Научная статья на тему 'ALLOMALAR MEROSINI O’RGANISHNING O’QUVCHI YOSHLAR MA’NAVIYATINI YUKSALTIRISHDAGI AHAMIYATI'

ALLOMALAR MEROSINI O’RGANISHNING O’QUVCHI YOSHLAR MA’NAVIYATINI YUKSALTIRISHDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
55
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mustaqillik / ma’naviy me’ros / milliy / ma’naviy-ma’rifiy hayot / tasavvuf / falsafiy-irfoniy qarashlar / ta’lim-tarbiya / masnaviy. va x.k. / Independence / spiritual heritage / national / spiritual-enlightenment life / Sufism / philosophical-mystical views / education / spirituality. and etc.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Fayzullayev, Umidjon O’Ktamovich

Mustaqillikka erishilganidan so’ng allomalarimiz me’roslarini o’rganishga qaratilgan e’tibor, buyuk me’rosni o’rganishning yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirishdagi ahamiyati, Mavlono Jaloliddin Rumiyning hayoti va ijodi va hakozalarni haqida so`z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE SIGNIFICANCE OF STUDYING THE HERITAGE OF THE ALMOSTS IN RAISING THE SPIRITUALITY OF YOUTH STUDENTS

After gaining independence, the attention focused on studying the heritage of our scholars, the importance of studying the great heritage in raising the spirituality of the young generation, the life and work of Maulana Jalaluddin Rumi, and the events are discussed.

Текст научной работы на тему «ALLOMALAR MEROSINI O’RGANISHNING O’QUVCHI YOSHLAR MA’NAVIYATINI YUKSALTIRISHDAGI AHAMIYATI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(7), July, 2023

ALLOMALAR MEROSINI O'RGANISHNING O'QUVCHI YOSHLAR MA'NAVIYATINI YUKSALTIRISHDAGI AHAMIYATI

Fayzullayev Umidjon O'ktamovich

Osiyo Xalqaro Universitetining magistranti Imom Faxriddin ar-Roziy o'rta maxsus islom bilim yurti matbuot kotibi,

xorijiy til fani o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mustaqillikka erishilganidan so'ng allomalarimiz me'roslarini o'rganishga qaratilgan e 'tibor, buyuk me'rosni o 'rganishning yosh avlod ma 'naviyatini yuksaltirishdagi ahamiyati, Mavlono Jaloliddin Rumiyning hayoti va ijodi va hakozalarni haqida so^z boradi.

Kalit so zlar: Mustaqillik, ma'naviy me'ros, milliy, ma'naviy-ma'rifiy hayot, tasavvuf, falsafiy-irfoniy qarashlar, ta'lim-tarbiya, masnaviy. va x.k.

THE SIGNIFICANCE OF STUDYING THE HERITAGE OF THE ALMOSTS IN RAISING THE SPIRITUALITY OF YOUTH STUDENTS

Fayzullaev Umidjon Uktamovich

Master's student of International University of Asia Teacher of Imam Fakhriddin ar-Raziy Secondary School of Islamic Education,

foreign language teacher

ABSTRACT

After gaining independence, the attention focused on studying the heritage of our scholars, the importance of studying the great heritage in raising the spirituality of the young generation, the life and work of Maulana Jalaluddin Rumi, and the events are discussed.

Key words: Independence, spiritual heritage, national, spiritual-enlightenment life, Sufism, philosophical-mystical views, education, spirituality. and etc.

KIRISH

Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq jamiyatimizning barcha bo'g'inlarida tub yangilanishlar yuzaga kela boshladi. Milliy me'rosimiz, osori-atiqalarimiz, milliy urf-odat va qadriyatlarimiz qayta tiklana boshlaganligi bugungi kunlarning shukuhi uchun asosiy tamal toshi vazifasini bajarganligi barchamizga ayon. Ayni paytda milliy o'zlikni anglash, boy ma'naviy merosimizni tiklash, tadqiq va targ'ib etish, buyuk mutafakkirlarimiz-u mutasavviflarimizning ilmiy-falsafiy qarashlarini xalqimizning ijtimoiy-ma'naviy hayoti bilan omuxta etgan holda, ularning beqiyos

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

ma'naviy-ma'rifiy g'oyalaridan xalqimizni bahramand etishni davming o'zi talab etmoqda. Diniy va dunyoviy bilimlarning uyg'unlikda o'rganilishi esa qadimdanoq xalqimiz mentalitetiga xos bo'lgan sifatlardan biri hisoblanadi.

