Научная статья на тему 'JADAL RIVOJLANGAN DEHQONCHILIK SHAROITIDA TUPROQLARNI MUHOFAZA QILISH VA UNUMDORLIGINI OSHIRISHNING ZAMONAVIY YO‘LLARI'

JADAL RIVOJLANGAN DEHQONCHILIK SHAROITIDA TUPROQLARNI MUHOFAZA QILISH VA UNUMDORLIGINI OSHIRISHNING ZAMONAVIY YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
4
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tuproq / unumdorlik / ekologiya / degradatsiya / sho‘rlanish / innovatsion agrotexnologiya / o‘g‘it / gumus / hosildorlik.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — S.Sidikov, S.Yunusova, Sh.Normamatova

Maqolada hozirgi kunda tuproqshunoslik sohasidagi fundamental masalalar bilan bir qatorda tuproqni muhofaza qilib, uning meliorativ va ekologik xolatini yaxshilaydigan, unumdorligini ko‘taradigan, o‘g‘itlardan tuproq xossalarini hisobga olgan xolda foydalanadigan, ekologik sof mahsulot etishtirish imkonini beradigan zamonaviy innovatsion texnologiyalar va uslubiyotlar to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «JADAL RIVOJLANGAN DEHQONCHILIK SHAROITIDA TUPROQLARNI MUHOFAZA QILISH VA UNUMDORLIGINI OSHIRISHNING ZAMONAVIY YO‘LLARI»

JADAL RIVOJLANGAN DEHQONCHILIK SHAROITIDA TUPROQLARNI MUHOFAZA QILISH VA UNUMDORLIGINI OSHIRISHNING ZAMONAVIY

YO'LLARI 1S.Sidikov, 2S.Yunusova, 3Sh.Normamatova

1,2,3Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Tuproqshunoslik kafedrasi E-mail: x sidikov1957@mail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.10935630 Annotatsiya. Maqolada hozirgi kunda tuproqshunoslik sohasidagi fundamental masalalar bilan bir qatorda tuproqni muhofaza qilib, uning meliorativ va ekologik xolatini yaxshilaydigan, unumdorligini ko'taradigan, o'g'itlardan tuproq xossalarini hisobga olgan xolda foydalanadigan, ekologik sof mahsulot etishtirish imkonini beradigan zamonaviy innovatsion texnologiyalar va uslubiyotlar to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: tuproq, unumdorlik, ekologiya, degradatsiya, sho'rlanish, innovatsion agrotexnologiya, o'g 'it, gumus, hosildorlik.

Аннотация. В статье приведены сведения о фундаментальных задачах в области почвоведения, современных инновационных технологиях и методах, позволяющих защитить почву, улучшить ее мелиоративное и экологическое состояние, повысить ее плодородие, применении удобрений с учетом свойств почвы, получить экологически чистую продукцию.

Ключевые слова: почва, плодородие, экология, деградация, засоление, инновационная агротехнология, удобрения, гумус, урожайность.

Abstract. The article provides information about fundamental tasks in the field of soil science, modern innovative technologies and methods that allow protecting the soil, improving its reclamation and ecological condition, increasing its fertility, using fertilizers taking into account the properties of the soil, and obtaining environmentally friendly products.

Keywords: soil, fertility, ecology, degradation, salinization, innovative agricultural technology, fertilizers, humus, productivity.

Jadal rivojlangan dehqonchilik sharoitida qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilish va oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishda tuproq asosiy vosita hisoblanadi. Tuproq xossalarini, ayniqsa, tuproqlarning ekologik-meliorativ holatini yaxshilash, tuproq unumdorligini o'simliklar oziqlanishi uchun muqobillashtirish yuqori va sifatli hosil olishning garovidir. Ushbu yo'nalishda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 fevraldagi «O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasi to'g'risida"gi PQ-4575-sonli, 2024 yil 13 fevraldagi "Qishloq xo'jaligi yerlari degradatsiyasiga qarshi kurashish, tuproqning gumus miqdori va unumdorligini oshirishni qo'llab-quvvatlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-71-son Qarorlarida muhim vazifalar belgilab berilgan [1,2].

