Научная статья на тему 'JALOLIDDIN RUMIY “MASNAVIYI MA'NAVIY” ASARIDA IRFON VA FALSAFA UYG‘UNLIGI'

JALOLIDDIN RUMIY “MASNAVIYI MA'NAVIY” ASARIDA IRFON VA FALSAFA UYG‘UNLIGI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Sharhi du bayti Masnaviy” / ”Naynoma” / “Ar-risolat un-noyiya” / “Masnaviyi sharif” / “Ma’naviyat dengizi” / “Tasavvuf qomusi” / “Dunyoning kitobi” / ruh dialektikasi / “Javohir ul-asror va zavohir ul-anvor” / inson mayllari / “Tasavvuf qomusi” / Haqiqat taronasi / haq madhi / kubraviya / sufiylar / falsafiy-irfoniy manzuma / Tarbiya / xulq-atvor / Rumiy ta‘limoti / “Masnaviyi ma’naviy” / Tasavvuf ilmi / sog‘lom ruh / Tasavvuf maktabi / inklyuzivlik / uyg‘unlik va xilma-xillik. / “Sharhi du bayti Masnavi” / "Naynama" / "Ar-risolat un-noiya" / "Masnaviyi sharif" / "Sea of Spirituality" / "Encyclopedia of Sufism" / "Book of the World" / dialectics of the soul / "Javahir ul-asrar va zavahir ul-anvar" / human inclinations / "Encyclopedia of Sufism" / Taron of Truth / Hymn of Truth / Kubraviya / Sufis / philosophical-mystical poem / Education / behavior / Rumi's teachings / "Masnavii Ma' spiritual" / Sufism / healthy soul / school of Sufism / inclusiveness / harmony and diversity.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Madina Mardonova

Kishi borki ozini yashashda maqsadini hayoti maʼno-mazmunini topishga harakat qiladi. Aynan shu yoʻlda sharqning buyuk farzandi zamon va makon tanlamas faylasuf jaloliddin Rumiy biz uchun yoʻlchi yulduz bolib oʻzligimiz tomon qadam tashlashimizda yordamga shay. Quyidagi maqolada Rumiyning ijodiy asaridagi falsafa va irfonning ko‘plab jabhalarining o‘xshash tomonlarini ko‘rsatib o‘tilgan qisqa fikrlar bilan tanishish mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE HARMONY OF MYSTICISM AND PHILOSOPHY IN THE WORK OF JALALIDDIN RUMI “MASNAVI MANAVI”

There is a person who tries to find the meaning of his life in his life. It is on this path that the great child of the East, the philosopher Jalaluddin Rumi, who does not choose time and space, is ready to help us step towards our identity as a guiding star. In the following article, you can familiarize yourself with brief thoughts that show the similarities of many aspects of philosophy and lore in Rumi's creative work.

Текст научной работы на тему «JALOLIDDIN RUMIY “MASNAVIYI MA'NAVIY” ASARIDA IRFON VA FALSAFA UYG‘UNLIGI»

JALOLIDDIN RUMIY "MASNAVIYI MA'NAVIY" ASARIDA IRFON VA

FALSAFA UYG'UNLIGI

Madina Mardonova

Tayan ch -doktoran t, Toshken t davlat sharqsh unosl ik un iversiteti

Tel:+998336177217 e-mail: mmardonova875@gmail. com Tashkent, Uzbekistan.

Annotatsiya: Kishi borki ozini yashashda maqsadini hayoti ma 'no-mazmunini topishga harakat qiladi. Aynan shu yo'lda sharqning buyuk farzandi zamon va makon tanlamas faylasuf jaloliddin Rumiy biz uchun yo'lchi yulduz bolib o'zligimiz tomon qadam tashlashimizdayordamgashay. QuyidagimaqoladaRumiyningijodiy asaridagi falsafa va irfonningko 'plabjabhalariningo'xshash tomonlariniko'rsatib o'tilgan qisqa fikrrlar bilan tanishish mumkin

