Научная статья на тему 'IXTISOSLASHTIRILGAN SO’YISH KORXONALARIDA QORAMOL GO’SHTINING VETERINARIYA-SANITARIYA EKSPERTIZASI'

IXTISOSLASHTIRILGAN SO’YISH KORXONALARIDA QORAMOL GO’SHTINING VETERINARIYA-SANITARIYA EKSPERTIZASI Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Ixtisoslashtirilgan so’yish korxonasi / namuna / organoleptik usul / limfa tugunlari / sanitariya / ekspertiza / sifat / tajriba / laboratoriya.

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Maxsudov Umidjon Turaxonovich, Allamurodova Matluba Mamasoliyevna, Sherqulov A’zam Mirzoqul O’g’li

В статье показана важность проведения ветеринарно-санитарной экспертизы говядины, убойной на специализированных бойнях, для обеспечения потребления населением качественной мясной продукции.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IXTISOSLASHTIRILGAN SO’YISH KORXONALARIDA QORAMOL GO’SHTINING VETERINARIYA-SANITARIYA EKSPERTIZASI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

UDK: 637.5:614.4

IXTISOSLASHTIRILGAN SO'YISH KORXONALARIDA QORAMOL GO'SHTINING VETERINARIYA-SANITARIYA

EKSPERTIZASI

1Maxsudov Umidjon Turaxonovich, 2Allamurodova Matluba Mamasoliyevna, 3Sherqulov

A'zam Mirzoqul o'g'li

1Toshkent davlat agrar universiteti katta o'qituvchisi Samarqand viloyat hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi, 2Direktor, 3Direktor o'rinbosari

https://doi.org/10.5281/zenodo.13859059

Аннотация. В статье показана важность проведения ветеринарно-санитарной экспертизы говядины, убойной на специализированных бойнях, для обеспечения потребления населением качественной мясной продукции.

Kalit so'zlar: Ixtisoslashtirilgan so'yish korxonasi, namuna, organoleptik usul, limfa tugunlari, sanitariya, ekspertiza, sifat, tajriba, laboratoriya.

Abstract. The article shows the importance of conducting veterinary-sanitary examination of beef slaughtered in specialized slaughterhouses in order for the population to consume quality meat products.

Mavzuning dolzarbligi. Aholining chorvachilik mahsulotlariga bo'lgan talabini yanada yaxshiroq qondirish davlatimiz qishloq xo'jaligi sohasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-yanvardagi PQ-4576-sonli "Chorvachilik tarmog'ini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorda Chorvachilik tarmog'ini jadal rivojlantirish, zamonaviy va innovatsion uslublarni joriy etish, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish va turlarini kengaytirish, shuningdek, aholini mahalliy sharoitda ishlab chiqarilgan sifatli va arzon chorva mahsulotlari bilan uzluksiz ta'minlash hamda chorvachilikka ixtisoslashgan korxonalarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash kabi dolzarb vazifalar keltirilgan: Bu borada veterinariya amaliyoti oldiga ixtisoslashtirilgan so'yish korxonalarida so'yilayotgan chorva mollarining aholi iste'moliga chiqayotgan go'sht maxsulotlarini veterinariya-sanitariya ekspertizadan o'tkazish asosiy o'rinni egallaydi.

Tadqiqot maqsadi. Ixtisoslashtirilgan so'yish korxonalarida so'yilayotgan qoramollar go'shtini veterinariya-sanitariya ekspertizadan o'tkazish, aholiga yuqumli va yuqumsiz kasalliklarga chalinishini oldini olgan holda sifatli go'sht mahuslotlarini yetkazish.

Tadqiqot joyi, obyekti va uslubiyatlari. Tadqiqot ishlari Samarqand viloyati Samarqand shahridagi "Sabr baraka halol go'shtlari" MCHJ ixtisoslashtirilgan so'yish korxonasida so'yilgan (tajriba) qoramollar kamida 15 soat ozuqasiz saqlangan, so'yilishdan oldin veterinariya vrachi ko'rigidan (qoramoldan qon namunalari olinib serologik tekshirish va termometriya va h.k.) o'tkazildi, qoramol qushxonaga kelib tushgandan so'ng ko'pi bilan 5 soat ichida so'yilgandan so'ng go'shtidan namunalar olindi. Namunalar "Sabr baraka halol go'shtlari" MCHJ veterinariya laboratoriyasida organoleptik usulda tekshirildi.

