JUFT TORLI CHOLG'U SOZLARIDAGI ONG QO'L ZARBLARINING OZARO BOGLIQLIGI VA FARQLI
JIHATLARI.
Safarov Bekzod Normurodovich
Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti, "Doston ijrochiligi" kafedrasi katta o'qituvchisi
ARTICLE INFO ABSTRACT
Maqolada dutor va do'mbira cholg'ularining musiqiy xususiyatlari, o'ng qo'l zarblari va chap qo'ldagi musiqiy bezaklarning qo'llanishidagi oza'ro bog'liqlik, bir-biriga o'xshash jihatlari va aksincha bir-biridan farqli tomonlari to'g'risida atroflicha professional nuqtai nazardan tahlil qilinib, mutaxasislarning bu boradagi ilmiy-ijodiy izlanishlari o'rganib chiqilgan.
Har bir xalqning, millatning tarixi, milliy qadriyatlari, urf-odati, an'analari, musiqiy merosi bo'lishi bilan birga, har bir hududda yashovchi xalqlarning kelib chiqishi, yashash tarziga xos bo'lgan o'zlarining milliy an'anaviy musiqiy cholg'ulari ham bo'lganligi tarixdan barchamizga ma'lum. Musiqiy sozlardan chiqayotgan jarang, ovoz aynan o'sha xalqning azaliy odatlariga aylangan marosim va tantanalariga mos ravishda yangragan. Tarixga nazar solsak musiqiy sozlarga beriladigan e'tibor qanchalik katta bo'lishiga qaramay, tarbiyaviy tomonlari ham alohida e'tiborga sazovor bo'lgan.
Ma'lumki o'zbek xalq cholg'ulari haqida rang-barang tarzda, o'ziga xos bo'lgan va musiqaning barcha tarmoqlariga mos cholg'u asboblari shakllanib, asrlar osha rivojlanib kelgan. O'tmish allomalari Al-Farobiy (IX) o'zining " Katta musiqa kitobi"da, Safiuddin Urmaviy (XII) musiqiy risolasida, Abdulqodir Marog'iy (XIV) "Jami al-alhon fi-ilm al-musiqiy" risolasida, Ahmadiy (XIV) "Sozlar munozarasi" asarida, Zaynulobiddin Husayniy (XV) "Risola dar bayoni qonuni va amaliy musiqiy" risolasida, Abdurahmon Jomiy (XV) "Musiqiy risolasi"da musiqiy cholg'ularni o'rganib tadqiq etishgan, o'z davrlarining musiqiy cholg'ulari tasnifotini bayon etganlar. O'tmishning zabardast shoirlari o'z asarlarida musiqiy cholg'ular nomlarini zikr etishda sozlarga takror va takror murojaat etganlar. O'z ijodi bilan ma'rifatning eng yuqori darajasiga erishgan buyuk mutafakkir shoir A.Navoiy musiqa ilmining eng nafosatli va mumtoz kerakli tarmoqlariga urg'u berib o'tganliklarini asarlaridan bilib olishimiz mumkin.
Musiqiy risolalarda esa cholg'ularga tegishli shakl tuzilish, torlar nisbatlari, tayyorlash mezonlari, cholg'ular uchun ishlatiladigan daraxtlar haqida ma'lumotlar keltirilgan. Ularda, torli cholg'ulardan: borbad, ud,rud, hobuz, nuzxa, qonun,chang, rubob, dutor, damli cholg'ulardan: ruhafzo, shammoma, orhanun, sibizg'a, nayi anbon, chag'ona, bulamon, sunray,
Qabul qilindi: 20-June 2024 yil Ma'qullandi: 24- June 2024 yil Nashr qilindi: 27- June 2024 yil
KEY WORDS
Dutor, do'mbira, terma zarb, ijrochi, sozanda, baxshi.
