Научная статья на тему 'JAMIYATIMIZ YOSHLARINING HUQUQIY MADANIYATINI YUKSALTIRISHDA TAʼLIM VA TARBIYANING OʻRNI'

JAMIYATIMIZ YOSHLARINING HUQUQIY MADANIYATINI YUKSALTIRISHDA TAʼLIM VA TARBIYANING OʻRNI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
142
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Taʼlim-tarbiya / huquqiy madaniyat / axloqiy madaniyat / maʼnaviy qashshoqlik / texnokratiya / metafizika / falsafa / mantiq / pragmatizm. / Воспитание / правовая культура / нравственная культура / нравственная нищета / технократия / метафизика. философия / логика / прагматизм.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Tursunov, Alisher Qaxramonovich

Hozirgi davrimiz axborot almashinuvi, ijtimoiy jabhalarning tez kechuv sharoitida yoshlarda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda jiddiy eʼtibor qaratiladigan muhim jihat shundan iboratki, davlat va nodavlat tashkilotlari hisoblanadigan taʼlim muassasalarida taʼlim va tarbiya jarayonining uzviyligini taʼminlash, ular oʻrtasida muvozanatni saqlash masalasi haqida gap yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

РОЛЬ ОБРАЗОВАНИЯ И ВОСПИТАНИЯ В ПОВЫШЕНИИ ПРАВОВОЙ КУЛЬТУРЫ МОЛОДЕЖИ НАШЕГО ОБЩЕСТВА

В современную эпоху информационного обмена и стремительной смены социальных фронтов важным аспектом, которому уделяется серьезное внимание в повышении правовой культуры молодежи, является обеспечение преемственности воспитательного процесса в образовательных учреждениях, находящихся в ведении государства и негосударственных организаций, и поддерживать баланс между ними.

Текст научной работы на тему «JAMIYATIMIZ YOSHLARINING HUQUQIY MADANIYATINI YUKSALTIRISHDA TAʼLIM VA TARBIYANING OʻRNI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

JAMIYATIMIZ YOSHLARINING HUQUQIY MADANIYATINI YUKSALTIRISHDA TA'LIM VA TARBIYANING O'RNI

d

https://doi.org/10.5281/zenodo.6993912

Tursunov Alisher Qaxramonovich

O'zbekiston Respublikasi IIV 2-son Toshkent akademik litseyi

Maxsus fanlar o'qituvchisi E-mail: ali704tur@gmail.com

ANNOTATSIYA

Hozirgi davrimiz axborot almashinuvi, ijtimoiy jabhalarning tez kechuv sharoitida yoshlarda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda jiddiy e'tibor qaratiladigan muhim jihat shundan iboratki, davlat va nodavlat tashkilotlari hisoblanadigan ta 'lim muassasalarida ta 'lim va tarbiya jarayonining uzviyligini ta 'minlash, ular o 'rtasida muvozanatni saqlash masalasi haqida gap yuritiladi.

Kalit so izlar: Ta 'lim-tarbiya, huquqiy madaniyat, axloqiy madaniyat, ma 'naviy qashshoqlik, texnokratiya, metafizika, falsafa, mantiq, pragmatizm.

В современную эпоху информационного обмена и стремительной смены социальных фронтов важным аспектом, которому уделяется серьезное внимание в повышении правовой культуры молодежи, является обеспечение преемственности воспитательного процесса в образовательных учреждениях, находящихся в ведении государства и негосударственных организаций, и поддерживать баланс между ними.

Ключевые слова: Воспитание, правовая культура, нравственная культура, нравственная нищета, технократия, метафизика. философия, логика, прагматизм.

In the current era of information exchange and the rapid transition of social fronts, an important aspect to which serious attention is paid in raising the legal culture of young people is to ensure the continuity of the education and training process in educational institutions, which are state and non-state organizations, and to maintain a balance between them.

Keywords: education, legal culture, moral culture, moral poverty, technocracy, metaphysics. Philosophy, logic, pragmatism.