Kalit so'zlar: "Sharhi du bayti Masnaviy", "Naynoma", "Ar-risolat un-noyiya", "Masnaviyisharif", "Ma'naviyatdengizi", "Tasavvufqomusi", "Dunyoning kitobi", ruh dialektikasi, "Javohir ul-asror va zavohir ul-anvor", inson mayllari, "Tasavvuf qomusi", Haqiqattaronasi, haq madhi, kubraviya, sufiylar, falsafiy-irfoniy manzuma, Tarbiya, xulq-atvor, Rumiy ta'limoti, "Masnaviyi ma'naviy", Tasavvuf ilmi, sog'lom ruh, Tasavvufmaktabi, inklyuzivlik, uyg'unlikva xilma-xillik.

THE HARMONY OF MYSTICISM AND PHILOSOPHY IN THE WORK OF JALALIDDIN RUMI "MASNAVI MANAVI"

Madina Mardonova

PhD student,

Tashkent State University of Oriental Studies

Tel:+998336177217

E-mail: mmardonova875@gmail. com

Tashkent, Uzbekistan

Annotation: There is a person who tries to find the meaning of his life in his life. It is on this path that the great child of the East, the philosopher Jalaluddin Rumi, who does not choose time and space, is ready to help us step towards our identity as a guiding star. In the following article, you can familiarize yourself with brief thoughts that show the similarities of many aspects ofphilosophy and lore in Rumi's creative work.

Keywords: "Sharhidu baytiMasnavi", "Naynama", "Ar-risolat un-noiya", "Masnaviyi sharif', "Sea of Spirituality", "Encyclopedia of Sufism ", "Book of the World", dialectics of the soul, "Javahir ul-asrar va zavahir ul-anvar", human inclinations, "Encyclopedia of Sufism ", Taron of Truth, Hymn of Truth, Kubraviya, Sufis, philosophical-mystical poem, Education, behavior, Rumi's teachings, "Masnavii Ma' spiritual", Sufism, healthy soul, school of Sufism, inclusiveness, harmony and diversity.

ГАРМОНИЯ МИСТИКИ И ФИЛОСОФИИ В ТВОРЧЕСТВЕ ДЖАЛАЛИДДИНА РУМИ «МАСНАВИ МАНАВИ»

Мадина Мардонова

Базовый докторант

Ташкентский государственный университет востоковедения,

Тэл:+998336177217 E-mail: mmardonova875@gmail. com Ташкент, Узбекистан

Аннотация: Есть человек, который пытается найти в своей жизни смысл своей жизни. Именно на этом пути великий человек Востока, философ Джалалуддин Руми, не выбирающий время и пространство, готов помочь нам сделать шаг к нашей идентичности как путеводной звезды. В следующей статье

вы сможете ознакомиться с краткими мыслями, показывающими сходство многих аспектов философии и фольклора в творчестве Руми.

Ключевые слова: «Шархи ду байтиМаснави», «Найнама», «Ар-рисолат ун-нойя», «Маснавии шариф», «Море духовности», «Энциклопедия суфизма», «Книга мира», диалектика. души, «Джавахир ул-асрар ва завахир ул-анвар», наклонности человека, «Энциклопедия суфизма», Тарон Истины, Гимн Истины, Кубравия, Суфии, философско-мистическая поэма, Образование, поведение, учение Руми», Маснави духовный», Суфизм, здоровая душа, школа суфизма, инклюзивность, гармония и разнообразие.

KIRISH. INTRODUCTION. ВВЕДЕНИЕ.

