Научная статья на тему 'JAMOLUDDIN ABU-L-MAHOSIN YUSUF IBN TAG‘RIBERDINING “MISR VA QOHIRA SALTANATI HAQIDA PORLOQ YULDUZLAR” ASARIDA AMIR TEMURNING SARKARDALIK FAOLIYATIGA OID MA’LUMOTLAR TAHLILI'

JAMOLUDDIN ABU-L-MAHOSIN YUSUF IBN TAG‘RIBERDINING “MISR VA QOHIRA SALTANATI HAQIDA PORLOQ YULDUZLAR” ASARIDA AMIR TEMURNING SARKARDALIK FAOLIYATIGA OID MA’LUMOTLAR TAHLILI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Amir Temur / Ibn Tag‘riberdi / Badriddin Ayniy / As-Suyutiy / Ibn Duqmoq / Ibn Xaldun. / Amir Temur / Ibn Taghriberdi / Badriddin Aini / As-Suyuti / Ibn Duqmaq / Ibn Khaldun.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Xurshid Imomov

Amir Temurning ilm-fan, madaniyat va san’at rivojiga katta ahamiyat berganligi, ayniqsa harbiy sarkardalik faoliyatiga oid ko‘pdan ko‘p tarixiy asarlar yaratilgan. Bu asarlar asosan fors va arab tillarida yozilgan bo‘lib, turli sabablarga ko‘ra xilma-xil yo‘nalish va nuqtai nazardan turib yoritilgan. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joiz, XV asrda yashab o‘tgan taniqli arab tarixnavislardan Ibn Xaldun, Ibn Duqmoq, As-Suyutiy, Badriddin Ayniy qatorida misrlik mashhur tarixchi Jamoluddin Abu-l-Mahosin Yusuf ibn Tag‘riberdi ham o‘z asarida Amir Temur shaxsiga, uning Iroq, Shomga qilgan harbiy yurishlari va diplomatik aloqalari haqida ko‘pdan ko‘p tarixiy ma’lumotlar keltirib o‘tgan. Ushbu asar qiyosiy manbashunoslik nuqtai nazaridan alohida tadqiqot ob’ekti sifatida o‘rganilishi muhimdir. Mazkur maqolada ibn Tag‘riberdining “Misr va Qohira saltanati haqida porloq yulduzlar” nomli asarida Amir Temurning sarkardalik faoliyatiga oid ma’lumotlar ilmiy tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF INFORMATION ON EMIR TEMUR’S MILITARY ACTIVITY IN JAMAL AL-DIN ABU-L-MAHOSIN YUSUF IBN TAGHRIBERDI’S WORK “SHINING STARS ABOUT THE KINGDOM OF EGYPT AND CAIRO”

Amir Temur's great importance to the development of science, culture, and art, especially the activities of the military commander, has been created in many historical works. These works are mainly written in Persian and Arabic, and they are covered from different directions and points of view for various reasons. It should be noted here that among the famous Arab historians who lived in the 15th century, along with Ibn Khaldun, Ibn Duqmaq, As-Suyuti, Badriddin Aini, the renowned Egyptian historian Jamaluddin Abu-l-Mahosin Yusuf ibn Taghriberdi In his work, Amir Temur was given a lot of historical information about his military campaigns in Iraq and Syria and diplomatic relations. It is important to study this work as a separate object of research from the point of view of comparative source studies. In this article, the information about Amir Temur's military activity in Ibn Taghriberdi's work entitled “Shining Stars About the Kingdom of Egypt and Cairo” is scientifically analyzed.

