JAHON LINGVISTIK EKSPERTOLOGIYASIDA TARKIBIY QISMLAR
MASALASINING O'RGANILISHI
Nursulton Shayxislamov
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti akademik litseyi ona tili va
adabiyot fani o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Lingvistik ekspertologiya konfliktli sud ishlarida matn bilan ishlash zarurati tugilishi yangi soha-lingvistik ekspertologiya shakllanishi va tarqqiy topishiga omil bo'ldi. Endilikda lingvistik ekspertologiya qanday tipdagi matnlar bilan ishlaydi degan savolga oydinlik kiritish va chegarasini belgilash masalasi dolzarblashdi. Maqolada jahon lingvistik ekspertologiyasida tarkibiy qismlarning tavsiflanishi va o'zbek yozma matnlariga aloqadorlik masalasi yoritiladi.
Kalit so'zlar: lingvistik ekspertologiya,lingvistik ekspertiza, tarkibiy qism,lingvist-ekspert, konfliktli matn,rasmiy ekspertiza, tashabbus ekspertizasi.
COMPOSITION OF COMPONENTS IN WORLD LINGUISTIC
EXPERTOLOGY
ABSTRACT
Linguistic expertise The need to work with text in conflict litigation has led to the formation and development of a new field - linguistic expertise. Now the question of what type of texts linguistic expertise works with and how to define its boundaries has become urgent. The article describes the components of global linguistic expertise and their relevance to Uzbek written texts.
Keywords: linguistic expertise, linguistic expertise, component, linguistic expert, conflict text, formal expertise, initiative expertise.
Turli ko'rinishdagi matnlarni ekspertiza qilish jarayoni o'ziga xos bosqichlarni qamrab oladi, bu jarayon lingvistik tahlildan tamoman farq qiladi. Mavjud nazariy bilimlar amaliyotga tatbiq etilib, ekspert tomonidan umumlashmalar hosil qilinadi. Har qanday matn ham lingvistik ekspertiza o'tkazish obyekti bo'la olmaydi. Ziddiyatli og'zaki va yozma matnlar lingvistik ekspertiza o'tkazish uchun asos vazifasini bajara oladi. Og'zaki ko'rinishdagi matnlar, telefon yozishmalari, audio va video xabarlar, favqulodda qo'ng'iroqlar turli irqiy kamsitish, haqorat, obro'sizlantirish, tashviqotlarga qaratilgan ommaviy murojaatnomalar bo'lishi mumkin. Yozma matnlar ko'lami esa biroz kengroq.
Qo'lyozma matnlar lingvistik ekspertizasida muallifning psixologik holati, yoshi, kasb turi kabi turli ma'lumotlarni aniqlash imkoniyati birmuncha yuqori. Qo'lyozma matnlar kriminalistik tadqiqotida yozma nutqning umumiy va xususiy alomatlari ajralib turadi. Umumiy alomatlar nutq muallifining leksik, grammatik, stilistik imkoniyatlarini aniqlash va baholash imkoniyatini yuzaga keltiradi. Xususiy alomatlarda noadabiy unsurlar, ortiqcha so'zlar, iboralarni noto'g'ri ishlatish, so'zlar takrori, leksik so'z boyligi yetishmasligi kabi unsurlar uchraydi. Bu esa ekspertga muallif haqida umumiy jihatlarni ochishga yordam beradi.
Sud jarayonida turli obyektlarni tekshirishda maxsus mutaxassisning malakasiga ehtiyoj tug'iladi. Quyidagi ziddiyatli holatlarda aynan lingvist-ekspert malakasi zarur bo'ladi:
1) sha'ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro'sini kamsitish bilan bog'liq holatlar aniqlanganda;
2) ekstremistik faoliyat bilan bog'liq holatlar aniqlanganda;
3) tovar belgilari, domen nomlari, savdo nomlari va boshqa intellektual mulk va mualliflik huquqi obyektlarining o'xshashlik darajasini belgilash;
4) mualliflik huquqining buzilishi (plagiat) bilan bog'liq holatlar aniqlanganda;
5) reklama mahsulotlarining salbiylik bilan bog'liq holatlarini aniqlashda;
6) me'yoriy hujjatlar, shartnomalar va boshqalarning mazmunini aniqlash;
7) og'zaki suhbatlar va yozma matnlarda yashirin ma'lumotlarni oshkor qilish;
8) lingvistning maxsus bilimlarini talab qiladigan boshqa holatlarda. Lingvistik ekspertizani tarkibiy qismlarga ajratishda mutaxassislar tomonidan
turlicha yondashuvlar mavjud. Ushbu soha yigirmanchi asrning so 'nggi o'n yilliklarida rivojlangan. M.A.Grachev talqinida esa lingvistik ekspertiza alohida turga ajratilgan har xil turdagi tadqiqot materiallari, moddalar, mahsulotlar, shuningdek, materialshunoslik bilan ish ko'radigan yuridik sohaning tarmoqlaridan biri.1 Biroq yana bir nuqtai nazar, E.I.Galyashina va E.R.Rossinskayaning so'zlariga ko'ra, lingvistik ekspertiza - bu nutq tekshiruvlari sinfiga kiruvchiga ekspertizaning alohida turi .
