Научная статья на тему 'TASAVVUF FALSAFASIDA INSON MA’NAVIY KAMOLOTI MASALASI VA UNING “MASNAVIYMA’NAVIY” ASARIDA NAMOYON BO‘LISHI'

TASAVVUF FALSAFASIDA INSON MA’NAVIY KAMOLOTI MASALASI VA UNING “MASNAVIYMA’NAVIY” ASARIDA NAMOYON BO‘LISHI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
654
67
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tasavvuf / Alloh / tasavvuf falsafasi / Islom / Qur’oni Karim / hadis / inson mohiyati / botiniy va zohiriy anglash / mazhab / firqa / ruh / jism / iymon / sunnat / kalom / komil inson g’oyasi / mazhablar / musulmon / Me’roj / Xudo. / Sufism / Allah / Sufism philosophy / Islam / Holy Quran / hadith / human essence / inner and outer consciousness / sect / sect / spirit / body / faith / sunnah / word / idea of perfect man / sects / Muslim / Miraj / God

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Mardonova, Madina Asqar Qizi

Ushbu maqolada Masnaviy –ma’naviy asari asosida Rumiyning tasavvuf falsafasi va inson ma’naviy kamoloti masalalari qisqacha tarzda ochib berilishiga harakat qilingan.Maqolada Rumiyning asarlaridan va izlanmalaridan foydalanilgan.Maqolada foydalanilgan manbaalar foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatida berib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PROBLEM OF HUMAN SPIRITUAL PERFECTION IN THE PHILOSOPHY OF SUFISM AND ITS REPRESENTATION IN THE "MASNAVY-Spiritual" WORK

In this article, on the basis of his Masnavi-spiritual work, the mystical philosophy of Rumi and the issues of spiritual perfection of a person are briefly disclosed. The article uses the works and research of Rumi. The sources used in the article are given in the List of References.

Текст научной работы на тему «TASAVVUF FALSAFASIDA INSON MA’NAVIY KAMOLOTI MASALASI VA UNING “MASNAVIYMA’NAVIY” ASARIDA NAMOYON BO‘LISHI»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 7

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

TASAVVUF FALSAFASIDA INSON MA'NAVIY KAMOLOTI MASALASI VA UNING "MASNAVIY- MA'NAVIY" ASARIDA NAMOYON BO'LISHI

Mardonova Madina Asqar qizi

Toshent davlat Sharqshunoslik universiteti mmardonova774. @gmail .com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Masnaviy -ma'naviy asari asosida Rumiyning tasavvuf falsafasi va inson ma'naviy kamoloti masalalari qisqacha tarzda ochib berilishiga harakat qilingan.Maqolada Rumiyning asarlaridan va izlanmalaridan foydalanilgan.Maqolada foydalanilgan manbaalar foydalanilgan adabiyotlar ro 'yxatida berib o'tilgan.

Kalit so'zlar:Tasavvuf Alloh,tasavvuf falsafasi, Islom, Qur'oni Karim, hadis, inson mohiyati, botiniy va zohiriy anglash, mazhab, firqa, ruh, jism, iymon, sunnat, kalom, komil inson g'oyasi, mazhablar, musulmon, Me'roj, Xudo.

АННОТАЦИЯ

В данной статье на основе его Маснави-духовного труда кратко раскрыта мистическая философия Руми и вопросы духовного совершенствования человека.В статье использованы труды и исследования Руми.Использованные в статье источники приведены в Список ссылок.

Ключевое слово:суфизм, Аллах, философия суфизма, ислам, Священный Коран, хадис, сущность человека, внутреннее и внешнее сознание, секта, секта, дух, тело, вера, сунна, слово, представление о совершенном человеке, секты, мусульманин, мирадж, Бог.

ABSTRACT

In this article, on the basis of his Masnavi-spiritual work, the mystical philosophy of Rumi and the issues of spiritual perfection of a person are briefly disclosed. The article uses the works and research of Rumi. The sources used in the article are given in the List of References.

Keywords: Sufism, Allah, Sufism philosophy, Islam, Holy Quran, hadith, human essence, inner and outer consciousness, sect, sect, spirit, body, faith, sunnah, word, idea of perfect man, sects, Muslim, Miraj, God.

