Научная статья на тему 'ISSUES OF STRATEGIC MANAGEMENT OF MINING AND MINING INDUSTRY ENTERPRISES UNDER COMPETITIVE CONDITIONS (EXAMPLE OF OKMK)'

ISSUES OF STRATEGIC MANAGEMENT OF MINING AND MINING INDUSTRY ENTERPRISES UNDER COMPETITIVE CONDITIONS (EXAMPLE OF OKMK) Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Strategy / management / planning / enterprise / competition / market / Marketing / management / strategic management / Strategy / management / planning / enterprise / competition / market / Marketing / management / strategic management

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Sitorabonu Nazarova

In conditions of liberalization of the economy and the observance of free market mechanisms, competition among enterprises is formed.In such conditions, enterprises will have to determine their goals and objectives for the medium and long term.For this, strategic planning and the formation of the development of the enterprise are becoming an urgent issue.The enterprise will have to anticipate that it will face certain obstacles and risks in its activities and take prinventive measures in relation to this .This also scolds strategic planning and development.In the context of market relations when determining the activities of an enterprise in the coming period ,a state of abstraction is most common in planning.In order to clarify such abstraction, it will be necessary to specify several stenarian options for the development of the enterprise.(pissimism,optimism, inertial options)for this reason, the adaptation of the strategic management system in enterprises in market demands is one of the important tasks of today

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISSUES OF STRATEGIC MANAGEMENT OF MINING AND MINING INDUSTRY ENTERPRISES UNDER COMPETITIVE CONDITIONS (EXAMPLE OF OKMK)

In conditions of liberalization of the economy and the observance of free market mechanisms, competition among enterprises is formed.In such conditions, enterprises will have to determine their goals and objectives for the medium and long term.For this, strategic planning and the formation of the development of the enterprise are becoming an urgent issue.The enterprise will have to anticipate that it will face certain obstacles and risks in its activities and take prinventive measures in relation to this .This also scolds strategic planning and development.In the context of market relations when determining the activities of an enterprise in the coming period ,a state of abstraction is most common in planning.In order to clarify such abstraction, it will be necessary to specify several stenarian options for the development of the enterprise.(pissimism,optimism, inertial options)for this reason, the adaptation of the strategic management system in enterprises in market demands is one of the important tasks of today

Текст научной работы на тему «ISSUES OF STRATEGIC MANAGEMENT OF MINING AND MINING INDUSTRY ENTERPRISES UNDER COMPETITIVE CONDITIONS (EXAMPLE OF OKMK)»

RAQOBAT SHAROITIDA TOG' - KON SANOATI KORXONALARINI STRATEGIK BOSHQARISH

MASALALARI(OKMK MISOLIDA)

Tayanch doktorant Sitorabonu Nazarova O'zbekiston Milliy Universiteti

Annotasiya. Iqtisodiyotni liberallashtirish va erkin bozor mexanizimlarini amal qilish sharoitlarda korxonalar o'rtasida raqobat shakillanib boradi.Bunday sharoitda korxonalar o'zining o'rta va uzoq muddatga belgilangan maqsad va vazifalarini belgilab olish kerak bo'ladi.Buning uchun strategik taxlil o'tkazish va korxona rivojlanishini shakllantirish dolzarb masalaga aylanib bormoqda.Korxona o'z faoliyatida ma'lum bir to'siqlar va xav-xatarga duch kelishini oldindan bilishi va shunga nisbatan prinventiv choralar ko'rib borishi kerak bo'ladi .Bu ham strategik rejalash va ishlab chiqishni ta'lab etadi.Bozor munosabatlari sharoitida korxonaning kelgusi davrdagi faoliyatini belgilashda ,rejalashtirishda mavxumlik holati ko'p uchraydi.Bunday mavxumlikni oydinlashtirish maqsadida korxonaning rivojlanishini bir qancha stenariyalik variantlarini belgilash lozim

bo'ladi.(pissimistlik,optimistlik, inersion variantlar)Shu sababli korxonalarda strategik boshqaruv tizimini bozor talablarida moslashtirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.