Istiqlol sharofati bilan xalqimiz ma'naviy-ma'rifiy hayotida sezilarli o'zgarishlar ro'y berdi. Xususan, mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq SHarqona etika tamoyillariga xos bo'lgan ma'naviy-axloqiy qadriyatlarga oid qarashlar rivojiga ham alohida e'tibor qaratildi. Ma'naviy-axloqiy qadriyatlarga doir vatanparvarlik, xalqparvarlik, insonparvarlik, olijanoblik, burch, vijdon, adolat, halollik kabi jamiyat ma'naviy taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ijtimoiy qarashlar rivoji bo'yicha bir qancha ishlar amalga oshirildi. Ma'lumki, qadriyat tushunchasining milliy qadriyat, umuminsoniy qadriyat, ma'naviy qadriyat, axloqiy qadriyat kabi qator turlari mavjud bo'lib, bu qadriyatlar ijtimoiy hayot va tarixiy taraqqiyotning mahsuli hisoblanadi. SHuni ham ta'kidlash joizki, qadriyatlar ijtimoiy hayotda ayrim kishilar hatti-harakatini tartibga soladigan va me'yorini belgilaydigan ma'naviy hodisa deb ham baholanadi. Ijtimoiy xususiyatlarga ega hisoblanmish qadriyatlar bashariyatning amaliy faoliyati bilan uyg'unlikda shakllanadi va avlodlardan-avlodlarga etkaziladi. Yoshlarimizni sog'lom fikrli va har tomonlama etuk shaxslar qilib tarbiyalashimizda, jamiyatimiz rivojida hamda insoniyatning ma'naviy, ma'rifiy, madaniy, axloqiy jihatdan yuksalishida ma'naviy-axloqiy qadriyatlar muhim omillardan hisoblanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mustaqillik yillarida tasavvuf ilmini o'rganish va tasavvuf ilmi doirasida qator ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilishiga ham alohida e'tibor qaratildi. Buyuk tasavvuf namoyandalari hamda mutasavviflar ijodini o'rganish va tadqiq etish masalalari ham birmuncha erkinlashtirildi. Tasavvuf ilmi Sharqda shakllangan bo'lib, u asrlar osha kishilarni ma'naviy va ruhiy poklikka, komillikka, shuningdek, sog'lom e'tiqodga da'vat etuvchi yuksak axloqiy hamda irfoniy tafakkurni o'zida mujassamlashtirgan muqaddas ilmlardan hisoblanadi. Muazzam SHarqda bu ilm bilan shuhrat qozongan minglab valiylar-u mutafakkirlar kamol topganlar. Ana shunday ulug' siymolardan biri Mavlono Jaloliddin Rumiydir. Bu ulug' zotga Abdurahmon Jomiy shunday ta'riflar bergan: Ul Fariydundir ma'no dunyosiga, "Masnaviy" burhondir asl zotiga. Men ne dey olijanob vasfida, bas, Bor kitobi, lek payg'ambar emas1 -

1 Jaloliddin Rumiy. Masnaviyi ma'naviy. Kulliyot. - T.:Sharq, 1999.-B.16.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

desa, yana bir o'rinda "Yaxshilikka chaqiruvchi ulug' Mavlono - jonlarning xulosasi, chiroq, shisha, chirog'donning siri, din va haqiqat quyoshi, avvalgi va oxirgilarga Allohning nuri", "Oshiqlik va sarxushlik karvonining sarboni bo'lmish buyuk ustoz2" deydi, Alisher Navoiy esa: "Mavlono Rumiy - ilohiy ishq kuychisi, buyuklarning ko'z ilg'amas cho'qqisi", "Ustozlar ustozi, haqiqat asrorini o'rgatuvchi, Allohni taniganlar dengizining g'avvosi" deya e'tirof etadi. Buyuk hind ma'rifatparvar shoiri Muhammad Iqbol unga: "Bu dunyoni umidsizlikdan qutqarish va insoniyatni zavqu-shavqqa oshno etish uchun yana bir Rumiy kerak" deya ta'rif bersa, Sayyid Ne'matulloh Ibrohim uni: Haqqa oshiq bo'lsa dil, ohi qani? Mavlaviydek ma'rifat shohi qani?- deya ulug'laydi.