Germaniyalik olim Jurgen Handkie fikrlariga ko'ra, lingvistik ekspertizada ikki muhim omil mavjud:
1) ovozli xabarlar identifikatsiyasi;
2) yuridik matnlar identifikatsiyasi.
Birinchi turda olim ovozning fonetik xususiyatlari, ovoz tempi va uzunligi kabilarga e'tibor qaratish lozimligiga urg'u bersa, yuridik matnlar identifikasiyasida o'z joniga qasd qilishga qaratilgan xatlar, talab shakldagi so'rovnoma matnlari, e-mail
"5
xabarlarini ajratib ko'rsatadi.
1 Grachev M. A. Problems of formation and the formation of language minority as a science.//Bulletin of the Nizhny Novgorod state University n. a. N. A. Lobachevsky. - 2010, - No. 4 (2). - S. 499.
2 Galyashina E. And the foundations of judicial received any. - M.: Stance, 2003
3 Handkie Jurgen. Forensic Linguistics - An Overview. https://www.youtube.com/watch?v=n4wZ-O_f5ds.-2014
LK.Brinyevga ko'ra, lingvistik ekspertologiyada lingvistik ekspertizani turlarga ajratish muhim ahamiyat kasb etmaydi. Eng muhimi sohaga doir yetuk mutaxassis kadrlarni tayyorlashdan iborat.4
L.V. Azhnyuk lingvistik ekspertizaning maxsus bilimlar talab qilinadigan ikki asosiy turini ko'rsatadi. Birinchidan, bu ommaviy axborot vositalarida yoki boshqa biron bir yo'nalishda nashr etilgan ommaviy matnlar (raqamli va bosma ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, televidenie va radio matnlari dasturlar, og'zaki taqdimotlar, reklama matnlari, tovarlarda iste'molchilar uchun ma'lumot va xizmatlar, firma nomlari va boshqalar). Bunda til huquqiy tartibga solish vositasi sifatida ishlaydi. Ikkinchidan, sotsial munosabatlarni tartibga solish bo'yicha lingvistik ekspertiza. Bunda turli normativ-huquqiy hujjatlar, shaxsiy yozishmalar asosiy obyekt bo'lib xizmat qiladi. U o'z fikrini quyidagi misol orqali dalillaydi: Ipoteka shartnomasining X bandida ipoteka egasi nazarda tutilgan omonatchiga o 'ziga xos ma 'noda rasmiy talabni ma'lum tarzda yuboradi sabablari (bu ma'lum bir huquqiy natijaga ega). Ushbu ipoteka shartnomasining Z bandi ipoteka egasi depozitga rasmiy xabarnoma yuborishi bilan ta 'minlaydi boshqa sabablarga ko 'ra ma 'lum ma 'no (bu boshqa qonuniy natijaga ega). Ipoteka egasi omonatchiga bitta rasmiy hujjat (ariza - talab) yuboradi, bu bir vaqtning o 'zida rasmiy xabarni ham, rasmiy talabni ham anglatadi. Depozit bunday harakatlarning qonuniyligini shubha ostiga qo 'yadi va qonuniylarni sharhlaydi.5
L.V.Azhnyuk tomonidan belgilangan tarkibiy qismlar boshqa olimlar va mutaxassislar tomonidan berilgan mulohazalarga nisbatan solishtirganda umumiyroq xarakter kasb etadi. Olim ikki turga ajratishda asosiy xususiyatlarga tayanadi va shunga ko'ra bo'linishni ma'qul topadi.
A.Baranov tomonidan taklif etilgan lingvistik ekspertiza tarkibiy qismlari esa tashkil etish shakliga ko'ra ajartilgan deyish mumkin:
1) rasmiy ekspertiza (sudning talabiga binoan amalga oshiriladi va u yuridik maqomga ega;
2) tashabbus ekspertizasi (har qanday manfaatdorning talabiga binoan amalga oshiriladi (jismoniy yoki yuridik shaxs).
