Научная статья на тему 'JIZZAX VILOYATI OLMAZORLARIDA UCHRAYDIGAN HASHAROTLARNING FAUNASI, BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI'

JIZZAX VILOYATI OLMAZORLARIDA UCHRAYDIGAN HASHAROTLARNING FAUNASI, BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
imago / lichinka / zararkunanda / olma / nok / olmaxo‘r / qalqondor / tuxum / mevaxo‘r / vegetatsiya / o‘rgimchakkana / shira.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Baltabaev A. S, Abdumo‘minova O.

Ushbu maqolada Jizzax viloyati xududidagi olmazorlarda uchraydigan zararkunanda hasharotlarning faunasi, biologiyasi va ekologiyasi to‘g‘risida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari keltirilgan. Olmazorlarda zarar kelitiruvchi hasharotlarga qarshi kurashishi uyg‘unlashgan samarali tizimni belgilash, monitoring olib borish, iqtisodiy zarar yetqazish mumkin bo‘lgan zararkunandalarni keltiradigan zararini oldini olish haqida ma’lumotlar keltirilgan. Olma zararkunandalaridan olma yashil biti, qizil qon shirasi, Kaliforniya qalqondori, o‘rgimchakana, olma mevaxo‘ri qurtlarining faunasi, biologiyasi va ekologiyasi keltirilgan. Olingan ilmiy natijalar asosida jadvalllar tuzilgan va xulosalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «JIZZAX VILOYATI OLMAZORLARIDA UCHRAYDIGAN HASHAROTLARNING FAUNASI, BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI»

№ Turlarning lotincha nomi Turlarning o'zbekcha nomi

1 Aphis pomi Olma shirasi (biti)

2 Eriosoma lanigerum Hausm Qizilqon shirasi

3 Diaspidiotus perniosus Comst Kaliforniya qalqondori

4 Pannychos ulmi Qizil o'rgimchakkana

5 Tetranychus urticae Koch Oddiy o'rgimchakkana

6 Cappocarsa (Cydia) pomonella (Linnaeus) Olma (qurti ) mevaxo'ri

Olma, nok, behi, gilos, olcha, olxo'ri, o'rikda lichinka va yetugi barg shirasini so'radi, barglarni o'z tezagi bilan ifloslantiradi va rangsizlantiradi, assimilyatsiya xossasini buzadi. Qattiq zararlangan daraxtlarning hosili kamayadi, keyingi yil meva kurtaklarida hosil bo'lmaydi. I.4-rasm. Nok qandalasining olma barglariga zarari. Qandala uzunligi taxminan 3,5 mm; qora-qo'ng'ir; oldingi qanotlari serbar, oynadek tiniq, noto'g'ri shakldagi qoramtir dog'lari va tomir turlari bor, shu sababli qanotlari to'r ko'rinishini oladi; orqadagi qanotlari kambar [3]. Orqasining oldi qismi ikki yonidan chetga qarab, bittadan serbar o'siq chiqadi: oldingi ko'krak yuqorisida ham shunday o'siq bor, u bosh tepasidan ko'tarilib turadi. Erkagining qorin uchida yumaloqlangan kichkina qirra va buklanadigan qarmoqlari bor. Urg'ochisining qorin uchi yumaloqlangan. Qandalaning boshida to'rtta tikani bor, shu jumladan, orqadagi ikkita tikanining uchi bulavka boshiga o'xshash kengaygan. Tuxumi qora, cho'ziq, orqadagi uchi bir oz egilgan [4].

Kurash choralari: Vegetatsiya davrida tarkibida asetamiprid, imidokloprid yoki dimetoat bo'lgan preparatlar bilan ishlov beriladi. Delsis 2,5% em.k preparatini 0,60,7 ga/l, BI-58 (yangi) 40% o'suv davrida 2 marotaba qo'llaniladi [5].

