Научная статья на тему 'IXTISOSLASHGAN MAKTABLARDA FIZIKDAN AMALIY MASHG'ULOT DARSLARINI PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH'

IXTISOSLASHGAN MAKTABLARDA FIZIKDAN AMALIY MASHG'ULOT DARSLARINI PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Компьютерные и информационные науки»

CC BY
1
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pedagogik texnologiya / axborot texnologiyasi / virtual konstruktor / simulyator / kompyuter modellari / grafik tasvirlash.

Аннотация научной статьи по компьютерным и информационным наукам, автор научной работы — F.B.Toʻraxonov, Karimova Munisa

Maqolada fizika oʻqitishda pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish usullari haqida mulohaza yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IXTISOSLASHGAN MAKTABLARDA FIZIKDAN AMALIY MASHG'ULOT DARSLARINI PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH»

"ANIQ VA TABIIY FANLARNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI" RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024-YIL 7-MAY

IXTISOSLASHGAN MAKTABLARDA FIZIKDAN AMALIY MASHG'ULOT DARSLARINI PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH

1F.B.To'raxonov, 2Karimova Munisa

udtpi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11116050

Anotatsiya. Maqolada fizika o'qitishda pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish usullari haqida mulohaza yuritilgan.

Kalit so'zlar: pedagogik texnologiya, axborot texnologiyasi, virtual konstruktor, simulyator, kompyuter modellari, grafik tasvirlash.

Аннотация. В статье рассматриваются методы использования педагогических программных средств при обучении физике.

Ключевые слова: педагогическая технология, информационные технологии, виртуальный конструктор, симулятор, компьютерные модели, графическое представление.

Abstract. The article discusses the methods of using pedagogical software tools in teaching physics.

Key words: pedagogical technology, information technology, virtual designer, simulator, computer models, graphic representation.

Mamlakatimizda davlat ta'lim standartlari asosida, umumiy o'rta ta'lim tizimida fizika faniga ixtisoslashgan maktablar tashkil qilinib, o'quvchilarda xorij tajribalari asosida o'qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning me'yoriy asoslari yaratilmoqda.

2021 yil 19 martdagi PQ-5032-son "Fizika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori mazkur faoliyatga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash va amalga oshirishda muayyan darajada xizmat qiladi.

O'quvchiga pedagogik dasturiy vositalar asosida grafiklarni chizish malakasini fizika darslarida hosil qilinadi. Fizika, kimyo, biologiya, iqtisod fanlarida grafik ma'lum bir natijalarni aks ettirishda. berilgan masalanining javobini topishda va qaralayotgan holatni tahlil va tadqiq qilishda foydalaniladi.

Fizik kattaliklar orasidagi funksional bog'lanishlarlarni qisqa vaqt ichida hosil qilish va hosil bo'lgan grafikni tahlil qilish fizika fani darslarida muhim pedagogik jarayon hisoblanadi. Ana'anviy dars jarayonida grafiklarni chizish vaqtida qo'yidagi muammolar vujudga keladi:

• Grafikni chizish jarayoni juda sekin davom etishi;

• chizmada noaniqliklarning mavjudligi:

• yangi olingan ma'lumotlarni hosil qilish uchun grafikni o'zgartirish imkoniyatini yo'qligi: • o'quvchilarning matematik tayyorgarliklari yetarli darajada bo'lmagani.

Fizikaning mexanika bo'limi fizikaning boshqa bo'limlariga nisbatan masalalarni grafik ko'rinishda tadqim etilishi qaralayotgan fizik jarayonni yaxshi tushunishga yordam beradi. Mexanikaning ko'pgina masalalari jism harakatiga oid masalalarni tashkil qilib, ularni grafik ko'rinishda osongina yechish mumkin. O'quvchilarning grafik ma'lumotlarni qayta ishlash va tahlil

"ANIQ VA TABIIY FANLARNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI" RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024-YIL 7-MAY

qilish jarayoni didaktik muammaolardan biri hisoblanadi. Bunday holatlarda kompyuterdan foydalanagan holda grafik masalalarni yechish eng optimal yo'llardan biri hisoblanadi.

Interactive Physics dastur muhitida yaratilgan modellar tavsifini keltiramiz. Keltirilgan modellar orqali kechayotgan fizikaviy jarayonni o'quvchi kuzatishi va grafik jarayonda qatnashayotgan fizik kattaliklar orasidagi funsional bog'lanishlarni tahlil qilishi mumkin bo'ladi. Masalan, fazodagi nuqtaning proeksiyasini aniqlashda quyidagi modeldan foydalaniladi.