Tadqiqot natijalari. Tana go'shtlari va organlarini so'yishdan keyin veterinariya-sanitariya ekspertizasi amaldagi O'zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo'mitasi raisining 2018-yil 12-yanvardagi №2-son qarori bilan tasdiqlangan "Go'sht va go'sht mahsulotlarini veterinariya-sanitariya ekspertizasidan o'tkazish qoidalariga muvofiq amalga oshirildi. Tana go'shti va uning organlari veterinariya ko'rigidan o'tkazish tugagunga qadar go'sht nimtalari va

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

boshqa so'yish mahsulotlari so'yish sexidan chiqarilmadi. Tana go'shti va ichki organlari ekspertiza qilinganda imkon boricha mahsulotning tovar ko'rinishi saqlanib qolindi. (1-rasm)

Tana go'shtidan olingan namunalar tekshirish uchun Davlat standartining GOST 7269-79 "Go'sht namuna olish va yangiligini orgonoleptik aniqlash"ga muvofiq butun go'sht nimtasining 4-5 bo'yin umurtqasidan; kuragidan; sonidagi qalin mushaklaridan jami 200 gramm miqdorda go'sht namunasi olindi.

Samarqand viloyatidagi "Sabr baraka halol go'shtlari" MCHJ ixtisoslashgan so'yish korxonasi. 1-rasm.

Yirik shoxli molning tana go'shti, boshi, jag' osti, quloq atrofi va halqum orti limfa tugunlari kesib ko'rildi; ichki va tashqi yog' namunalari rangi, hidi, konsistensiyasi, erish xarorati, orgonoleptik tekshirildi. 1-jadval. Tana go'shti - tashqi va ichki yuzasidan shishlar va boshqa patologik o'zgarishlar mavjudligiga e'tibor qilingan holda vizual tekshirildi. Qoramol tana go'shtini tekshirish uni ichki va tashqi tomonidan ko'rish orqali olib borildi. Bunda tanadagi har xil degenerativ o'zgarishlar bor-yo'qligi, rangi, yuzasi va chuqur limfa tugunlarining holati hamda jag', bo'yin, kurak, bel va son muskullari kesib ko'rildi.

1-jadval

"Sabr baraka halol go'shtlari" MCHJ ixtisoslashgan so'yish korxonasida so'yilgan go'sht mahsuloti sifatiga organoleptik baho berish

Tashqi ko'rinishi Kesilgandagi rangi Xushbo'yligi Ta'mi Konsistensiyasi Shirinligi Sifatiga umumiy baho

Juda chiroyli Juda chiroyli Juda xushbo'y Juda ta'mli Juda mayin Juda shirali A'lo

Tekshirish natijalari shuni ko'rsatadiki, "Sabr baraka halol go'shtlari" MH^ ixtisoslashtirilgan so'yish korxonasidan olingan qoramol go'shti namunalarida go'shtning sifatlilik belgilari ko'rsatilgan.

Xulosa. Qishloq xo'jaligida chorva hayvonlarni Ixtisoslashtirilgan so'yish korxonalarida veterinariya nazorati ostida so'yilishi va aholi iste'moliga yetkazilayotgan go'sht va go'sht mahsulotlari veterinariya-sanitariya ekspertizadan o'tkazilish talab etiladi. Agarda go'sht

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

mahsulotlari veterinariya-sanitariya ekspertizadan o'tkazilmasa mahsulot kelib chiqishi noma'lum deb topilib barcha ko'rsatkichlari sifatsiz bo'ladi.

Amaliyotga taklif. So'yiladigan hayvonlar ixtisoslashtirilgan so'yish korxonalarida so'yilib, laboratoriya sharoitida veterinariya-sanitariya ekspertiza tekshiruvlaridan o'tkazilib; go'sht mahsulotlari sifatliligi aniqlangandan so'ng sotuvga chiqarish maqsadga muvofiq.

REFERENCES

1. Т.Э.Остонакулов, С.М.Муродов, Р.Б.Давлатов, Ш.Н.Шакаров ^ишлок хужалик махсулотларининг ветеринария санитария экспертизаси, кайта ишлаш технологияси, гигиенаси ва стандартизацияси Самарканд. 2013-йил.

2. S.Murodov Veterinariya-sanitariya ekspertizasi. Darslik. Samarqand - 2006-yil.

3. Абдурашитов А.А. Мясная продуктивность и качество кожевенного сыря крупного рогатого скота в условиях орошаемой зоны Узбекистана. Афтореферат диссертация Тошкент, 1985-йил.

4. С.М.Муродов ва бошкалар. // Ветеринария-санитария экспертизаси. Услубий кулланма. Самарканд 2017-йил.

5. Internet ma'lumotlari.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.