Sharq olamining ulug' mutafakkiri Mavlono Jaloliddin Rumiyning "Masnaviyi ma'naviy" asarining ma'no qatlamini ochishga bag'ishlangan sharhlar ko'plab bitilgan. Chunki "Masnaviyi ma'naviy" majoziy uslubdagi qiziqarli va soda hikoyalardan iborat bo'lsa ham, ularning haqiqat qatlamini oshkor etish va idrok etish oson kechmaydi. Shu ma'noda aytish mumkinki, mazkur asarning ko'plab sharhlari yurtimizda mutaasiblik va firqachilik kabi ma'naviy illatlarni anglab yetish va tushunib yetishda kitobxonlarga yaqindan yordam beradi [2;2]. Shubhasiz mavlononing ijodidagi eng yorqin durdona bu uning yuqorida tilga olingan olti kitobdan iborat durdonasi "Masnaviyi ma'naviy" kitobi hisoblanadi. "Masnaviyi sharif", "Ma'naviyat dengizi", "Tasavvuf qomusi", deb dong taratgan bu asar bemalol "Dunyoning kitobi" deb atash mumkin. U Haqiqat taronasi, haq madhi, Insonning komil yo'riqnomasidir. Masnaviyning bir tomonlama va ikki tomonlama tariflari juda ko'p. Ya'ni falsafiy va irfoniydir. Shu o'rinda Abdurahmon Jomiyning sharhlarini eslab o'tish joizdir. "Sharhi baytayni Masnaviy" - Bu asarda "Masnaviyi ma'naviy" ibtidosidan birinchi va ikkinchi baytlar sharh etiladi. Sharhnoma hajman kichik - "Kulliyot"da uch varaq, [2;57] bosma holda esa 9 betdan [3;59] iborat bo'lib, "Sharhi du bayti Masnaviy", "Naynoma", "Ar-risolat un-noyiya" nomlari bilan ham zikr etilgan.

USLUBLAR. METHODS. МЕТОДЫ.

Qayd etish lozimki, "Masnaviyi ma'naviy"ning birinchi sharhlari ham 15 asrda, Turkiya yo Eronda emas, balki Rumiyning asl vatani - Movarounnahrda Huroson zaminida yozilgan. Rumiyning nay va nayiston qissasi hususidagi baytlarining birinchi sharhini naqshbandiya tariqatining mashxur shayxlaridan biri Mavlono Yakubi Charhiy boshlab bergan. Ko'p o'tmay Mavlono Jaloliddin Rumiyga yuksak ehtirom va e'tiqod bilan qaragan kubraviya sufiylarining murshidi Xoja Abdulvafo Xorazmiy o'z shogirdi Kamoliddin Husayn Xorazmiyni "Masnaviyga" sharh yozishga undaydi va Jomiy hali yosh bo'lgan paytlarda Kamoliddin Xorazmiy "Masnaviy"ga sharh yozishni boshlab, unmga "Javohir ul-asror va zavohir ul-anvor" deb nom qo'yadi. Ammo u faqat "Masnaviy" ning uch daftarini sharhlaydi holos [4;76]. Jomiy

olim va orif shaxs sifatida bu ishga qo'l urib, "Masnaviy" ibtidosini sharhlaydi va unga ilova etib, falsafiy-irfoniy manzuma bitadi. Bu manzuma quyidagi baytlar bilan boshlanadi

Ishq juz noyevu mo juz nay name

U dame bemovu mo bevay name [5;572]. Mazmuni: Ishq naydan bo'lak narsa emas, biz ham naydan bo'lak narsa emasmiz. U bir nafas bizdan, biz esa bir lahza undan holi emasmiz. Mavlono Rumiy odamni tadqiq etadi, uning tabiati va intilishlarini kuzatadi, botiniy jilolar va surilishlar, qalb siljishlarini qidirib topadi Insonning iymon gavhari, buyukligi barobarida, nuqsonlari — nafsi, hirsi ohibatida kelib chiqadigan yovuzliklarni tahlil ztib, bulardan qutulish, poklanish yo'llari, fazilatini bayon etadi. Shu taxlit, insonning ma'naviy kamoloti yo'llari, ma'rifatli bo'lish, fayzu futuhga, payg'ambar sunnatiga sodiq bo'lishning ahamiyati, muhimligi yoritiladi. Rumiyning har bir fikri—bir mash'ala, bir chiroq, shundoqqina qalbga quyiladigan ziyodir. Ulug' mutafakkir inson kamoloti uchun muqtadir b ir kurashchi bo'lib maydonga chiqadi, inson bolasini uning o'ziga tanishtiradi, yomonlikdan nafratlanish va yaxshilikdan, ilohiylikdan faxrlanishga o'rgatadi.