Текст научной работы на тему «JAMOLUDDIN ABU-L-MAHOSIN YUSUF IBN TAG‘RIBERDINING “MISR VA QOHIRA SALTANATI HAQIDA PORLOQ YULDUZLAR” ASARIDA AMIR TEMURNING SARKARDALIK FAOLIYATIGA OID MA’LUMOTLAR TAHLILI»

JAMOLUDDIN ABU-L-MAHOSIN YUSUF IBN TAG'RIBERDINING "MISR VA QOHIRA SALTANATI HAQIDA PORLOQ YULDUZLAR" ASARIDA AMIR TEMURNING SARKARDALIK FAOLIYATIGA OID

MA'LUMOTLAR TAHLILI

Xurshid Imomov

Ilmiy xodim Temuriylari tarixi davlatmuzeyi E-mail: imomov12@gmail. com OrcidID: 0000-0003-3747-3509 Toshkent, O 'zbekiston.

Annotatsiya. Amir Temurning ilm-fan, madaniyat va san'at rivojiga katta ahamiyat berganligi, ayniqsa harbiy sarkardalik faoliyatiga oid ko'pdan ko'p tarixiy asarlaryaratilgan. Bu asarlar asosan fors va arab tillarida yozilgan bo 'lib, turli sabablarga ko 'raxilma-xilyo 'nalish va nuqtai nazardan turib yoritilgan. Shu o 'rinda ta 'kidlab o 'tish joiz, XVasrdayashab o 'tgan taniqli arab tarixnavislardan Ibn Xaldun, Ibn Duqmoq, As-Suyutiy, Badriddin Ayniy qatorida misrlikmashhur tarixchi Jamoluddin Abu-l-Mahosin Yusuf ibn Tag'riberdi ham o'zasarida Amir Temur shaxsiga, uning Iroq, Shomga qilgan harbiy yurishlari va diplomatik aloqalari haqida ko'pdan ko'p tarixiy ma'lumotlar keltirib o'tgan. Ushbu asar qiyosiy manbashunoslik nuqtai nazaridan alohida tadqiqot ob 'ekti sifatida o'rganilishi muhimdir. Mazkur maqolada ibn Tag'riberdining "Misr va Qohira saltanati haqidaporloq yulduzlar" nomli asarida Amir Temurning sarkardalik faoliyatiga oid ma 'lumotlar ilmiy tahlil etilgan.

Kalitso'zlar. Amir Temur, Ibn Tag 'riberdi, Badriddin Ayniy, As-Suyutiy, Ibn Duqmoq, Ibn Xaldun.

ANALYSIS OF INFORMATION ON EMIR TEMUR'S MILITARY

ACTIVITY IN JAMAL AL-DIN ABU-L-MAHOSIN YUSUF IBN TAGHRIBERDI'S WORK "SHINING STARS ABOUT THE KINGDOM OF

EGYPT AND CAIRO"

Khurshid Imamov

Researcher

The State Museum of the History of Timurids Email: imomov12@gmail. com Orchid ID: 0000-0003-3747-3509 Tashkent, Uzbekistan

Annotation. Amir Temur's great importance to the development of science, culture, and art, especially the activities of the military commander, has been created in many historical works. These works are mainly written in Persian and Arabic, and they are covered from different directions and points of view for various reasons. It should be noted here that among the famous Arab historians who lived in the 15th century, along with Ibn Khaldun, Ibn Duqmaq, As-Suyuti, Badriddin Aini, the renowned Egyptian historian Jamaluddin Abu-l-Mahosin Yusuf ibn Taghriberdi In his work, Amir Temur was given a lot of historical information about his military campaigns in Iraq and Syria and diplomatic relations. It is important to study this work as a separate object of research from the point of view of comparative source studies. In this article, the information about Amir Temur's military activity in Ibn Taghriberdi's work entitled "Shining Stars About the Kingdom of Egypt and Cairo " is scientifically analyzed.

Keywords. Amir Temur, Ibn Taghriberdi, Badriddin Aini, As-Suyuti, Ibn Duqmaq, Ibn Khaldun.