Ushbu vazifalardan kelib chiqib qishloq xo'jaligida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishning tashkiliy shakllari bo'yicha katta islohatlar o'tkazildi. Bu esa fan sohasida yirik ijobiy o'zgarishlarni yanada jadallashtirish imkonini berboqda. Kelgusida ilmiy sohadagi ishlarni yanada faollashtirish uchun qo'shimcha resurs va tadbirlar topishimiz kerak. Chunki oldimizda ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning asosi bo'lgan fundamental masalalarni topish va o'rganish, yangi-yangi texnologiyalar yaratish bo'yicha jahon andozalari darajasigacha ko'tarilish vazifasi turibdi.

Bizga ma'lumki, sobiq sovet jamiyatining so'nggi yillarida fanning ob'ektiv rivojlanish qonunlariga e'tiborsizlik qilingan, iqtisodiy va ijtimoiy siyosatda, xo'jalik qurilish masalalarida asosiy rolni o'ynaydigan ilmiy xulosalarga etarli darajada ahamiyat berilmagan. Buning natijasida fan ishlab chiqqan tavsiyalarning nufuzi pasayib, uni moddiy ta'minlanishi zarar ko'rgan. Shunday xolatni tuproqshunoslik fanida ham ko'rish mumkin. Shu bois tuproqshunoslik sohasidagi ayrim yo'nalishlarning rivojlanish darajasini dunyo fanining darajasida deyish qiyin [3,6,7].

Bugungi kunda dunyoda oziq-ovqat havfsizligini ta'minlashning asosiy garovi tuproq va o'g'itlardan oqilona foydalanib, ekologik sof mahsulot etishtirish hisoblanadi. Eng avvalo respublika tuproqshunoslik sohasidagi olimlarning e'tiborini ustivor masalalarning echimiga yo'naltirish maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki bularsiz tuproq xolatini va unumdorligini yaxshilovchi texnologiyalarni yaratib bo'lmaydi. Fanda olingan tadqiqot natijalarini dolzarb amaliy masalalarni echishga tadbiq qilish ham juda qiyin. Shuning uchun barcha olimlar va mutaxassislar birgalikda tuproqshunoslik fanida yuzaga kelgan xolatni har tomonlama muhokama qilib, uni rivojlantirish chora-tadbirlarini yaratish, ijtimoiy mavqei va nufuzini ko'tarishning aniq dasturini ishlab chiqishlari o'ta muhim hisoblanadi.

Qishloq xo'jaligida tuproqdan foydalanilganda uni paydo bo'lish, rivojlanish qonuniyatlarini albatta hisobga olish zarur. Har bir agrotexnologiya tuproqning ekologik, meliorativ va agrokimyoviy holatini yaxshilab, unumdorligini ko'tarib borishi lozim.

Qishloq xo'jaligida zamonaviy agrotexnologiyalar qo'llab, tuproqdan foydalanilganda, qishloq xo'jalik ekinlarini me'yorida oziqlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Tuproqqa ishlov, o'g'it, suv berishda, uni suv, havo, oziqa, issiqlik rejimlarini o'simlik talabiga javob beradigan darajaga olib kelishda tuproqni tabiat komponenti sifatida o'rganish, qonuniyatlarini ochish, holati va unumdorligini yaxshilash hamda qishloq xo'jaligida undan ilmiy asosda to'g'ri foydalanish kelajak avlod oldidagi buyuk vazifamizdir.