KIRISH

Jaloliddin Rumiy merosining islom madaniyatidagi o'rnini tadqiq qilishda

avvalo, o'rta asrlar musulmon Sharqining muazzam ta'limotlaridan bo'lmish

tasavvufga e'tiborimizni qaratishga to'g'ri keladi. Tasavvuf islomning botiniy

811

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

jihatlarini qamrab olib, uning bosh g'oyasi Alloh taoloning rizoligiga erishish uchun nafsni poklab go'zal axloq sohibi bo'lishga intilmoq, ya'ni Muhammad payg'ambar (s.a.v.) xulqi bilan axloqlanishdir. Qur'oni karim va hadisi sharifga tayangan tasavvuf islom ilm-fani va madaniyatidan munosib o'rin olgan Jaloliddin Rumiy uchun ham ma'naviy yyetuklik pillapoyasi bo'lib xizmat qilgan. Mavlono Rumiy shaxsiyati va ijodi borasidagi tadqiqotlarda Mavlono fikr va aqida jihatdan Qur'onga tayanganligi uqtiriladi. Xususan, Mavlono Rumiyning «Masnaviy" asari haqida N. Komilov quyidagi fikrlarni bildiradi:

"Masnaviy»da bir necha yuz hikoyat va rivoyatlar keltirilgan. Qur'oni karimning yuzlab oyati tilga olinib, tafsir etilgan, 690 hadisga rumiyona sharh berilgan. Ko'z oldimizda ham Kalom ilmining ulug' bilimdoni, ham tasavvuf ta'limotini sarbaland cho'qqiga olib chiqqan orif inson, ham muqtadir daho shoir gavdalanadi. Oddiy latifalar, hikoyatlardan Rumiy favqulodda falsafiy so'fiyona ma'nolar chiqaradi, teran doiradan doiraga, darajadan darajaga ko'tarilib boradi. "Qur'onning uch qabat botiniy ma'nosi bor", deb qayd etadi u va ana shu ma'nolarni izchil bizga tushuntiradi" [1]

MUHOKAMA VA NATIJALAR

"Haqiqatan ham Mavlono Rumiyning barcha asarlari islom dinining mohiyati asosida yozilgan bo'lib, olam va odam mohiyatining ma'naviy sir-asrorlaridan voqif qiladi." [2]Mutafakkir insonning bu dunyodagi ahvoli, ruhiyati xususida ta'kidlab shunday fikrlarni bildiradi: «Insonda shu qadar ulkan ishq, hirs, orzu va dard bordirki, yuz minglarcha olam o'ziniki bo'lsa ham, ko'ngli tinchimaydi. U ishda, san'atda, ilmu nujumda, hakimlikda mashg'ul. Biroq bularning hech biridan huzur topolmaydi. Chunki istagan narsasini qo'lga kiritolmagan. Yor dilorom, ya'ni ko'ngilni tinchlantiruvchi demakdir. Shunday ekan, ko'ngil boshqa nima bilan qanday xotirjam bo'lsin? Zavq va orzular zinapoyaga o'xshaydi. Zinapoyalar o'tirib dam olishga moslashmagan, aksincha usti bosib o'tiladi, xolos. Umrni shu zinalarda behuda o'tkazmaslik uchun g'ofillikdan tez uyg'ongan va ahvolining mohiyatini anglab yetgan zot qanday baxtli» [3]

Mavlononing "Fihi mo fihi" ("Ichindagi ichindadir") asaridagi bu fikrlardan ko'rinadiki, bu dunyoda insonni chalg'itadigan va uning o'zligini anglashga to'sqinlik qiladigan o'tkinchi vositalar bisyor. Inson o'z mohiyatini anglamog'i uchun va haqiqiy hotirjamlikka erishish uchun hayotidagi o'tkinchi vositalarga aldanib qolmasligi kerak bo'ladi. Insonning mohiyatini Mavlono ikki asosda -moddiy va ma'naviy jihatlarning uyg'unligida deb biladi: "Agar danakni chaqib,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

mag'zini eksang unmaydi. Agar qobig'i bilan birga tuproqqa qadasang-chi, unish hodisasi ro'y beradi"[4] Bunda mutafakkir bioruhiy mavjudot bo'lgan insonga ishora qilib, danakning mag'zi ruh, qobig'i esa insonning vujudi ekanligini, bu foniy dunyoda insonning ikki dunyo saodatiga noil bo'lishi uchun esa mana shu moddiy va ma'naviy asosning uyg'unligi muhim ahamiyat kasb etishini nazarda tutadi.[5]

Bundan ko'rinadiki, Mavlononing maqsadi insonni g'ofillikdan uyg'otib, o'z mohiyatini teran anglashga undash, uning faqat moddiyat asiri bo'lib qolmasligi va haqiqiy ilm va hikmatning boshi bo'lgan Allohni tanishga, Uning jamoliga musharraf bo'lishga chaqirishdir. Buning uchun inson vujudidagi hayvoniylik sifati mag'lub bo'lib, insoniylik sifati zuhur etilishi kerak bo'ladi. An shunda Mavlono aytganlaridek, «Insonning ichi hurriyat olami»ga[6]aylanadi.