АНАЛИЗ ИНФОРМАЦИИ О ВОЕННОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ЭМИРА ТЕМУРА В РАБОТЕ ДЖАМАЛ АД-ДИНА АБУ-Л-МАХОСИНА ЮСУФА ИБН ТАГРИБЕРДИ «СИЯЮЩИЕ ЗВЕЗДЫ О ЕГИПЕТСКОМ И КАИРСКОМ КОРОЛЕВСТВЕ»

Хуршид Имамов

Исследоват ель Государственный музей истории Тимуридов E-mail: im om ov12@gmail. com OrcidID: 0000-0003-3747-3509 Ташкент, Узбекистан

Аннотация. Большое значение Амира Темура для развития науки, культуры и искусства, особенно деятельности полководца, отражено во многих исторических трудах. Эти произведения написаны в основном на www. sharqiurnali.uz

персидском и арабском языках и по разным причинам освещены с разных направлений и точек зрения. Здесь следует отметить, что среди известных арабских историков, живших в XVвеке, наряду с Ибн Халдуном, Ибн Дукмаком, Ас-Суюти, Бадриддином Айни, известный египетский историк Джамалуддин Абу-л-Махосин Юсуф ибн Тагриберди В своем труде Амиру Темуру было предоставлено много исторической информации о его военных кампаниях в Ираке и Сирии и дипломатических отношениях. Важно изучить данное произведение как отдельный объект исследования с точки зрения сравнительного источниковедения. В данной статье научно анализируются сведения о военной деятельности Амира Темура в произведении Ибн Тагриберди «Сияющиезвезды о царстве Египет и Каир».

Ключевые слова. Амир Темур, Ибн Тагриберди, Бадриддин Айни, Ас-Суюти, Ибн Дукмак, Ибн Халдун.

Kirish.

Jamoluddin Abu-l-Mahosin Yusuf ibn Tag'riberdi1 (1411-1469) Qohirada tug'ilgan misrlik mashhur tarixchi bo'lgan. Uning otasi Misr sultonlari az-Zohir Barquq va uning o'g'li an-Nosir Faraj davrida katta amirlardan bo'lgan. Bu esa uning o'z davriga oid ko'plab ma'lumotlarga ega bo'lishiga xizmat qilgan. O'z davrining mashhur olimlari ibn Hajar al-Asqaloniy, Badriddin al-Ayniylardan ta'lim olgan. Zamonasining tarixchilari ustozi deb tanilgan Taqiyuddin Ahmad ibn Ali al-Maqriziydan tarix ilmini o'rganadi.

Ibn Tag'riberdi tarixga oid 12 ta asar yozgan. Ularning eng mashhuri "An-Nujum az-Zohira fi mulki Misr va-l-Qohira"2 ("Misr va Qohira saltanati haqida porloq yulduzlar") asaridir. Ushbu asar 16 jilddan iborat bo'lib, VII asrdan to o'zi yashagan davrgacha bo'lgan ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. "An-Nujum az-

1 У.Уватов "Сохибкирон араб муаррихлари нигохида". "Шарк", Тошкент. 1997 й. 9 б.

2 Ибн Тагриберди "Ан-Нужум аз-Зохира фи мулки Миср ва-л-Крхира", XII, XIII жилдлар. Крхира, 1956 й.

Zohira"da Amir Temur haqidagi ko'plab ma'lumotlar keltirilganligi bilan ham ahamiyatlidir. Unda Amir Temurning nasabi, shaxsiy fazilatlari, hokimiyatga kelishi hamda harbiy sarkarda sifatida shakllanib, katta saltanat tuzishi haqidagi ma'lumotlar tafsilotlari bilan birga bayon etilgan. Xususan, uning To'xtamishxonga qarshi harbiy harakatlari, Shom, Iroq, Hindistonga qilgan yurishlari batafsil zikr qilingan.

