ish unumdorligi / klasifikatsiyasi / energiya / tejamkorlik / qurilmani loyihalash / nazariya / hisoblash usuli. / Construction / jaw crusher / cement / grinding / machinery / equipment / raw materials / performance / classification / energy / economy / plant design / theory / calculation method.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Odilov Furqat Umarbekovich, Askarov Xasanjon Abduqaxorovich

Ushbu maqolada sement ishlab chiqarish juvali maydalagich uchun uskunalari klassifikatsiyasi turlari, ishlash nazaryasi, funksiyalari haqida yozilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ROLE OF CRUSHERS IN THE CEMENT MANUFACTURING INDUSTRY

This article describes the types of equipment classification, theory of operation, functions for cement production jaw crusher.

Текст научной работы на тему «JUVALI MAYDALAGICHLARNING SEMENT ISHLAB CHIQARISH SANOATIDAGI O‘RNI»

UDK: 69.691.691-4.

JUVALI MAYDALAGICHLARNING SEMENT ISHLAB CHIQARISH SANOATIDAGI

O'RNI

Odilov Furqat Umarbekovich t.f.f.d., (PhD) v.b. dotsent, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti

Askarov Xasanjon Abduqaxorovich Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti. katta o'qituvchi email: asqar.xasanboy7413 @gmail.com

Annotatsiya. Ushbu maqolada sement ishlab chiqarish juvali maydalagich uchun uskunalari klassifikatsiyasi turlari, ishlash nazaryasi, funksiyalari haqida yozilgan.

Аннотация. В данной статье описаны классификация типов оборудования, теория работы, функции щековой дробилки для производства цемента.

Abstract. This article describes the types of equipment classification, theory of operation, functions for cement production jaw crusher.

Kalit so'zlar. Qurilish, juvali maydalagich, sement, maydalash, mashina, jixozlarnilar, hom-ashyolar, ish unumdorligi, klasifikatsiyasi, energiya, tejamkorlik, qurilmani loyihalash, nazariya, hisoblash usuli.

Ключевые слова. Строительство, щековая дробилка, цемент, шлифование, машины, оборудование, сырье, производительность, классификация, энергия, экономика, проектирование завода, теория, метод расчета.

Key words. Construction, jaw crusher, cement, grinding, machinery, equipment, raw materials, performance, classification, energy, economy, plant design, theory, calculation method.

Kirish

Angliyalik tadqiqotchi Jozefo Aspidin shu soxada ish olib borgan. U 1824-yili yaratgan "Sun'iy tosh ishlab chiqarishning takomillashgan usuli" ishi uchun patent olindi. Bu sun'iy tosh portland shaxri yaqinida qazib olinayotgani sababli portlandsement deb ataladi.

Rus xarbiy texnigi Yegor Cheliev suvga chidamli sementning yanada takomillashgan turini yaratish xususida izlanish olib borib, 1825 yili juda muxim ixtiro qildi. Oxak bilan tuproq aralashmasi 1200-13 000S gacha, ya'ni oqarib toblana boshlagunga qadar qizdiriladigan, o'zaro yopishib, pishgan "kesaklangan" maxsulot (klinker) xosil bo'ladi. Uni tuyib suvga qorilsa, suvga chidamli va ajoyib mexanik xossaga ega bo'lgan toshga aylanadi. Ye. Chelievning Moskvada nashr etilgan "Arzon va yaxshi mergel ishlash yoki suv inshootlari, chunonchi, kanal, ko'prik, havza, to'g'on, ombor, yerto'la qurish hamda g'isht va yog'ochli imoratlarni suvashda ishlatiladigan nixoyatda pishiq sement tayyorlashga doir yo'l - yo'riqlar" nomli kitobida shunday yangi sement ishlab chiqarish usullari bayon etilgan edi.

Adabiyotlar tahlili

Yuqorida bayon etilgan har ikkala tadqiqotchining tavsiyalari bir - biridan keskin farq qiladi. Tafovut, avvalo, xomashyoni pishirish haroratiga bog'liq. Jumladan, J.Aspdin portlandsement ishlab chiqarishda, xomashyo aralashmasini karbonat angidrid gazi ajralib chiqib ketguncha, 1000-1100°S da qizdirish zarur deb xisoblasa, Ye. Cheliev pishirilayotgan ashyoni oqargunicha, ya'ni 12000S dan ortiq haroratda kuydirishni tavsiya qiladi. Ye. Chelievning fikricha, bu usulda qum va mineral oksidlari erib, shishaga aylanadi.