228

1-rasm. Nok qandalasining olma barglariga zarari

Oddiy o'rgimchakkana (Tetranychus urticae Koch) olma daraxtiga kuchli zarar yetkazadi, ammo boshqa urug'li va danakli meva daraxtlariga ham tushadi. U zararlagan barglar dastlab sarg'ayadi, keyin esa qo'ng'ir tusga kirib to'kilib ketadi, daraxt kuchli zararlanib, hosili mayda, sifatsiz va kam bo'lib qoladi, hosildorlik 3570% gacha kamayishi mumkin. O'rgimchakkana mayda bo'g'im oyoqli jonivor bo'lib, uni oddiy ko'z bilan zo'rg'a ko'rish mumkin [6]. Tanasi oval shaklida, 0,3-0,6 mm, rangi ko'kish-sariq, ustida ikkita qoramtir dog'i bor. Urg'ochilari qishlaganda qip-qizil tusga kiradi. Tuxumi yumaloq shaklda, rangsiz, lichinkasida uch juft, yetuk zotida to'rt juft oyoqlari bor. Hayot davri. O'rgimchakkana bargning orqa tomoniga joylashib uya yasaydi va shu uyada rivojlanadi. Urg'ochi kana o'sha uya tagiga o'rta hisobda 140, ko'pi bilan 600 donagacha tuxum qo'yadi. Ob-havo sharoitiga qarab, yozda 2-5 kun, erta ko'klamda esa 7-10 kun o'tgach, tuxumlaridan lichinkalar chiqadi. Yoz davomida 12-18 marta, shimoliy rayonlarda 14 marta avlod beradi [7].Urug'langan urg'ochi kanalar oktabr o'rtalarida qishlashga keta boshlaydi, erkak kanalar esa qishga borib deyarli qiriladi. Kanalar qishlovga ketish oldidan qizaradi, oziqlanishdan to'xtaydi. Urg'ochi kanalar kuzda qaysi dalada oziqlangan bo'lsa, o'sha dalada yoki uning yaqinida (to'kilgan barglar tagida, begona o'tlarning ildiz bo'g'zida, tuproq yoriqlarida va kesakchalar orasida) tirik holda qishlaydi [8].Qishlashdan mart oyida - o'tlar ko'kara boshlab, sutkalik o'rtacha harorat kamida 70S bo'lganida chiqadi va dastlab kurtaklar bilan keyinchalik esa barglarga o'tib oziqlanadi. Birinchi bo'g'inlari begona o'tlarga va keyinchalik esa o'tlar dag'allashganidan so'ng daraxtlarga o'tadi. Harorat yuqori bo'lganida kananing urchishi tezlashadi. Red Delishez, Golden Delishez, Roum Byut va Jonatan olma navlari ushbu kana zarariga ko'proq chalinuvchan hisoblanadi.I.5-rasm. Oddiy o'rgimchakkananing olma barglariga zarari. Kurash choralari. Bog'larda chang ko'tarilishini kamaytirish va daraxtlarni doimiy suv bilan

ta'minlab turish kanalarni tez ko'payishining oldini oladi. Kurtaklar bo'rtish vaqtida mineral moylar bilan tarkibida xlorpirifos, abamektin yoki diazinon bo'lgan vositalarni aralashtirib ishlov beriladi. Vegetatsiya davrida esa har bir bargda 10 tadan ortiq tirik kana topilsa, tarkibida abamektin, gesitiazoks, spirotetramat, amitras, bifentrin va propargit bo'lgan preparatlar bilan ishlov beriladi. Ortus 5% sus.k 0,75 o'suv davrida 2 marotaba qo'llaniladi .