Asarda muallif Amir Temurning otlarning yaxshisini ajrata olganligi bois Sulton Husayning e'tiboriga tushganligi va bu mansabdan to amir lavozimigacha yetishganligini yozgan3. Amir Temurning otlarni farqlay olish faoiliyati uning keyingi harbiy faoliyatidagi muvaffaqiyatlarida ham asosiy olmillardan biri hisoblanadi. Uning suvoriylarining shiddati ko'p janglarda hal qiluvchi omil bo'lib xizmat qilgan.

Ibn Tag'riberdi Amir Temurning sarkarda sifatidagi birinchi g'alabasi sifatida Sulton Husayn bilan bo'lgan jangga ta'rif beradi. Samarqand tarafdan Sulton Husayn askarlari Darbandni egallashgan edi. Amir Temur esa asosiy yo'lni aylanib o'tib, o'z askarlariga Sulton Husayn askarlari joylashgan yaylovda otdan tushib o'zlarini dam olishayotgandek ko'rsatishlarini buyuradi. Bu tadbir ish berib, Sulton Husayn askarlari ularning oldidan huddi o'z qo'shini oldidan o'tganday o'tib ketishadi. So'ngra Sulton Husayn askarlarining orqasidan hujum qilib ularni mag'lub etadi4.

Amir Temurning ikkinchi katta g'alabasi sifatida Xo'jand daryosi yaqinidagi Turkiston atroflarida joylashgan To'xtamishxon ustidan qozonilgan g'alaba e'tirof etilgan. Bu jangda Amir Temur mag'lubiyatga yaqin turgan edi. Uning ma'naviy rahnamosi Sayyid Barakaning ruhiy qo'llab quvvatlashi og'ir vaziyatda g'alaba qozonishiga sabab bo'ladi5. Bu holat qo'shinni harbiy ruhiy holatini tetik tutishga alohida e'tibor berganligini ko'rsatadi.

3 Уша асар. XII жилд, 256 б.

4 Ибн Тагриберди "Ан-Нужум аз-Зохира фи мулки Миср ва-л-Крхира", XII жилд. Крхира, 1956 й. 256 б.

5 Уша асар. XII жилд. 259 б.

www. sharqjurnali.uz

Uchinchi yirik g'alabasi sifatida esa Iroqi ajam sultoni shoh Mansur bin shoh Valiy ustidan qozonilgan g'alaba va so'ngra Bag'dod, Basra, Kufa hamda Diyor Bakrni qo'lga kiritishi deb qayd etilgan.

Tahlil va natijalar.

Amir Temur Hindiston shohi Feruzshohning vafoti, uning o'g'li yo'qligi, Dehlidagi odamlar ixtilofli holatda ekanligi, Dehli taxtiga Mallu ismli vazir o'tirganligi, unga Feruzshohning Mo'ltonda noibi vazifasidagi ukasi Sorangxon muxolif bo'layotgani haqidagi xabar yetib keldi. Bu xabarni Temur eshitganida fursatni g'animat bilib, 800 yilning zul-hijja oyining Samarqanddan Mo'ltonga yurdi. Uning hukmdori Sorangxonni 6 oy qamal qildi. Sorangxonning qo'shinida 800 ta fil bor edi, Temur ularni ham qo'lga kiritdi6. Bu holat Amir Temur harbiy faoliyatida xalqaro siyosiy hamda harbiy vaziyat haqida tez xabar olish tizimi yo'lga qo'yilganligi va unga javoban tez choralar ko'rish amalda qo'llanganligiga dalolat beradi.