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

KIRISH

Biz yashab kelayotgan davrda globallashuv jarayoni shiddat bilan o'zgarishi, ijtimoiy jabhalarning tez kechuv sharoitida yoshlarda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda jiddiy e'tibor qaratiladigan muhim jihat shundan iboratki, davlat va nodavlat tashkilotlari hisoblanadigan ta'lim muassasalarida ta'lim va tarbiya jarayonining uzviyligini ta'minlash, ular o'rtasida muvozanatni saqlash masalasidir. Ta'limning tarbiya bilan uzviyligini ta'minlash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri ekan, bunda biz istaymizmi yo'qmi, madaniy dunyoda yuz berayotgan "Madaniyatlar transformatsiyasi"ni ham nazarda tutishimiz lozim bo'ladi. Bugungi zamonaviy jamiyatda inson bilimi va axloqiy madaniyati rivojlanishning asosiy manbai bo'lib qolmoqda. Masalan, zamonaviy ta'lim dasturlarining ishlab chiqilishi, ishlab chiqarishning yuksak rivojlanishi, zamonaviy makroelektronika va kompyuter texnikasiga asoslansada, ammo, bular inson huquqiy madaniyatini oshirishga emas, balki inson bilimlarini axborotlar bilan ta'minlashga xizmat qiladi. Inson esa bu axborotni mujassamlashtiradi va qayta tahlil qiladi. Ayrim tadqiqotchilar kommunikatsiya tizimidagi o'zgarishlar jamiyatning barcha sohalari tizimini, xususan axloqiy qiyofasini ham tubdan o'zgartiradi, deb qaraydilar. Yoshlarda huquqiy madaniyatni yuksaltirish degani faqat ta'lim berishdangina iborat emas, balki tarbiya bilan ham bog'liq jarayon, bunda oqsash esa kelajakni qo'ldan boy berish bilan barobardir. Bunga tarixda shon-shavkatga erishgan imperiyalarning aksariyatida ilm-fan qanchalik chuqur o'rgatilmasin amalda jamiyatda axloqsizlik urchigani, fuqarolar ma'naviy qashshoqlik botqog'iga botgani, ularning axloqiy madaniyat deb nomlangan buyuk ne'matdan mahrum bo'lishi oqibatida tanazzulga yuz tutgani yorqin misoldir. Buning birdan- bir sababi esa yagona, ya'ni ta'lim bilan tarbiyaning uzviyligi va muvozanati buzilishi deb ko'rsatish mumkin. Inson qanchalik ma'lumotli, oqil bo'lmasin, uning axloqi va madaniyatidagi kemtiklik albatta bir kun o'z so'zini aytadi, pand beradi. Kelajagimiz bo'lgan yoshlarda mana shunday salbiy holatlar yuz bermasligi uchun nafaqat ota-ona, balki davlat hamda jamoat tashkilotlari ham birday qayg'urishi, bu yo'lda hamkorlikda samarali faoliyat olib borishi lozim. Mamlakatimizda yoshlar axloqiy madaniyatini yuksaltirish borasida yana nimalar qilish lozim degan savol albatta o'zini anglagan har bir ziyolini qiziqtirishi, bunga javob izlash asnosida biroz o'y-fïkrga tolishi ham tabiiy. Bunga esa javob bitta, ya'ni bu borada istiqbolli yo'nalishlarni, usullarni izlab topish, uni amaliyotga joriy etishdan iboratdir.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MAVZU YUZASIDAN ADABIYOTLAR TAHLILI

Darhaqiqat, yoshlaming huquqiy madaniyatini yuksaltirish jamiyat taraqqiyotining muhim omili bo'lar ekan, bunda yana bir muhim jihatni ham hisobga olish zarur, deb hisoblaymiz. Hozirgi shiddatli o'zgarishlar davrida global axloq deb nom olgan yangicha axloqiy madaniyat ta'sirini ham nazarda tutish lozim bo'ladi. Biz istasak ham, istamasak ham bu jarayon kutganimizdan ko'ra tezroq yoshlarimiz ongu-shuriga axloqiy xatti- harakatlariga o'z ta'sirini ko'rsatmoqda. Ta'sir doirasiga ko'ra, bu ta'lim va tarbiya sohalarini birdek qamrab olmoqda deyish mumkin. Ayniqsa, ta'lim tizimida huquqiy tarbiyaning muhim ahamiyatga ega bo'lib borayotgani globallashuv davrida ko'proq yanada yaqqol ko'zga tashlanmoqda. Masalan, dunyoning yetakchi mamlakatlarida texnokratiya me'yoridan oshganligi, xalqaro masalalar bilan shug'ullanuvchi tashkilotlarning samarasiz yoki noxolis faoliyati natijasida suveren davlatlarning ichki ishlariga daxl qilish kabi muammolarni keltirib chiqarayotgani,buni misolida 2022 yilda Qozog'iston Respublikasida hamda Ukrainada bo'lib o'tgan voqealilarni misolini ko'rishimiz mumkin,muhim siyosiy kelishuvlarni tolerantlik asosida diplomatik yo'l bilan hal qilish o'rniga muxolifatlarni manfaat yuzasidan qo'llab-quvvatlab, ularni mablag' bilan ta'minlanishi oqibatida ko'plab notinchliklar kelib chiqayotgani, bu kabi salbiy hodisalar siyosiy arboblarning axloqiy madaniyati zaiflashib, ularning nazdida insoniy fazilatlarning qadrsizlanishi, ba'zi hollarda fazilatlar o'rnini illatlar, yovuzliklar va tajovuzlar egallashi yuz tabiiy holga aylanib bormoqda. Bunday sharoitlarda axloqiy madaniyatni shakllantirish o'zbek ma'rifatparvari Abdulla Avloniy aytadiganiday, tarbiya yo hayot yo mamot masalasi bo'lib qolmoqda. Jahondagi taraqqiyparvar olimlar bunday halokatli hodisalarni oldini olish uchun yosh avlod ta'lim- tarbiyasida axloqshunoslik faniga birinchi darajali e'tibor zarurligini uqtirmoqdalar. Mashhur pedagog V.Kodin "Hozirgi zamonda etika ta'lim-tarbiyaning asosi "nomli maqolasida shu haqida yozadi: "Ta'lim sohasida hozir davom etayotgan ilmiy munozaralarda, maktablarda va oliy o'quv yurtlarida qaysi fanlarni o'qitish zarurligi haqida, tarix va adabiyot fanlarini hajmini oshirish to'g'risidagi fikrlashuvlarda va kelgusi avlod uchun eng muhim fanlardan etikaning barcha fanlarni o'qitishda birinchi darajali ahamiyati borligi, barcha yoshdagi va barcha kasbdagi insonlar muomala madaniyatida ahloq-odob oqsab qolganligi sababli fojialar kelib chiqayotganligi afsuski yetarli darajada muhokama qilinmayotir". Darhaqiqat, V.Kodin ta'kidlagan mazkur muammolar Germaniyalik olim V.A.Kanke