2-rasm. Oddiy o'rgimchakkananing olma barglariga ta'siri Qizil o'rgimchakkana-panonchus ulmil. Olma daraxtiga zarar yetkazadi. U zararlagan barglar dastlab sarg'ayadi, keyin esa qo'ng'ir tusga kirib to'kilib ketadi, daraxt kuchli zararlanib, hosili mayda, sifatsiz va kam bo'lib qoladi, hosildorlik 3570% gacha kamayishi mumkin. O'rgimchakkana mayda bo'g'im oyoqli jonivor bo'lib, uni oddiy ko'z bilan zo'rg'a ko'rish mumkin. Tanasi oval shaklda, 0,3 mm, rangi qizil, ustida tuklarining quyida 6 tadan 8 tagacha oq nuqtasi bor. Tuxumi yumaloq shaklda, sarg'ish-qizil rangda bo'ladi. Hayot davri. O'sish davrida qizil o'rgimchakkana bargning orqa tomoniga joylashib o'sha yerda tuxum qo'yadi. Qizil kanalar tuxum ko'rinishida qishlaydi va bahorda gullash davrida tuxumdan chiqadi. O'suvchi yoki gulkurtaklar ostida qishlaydi. Dastlab yashil ko'rinishda va keyinchalik oziqlanish natijasida qizil rangga aylanadi. Yetilgan kanalar to'q qizil rangda bo'ladi. Tor bargli Red Delishez olma navlari ushbu kana zarariga ko'proq chalinadi [9].

4-rasm. Olma mevaxo'rining olma mevasiga zarari

XULOSA

Ushbu maqolada Jizzax viloyatining G'allaorol, Zomin va Baxmal tumanlari xududidagi olma yetishtirayotgan fermer xo'jaliklarida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida olma daraxtlarida uchraydigan zararkunanda hisoblangan olma shirasi, qizil qon shirasi, Kaliforniya qalqondori, o'rgimchakkana va olma mevaxo'rming faunasi, biologiyasi va ekologiyasi haqida ma'lumot berildi.

Foydalingan adabiyotlar:

1. Рахимов, М. Ш., & Омонов, Ш. Н. Зарафшоннинг уРта ок; ими худудларида тарцалган Agrius convolvuli (Linnaeus, 1758) нинг биоэкологик хусусиятлари. Хоразм Маъмун академияси ахборотномаси, 9(1.2022), 119-122.

2. Xodjaev Sh.T., Insektitsid, akaritsid, biologik faol moddalar va fungitsidlarni sinash bo'yicha uslubiy ko'rsatmalar. Toshkent. KO'HI-NUR. 2004,104 b.

3. Kimsanbaev X.X., Anorbaev A.R., Rustamov A.A.. Aphediidae oila vakillari miqdorini boshqarishda parazit-entomofaglarning o'rni. O'zbekiston agrar fani xabarnomasi 2(72) 2018. 44-47 b.

4. Омонов, Ш. Н., & Рахимов, М. Ш. (2024). Группы бабочек-бражники (sphingidae), распространенные в среднем течении зарафшана по экологическим характеристикам. Современная биология и генетика, 2(8), 63-75.

5. Рахимов, М. Ш., & Омонов, Ш. Н. (2023). Морфологические особенность фауны бражников (insecta: lepidoptera, sphingidae) самаркандской области. Современная биология и генетика, 2(4), 51-60.

6. Омонов, Ш. (2023). Морфобиологические характеристики фауны бражников (insecta: lepidoptera, sphingidae) зарафшанской долины. Namangan davlat universiteti Ilmiy axborotnomasi, (10), 108-117.

7. Normuminovich, O. S. (2023). On The Study of Hawk Moths in Uzbekistan.

8. Rahimov, M. S., & Omonov, S. N. (2023). Bioecological peculiarity of the Privet hawk moth (Sphinx ligustri, Linnaeus, 1758). International jurnal of Entomology Research, 3, 17-19.

9. Omonov, S. N., Rahimov, M. S., Askarova, M. R., & Khomidova, G. O. (2023). Taxonomic analysis of hawk moths (Lepidoptera, Sphingidae) of Samarkand region. International Journal of Entomology Research, 8(5), 14-17.

10. Омонов, Ш. Н. (2022). Зарафшоннинг урта окими худудларининг тоголди ва тог кисми арвохкапалаклари (sphingidae) нинг экологияси ва фаунаси. «жанубий оролбуйи табиий ресурсларидан окилона фойдаланиш» x республика илмий-амалий конференцияси материаллари, 116.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.