"An-nujum az-zahira"da Dehli uchun bo'lgan shiddatli jang, unda qo'llanilgan harbiy taktika barcha tafsilotlari bilan quyidagicha sharhlangan: So'ngra Temur hukmdor poytaxt Dehli shahriga yurdi, u bilan jang qilgani uning mazkur hukmdori Mallu askarlar qarshisiga chiqdi. Ular bilan fillari bor edi. Har bir fil ustiga ichida bir necha jangchi bo'lgan kajava (minoracha, qubba) o'rnatilgan edi. Ushbu fllar maxsus zirhli yopinchiq va bargustivonlar bilan kiyintirilgan edi. Ularga ovozlari bilan otlar qo'rqib, qochishlari uchun qo'ng'iroqlar va zanglar osilg an edi. Ularning xartumlari bir nechta o'tkirlangan qilichlar bilan (dahshati) kuchaytirilgan edi. Hind askarlari ushbu fillar o'zlaridagi narsalar (voxima) bilan Temur askarlarining otlarini qo'rqitib qochishlari uchun ffllarning ortidan harakatlanishdi. Temur ularning rejalarini hisobga olib hiyla ishlatdi va minglab uch qirrali temir tikonlar yasattirdi. Ularni ffllarning yo'llariga sepib chiqishdi. 500 tuya ustini yog'ga botirilgan fitillari bo'lgan qamishlar bilan to'ldirishdi. Ularni askarlarining

6 Уша асар. XII жилд. 261 б.

www. sharqjurnali.uz

oldiga qo'ydi. Ikki guruh bir - birlarini ko'rib, urush uchun harakatlan boshlashganida Temur o'sha olovli yuklarni yoqdi va ularni fillar ustiga haydadi. O'sha tuyalar olov harorati shiddatidan yugurishdi. So'ngra ularni boshqaruvchilar ularning orqalaridan boshqarib borishdi. Temur esa pistirmada edi. ) So'ngra kam sonli askarlari bilan saxarda hujumga o'tdi. Qavm jang qilish to'qnashayotgan paytida Temur otini ortga qaytardi, qavm uni (Temurni) mag'lub bo'lib qochyapdi, uning otlari fillardan hurkib qochmoqda deb adashishdi. Ular yasagan temir tikonlar sochilgan joylarga qarab harakatlanishdi. uning hindlarga ishlatgan hiylasi ish berdi. Fillarni orqasidan shiddat bilan (olg'a) boshqarishdi toki ular o'sha temir tikanlarni bosmagunlaricha. Ulardan (tikanlar) o'tishlarining oqibatida ortga qaytish bo'ldi.

So'ngra Temur askarlarini boyagi tuyalarga e'tiborini qaratdi. Ularning olovi kattalashgan, uchqunlari yon-atrofga ko'tarilgan edi. Ularning orqalaridan tig' tiqib xaydaganlarida jirkanch tarzda o'kirar edilar.

Fillar buni ko'rganlarida qo'rqib hind askarlarining ustiga yurishdi. Temur ularning yo'liga tashlagan tikonlarning og'riqlarini his qilishdi. Tiz cho'kib, harakatlana olmay yerga sochilgan tog'lardek bo'lib qolishdi. Ularning qonlari daryo bo'lib oqdi. Shu payt hind askarlarining ikki tarafidan pistirmada o'tirgan Temur askarlari chiqishdi. So'ngra Temur o'zi bilan bo'lgan (askarlar) bilan birga ularni yakson qildi, hindlar chekinishdi va ularga kamonlardan o'qlar uzildi.

So'ngra ular jipslashib nayzalar so'ngra qilichlar va boltalar bilan jang qilishdi. Ikki guruh hindlarning a'yonlari va yetakchi jangchilari halok bo'lib, mag'lub bo'lmagunlaricha sabr bilan jang qilishdi. Jangdan qochganlaridan so'ng qolganlari mag'lub bo'lishdi. Temur ularning ortidan Dehli shahriga borib yetgunicha ta'qib qildi. Va uni qo'lga kiritmagunicha atrofini qamal qildi7.

Manbadagi ushbu ma'lumotlar hind qo'shiniga ustunlik bergan fillardan foydalanish taktikasini Amir Temur ularning o'ziga qarshi qo'llay olganligi, harbiy

7 Ибн Тагриберди "Ан-Нужум аз-Зохира фи мулки Миср ва-л-Крхира", XII жилд. Крхира, 1956 й. 262-264

б.

jihatdan noqulay sharoitdan uddaburonlik bilan foydalana olganligini ko'rsatib turibdi.