Tuproqda uni me'yoridagi holatini buzadigan salbiy jarayonlar paydo bo'lishiga yo'l qo'yib bo'lmaydi. Ilgari tuproqlardan ob'ektiv qonuniyatlarni, ularning holati va unumdorligini o'zgarib ketishini hisobga olmay foydalanish natijasida respublikamizning ayrim viloyatlaridagi sug'oriladigan tuproqlarda sho'rlanish, shamol, suv, irrigatson eroziyalariga uchrash, ifloslanish, haydalma qatlam ostini zichlashib ketishi va h.k. jarayonlar boshlangan va davom etmoqda. Bularni tezda bartaraf qilish kerak.

Bulardan tashqari respublika tuproqshunosligi bir qator yirik ilmiy muammolarni echib, yangi yutuqlarni qo'lga kiritishi zarur. Masalan, tuproq hosil bo'lish jarayonida biogeokimyoviy sikllar, tuproq qatlamining tabiatdagi ekologik funksiyasi, tuproq qatlamlarini zonal-regional tarqalish xarakteri, tuproq xossalarini o'simliklar oziqlanishi uchun muqobillashtirish va unumdorligini oshirish maqsadida tuproq jarayonlarini boshqarish nazariyasi va uslubiyotini yaratish kerak.

Tuproq va o'g'itlardan samarali foydalanishda universal ahamiyatga ega bo'lgan tuproq biotasi, tuproqning qattiq, suyuq, gaz fazalari o'rtasidagi strukturali funksional bog'liqlik, tuproqlarda organik qoldiqlarni transformatsiyasida biokimyo jarayonlari, tuproq-o'simlik-tabiiy suvlar-atmosfera tizimida modda almashinuv parametrlari va mexanizimi, tuproq hosil bo'lish energetikasi, klassifikatsiyalash nazariyasi va uslubiyoti, tuproq diagnostikasi, tuproq-ekologik rayonlashtirish, tuproq monitoringini tashkil qilishning nazariy va uslubiy asosi kabilar ham o'ta muhim masalalar hisoblanadi [4,5].

Yerlardan unumli foydalanish, muhofazalash, meliorativ holatini yaxshilash, unumdorligini ko'tarish kabi amaliy vazifalarni bajarishda fundamental nazariy ishlarni rivojlantirish zarur. Tuproqshunoslikning shu paytgacha ma'lum bo'lgan butun nazariy fundamenti dehqonchilik, melioratsiya, yaylovchilik, o'rmonchilik, qirg'oqchilikka, eroziyalarga qarshi kurash, o'g'itlarni to'g'ri qo'llash kabi masalalarga javoblar topish va tavsiyalar ishlab chiqish jarayonida yuzaga kelgan.

Bugungi kunda tuproqshunoslik sohasida qishloq xo'jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko'paytirish mumkin bo'lgan bir qancha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Biroq ushbu tavsiyalarni dehqonchilikda foydalanish qoniqarli darajada emas. Buning uchun iqtisodiy asos mukammallashishi va tumanlarda tuproqshunos mutaxassislari ishlaydigan aniq lavozim bo'lsa maqsadga muvofiq bo'lar edi.

Agrokimyo stansiyalari faoliyatida zamonaviy agrobiotexnoliyalarni keng joriy qilish lozim. Jumladan, ishlab-chiqarishda keng qo'llaniladigan agrokimyoviy vositalar, meliorativ tadbirlar tuproqning fizikaviy, biologik xossalarini hisobga olgan xolda qo'llash ularning samaradorligini oshiradi. Sug'orish, sho'r yerlarni yuvish, og'ir qishloq xo'jalik mashina va mexanizmlarini ilmiy asoslangan xolda qo'llash tuproqda salbiy jarayonlarni yuzaga kelishini oldini olishi mumkin. Shuning uchun yerdan foydalanish, o'g'it qo'llash masalalari bo'yicha tumanlarda ilimli, tajribali tuproqshunos mutaxassislarni ko'paytirish maqsadga muvofiqdir.