MUHOKAMA. DISCUSSION. ОБСУЖДЕНИЕ.

Jaloliddin Rumiyning buyukligi yana shundaki, u islomning ulug' shoiri va mutafakkiri bo'lgani holda barcha mazhablar va dinlardan yuqori ko'tarila oldi, bani basharni birlashtiruvchi yagona ilohiy g'oyalarni olg'a surib, kishilarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi e'tiqod va iymon, ishq va sig'inish, poklik va tavbadan so'z ochdi: "Yo'llar muxtalif, ammo maqsad bir, ya'ni Olloh huzuri", deya Ulug' Tangri haqiqati oldida jami maxluqot barobarligini isbotladi. "Fihi mo fihiy" da ruh dialektikasi, inson mayllari, tushuncha - tasavvurlari, ehtiyoj va talablari, iztirob va qiynoqlarn, ziddiyatlar va muvofiqliklar, kurash va g'alaba, yo'qlik va borliq, ro'yo haqiqat, jism va jon va hokazolar ustida bildirilgan fikrlar shunchalik chuqur va shu qadar yorqinki, bu fikrlarni bundan yetti yuz yil ilgari aytilganiga ishonqiramay qolasiz, go'yo ular bugun aytilganday. Rumiyning masnaviy ulkan eshik didaktik dostonlar bilan xarakterlanadi. Umuman olganda hikoyalar so'fiylik ansiklopedisini tashkil etadi. Masnaviyda sujet yaqinligi yoq ammo barcha asarlari yagona kayfiyatda uning shakli bir xil ohangdagi qofiyali baytlar eshik qismlarida Rumiy barqaror rassom sifatida ba'zida tabiatshunos (uning tabiatshunoslik ovropalik kitobxonlar lol qoldirishi mumkin ammo sharq uchun oddiy holdir) sifatida namoyon bo'ladi.

Jaloliddin Rumiy masnaviysini sevimli o'quvchisi va vorisi Hasan Sami diniga qisman so'zlab bergan ehtimol ustozni ijodiga u undagan. Jaloliddin Rumiy so'fiychilikning arkonlari dan biri hisoblanadi. "Haqiqatan ham Mavlono Rumiyning barcha asarlari islom dinining mohiyati asosida yozilgan bo'lib, olam va odam mohiyatining ma'naviy sir-asrorlaridan voqif qiladi. [6;9-12]"

NATIJALAR. RESULTS. РЕЗУЛЬТАТЫ.

Mutafakkir insonning bu dunyodagi ahvoli, ruhiyati xususida ta'kidlab shunday fikrlarni bildiradi: "Insonda shu qadar ulkan ishq, hirs, orzu va dard bordirki, yuz minglarcha olam o'ziniki bo'lsa ham, ko'ngli tinchimaydi. U ishda, san'atda, ilmu nujumda, hakimlikda mashg'ul. Biroq bularning hech biridan huzur topolmaydi. Chunki istagan narsasini qo'lga kiritolmagan. Yor dilorom, ya'ni