Ibn Tag'riberdi "An-nujum az-Zohira"da Shomga yurishi haqidagi ma'lumotlar orasida Damashqda bo'lgan voqealarga alohida to'xtalib o'tadi. Damashq shahri bu mintaqada strategik ahamiyatga ega shahar edi. Shahar mustahkam mudofaa devori va qal'aga ega bo'lganligi bois bu shaharni olishda kam vaqt sarflanadigan ham kam talofat ko'riladigan tadbir qo'llaydi. Bu yerda sodir bo'lgan voqealar asarda quyidagicha ta'riflangan: ... Devor ustidagi damashqliklar shiddatli jang qilishdi. Ularga devordan va xandaqlar yordamida qarshilik ko'rsatishdi. Damashq eshiklariga hujum qilgan bir guruh asirga olindi. (Damashqliklar) ko'plab otlarni qo'lga kiritishdi va ularning mingga yaqinini o'ldirishdi.

Damashq aholisi o'z vatanlarini himoya qilish uchun shiddatli janglar olib borayotgan paytlarida Temur safdoshlaridan ikki kishi devor tagiga kelib: Amir sulhni xohlayapdi deb - qichqirishdi. Va bir oqil odamni amir u bilan haqda gaplashishi uchun yuborishlarini so'radi.

Damashq aholisi Temur safdoshlarining sulh haqidagi so'zini eshitganlaridan so'ng, ular bosh qozi Taqiyuddin Ibrohim bin Muhammad bin Muflih al-Hanbaliyni yuborishga qaror qilishdi. U Damashq devoridan chiqib, Temur tomonga ketdi va u bilan uchrashdi. Unga Temur bu yerga kelayotganimda g'arazli niyatda edim, hozir qaytib ketishdan o'zga niyatim yo'q. Lekin odatimga ko'ra taklifimdagi "to'qquzot" -to'qqizlikni olishim kerak. Bu uning odati edi, agar u bir shaharni sulh bilan olsa, uning aholisi taomlarning barcha turlari, ichimliklar, jonivorlar, kiyimlar va to'qqizta tuhfa bilan uning oldiga chiqar edi. Uning nomi "to'qquzot" bo'lib, turkiy tilda 9 ni anglatadi...

Ibn Muflih Damashqqa qaytganida odamlarni jangdan qaytara boshladi. U Temur, uning dini, e'tiqodi to'g'riligini ko'klarga ko'tarib maqtadi va Dimashq ahlini urushdan to'xtatdi... Sulh tuzish qaroriga kelishdi. Tavon puli sifatida ming

ming dinor (bir million dinor) yig'ib Amir Temurga olib kelib berishdi. Amir Temur ulardan talab qilingan mablag' ming tumanni tashkil etishini aytib, ularga bu ishda bir guruhni vakil qilib tayinladi. Tuman 10 000 tilla dinordan iborat, tilaning bahosida ularning hisoblarida tafovut mavjud edi... Mablag' miqdori ming tumanga yetganida, ibn Muflih uni olib Temurga yetkazdi. Temur ibn Muflih va uning safdoshlariga: -"bizning hisobimiz bo'yicha bu mablag' uch ming ming dinorga tengdir, sizlarda yana yetti ming ming dinor qolmoqda va menga ma'lum bo'lishicha sizlar uni to'lashga ojizsizlar"- dedi. Yetarli mablag' yig'ilmaganligi sababli ular misrliklar tashlab ketgan mulklar va qurol-aslahalarni olib chiqib berishdi. Oqibatda talab qilingan mablag' yetarli bo'lmaganligi bois Amir Temur shaharni amirlari o'rtasida taqsimlab, jangsiz qo'lga kiritdi8. Muallifning ushbu ma'lumotlari boshqa manbalarga nisbatan batafsil bayon etilishi bilan ham ahamiyatlidir.