Tasavvufshunos olim M.Iste'lomiy Mavlonoga shunday ta'rif bergan: "Uni goh Kant, goh Spinoza, goh Gegel kabi faylasuflar bilan qiyoslaydilar. Ammo Mavlono Rumiy hech kimga o'xshamaydi, u muazzam Sharq tafakkurining mo'jizali bir haykalidirkim, unda tasavvuf taraqqiyoti ham, ilmu hikmat va falsafa ham, she'riyat va ma'naviyat ham birlashib, oliy ko'rinishda namoyon bo'ladi" desa, I.Haqqul: "Rumiydan uzoqlashgan kishi umidsizlikka tushadi. Rumiyni o'qimagan kishi xudbinlashadi",- deya fikr bildiradi.

Umuman olganda, Jaloliddin Rumiyning ilmiy merosini tadqiq etish bo'yicha amalga oishirilgan tadqiqotlar ikki guruhga bo'linadi. Ulardan birinchisi allomaning shaxsiyati, hayoti, oilasi va uning yaqinlari haqida tadqiq etilgan tadqiqot ishlari bo'lsa, ikkinchi guruh mutafakkirning ilmiy merosi, falsafiy-irfoniy qarashlari, sufiyona g'oyalarini tadqiq etishga qaratilgan ishlardir. Ammo tan olish kerakki, birinchi guruhga mansub tadqiqotlar barmoq bilan sanarli, ikkinchi guruhga mansub tadqiqotlar esa dunyo bo'yicha talaygina. SHu o'rinda esa Mavlono shaxsiyati va hayoti haqida to'xtalib o'tmoq o'rinlidir.

Jaloliddin Rumiy hozirgi Afg'oniston shimolida joylashgan va o'sha davrlarda xorazmshohlarga qarashli bo'lgan Balx shahri yaqinidagi Vaxsh qishlog'ida tavallud topgan. Muhammad Jaloliddin kamol topgan Balx shahri o'z davrida siyosiy-iqtisodiy va ma'naviy-madaniy sohalar taraqqiy etgan yirik markazlardan hisoblanib, "Ummul bilod" ("SHaharlar onasi"), "Qubbatul Islom" nomlari bilan ham atalar edi. Bu buyuk zotning tavallud sanasi haqida manbalarda turli yillar uchraydi. Yirik rumiyshunos turk olimi, Turkiyaning Qunyo shahridagi Mavlono Jaloliddin Rumiy maqbarasi huzurida tashkil etilgan Mavlono muzeyi direktori Mehmet Under o'zining "Mavlono" nomli asarida tarixchi olimlardan Villay Durant Mavlononi 1201 yilda, Moris Barres esa 1203 yilda tug'ilgan deb taxmin etganliklarini keltirib o'tadi.

2 Tyulemisov M. Sokrovi^a vspominaniya. - M.:IIFDIABLTD, 1998.-str.3.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

Mehmet Underning o'zi esa bu borada shunday fikrni keltiradi: "So'nggi yillarda bu mavzuda keng tadqiqotlar olib borgan olimlar Mavlononing 1207 yildan ancha oldin tug'ilganligini aytishadi. YA'ni, Mavlono o'zining "Fihiy mo fihi" asarida Samarqandning Xorazmshohlar tomonidan qurshab olinishiga to'xtalarkan: "Samarqandda edik, Xorazmshoh Samarqandni muhosara qilib, askar tortib kurashmoqda edi", degan fikrni aytadi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Jaloliddin Rumiy. Majolisi sab'a.-T.:Yangi asr avlodi, 2018.-B.174.

2. Jaloliddin Rumiy. Hikmatlar.-T.:SHarq, 2008.-B.228.

3. Jo'raev N. Tarix falsafasining nazariy asoslari.-T.:Ma'naviyat, 2008.- B.150.

4. Islom ensiklopediyasi.-T.:O'zbekiston Milliy enseklopedisi, 2017.-B.390.

5. Mavlono Jaloliddin Rumiy. Metodik-bibliografik qo'llanma. Tuzuvchi: U.Teshaboeva. -T.:2007.-B.21.

6. Falsafa asoslari.-T.:O'zbekiston, 2005.

7. O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi.-T.:O'zbekiston Milliy enseklopediyasi, 2004 y., 7-jild.-B.482.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.