Keyingi tadqiqotlardan shu narsa aniqlandiki, portlandsement klinkeri xosil qilish uchun xomashyoni qisman eriy boshlaguncha kuydirish kerak. Aks xolda, uch kalsiyli silikat xosil

bo'lmaydi. Holbuki, portlandsement tarkibida ana shu silikatning borligi suvga chidamli boshqa sementlardan farqlanadi. 1000 - 11000Sda, ya'ni karbonat angidrid gazi ajralib chiqib ketguncha bo'lgan haroratda esa xomashyo maromda qovushib pishmaydi. Ana shunday tahlillar asosida olimlar portlandsementni birinchi bo'lib rus quruvchi - muxandisi Ye. Cheliev ixtiro qilganligini e'tirof etishdi. Zero, J.Aspdin 1000 - 11000S da portlandsement klinkeri hosil qila olmagan. U yaratgan va suvga chidamli ohakka yaqin bo'lgan sement hatto o'z vatani Angliyada ham tan olinmaydi, lekin J.Aspdin bergan nom patent olinganligi tufayli hozirgacha ishlatilib kelinmoqda. sement ishlab chiqarish sanoatida bir necha bosqich mashinalar yordamidan foydalaniladi. Jumladan, juvali maydalagichlar. Juvali maydalagichlar asosan sementning yarim tayyor mahsulotiga qo'shiladigan mineral moddalarni maydalashda ishlatiladi.

Juvali maydalagichlar, asosan bir-biriga qarama-qarshi aylanuvchi juvalardan iborat bo'lib, juvalarni o'zaro bir-biriga tegib, ishqalanib aylanishi oqibatida, donador materiallarni maydalash uchun ishlatiladigan qurilmalar toifasiga kiradi. Juvali maydalagichlar maydalanmagan donador materiallarni ajratib qo'yish xususiyatiga ega.

Juvali maydalagichlar birinchi bo'lib 1908 yili ishlab chiqilgan. Buyuk Britaniyadagi Krayndeyd konida mis maydalash uchun ishlab chiqilgan. Zamonaviy modellar yangilanib, bir oz tashqi ko'rinishi o'zgartirilmoqda. Maydalagich qurilmasini ishlash prinsipi 100 yil oldin qanday

bo'lsa, xozir xam shunday.

2 J * S 6 7 8 9

1-rasm.Juvali maydalagichning konstruktiv chizmasi.

Juvali maydalagich modellari Davlat Standarti bo'yicha markalanadi, masalan: DV (drobilki valkovie), hamda valik razmerlari va boshqa xususiyatlari ko'rsatib o'tiladi. Chet el kompaniyalari esa juvali maydalagich qurilmasini ishlatishda o'z normalari va formalariga ega holda qo'llashadi.

Natijalar

Juvali maydalagich turlari tahlili. Juvali maydalagichlarning bir necha asosiy turlari qo'llaniladi. Materiallarni maydalash darajasiga qarab, qurilma chiqishi tuynugida: a) Yirik maydalash b) O'rta maydalash v) Mayda maydalash. Harakatlanish afzalligiga qarab: a) Statsionar b) Harakatlanuvchi. Maydalagichlarni ishchi valiklar soniga qarab:a) Bir Juvali b) Ikki Juvali v) Uch Juvali g) To'rt Juvali.

2-rasm. Juvali maydalagichning umumiy ko'rinishi.

Juvali maydalagichlarning asosiy ishchi qismi juvalar. Ular bir-biriga qarama-qarshi aylanganda, ishqalanish koeffitsiyenti evaziga materiallarni maydalaydi. Material yuqori kirish tuynugidan tushadi va maydalagichdan maydalangan material ostki qismiga tushadi va chiqarib yuboriladi.Valiklar aylanuvchi vallarga qotiriladi, bu vallar elektrodvigatel yordamida harakatga keltiriladi.Vallardan birini tayanch podshipniklari prujina bilan maxkamlangan bo'ladi.Bunday tizim, vallardan birini siljishiga sabab bo'ladi va yirik donador materiallar uchun masofani kengaytiradi, hamda prujina yordamida avvalgi holatiga qaytib keladi.

Xulosa

Juvali maydalagichlar tekis, g'adir-budur, qovirg'ali va tishli turlarga bo'linadi.Tekis Juvali maydalagichlar materiallarni mustahkamligi G=25 MPa bo'lgan, tishli maydalagichlar esa G=120 MPa mustahkamlikka ega bo'lgan tog' jinslarini maydalaydi.Ish unumdorligi Q=250 t/soatni tashkil qiladi.Afzalligi: qazilma materiallar va boshqa tog' jinslarini, mel, ko'mir, tuproq va boshqa yopishqoq, qovushqoq materiallarni yaxshi maydalaydi.