Xulosa va takliflar.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Amir Temur tarixi, xususan, uning harbiy sarkardalik faoliyatini yoritishda arab manbalarida bayon etilgan ma'lumotlarning ahamiyati katta. Ularning orasida ibn Tag'riberdining "An-Nujum az-Zohira fi mulki Misr va-l-Qohira" ("Misr va Qohira saltanati haqida porloq yulduzlar") asari Iroq va Shom mamlakatlaridagi Amir Temurning harbiy yurishlari, u qo'llagan jang olib borish taktikasi, o'z mamlakati sarhadlari bilan birga boshqa uzoq o'lkalardagi siyosiy-harbiy holat haqidagi ma'lumotlarning tez va aniq yetib kelish tizimi shakllantirilganligi. Ushbu hududlardagi siyosiy vaziyat va o'zaro diplomatik yozishmalar tafsilotlarining batafsil yoritilishi bilan o'z o'rniga ega. Ibn Arabshohning "Amir Temur tarixi"9 asaridan farqli o'laroq voqealarni bayon etishda mubolag'adan deyarli foydalanilmaydi. Shu o'rinda ushbu asarni Amir Temurni harbiy-sarkardalik faoliyatini to'liq o'rganish uchun izchil tadqiq etishni talab etadi.

8 Ибн Тагриберди "Ан-Нужум аз-Зoxиpа фи мулки Миср ва-л-Kpxиpа", XII жилд. Kpxиpа, 1956 й. 240-245 б.

9 Ибн Apабшox "Амир Темур тарихи", суз бoши, араб тилидан таржима ва rooxjrap У.Уватoв тoмoнидан тайёрланган. ^шкет', "Ме>сцат" 1992.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Y.YBaTOB "Cox^KupoH apa6 Myappuxnapu Huroxuga" "fflapK", TomKeHT. 1997 h. 9 6.

2. h6h Tarpu6epgu "AH-Hy^yM a3-3oxupa MynKu Mucp Ba-n-^oxupa", XII, XIII ^nngnap. Koxupa, 1956 h.

3. h6h Tarpu6epgu "AH-Hy^yM a3-3oxupa MynKu Mucp Ba-n-^oxupa", XII ^ung. Koxupa, 1956 h. 256 6.

4. h6h Apa6mox "AMup TeMyp Tapuxu", cy3 6omu, apa6 TunugaH Tap^uMa Ba rooxgap Y.YBaTOB TOMOHugaH TafiepnaHraH. TomKeHT, "MexHaT" 1992.

5. h6h X,a^ap an-AcKanoHufi "HH6a an-ryMp 6h a6Ho-un-yMp" ^oxupa I-IV ^nnganap, ^oxupa, 1969-1998 hh.

6. AMHp TeMyp 6u6nHorpa$Hflcu. BupuHHH KHTo6//Ty3yBHHnap: Oafi3ueB X.T., EypueB O., PaxMaTynnaeBa A.P., fflapunoB A.A.,EepgueB 3.ffl., Yn^a6aeBa C.E., ABa3oB O.A. Mactyn Myxappupnap X.T.Oafi3ueB, O. EypueB.-TomKeHT: Y3eKucTOH Pecny6nuKacu OaHnap aKageMuacu "OaH" HampueTH gaBnar KopxoHacu. 2020. 543-544 6.

7. Y.YBaTOB "coxh6khpoh apa6 Myappuxnapu Huroxuga" TomKeHT "maps;", 1997. 8 6.

8. Jumayev G.I. "Audiomanuscript" - a project on the study of oriental manuscript sources. // Journal of Social Research in Uzbekistan, 2023. P. 5052.