ko'ngilni tinchlantiruvchi demakdir. Shunday ekan, ko'ngil boshqa nima bilan qanday xotirjam bo'lsin? Zavq va orzular zinapoyaga o'xshaydi. Zinapoyalar o'tirib dam olishga moslashmagan, aksincha usti bosib o'tiladi, xolos. Umrni shu zinalarda behuda o'tkazmaslik uchun g'ofillikdan tez uyg'ongan va ahvolining mohiyatini anglab yetgan zot qanday baxtli [7;65]" Ushbu hikmatli gaplardan ko'rinib turibdiki falsafada ham irfonda ham yetuklik cho'qqisiga chiqishda ma'naviyat va ma'rifat tushunchalari kalit bo'lib xizmat qiladi. Insonning mohiyatini Mavlono ikki asosda - moddiy va ma'naviy jihatlarning uyg'unligida deb biladi: "Agar danakni chaqib, mag'zini eksang unmaydi. Agar qobig'i bilan birga tuproqqa qadasang-chi, unish hodisasi ro'y beradi [7;4]" Bunda mutafakkir bioruhiy mavjudot bo'lgan insonga ishora qilib, danakning mag'zi ruh, qobig'i esa insonning vujudi ekanligini, bu foniy dunyoda insonning ikki dunyo saodatiga noil bo'lishi uchun esa mana shu moddiy va ma'naviy asosning uyg'unligi muhim ahamiyat kasb etishini nazarda tutadi.

Bundan ko'rinadiki, Mavlononing maqsadi insonni g'ofillikdan uyg'otib, o'z mohiyatini teran anglashga undash, uning faqat moddiyat asiri bo'lib qolmasligi va haqiqiy ilm va hikmatning boshi bo'lgan Allohni tanishga, Uning jamoliga musharraf bo'lishga chaqirishdir. Buning uchun inson vujudidagi hayvoniylik sifati mag'lub bo'lib, insoniylik sifati zuhur etilishi kerak bo'ladi. Jaloliddin Rumiy aytganlaridek, "Insonning ichi hurriyat olami [7;94]" ga aylanadi.

XULOSA. CONCLUSIONS. ВЫВОДИ.

Mavlono Rumiy asarlaridagi diniy-irfoniy g'oyalar islom tasavvufining asosida shakllangan bo'lsa-da, Mavlono o'z davrida mustaqil o'ziga xos pozisiyasiga ega edi. Bu uning islom va tasavvuf ma'naviyati xalqchil ruhda falsafiy mushohadalarga boy hikoyatlar va masnaviy janrida bitilgan she'riyatida namoyon bo'ladi. Jaloliddin Rumiy she'riyati yuksak estetik mazmunga ega bo'lib, undagi ma'naviy g'oyalar irqi, millati va dinidan qat'i nazar, insonning o'zini anglashiga xizmat qiladi, inson qalbiga boruvchi barcha yo'llarni birlashtiradi va azaliy mohiyatlarni kashf qilib, insoniyatni bag'rikenglik va ma'naviy komillik sari yetaklaydi. Jaloliddin Rumiyning falsafiy qarashlarining shakllanishida ijtimoiy-

madaniy muhit hal qiluvchi rol o'ynadi. Rumiy islom dini turli mintaqalard a keng

tarqalgan davrda yashab, uning falsafiy g'oyalariga o'z davrining ma'naviy-ijtimoiy

sharoiti chuqur ta' sir ko' rsatgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Rustamjon Rahmatullozoda. "Masnaviyi ma'naviy" 1-kitob, 4-juz. "HILOL NASHR".Toshkent, 2018.

2. Ja'far Xolmuminov. Jomiy va Vahdat-ul vujud ta'limoti/J.Xolmuminov: Ma'sul muharrir: N.Komilov.-T.:O'ZBEKISTON milliy ensiklopediyasi, 2008.

3. Ja'far Xolmuminov. Jomiy va Vahdat-ul vujud ta'limoti/J.Xolmuminov: Ma'sul muharrir: N.Komilov.-T.:O'ZBEKISTON milliy ensiklopediyasi, 2008.

4. Mavlono Jaloliddin Balhiy. Masnaviyi-ma'naviy -Tehron:Suhan. 1379

5. O'Zr FA SHI qo'lyozmalar xazinasi,1331 -raqamli qo'lyozma.

6. Quronbekov A. Mavlono Jaloliddin Rumiyning avlodlarga mangu ma'naviy merosi.:Mavlono Jaloliddin Rumiyning 800 yilligiga bag'ishlangan ilmiy anjuman materiallari. -T., 2007.

7. Rumiy, Jaloliddin. Ichindagi ichindadur. T., 2001.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.