Kamchiligi: konstruksiyasi o'ta oddiy tuzilgan, qattiq tog' jinslari tushishi oqibatida valiklar tez va ko'proq o'rta qismidan yemiriladi, chang muhitda ishlagani uchun vallarni tayanch podshipniklariga chang va kirlar tiqilib qolib, yaxshi aylanmay qoladi.Yopishqoq materiallarni maydalash qiyin kechadi. Vallar bir tekisda yemirilmaydi.

ADABIYOTLAR

1. Asqarov, X. A., Asqarova, M. B. Q., & Axmadaliyev, USO (2021). Bino va inshoatlarni qurishda g'ishtlarning tahlili. Ilmiy taraqqiyot , 1 (6), 1112-1116.

2. Asqarov, X. A., Egamberdiyeva, S. A., Maxmudov, S. M. (2022 yil, noyabr). "LEGO" G 'ISHT ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI. 21-asrda innovatsion ta'limning o'rni va ahamiyatiga bag'ishlangan xalqaro konferensiyada ( 1-jild, №7, 102-106-betlar).

3. Asqarov, X. va Mamajonov, M. (2023). Inshoot va binolarga zilzila ta'siri yuklar tahlili. Oltin miya , 1 (6), 12-14.

4. Askarov, X. (2023). SILIKAT MATERIALLARDAN TAYORLANGAN G 'ISHTLARDAN BINO INSHOOTLARINI QURISH TAHLILI. GOLDEN BRAIN,, 1(8), 162164.

5. Askarov, X., & Qodirova, G. (2023). ALABASTR VA GIPS QURILISHDA QO 'LLASH XUSUSIYATLARI TAHLILI. GOLDEN BRAIN, 1(5), 55-58.

6. Mirzayev, B. O., & Askarov, X. (2023). METHODS FOR CALCULATING BRICK CONSUMPTION WHEN BUILDING WALLS FROM SILICATE AND CERAMIC BRICKS. Ethiopian International Journal of Multidisciplinary Research, 10(08), 1-14.

7. Asqarov, X., & Zokirjonov, A. (2023). MAHALLIY CHIQINDI TOSHLARDAN LEGO G'ISHT ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASINI. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYNILMIY JURNALI, 3 (10), 40-43..

8~ Raximov, R. A., Asqarov, X., & Zokirjonov, A. (2023). MAHALLIY CHIQINDI TOSHLARDAN PRESS USULIDA KONSTRUKTIV MUSTAXKAMLIKKA EGA BO'LGAN G'ISHT ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI. ARXITEKTURA, MUHANDISLIK VA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR JURNALI, 2 (9), 11-15.

9. Asqarov, X. A., Egamberdiyeva, S. A., Maxmudov, S. M. (2022 yil, noyabr). "LEGO" G 'ISHT ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI. 21-asrda innovatsion ta'limning o'rni va ahamiyatiga bag'ishlangan xalqaro konferensiyada (1-jild, №7, 102-106-betlar).

10. Asqarov, X. va Qodirova, G. (2023). ALABASTR VA GIPS QURILISHDA QO 'LLASH XUSUSIYATLARI TAHLILI. OLTINMIYA, 1 (5), 55-58.

11. Askarov, X. A., & Maxmudov, S. M. (2022, November). QURILISH SANOATIDA KERAMZIT BETON TO 'SQICHLAR TAYYORLASH INNOVATSION TEXNOLOGIYASI. In INTERNATIONAL CONFERENCES (Vol. 1, No. 10, pp. 99-102).

12. X, F., Sh, R., Tashtanova, M., Yalgashev, O., & Adkhamova, G. (2019). Fosfogipsning qurilish xususiyatlari, to'g'onlarni o'rab turgan loy qoldiqlari uchun material sifatida. Fan, muhandislik va texnologiya sohasida ilg'or tadqiqotlar xalqaro jurnali, 6 (7), 10270-10277.

13. Tojiboyev, B. T., & qizi Askarova, M. B. (2023). ARCHITECTURE AND LANDSCAPE OF FERGANA CITY. GOLDEN BRAIN, 1(13), 403-408.

14. Tojimatovich, K. I., Abdukahorovich, A. H., & Behruz, K. (2024). VINEGAR ACID REGENERATION MAKING COLUMN APPARATUS PLATES MODERNIZATION. American Journal of Technology and Applied Sciences, 21, 53-55.

15. Abduqaxorovich, A. X., Tojimatovich, K. I., & Islomiddin, I. (2024). CONSTRUCTIVE ANALYSIS OF PLATE COLUMNS. American Journal of Technology and Applied Sciences, 21, 49-52.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.