Научная статья на тему 'NISBIYLIK PRINSIPINI ELEKTRODINAMIKADA TUTGAN O‘RNI'

NISBIYLIK PRINSIPINI ELEKTRODINAMIKADA TUTGAN O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
inersial / sanoq sistema / klassik / elektromagnit / Maksvell.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Murodova Zarnigor Bahrom Qizi, Ochilov Shodiyar Shonazar Ogli, Aliqulov Husniddin Ikrom Ugli

Ushbu tezisda muallif nisbiylik prinsipini elektrodinamikada tutgan o‘rnini keng yoritib berdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NISBIYLIK PRINSIPINI ELEKTRODINAMIKADA TUTGAN O‘RNI»

"ANIQ VA TABIIY FANLARNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI" RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024-YIL 7-MAY

NISBIYLIK PRINSIPINI ELEKTRODINAMIKADA TUTGAN

O'RNI

1Murodova Zarnigor Bahrom qizi, 2Ochilov Shodiyar Shonazar o'g'li, 3Aliqulov Husniddin

Ikrom ugli 123DTPI talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11115257

Annotatsiya. Ushbu tezisda muallif nisbiylik prinsipini elektrodinamikada tutgan o'rnini keng yoritib berdi.

Kalit so'zlar: inersial, sanoq sistema, klassik, elektromagnit, Maksvell.

Abstract. In this thesis, the author explained the role of the principle of relativity in electrodynamics.

Keywords: inertial, counting system, classical, electromagnetic, Maxwell.

Аннотация. В данной диссертации автор обяснилролъ принципа относительности в електродинамике.

Ключевые слова: инерциалъная, система счета, классическая, електромагнитная, Максвелл.

Jismga kuch ta'sir qilmasa, yoki ta'sir qilayotgan kuchlarning yig'indisi nolga teng bo'lsa, inersial sanoq sistemalarida u o'zining tich holatini yoki to'g'ri chiziqli tekis harakatini saqlaydi deb ta'rif berilgan Nyutonning birinchi qonunida. Boshqa tomondan bu qonun bajariladigan sanoq sistemalar inersial deyiladi. Inersial sanoq sistemalarida mexanika qonunlari birday o'rinli bo'ladi.

Galiley nisbiylik prinsipiga ko'ra birorta inersial sanoq sistemada qandaydir mexanika qonuni aniqlangan bo'lsa, bu qonun barcha inersial sanoq sistemalarda o'rinli bo'lib, bir xil ifodalanadi. Bu prinsipning matematik ifodasini Galiley almashtirishlari aniqlaydi:

r = r' + Vt', t = t'

Klassik mexanikada almashtirish formulalarida t = t' yozilmaydi, klassik fizika nuqtayi nazaridan barcha inersial sanoq sistemalarda vaqt birday o'tishini ta'kidlash uchun uni keltirdi. Vaqtning bunday xossasi klassik mexanikada signal yoki o'zaro ta'sir cheksiz tezlik bilan uzatiladi degan g'oyaga asoslangan.

Moddiy nuqtaga ta'sir etuvchi kuch barcha inersial sanoq sistemalarida birdek ekanligi kelib chiqadi. Buning isbotini Nyutonning ikkinchi qonuni ifodalab beradi. Shunga o'xshash mexanikaning boshqa qonunlarini tekshirib ko'rish mumkin. Umumiy holda klassik mexanika qonunlari Galiley almashtirishlariga nisbatan ko'rinishini o'zgartirmaydi, ya'ni invariantdir.

XIX asr oxiriga kelib elektr va magnitizm qonunlari to'liq shakllanib, Maksvell tenglamalarida bir butun holda o'z aksini topdi. Maksvell tenglamalariga asoslangan klassik elektrodinamika, maydon haqidagi birinchi jiddiy nazariya bo'lib kuzatilgan barcha elektromagnit hodisalarini tushuntiribgina qolmay, keyinchalik tajribalarda kuzatilgan va keng tadbig'ini topgan elektromagnit to'lqinlarning mavjudligini bashorat qildi. Bu qonunlarda doimiy bo'lgan yorug'lik tezligining (c = 2,2997925 • 108rn/s) ishtirok etishi bilan Nyuton mexanikasi qonunlaridan tubdan farq qiladi.