Kalit so'zlar: Strategiya, boshqaruv, rejalashtirish, korxona, raqobat, bozor, Olmaliq, menejment, strategik menejment

Annotation. In conditions of liberalization of the economy and the observance of free market mechanisms, competition among enterprises is formed.In such conditions, enterprises will have to determine their goals and objectives for the medium and long term.For this, strategic planning and the formation of the development of the enterprise are becoming an urgent issue.The enterprise will have to anticipate that it will face certain obstacles and risks in its activities and take preventive measures in relation to this .This also scolds strategic planning and development.ln the context of market relations when determining the activities of an enterprise in the coming period ,a state of abstraction is most common in planning.ln order to clarify such abstraction, it will be necessary to specify several stenarian options for the development of the enterprise.(pissimism,optimism, inertial options)forthis reason, the adaptation of the strategic management system in enterprises in market demands is one of the important tasks of today .

Keywords: Strategy, management, planning, enterprise, competition, market, Marketing, management, strategic management

Kirish. Korxona va biznes muhitini strategik boshqaruv va qarorlarsiz tasawur qilib bo'lmaydi. Strategik qarorlar har qanday korxona va tashkilotning joriy va kelgusidagi asosiy faoliyati mazmunini belgilab berib, buning natijasida biznes subektlari tashqi muhit omillariga qarshi o'zlarining samarali faoliyatlarini amalga oshirish imkoniyatlariga ega bo'ladilar. Darhaqiqat, har qanday korxonaning samarali tashkil etilishi va rivojlanishini uning tashqi muhitidagi o'zgarishlarning o'z vaqtida hisobga olinishi va shunga yarasha strategiyalarning ishlab chiqilishi belgilab beradi.Bugungi kunda Olmaliq KMK AJ ning bu borada amalga oshirilayotgan bir qancha sezilarli ishlari mavjud bo'lib Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mamlakatimizning eng yirik ishlab chiqarish korxonalaridan biri hisoblanadi. Kombinat konlarni ochiq va erosti usulida qazish, boyitish va oltinni saralab olish fabrikalari, metallurgiya zavodlari, yirik energetika va transport tizimlari, rivojlangan infratuzilma hamda ijtimoiy obektlarni birlashtirgan.Strategik boshqaruvni amalga oshirish bo'yicha kombinatda strategik rivojlantirish va transformasiya boshqarmasi tashlik etilgan.

Adabiyotlar sharxi: Xorijiy va mahalliy olimlar tomonidan olib borilgan bir qator ilmiy tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, korxonalar faoliyatida strategik boshqaruv haqidagi qarashlar hali ham munozarali mavzu bo'lib qolmoqda. Xorijlik olimlardan R.S.Kaplan, D.P.Norton tadqiqotlarida strategik boshqaruv tizimida korxonaning samaradorligini oshirish va iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish masalalari keng yoritilgan. Bu olimlarning qarashlarida asosiy e'tibor, strategik boshqaruv tizimini korxona va tashkilot uchun asosiy xususiyatlarini, uning samaradorligini baholashga qaratilgan. I.Ansoffning qarashlarida strategik boshqaruv tizimida korxonaning istiqbollarini o'rganish va ularga ta'sir qiluvchi omillarni baholash muhim o'rin tutadi.Uning e'tiborida korxona doim risk bilan ishlashi, uning uzoq muddatli faoliyati uchun prognozlar tuzish, ekstropflyasiya usulini qo'llash zarur. M.Porter qarashlarida

kompaniyalarning rivojlanishida innovasiyalarning o'rni, ularni qo'llash xususiyatlari, kompaniyaning barqaror ri voj I a nti ri I is h iga faqat innovasiyalarni doimiy ravishda joriy etish hamda kompaniyalarning raqobat ustunligiga erishishlarida innovasiyaning ta'siri masalalari tadqiq etilgan. V. A. Vasilenkoning tadqiqotlarida yapon boshqaruv usullariga alohida e'tibor qaratilgan.Muallif Yaponiya va Amerika firmalarida qo'llaniladigan strategik boshqaruv usullari o'rtasidagi farqlarga e'tibor qaratdi. Ya'ni, yapon yondashuvida strategik menejment ko'proq yangi mahsulotlar ishlab chiqarish orqali bozorda mahsulot ulushini oshirishga qaratilganligi aniqlandi, Amerika firmalari esa investitsiya qilingan mablag'lardan foyda olish va o'z mahsulotlarining qiymatini oshirishga qaratilgan strategiyani afzal ko'rishadi