nay, qo'shnay, karnay; urma cholg'ulardan: daf, doira, nog'ora, safoil kabilar turli darajadagi ma'lumotlar bilan keltirilgan.1
Ushbu maqolamizda aynan Dutor va Do'mbira cholg'ularining ayrim o'xshashlik va farqlilik tomonlari haqida fikr yuritmoqchimiz. Ijrochilik amaliyotidan ma'lumki cholg'ular turkumlarga va oilalarga bo'linadi. Torli cholg'ular: Qashqar rubobi, tor, ud, tanbur, afg'on rubobi va boshqalar. Damli cholg'ular turkumiga: Qo'shnay, bo'lamon, sunray, karnay, nay va boshqalar. Kamonli cholg'ular: G'ijjak, sato, qo'biz va hokazo. Urma zarbli sozlarga: Doira, daf, chang, nog'ora, dovul kabilar. Endi bizga kerakli turkum bu Chertma cholg'ular turkumiga: Dutor, do'mbira, Qoraqalpoq dutori (Alamo'ynaq), Qozoq do'mbirasi, Qirg'iz Xomisi, Uyg'ur dutori va boshqalarni kiritishimiz mumkin. Dutor va Do'mbira sozlari bir oilaga mansub bo'lgan cholg'ular hisoblanishini yuqoridagi ma'lumotlardan bilib oldik. Chunki yasalishi va tuzilishi jihatidan ham bir muncha o'xshash bo'lishi bilan birga, bu ikkala cholg'uning ijrosida o'ng qo'l harakatlari, ya'ni zarblar juda ham bir-biriga yaqin va o'xshashligini ko'ramiz. Dutor cholg'u asbobining yasalishi va tuzilishini, ya'ni qismlari nomlanishini ko'rib chiqsak:
Dutor cholg'usi haqida.
Dutor tuzilishi jihatidan ikki asosiy qismlarga bo'linadi, kosaxona va dasta qismi. Dutorning kosaxona qismi tut daraxti yog'ochining maxsus quritib tayyorlangan 7-8 ta bo'lagini bir-biriga yopishtirgan holda, qovurg'a shaklida yig'iladi. Qopqog'i ham tut dataxtidan imkon bo'lganida yaxlit, yoki ikkita bo'lakni yonma-yon yopishtirgan holda kosaxonaga qoplanadi. Kosaxona qismida torlarni ushlab turish uchun ilmoqlar, torlarni ko'tarib turish uchun esa xarragi bo'ladi va yana qopqoqni teshish orqali tovushxona hosil qilinadi, torlari qadimda ichakdan, ipakdan cho'zib ishlangan ip shaklida bo'ladi.
Dasta qismi olma, yong'oq va o'rik daraxtlari yog'ochidan yasaladi. Dasta qismida torlarni ushlab turuvchi quloqlari, shayton xarrak, o'n beshta bog'lama pardalari va uchta xas pardalari joylashgan bo'ladi.
Dutor sozining musiqiy xususiyatlari: diapazoni bir yarim oktava va ovoz tembri jihatidan xonaki (kamerniy) cholg'u bo'lib, boshqa cholg'ularga nisbatan ovoz jarangdorligi bir muncha cheklangan, ya'ni yakka ijroda kichik auditoriyaga mo'ljallangan, ansamblga, kvartet bilan ijro qilinganda, ashulachiga jo'rovozlik qilib ijro qilinsa, yoki jo'rovoz cholg'ular tanbur, rubob, gijjak, qonun cholg'ulariga jo'r bo'lganda aksincha nafis, bas tembri va ovozining to'liqligi bois imkoniyatlari kengayib to'ldiruvchi cholg'uga aylanadi.
Dutor ijrochiligida belgilangan muayyan o'ng qo'l zarblari va chap qo'lda ishlatiladigan musiqiy bezaklardan tashqari, chalinadigan asarlarning ruhiy holati (xarakteri)dan kelib chiqqan holda, faqatgina shu asar ijrosida qo'llaniladigan zarblar va qochirim bezaklarga ham guvoh bo'lamiz. Bu xilma-xillik ijrochining mahoratiga, asarning ijro qilinadigan auditoriyasida yig'ilgan tinglovchilarga, qolaversa tinglovchilarning kayfiyatiga bog'liq bo'ladi ko'p hollarda.
O'ng qo'lda ishlatiladigan oddiy zarb, terma zarb, teskari zarb, terma zarbli teskari zarb, miyang'li terma zarb, pirrang, teskari pirrang va hokazo nomlar bilan ataluvchi zarblar ishlatiladi.
Chap qo'lda esa yarim tonli farshlag, bir tonli farshlag, kashish, miyang' va hokazo musiqiy bezaklar mavjud.