Maksvell nazariyasining rivojlanishi bilan ba'zi qiyinchiliklar paydo bo'la boshladi. Bu nazariya birinchi qarashda Galiley nisbiylik prinsipi bilan jiddiy ziddiyatda edi. K sanoq

"ANIQ VA TABIIY FANLARNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI" RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024-YIL 7-MAY

sistemasida tinch turgan zaryadni ko'ramiz. Bu sanoq sistemasida zaryad tich turganligi uchun faqat elektrostatik maydon hosil qiladi. K' sanoq sistemasidagi kuzatuvchiga nisbatan zaryad V tezlik bilan harakat qiladi. Shuning bu sanoq sistemada zaryad elektr maydon bilan bir qatorda magnit maydonni ham hosil qiladi. Shunga o'xshash K sanoq sistemalarda tinch turgan o'zgarmas magnit o'z atrofida faqat magnit maydon hosil qiladi. Uni K' sanoq sistemada turib kuzatsak berk konturda hosil bo'ladigan elektr yurituvchi kuch magnit maydondan tashqari elektr maydon mavjud ekanligidan dalolat beradi. Ko'rilgan har ikkala misol elektr va magnit maydon kuchlanganliklari Galiley almashtirishlariga nisbatan invariant emasligini ko'rsatadi. Boshqa tomondan elektrodinamika qonunlari laboratoriya va harakatdagi inersial sanoq sistemalarda birday o'rinli bo'lishi aniqlangan.

Aniqlangan holat o'ta jiddiy bo'lib, XIX asr oxirlarida fiziklar oldiga muhim savol qo'ydi. Bu savolga javob ko'p jihatdan XX asrda fizikaning rivojlanish yo'nalishini aniqlab berdi. Haqiqatdan ham quyidagilaridan birini tanlash kerak edi:

1. Maksvell tenglamalari Galiley almashtirishlariga nisbatan invariant emas deb tan olinish kerak. U holda barcha inersial sanoq sistemalardan farq qiladigan sanoq sistemasi mavjud bo'lib, faqat unga nisbatan Maksvell tenglamalari standart ko'rinishga ega bo'ladi.

2. Maksvell tenglamalari barcha inersial sanoq sistemalarida birday o'rinli bo'ladi deb qabul qilish kerak. Bu holda Galiley almashtirishlari noto'g'ri bo'lib chiqadi va barcha inersial sanoq sistemalarining ekvivalentligini boshqacha tushunish kerak.

Ba'zan klassik fizikada interval tushunchasi ikki ma'noda qo'llaniladi. Birinchisi, uch o'lchovli fazoda ikki nuqta orasidagi metrlarda o'lchanadigan interval - masofa bo'lsa, ikkinchisi, fazoda ketma-ket sodir bo'lgan ikki voqea orasidagi sekundlarda o'lchanadigan vaqt intervalidir. Uch o'lchovli fazoda ikki nuqta orasidagi masofa shu nuqtalarning koordinatalari orqali aniqlanadi:

M = 7(x2 - xi)2 + (y2 - yi)2 + (z2 - Zi)2 bu yerda x¿, y¿, z¿ (í = 1,2) birinchi va ikkinchi nuqtalarning bir vaqtda o'lchangan dekart koordinatalari. Klassik fizika nuqtayi nazaridan bunday ta'riflangan interval koordinatalarni ixtiyoriy chiziqli almashtirishlariga nisbatan invariant kattalikdir. Vaqt intervali, voqealar sodir bo'lgan vaqt momentlari orqali aniqlanadi:

At = t2 - t1

bu yerda ti, t2 birinchi va ikkinchi voqealar sodir bo'lgan vaqt momentlari.

REFERENCES

1. A. A. Abdumalikov. Elektrodinamika. T: 2011.

2. Muallim. R. X. Maydon nazariyasi. - T.: O'qituvchi, 1965.

3. Markuze D. Opticheskiy volnovodiy. -M.: Mir, 1974.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.