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tadqiqotlarida ham muhim o'rin egallagan. V.Kanke fikricha, "XX asrning 70-yillarida jahon miqyosida etika sohasida olmon kantchiligi, ingliz utilitarizmi va amerikancha pragmatizmning birlashuvi, ya'ni sintezi vujudga keldi. Endilikda etika metafizika tarkibidagi nazariy fanlardan biri bo'libgina qolmay soxta rivojlanish emas, balki haqiqiy rivojlanishga xizmat qiluvchi harakatlar dasturiga aylandi .

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Axloq, ya'ni etika muammolari jamiyat hayotining dolzarb muammosiga aylanib bormoqda. Hozirgi zamonning bosh masalasi insoniyat o'zining taraqqiyotini ta'minlashga qodirmi? Degan masala asosan axloq masalasi bo'lib, barcha boshqa fanlar ham shu va shu kabi axloqiy masalalarga javob izlaydi. Falsafa va mantiq ilmlari qatorida axloqshunoslik ham barcha fanlar uchun zaruriy fanga aylandi. Bizning fikrimizcha, antik davrda ham Suqrot, Aflotun, Arastu kabi buyuk faylasuflar axloq muammolariga katta e'tibor bergan edilar. Axloq muammolari faqatgina antropologiya doirasi bilan cheklanmagan edi. Hozirgi vaqtda katta e'tibor qozongan, ko'p fanlarning sintezi bo'lgan sinergetika ham asosan jamiyatda axloqiy madaniyat musaffoligini ta'minlash, jamiyat taraqqiyoti masalalari bilan shug'ullanganligi e'tiborga molik. Xususan, aksariyat fanlarning nazariyadan amaliyotga o'tishi jarayonida etikaga ehtiyoj sezmoqda. Bunga barcha soha olimlari o'z ilmiy ixtirolarini amaliyotga qo'llashga kelganida axloqiy muammolarga duch kelayotganliklari yorqin misoldir. Chunki, ixtirolarning amaliyotga ko'chishi qanday oqibatlarga olib kelishi axloq va ma'naviyat masalalari bilan bog'liqdir. Ixtiro egasining insoniyat oldida mas'uliyatini anglashi axloqiy muammodir. X1 -XX asrning mashhur adiblaridan Jyul Vernning romanlarida, Gerbert Uellsning "Ko'rinmas odam", "Doktor Moro oroli" romanlarida yozuvchi olimlarning

Ixtirolarini insoniyatga qanday dahshatli ofatlar keltirishini badiiy qahramonlar tilidan axloqqa, ma'naviyatga qarshi ish ekanligini ta'kidlaydi. Bundan xulosa chiqadiki, turli fanlarning iste'dodli vakillari o'z ixtirolarining oqibatida insoniyatga zarar, ofat keltirishini anglashi uchun yetarli darajada axloqiy madaniyatga ega bo'lishlari zarur. Ana shundagina ular insoniyat oldida, o'z vijdoni oldida mas'uliyatli ekanini tushuna boshlaydilar.