Ko'rinadiki, bunda muallif lingvistik ekspertizaning asosiy parametrlariga urg'u berib o'tadi. Har doim ham lingvistik ekspertiza o'tkazishga ehtiyoj tug'ilmaydi. Sud jarayonida ayblanuvchi, gumondor, guvoh ko'rsatmalari, mavjud dalillar tahliliga asosan mavjud qonun hujjatlariga ko'ra sud hukmi chiqariladi. Biroq shunday vaziyatlar yuzaga keladiki, bunda nafaqat mavjud qonun hujjatlari, yuridik bilimlar, balki maxsus lingvistik bilimlarga ham ehtiyoj tug'iladi. Xususan, haqorat va obro'sizlantirish,
4 Federal state standard of higher professional education in the direction of training (specialty) 031003 forensics (qualification (degree) specialist) (as amended by the order of the Ministry of education and science of the Russian Federation dated 31.05.2011 No. 1975)
5Ажнюк Л.В. Типолопя об'екпв лшгвютично1 експертизи i методика ïx дослщження / Леся BiKTopiBHa Ажнюк // Мовознавство. - 2016. - № 3. - С. 6
mansabdor shaxs mavqeyiga putur yetkazish kabi ayblovlar; yoki turli ko'rinishdagi anonim xatlar va yozma matnlar avtorizatsiyasi masalasiga oydinlik kiritish (muallifning o'zi yozganmi yo'qmi, tashqi ta'sir sharoiti bormi yo'qmi, fonetik-leksik va grammatik jihatdan qaysi hudud vakillari nutqiga xos va h.) kabi holatlarda lingvist-ekspertning bilimi va tajribasiga ehtiyoj tug'iladi. Yuqorida keltirilgan A.N.Baranov ajratgan lingvistik ekspertizaning birinchi ko'rinishi ayni shu va shu singari vaziyatlarda tayinlanadi.
Ingliz lingvist-eksperti John Olsson lingvistik ekspertiza tarkibida matn avtorizatsiyasi, plagiatlik holatlari, ovozli xabarlar identifikatsiyasi kabi tarkibiy qismlarga alohida urg'u beradi.6
REFERENCES
1. Ажнюк Л.В. Типологiя об'еклв лiнгвiстичноi експертизи i методика1х дослiдження / Леся BiKTopiBHa Ажнюк // Мовознавство. - 2016. - № 3. - С. 6
2. Grachev M. A. Problems of formation and the formation of language minority as a science.//Bulletin of the Nizhny Novgorod state University n. a. N. A. Lobachevsky. -2010, - No. 4 (2). - S. 499.
3. Galyashina E. And the foundations of judicial received any. - M.: Stance, 2003
4. Handkie Jurgen. Forensic Linguistics - An Overview. https://www.youtube.com/watch?v=n4wZ-0_f5ds.-2014Federal state standard of higher professional education in the direction of training (specialty) 031003 forensics (qualification (degree) specialist) (as amended by the order of the Ministry of education and science of the Russian Federation dated 31.05.2011 No. 1975)
5. Shayxislamov, N. (2021). ONA TILI FANINI O'QITISHDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISHNING SAMARASI. The 21st Century Skills for Professional Activity, (9), 23-25.
6. Shayxislamov, N. (2021). ONA TILI FANINI O 'QITISHDA INNOVATSION VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O 'RNI VA VAZIFALARI. Scientific progress, 2(3), 933-937.
7. Shaykhislamov, N. (2021). IMPROVING B1 LEVEL LEARNER'S VOCABULARY COMPETENCE. Ilm-fan va ta'limni rivojlantirish: imkoniyat va tendensiyalar,(1), 3739.
8. Шайхисламов, Н. (2021). ИЗУЧЕНИЕ ФРАЗЕОЛОГИЗМОВ С ИМЕНАМИ ЧИСЛИТЕЛЬНЫМИ. The 21st Century Skills for Professional Activity,(8), 69-73.
9. Шайхисламов, Н., & Норбоева, Д. (2021). ПЕДАГОГИК ТАЪЛИМ КЛАСТЕРИ-ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ АСОСИ. Pedagogik ta'lim klasteri: muammo vayechimlar,(1), 350-354.
6 John.Olsson. Forensic linguistcs. Continuum International Publishing Group. New York-2008. P5
Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 336
10. Шайхисламов, Н. (2021). ИШ ЮРИТИШ ХУЖЖАТЛАРИДАГИ КОЛИПЛАШГАН СУЗ БИРИКМАЛАРИНИНГ ИЛМИЙ-НАЗАРИЙ АСОСЛАРИ. The 21st Century Skills for Professional Activity, (7), 60-63.
11. Shaykhislamov, N. (2021). THE DIRECTION OF MODERN LINGUISTICS THE CONCEPT OF COGNITIVE LINGUISTICS. Scientific progress, 2(2), 16411646.
12. Шайхисламов, Н. (2020). Укувчиларнинг нутрий компетенцияларни ривожлантиришда нуткнинг илмий-назарий изохд. Science and Education, 1(5).
13. Movlonova, M. (2021). ADABIYOT DARSLARIDA ZAMONAVIY PEDOGOGIK USLUBLARDAN FOYDALANISH ("UFQ" TRILOGIYASI MISOLIDA). Scientific progress, 2(5), 113-119.
14. Murodova, F. (2021). ABDULLA QODIRIY ASARLARINI O'RGANISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH. Scientific progress, 2(5), 120-125.