Mavlono Rumiy asarlaridagi diniy-irfoniy g'oyalar islom tasawufining asosida shakllangan bo'lsa-da, Mavlono o'z davrida mustaqil o'ziga xos pozisiyasiga ega edi. Bu uning islom va tasavvuf ma'naviyati xalqchil ruhda falsafiy mushohadalarga boy hikoyatlar va masnaviy janrida bitilgan she'riyatida namoyon bo'ladi. Jaloliddin Rumiy she'riyati yuksak estetik mazmunga ega bo'lib, undagi ma'naviy g'oyalar irqi, millati va dinidan qat'i nazar, insonning o'zini anglashiga xizmat qiladi, inson qalbiga boruvchi barcha yo'llarni birlashtiradi va azaliy mohiyatlarni kashf qilib, insoniyatni bag'rikenglik va ma'naviy komillik sari yetaklaydi.

"Alisher Navoiyning "Nasoyim - ul muhabbat" asarida keltiriladikim, Jaloliddin Rumiy o'z zamondoshi Mavlono Sadriddin Qazviniyni xushlamas edi. Bir kuni suhbat asnosida gap islomdagi mazhablar haqida borganda, Rumiy Qazviniyga qarab: "Men yetmish uch mazhab bilan birdirman" deydi.

Mavlono Sadriddin shogirdlaridan biriga "Sen katta bir izdihom ichida Rumiydan mazkur gapni aytganmidingiz, deb so'ra. Agar iqror bo'lsa, og'zingdan kelgancha so'k va ranjida qil", deb buyurdi. Shogird paytini topib, haligi savolni berganda, Rumiy: "Ha, aytganman", deya tan oladi. Shunda u qabih so'zlar aytib, Rumiyni haqorat qila boshlaydi. Ammo Jaloliddin Rumiy hech bir jahli chiqmay, tabassum qilib: "Men sening aytganlaring bilan ham birdirman", deydi. Mavlono Sadriddinning shogirdi o'zi uyalib majlisni tark etadi.[7] Ushbu hikoya nimaga ishora etadi? Nega Jaloliddin Rumiy o'zini yetmish uch mazhab bilan birgaman deb e'lon qilgan va nima sababdan bu Mavlono Sadriddin Qazviniyga yoqmagan? Bu savollarga javob berishdan oldin, qisqacha bo'lsa-da, o'quvchilarga yetmish uch mazhab nimaligi haqida ma'lumot berishimiz lozim. Yetmish uch mazhab—bu islomdagi siyosiy, ijtimoiy va mafkuraviy kurashlarni ifodolab kelgan har xil oqimlar, guruh va firqalardir. Avvalo, shuni ham qayd etmoq joizki, bu ibora ba'zi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

manbalarda "yetmish ikki mazhab" shaklida ham uchraydi. Sababi yetmish uchinchi mazhab islomning asosiy an'anaviy yo'li hisoblangan sunna va jamoa mazhabidir, qolgan yetmish ikki mazhab ana shu sunna va jamoadan ajralib chiqqan, deb qaraladi.

Endi yetmish ikki mazhabning o'ziga kelsak, ularni dastlab olti guruhga ajratadilar. Chunonchi: rofiziya (o'z qavmini, safini tark etganlar), xorijiya (ajralib chiqqanlar), jabariya (taqdiri azal hukmini qat'iy deb biluvchilar), qadariya (insonning erki o'zida deb biluvchilar), jahimiya (Jahm bin Saffon tarafdorlari— barcha masalalarni do'zax va jannatga bog'lab tushuntiruvchilar), murjiya (Xudo bandasini noumid qilmaydi deguvchilar).[8]