Hozirgi vaqtda tabiatni muhofaza qilish va mamlakatimizda ekologik sharoitni yaxshilash nuqtai nazaridan tuproqshunoslikning roli yana ortib bormoqda. Ammo tuproqni parchalanib ketishi, degradatsiya jarayoniga uchrashi kabi katta xavflarni bartaraf qilish hali ijtimoiy ongimizga to'liq singib bormayapti. Havo va suvni ifloslanishi o'ta havfli oqibatlarga olib kelishi, tuproq sho'rlanishini ortib borishi, eroziyani kuchayib borishi, haydalma qatlam ostini zichlashib borishi va boshqa texnogen buzilishlarni katastrofik xarakteri etarli darajada tushunilmayapti va anglab etilmayapti.

Shuni eslatib qo'yish lozimki, tuproq faqat qishloq xo'jalik ishlab chiqarish vositasi bo'lmasdan, balki zaminimizdagi barcha ekologik tizimlar normal funksiyasining asosi hisoblanadi. Shuning uchun ham dunyoning yetakchi ekologlari insonni tabiatdan foydalanishida sodir bo'ladigan sho'rlanish, eroziya va texnogen ifloslanishni biosferaning normal holatiga zarar keltiruvchi juda xavfli jarayonlar guruhiga kirgizadilar.

Shundan kelib chiqib tuproqni muhofaza qiladigan ekologik asoslangan dehqonchilikni, tuproqni parchalanishdan va texnogen ifloslanishdan himoya qiladigan tizimlarni yanada tezroq mukammallashtirish vazifasi paydo bo'ladi.

Shuning uchun ham fanda buyruqvozlikka, byurokratizmga chek qo'yish, monopolizm va konservatizmni yo'qotib, demokratlashtirishni rivojlantirish mamlakat ilmiy potensialidan to'liq va to'g'ri foydalanish imkonini beradi. Fanning rivojlangan darajasiga keng ijobiy tashabbus, erkin izlanish, ilmiy g'oyalar va fikrlar o'rtasida tortishuvlar, har xil yo'nalishdagi maktab va yo'nalishlarning taraqqiyoti asosidagina erishish mumkin.

Xulosa qilib aytganda, hozirgi kunda tuproqshunoslik sohasidagi fundamental masalalar bilan bir qatorda ko'proq tuproqni muhofaza qilib, uning meliorativ va ekologik xolatini yaxshilaydigan, unumdorligini oshiradigan, o'g'itlardan tuproq xossalarini hisobga olgan xolda ilmiy asoslangan xolda foydalanadigan, ekologik sof mahsulot etishtirish imkonini beradigan zamonaviy innovatsion texnologiyalar va uslubiyotlar talab qilinadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 fevraldagi PQ-4575-sonli «O'zbekiston

Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasi to'g'risida"gi Qarori.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 13 fevraldagi "Qishloq xo'jaligi yerlari degradatsiyasiga qarshi kurashish, tuproqning gumus miqdori va unumdorligini oshirishni qo'llab-quvvatlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-71-son Qarori.

3. Sattorov J., Sidiqov S. Dunyoda va O'zbekistonda o'g'it qo'llashning buguni va ertasi. Xalqaro Yer kuniga bag'ishlangan "Yer resurslaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilishda sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish tizimini takomillashtirish borasidagi amaliy ishlar va istiqboldagi vazifalar" mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar. Toshkent, O'zMU, 22-23 aprel, 2015. B.78-86.

4. Sidiqov S. Mineral va organik o'g'itlarni birgalikda qo'llash tuproq unumdorligini oshirishning omili. "Tuproq unumdorligi va qishloq xo'jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishning dolzarb masalalari" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. Toshkent, TAITDI, 2014. B. 64-69.

5. Sidiqov S., Saydullaeva Z., Panaeva N. Dehqonchilikda o'g'it qo'llash bilan bog'liq ekologik muammolar. "Ifoda" ilmiy jurnali. 2022 №3, 26-30 b.

6. www. Ziyonet uz.

7. http://www.fao.org/soils-portal/soil-degradation-restoration/en/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.