1 S.Begmatov,M.Matyoqubov O'zbek an'anaviy cholg'ulari.O'quv qo'llanma.Toshkent 2006
Dutor uchun yaratilgan xalq kuylari, bastakorlar ijodiga mansub asarlar ijrochilikda ma'lum: "Tanovor I,II", "Adolat tanovori", "Qo'qoncha", "Dutor navosi", "Dutor bayoti", "Rohat", "Gilos", "Dutorim", "Aliqambar", "Qoradali", "Shafoat", "Bahor keldi" kabilar shular jumlasidandir.
Do'mbira cholg'usi haqida.
Asosan Surxondaryo, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari, shuningdek, boshqa viloyatlarning ayrim tumanlarida tarqalgan. Mazkur cholg'udan baxshilar xalq dostonlarini, termalarni kuylashda jo'rovoz sifatida, do'mbirakashlar esa "Cho'poncha", "Do'mbira kuy", "Baxshi kuy", "Kelinoy", "Qo'ng'iroti" kabi do'mbira kuylarini ijro qilishda foydalanadilar. Tashqi ko'rinishi, tuzilishi va tembri do'mbiraga o'xshash bo'lgan cholg'u sozlari Oltoylarda (topshur), Tojiklarda, Afg'onlarda (do'mbiroq) deb nomlangan. Do'mbira
- (tanbura) so'zidan olingan - torli, chertma xalq musiqa cholg'usi bo'lib, asosan Surxandaryo va Qashqadaryo baxshilari tomonidan ijro qilinadi. O'zbek va Qozoq Do'mbira turlari mavjud:
Cholg'uning asosiy qismi kosaxona qismi o'rik, tog' olcha yoki archa daraxtidan yaxlit tarzda, o'yib ishlanadi. Kosaxona qismida kosaning ustida qopqoq, xarrak va torlarni ilish uchun ilmoqlari va dastaga ulangan bo'g'oz bo'lagi bo'ladi.
Cholguning yana bir qismi dastasi, silliq ishlangan bo'lib, dasta oxirida bog'lama shayton xarrak va quloqlari joylashgan, pardalari esa belgilanmagan bo'ladi. Do'mbira sozining musiqiy xususiyatiga keladigan bo'lsak, diapazoni bir oktava oralig'da bo'ladi. Yuqorida aytilganidek faqat bir baxshiga jo'rovoz soz yoki nag'ma ijro etganda ham bir o'zi yo'lg'iz ijro qilinadigan cholg'u sozi bo'lib hisoblanadi.
Dutor cholg'usida o'ng qo'l zarblarining hosil qilinishi.
Oddiy zarb - Bu zarb dutorda ham do'mbirada ham bir xil ko'rinishda bo'ladi, ya'ni pastga zarb berayotganda o'ng qolning to'rtala barmog'i tirnoqlari juftlangan holda cholg'u torlarini tepadan pastga (n-belgisi nota yozuvida ifodalanadi) bir paytning o'zida chertadi, tepaga uriladigan zarb esa bosh barmoq orqali chertb (V-belgisi bilan nota yozuvida ifodalanadi) hosil qilinadi. An'anaviy dutor ijrochiligida oddiy zarbning yana bir ko'rinishi mavjud: o'ng qo'lning jimjilog'i bilan pastga uriladi va tepaga bosh barmoq bilan zarb beriladi. Oddiy zarbning bu ko'rinishi do'mbira cholg'usida biroz boshqacharoq, ya'ni birinchi zarb pastga urilayotganda ko'rsatgich barmoqning tirnog'i bilan pastga va ikkinchi tepaga beriladigan zarb bosh barmoqning tirnog'i bilan tepaga uriladi.
Quyidagi rasmda Dutor va Do'mbira cholg'ularida oddiy zarbning notada aks ettirilishini ko'rishimiz mumkin.
Dutorda
1 \ r V n V ---1
; D( J 4 >'mbirada n n « V -J-J-LI n V -1
— 4 J J
Terma zarb dutor cholg'usida - ya'ni o'n oltitalik notaga qo'yiladigan zarb, birinchi zarb pastga o'ng qo'lning jimjilog'i bilan, ikkinchi zarb ham pastga bosh barmoqning ichki tomoni eti bilan pastga, uchinchi zarb bosh barmoqning tirnog'i bilan tepaga va to'rtinchi zarb ko'rsatkich barmoqning yon tomon eti bilan tepaga zarb berilishi orqali hosil qilinadi.