Mazkur olti guruhning har biri yana o'n ikki firqaga ajraladi. Masalan, rofiziya oqimi firqalari: alaviya (hazrati Ali ham payg'ambar edi deguvchilar), abadiya (Ali payg'ambarlikka sherik deguvchilar), shia (kimki Alini barcha sahobalardan afzal deb bilmasa, kofirdir deguvchilar) is'hoqiya (payg'ambarlik tamom bo'lgan emas deguvchilar), zaydiya ( imomlikka faqat Ali avlodi munosib deydiganlar),abbosiya (Abbos ibn Abumutallibdan boshqa imomni tan olmaydiganlar), imomiya (g'oyibdan keluvchi imom yer yuzida doim bor deguvchilar), norisiya (kimki o'zini boshqalardan afzal deb hisoblasa, kofirdir deydiganlar), mutanosixiya (jon chiqqandan keyin yana boshqa vujudga kirishi mumkin deb ishonuvchilar), lo'iniya (Sahobalardan Talxa, Zubayr va bibi Oishani la'natlovchilar), roji'iya (Ali yana dunyoga keladi deguvchilar), murtaziya (musulmon podshosi bilan jang qilish ravo deydiganlar).[9]

Albatta, barcha mazhablar haqida bu maqolada batafsil to'xtashning iloji yo'q. Faqat shuni aytmoqchimizki, rofiziya va xorijiya firqalari shiachilik aqidalariga asoslansa, ya'ni hazrati Ali va uning avlodini ulug'lashni maqsad qilib olsa, qadariya va jabariya firqalari sunna oqimiga mansub bo'lib, ilmi kalomning nazariy sxolostik aqidalari atrofida bahs qilganlar. Murjiya, jahimiya firqalari ham shia ham sunna mazhabiga tortadigan maslaklardan iborat. Bularning ba'zilari fiqh masalalarida,ba'zilari namoz, ibodat tartiblari, ba'zilari iymon mazmuni ustida tortishadilar. Ammo ular orasida islom dini ahkom va aqidalarini inkor etadiganlari ham bor. Chunonchi, "mo'tazila mazhabiga ko'ra, yomonlik ilohiy taqdirdan emas, balki insonlarning o'zidandir; fosiq kishining imomligi harom; iymon esa bandasining tajribasi(o'zlashtirganidan) hosil bo'ladi, oldindan belgilanmaydi;

Qur'on yaratilgandir, vahiy emas, Me'roj Quddus shahrigachadir va bu faqat ruhga tegishli,jismga emas; qiyomatda gunoh- savobning hisob kitobi, tarozi yo'q,

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

avliyolarning karomati yolg'on, qiyomatda Haq taoloni ko'rish mumkin emas,jannat ahli ham uxlaydilar, ovqatlanadilar va vafot etadilar... Sirojiya ahli fikricha, o'lib ketgan odamlarning so'zi hujjat bo'lolmaydi, ularni inkor etish mumkin (demak, payambar hadislarini ham)."

Muhkomiya oqimi bo'yicha esa, Xudoyi taoloning bandalariga hech bir hukmi yo'q. Xudo olamni va odamni yaratgan, ammo odam barcha faoliyatda ixtiyor o'zida. Lafziya ahli deydilarki, Qur'on ish Kalomidir, ilohiy so'z emas, biroq Qur'onning ma'nosi ilohiydir. Riyoziya bo'yicha iymon sunnat, xolos, ya'ni ezgu so'z, ezgu amal, ezgu niyatdir.

REFERENCES

1. Jaloliddin Rumiy. Ma'naviy masnaviy. T.: Sharq, 1999. B. 12.

2. Quronbekov A. Mavlono Jaloliddin Rumiyning avlodlarga mangu ma'naviy merosi.: Mavlono Jaloliddin Rumiyning 800 yilligiga bag'ishlangan ilmiy anjuman materiallari. - T., 2007. - B.9-12.

3. Rumiy, Jaloliddin. Ichindagi ichindadur. T., 2001. B. 65.

4. O'sha asar. B. 4.

5. Jaloliddin Rumiy "Ichindagi Ichindadir"-Ulug'bek Hamdam tarjimasi. Toshkent-

6. Ulug'bek Hamdam. Jaloliddin Rumiy "Ichindagi Ichindadir" G'afur G'ulom nomidagi nashriyot- matbaa ijodiy uyi. Toshkent,-2016.-B.12.

7. Ulug'bek Hamdam. Jaloliddin Rumiy "Ichindagi Ichindadir" G'afur G'ulom nomidagi nashriyot -matbaa ijodiy uyi .Toshkent, 2017.-B.18.

2016.-B.3.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.