Quyida keltirilgan kompyuter modelidan maqsad, o'quvchilarda jismlarinng o'rnini aniqlash uchun to'g'ri burchakli koordinatalar sistemasidan foydalana bilish malakasini hosil qilish va ikki o'lchamli koordinatalar tizimida nuqta koordinatasini aniqlashdan iboratdir. Bunda o'quvchi nuqta harakati tezligini va uning boshlang'ich o'rnini (holatini, vaziyatini, koordinatasini) o'zgartirib model harakatini kuzatadi. O'qituvchi topshirig'iga ko'ra turli vaqt onlarida nuqta koordinatalarini aniqlaydi.

m * u > IJI m m T 1 in» MM

II -

i T..

US ; ' .Jav<4Mt

UIL r* |K|I< '■<*!.« iwninln l>')il AyAA«. ru*7 9 t- ntMilirnrMi t AAMinmwii yxinrM) t-O V.HJI U miitl^tiii^ kMMdItMtulMfl vu tt/ft* 010 l riTHrtliJ.» n-.'w y-SM»> *t» V®«- Im/b VOr- ? IWt>

1 rr o

— _ — mj

• »< - '""I

III • m_♦ til_f _i pi ..... IQ rr irm ui* tarn ... , • ■ | ,-----. 1« V« m vn «.* 1»

1-rasm. Fazodagi nuqtaning proeksiyasini aniqlash.

Harakat turini klassifikatsiyalash (tasniflash)da esa quyidagi modeldan foydalanish mumkin.

ANIQ VA TABIIY FANLARNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI' RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024-YIL 7-MAY

2-rasm. Harakat turini tasniflash modeli

Bu keltirilgan kompyuter modelidan maqsad, harakat turlarini ajarata olish, teng vaqt oralig'ida jismlar qoldirgan "iz"larini taqqoslagan holda to'g'ri chiziqli tekis harakat turini aniqlay olish. Keltirilgan grafiklardan harakat turlarini aniqlay olishlik malakasini shakllantirishdan iboratdir. Bunda o'quvchi ko'rsatilgan jarayondan harakat turlarini klassifikatsiyalashi ya'ni to'g'ri chiziqli harakat, to'g'ri chiziqli tezlanuvchan harakat va tezligi kamayib boruvchi harakat, shuningdek, tanlagan javobini asoslab berishi kerak bo'ladi. Keltirilgan grafiklardan qaysi biri qanday turdagi harakat turiga bog'liqligini ko'rsatadi. O'qituvchi esa o'z navbatida model bilan ishlashni o'quvchilarga tushuntiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. U.Sh. Begimqulov, Pedagogik oliy o'quvyurtlarida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari. Monografiya, Fan, 2007. 160 b.

2. V.S. Xamidov, Interactive physics muhitida fizik jarayonlarni modellashtirish. Ta'limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, Ill-tom, 2006. 294-298 b.

3. Ye. Гурская, Компьютер для школьника. Домашние задания быстро и просто. Москва, С-Питербург, 2007. C.304.

4. Ф.Б Турахонов, Методика разработки виртуальных лабораторных работ по физике с помощью симуляторов. Журнал. «Технологии и методики в образовании» Воронеж. 2011. №3. С.34-38.

5. Турахонов. Ф.Б. бурбонов М. Хамидов В.С. Мактабда физикани уцитишда симуляторлардан фойдаланиш. Журнал. "Физика, математика, информатика", Тошкент. 2010. №5.

6. С.М. Дунин, Программа "Живая Физика", Возможности новой версии. Международный конгресс конференций "Информационные технологии в образовании" (ИТ0-2003): http://www.ict.edu.ru, 2003.

"ANIQ VA TABIIY FANLARNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI" RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024-YIL 7-MAY

7. бурбонов М., Турахонов. Ф.Б., Физикадан амалий машгулотларни педагогик дастурий воситалар ёрдамида ташкил этишю Журнал. "Педагогик таълим". Тошкент. 2012. №4. 61-65-б.

8. Кошчанов Э.О. Физикадан лаборатория ишларини имитацион компьютер модели ёрдамида бажариш. "Узлуксиз таълим". Илмий услубий журнал. Т. 2003. -№4. 61-65 б.

9. Turakhanov F.B., Xamidov V.S., Problems of modernizatsion of teaching physics. Jurnal. "AVICENNA" -2011. №2. P. 90-94.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.