Ta'lim tizimida axloqiy tarbiyaning uzviyligini ta'minlashda o'quvchi-talabalarning didiga, qadriyatlari va dunyoqarashiga mos tarzda yondashish talab etiladi. Bundan tashqari, bu jarayon fan ta'limi, g'oyaviy tarbiya, mehnat tarbiyasi va axloqiy tarbiya bilan uyg'unlikda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Ta'lim muassasasidagi faoliyat ana shunday yaxlit tizim shakliga keltirilganidagina

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

muntazamlik va mukammallik kasb etadi. Demak, har qanday davlat yoshlarining axloqiy madaniyatini yuksaltirishdan, manfaatdor bo'ladi. Shu nuqtai nazardan O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi" ham faol, yuksak ma'naviyatli, erkin va mustaqil shaxsni axloqini tarbiyalashga yo'naltirilgan. Bunda yoshlarni nafaqat bilimlar bilan qurollantirish, balki ularga davlatning taraqqiyoti, iqtisodiy ravnaq va ma'naviy yuksalishiga turtki bo'ladigan axloqiy madaniyatni singdirish ham nazarda tutiladi. Yoshlarni axloqini tarbiyalashga bunday yondashuv asosida har tomonlama faol fuqaro shakllanadi. Zero, ilgari tabiiy resurslarga boy mamlakatlar qudratli hisoblangan bo'lsa, hozirda fuqarolari faol mamlakatlar qudratli sanaladi.

XULOSA

> Xulosa qilib aytganda, ta'lim tizimidagi axloqiy tarbiyaning ta'sirchanligini oshirishda quyidagi usullarni qo'llash kutilgan samarani berishi mumkin:

> Birinchidan, ta'limda axloqiy tarbiyaga doir qonun-qoidalarni singdirishda murakkab, chalkash, mavhum fikrlardan foydalanish samarasizdir. Mazmun qanchalik sodda, aniq, tabiiy tushuntirilsa, ta'siri shunchalik yuqori bo'ladi;

> Ikkinchidan, inson ko'proq hissiy ta'sirga moyil bo'ladi, shuning uchun uning aqlu idrok bilan bir qatorda his-tuyg'ulariga ham murojaat qilish samara beradi;

> Uchinchidan, axloqiy tarbiyaga oid dasturlar chuqur o'ylangan, mantiqiy izchil, ijodkorona ishlab chiqilgan bo'lishi darkor;

> To'rtinchidan, axloqiy tarbiyadagi qudratli usul takrorlashdir, ya'ni axloqiy xatti-harakatlar amalda takrorlash mahsulidir;

> Beshinchidan, ta'limda axloqiy tarbiya ishlarining samarasini oshirish uchun noan'anaviy usullarni qo'llash va ilg'or tajribalarni keng yoyish talab etiladi;

> Oltinchidan, inson ongi va qalbi uchun kurash borayotgan hozirgi davrda begona mafkuralarning, xususan "ommaviy madaniyat"ni salbiy ta'siriga doimiy va uzluksiz aksil targ'ibotni tashkil etish maqsadga muvofiq. Bu usullardan foydalanish milliy axloqiy madaniyatimizni sofligini saqlash, yuksaltirish, yoshlarimizning hayotiy faoliyatiga aylantirish uchun zamin yaratadi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev SH.M. "Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz". T.: "Ma'naviyat". 2017. 18 b.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

2. Mirziyoyev SH.M. "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyidagi nutqi. 2017 yil. 30 iyun.

3. Кодеин. В.Н. Современная этика как ядерное образование // Дидактика:ответ на визови педагогической практики. 2014. 474 страницы.

4. Komilov N. «Komil inson xaqida to'rt risola» Toshkent O'zbekiston 1997 172 b.

5. Komilov N. Komil inson - millat kelajagi. - Toshkent : O'zbekiston, 2001. - 240 b.

6. Komilova T. Milliy axloqiy qadriyatlar va ularning tarbiyaviy ahamiyati. -Toshkent : Fan, 2000. - 281 b.

7. Qirg'izboyev M., Fuqarolik jamiyati: nazariya va xorijiy tajriba. T., Yangi asr avlodi, 2006, 550 b.

8. Qobilov SH. Globallashuv va xavfsizlik. -T.: O'zbekiston Respublikasi IIB Akademiyasi, 2006. 200-bet.

9. Qoshg'ariy, Muhammad Sodiq. Yaxshi kishilar odobi (Odob-as- solihin). -Toshkent : Yangi asr avlodi, 2002. - 180 b.

10. Quronov M. Biz anglayotgan haqiqat : - Toshkent : Ma'naviyat, 2008. - 152 b.

11. Mamashokirov S., Tog'ayev SH. Erkin va farovon hayot qurilishining g'oyaviy-mafkuraviy masalalari. - Toshkent: Ma'naviyat, 2007. - 180 b.;

12. Mahmud T. Komillik asrorlari : hayotiy hikmatlar / T. Mahmud. - Toshkent : Adolat, 2006. - 95 b.

13. Mahmudxo'ja Behbudiy. Tanlangan asarlar.-T.: Ma'naviyat, 1999. 278 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.