9. Jumayev G.I. Oq qo'yunli etnonimining etimologiyasi. // Scholar scientific journal.Volume 1, Issue 34. December. 2023. P. 85-90.

10. Jumayev G.I. Boyondurlar: tarixi va etimologiyasi. // Educational Research in Universal Sciences. Volume 2, Issue 17. December. 2023. p.215-219.

11. Jumayev G.I., Doniyorov A.X., va boshq. History of the study of "Temur tuzuklari" (Temur's regulations or Temur's laws). // New York Academic Research Congress On Social, Humanities, Administrative, And Educational Sciences Proceedings Book, - Turkiye. 2024, - S 972-975.

12. hcxpkob M.M., ^yMaeB F. H. «X,a6u6 yc-cuap» Ba «Maraa yc-catgaHH» acapnapuga gunnoMaruK Ba эnннnнк MyHoca6araapHuHr aKC эттнpнnнmн. // Sharqshunoslik / Bo c T o k o Be ge h u e / Oriental studies 2022, № 1. -TomKeHT, - E 120-132.

13. Yuldashev U.B. Boburiylar davlatida yerga egalik qilishning jogirdorlik tizimi. Volume 1 No. 1 (2023): The role of Zahiriddin Muhammad Babur's legacy in the development of Eastern statehood and culture. - Tashkent, 2023.

14. Imamov Kh. Scientific analysis of Amir Temur's relations with Egypt and Damascus in the work "An-Nujum az-zahira fi muluk Misr va al-Qahira" by Jamaluddin Abu-l-Mahosin Yusuf ibn Taghriberdi (Jamoliddin Abu-l-Mahosin Yusuf ibn Tag'riberdining "An-nujum az-zahira fi muluk Misr va al-qohira" asarida Amir Temurning Misr va Damashq bilan aloqalari ilmiy

tahlili) // 9th International New York Academic Research Congress on Social, Humanities, Administrative and Educational Sciences PROCEEDINGS BOOK (March 07-0 9, 2024, online & face to face participation) Editors Prof. N.Sabirova, Dr.Christopher Gunn. - Turkey, USA: BZT Turan Publishing House, 2024. - PP.875-878. - ISBN: 978-625-6879-51-5. DOI: 10.5281/zenodo. 10808287. Elektron havolasi: https://drive. google.com/fïle/d/12oWBuCLsgomtR0zhfjoF4_-eJr8VLcN2/view

15. Imamov Kh. Comparative analysis of information about Amir Temur in the works of Arab historians of the 14th-15th centuries (XIV-XV asr arab tarixchilari asarlarida Amir Temur haqidagi ma'lumotlarni qiyosiy tahlili) // International Turkic World Congress on social, humanities, administrative and educational sciences proceedings book (January 11-13 2024. Baku, Azerbaijan) / Editor Assoc. Prof. Dr. Elif Özlem Ôzçatal. - Baku: BZT Turan Publishing House, 2024. - P.701-704. - ISBN: 978-625-6879-43-0. DOI: 10.5281/ZENODO. 10476207. Jurnal havolasi:

https://drive. google.com/file/d/1yewAhC sTan_6yZtUT5F 5jhIKLMmKmvBH /view?usp=sharing

16. Imamov Kh. and others... History of the study of "Temur Tuzuklari" (Temur's Regulations or Temur's Laws) ("Temur tuzuklari"ning o'rganilish tarixi) // 9th International New York Academic Research Congress on Social, Humanities, Administrative and Educational Sciences PROCEEDINGS BOOK (March 07-0 9, 2024, online & face to face participation) Editors Prof. N.Sabirova, Dr.Christopher Gunn. - Turkey, USA: BZT Turan Publishing House, 2024. - PP.972-975. - ISBN: 978-625-6879-51-5. DOI: 10.5281/zenodo. 10808287. Elektron havolasi: https://drive.google.com/file/d/12oWBuCLsgomtR0zhfjoF4_-eJr8VLcN2/view

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.