Terma zarbning do'mbira cholg'usidagi ko'rinishi ham oddiy zarbdagiga o'xshagan bo'lib, birinchi zarb-ko'rsatkich barmoqning tirnog'i bilan pastga, ikkinchi zarb-bosh barmoqning tirnog'i bilan tepaga, uchinchi zarb-ko'rsatggich barmoqning eti bilan tepaga va oxirgi to'rtinchi zarb ko'rsatkich barmoqning tirnog'i bilan pastga urib hosil qilinadi.
Navbatdagi rasmda esa Dutor va Do'mbira cholg'ularida Terma zarbning notada aks ettirilishini ko'rishimiz mumkin.
Dutorda Terma zarb n n V V n n V V
Do'mbirada Terma zarb
V V n n V
Pirrang zarbi - bu zarb dutor ijrochiligida asosan o'ttiz ikkitalik notalarga ishlatiladi. Zarbning tuzilishi terma zarb bilan bir xil bo'lishi bilan birga, pirrang zarbi terma zarbga qaraganda bir muncha tezroq va shaxdamroq qilib ijro qilinadi.Aynan mana shu pirrang zarbini do'mbira ijrochiligida ham qo'llanilishi mumkinmi yo'qmi quyida ijrochi mutaxassislarning bu boradagi fikrlarini keltirib o'tamiz.
Dutorda Pirrang zarbi
nnVVnnVVnnVVnnVV
3
3
3
O'zbekiston respublikasi xalq baxshisi Abdumurod baxshi Raximov - Biz baxshilar do'mbirada nag'malarni ijro etishda ustozlarimizdan eshitgan va ko'rganlarimizga tayanib, faqat ulardan o'rgangan zarblar va qochirimlardan foydalanib kelganmiz. Shaxsan o'zim dutorchilarni ijrolarini kuzatganimda ularning o'ng qo'l zarblariga e'tibor berdim, dutordagi terma zarb, pirrang zarblarni o'rganishga harakat qildim, lekin bu ikki cholg'u bir-biriga qanchalik yaqin bo'lmasin dutorda beriladigan o'ng qo'l zarblari bir muncha murakkab ekanligiga guvoh bo'ldim. Agar biz baxshilarda ham dutor cholg'usini chalib o'rganish imkoni bo'lganda albatta do'mbirada nag'malar chalganimda dutor zarblaridan imkon qadar foydalangan bo'lardim,- degan iliq fikrlarni bayon qildilar.
Yuqorida yozganlarimizdan xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, ikki torli cholg'ular turkumiga kiruvchi Dutor va Do'mbira cholg'ularining bir-biriga o'xshash va bir oz farqli jihatlari bor ekan. Ammo asrlar davomida xalqimizning musiqiy merosini bizgacha
mukammal bo'lib yetib kelishida va kelgusi avlodlarga ham bekamu-ko'st yetkazilishida bu ikki cholg'uning o'ziga xos juda ulkan ahamiyati va ochilmagan hali qancha qirralari bor...
Har bir insonning avvalam bor qalbi go'zal bo'ladi, ayniqsa san'atga oshno bo'lgan qalb hamisha yaxshilikka go'zallikka intilib yashaydi. O'zbek xalq musiqiy merosi bo'lmish maqomlar, dostonlar, xalq ashula va qo'shiqlari, kuylari insonning ma'naviyatini va madaniyatini yanada yuksakka intilishiga xizmat qilishi begumon. Shu boisdan qaralganda har bir ijrochi o'z dunyo qarashidan, qobiliyatidan, ijroviy imkoniyatidan kelib chiqib ijroda o'ziga xos bo'lgan qochirim va zarblardan foydalanadi.
Asosiysi esa, mana shu nomoddiy madaniy merosimizni puxta o'rganish uni kelgusi avlodlarga bekamu-ko'st yetkazishda munosib hissamizni qo'shishdan iborat deb hisoblaymiz.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. S.Begmatov,M.Matyoqubov O'zbek an'anaviy cholg'ulari.O'quv qo'llanma.Toshkent 2006
INNOVATIVE ACADEIVY