O'zbekiston olimlari iqtisodchilari orasida Asatullayev X. S., Tursunov B. O., Mamanazarov M. A. strategiktahlil orqali korxonani o'rta va uzoq muddatli istiqbolda innovatsion rivojlantirishning maqsad va vazifalarini aniqlashga yordam beradigan boshqaruvda strategik rejalashtirish usullari va mexanizmlarini taklif qildi. Shuningdek, mualliflar Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoy korxonalari misolida "iqtisodiy o'sish" modelining istiqbolli jihatlarini ochib berishdi.

Natijalar: O'zbekiston O'rta Osiyoda er osti va er usti boyliklariga boy bo'lgan davlatlardan biridir.Respublikamizda 100 dan ortiq ma'dan turlari bo'lgan 2700 da ortiq konlar aniqlanganligi buning dalilidir. Ma'lumki, O'zbekiston iqtisodiyotining tarkibida kon-metalurgiya sanoati muhim axamiyatga ega hisoblanadi. O'zbekiston foydali qazilma turlari - mis, kaliy tuzi, fosforit,koalin resurslari bo'yicha jahonning etakchi mamlakatlari o'nligiga kiradi, o I tin va uran ishlab chiqarish bo'yicha dunyo etakchilaridan biri. Darhaqiqat, oltin, mis, volfram, vismut hamda boshqa minerallar zahiralari va ularni ko'paytirish istiqbollari bo'yicha O'zbekiston jahon mamlakatlari orasida etakchi o'rinlardan joy oigan,

Ushbu sohani tarkibiy o'zgartirish va modernizasiya qilishga qaratilgan investision siyosat mamlakatimizda tog'-kon sanoatini yanada rivojlantirish uchun etarli darajada mineral xom ashyo bazasi mavjudligi hamda ishlab chiqariladigan maxsulotlarga dunyo bozorlarida talab ortib borayotganligi bilan asoslanadi. "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aktsiyadorlikjamiyati (OKMK AJ) mamlakatimizda ushbu yo'nalishdagi eng yirik va istiqbolli korxonalardan biri bo'lib xisoblanadi. Kombinat konlarni ochiq va erosti usulida qazish, boyitish va oltinni saralab olish fabrikalari, metallurgiya zavodlari, yirik energetika va transport tizimlari, rivojlangan infratuzilma hamda ijtimoiy obektlarni o'zida birlashtirgan aktsiyadorlikjamiyati hisoblanadi.

Olmaliq hududida qadimdan konchilik bilan shug'illanganligi tarixiy manbaalarda aks etgan. Eramizning IX-XII asrlariga taaluqli bo'lgan ko'plab topilmalar va ruda qazuvchilar faoliyatining qoldirgan izlari qadimda Olmaliqda mis, qo'roshin, rux, oltin, kumush, ternir, a metist, Feruza va boshqa qazilmalar jadal ravishda qazib olinganligini ko'rsatadi. OKMK tomonidan foydalanilayotgan deyarlik barcha ruda konlari o'sha qadimgi konlar izlari bo'yicha ochilgan bo'lib, mamlakat rangli metallurgiya sanoatining yirik mineral xom ashyo bazasi xisoblanadi. Kombinat ikki majmuadan — qo'rg'oshin-rux (Qo'rg'oshinkon, Oltintopgan, Sardoba va Chalata konlari, qo'rg'oshin-rux boyitish fabrikasi va rux zavodi) hamda mis ishlab chiqarish majmuasidan (Qalmoqqir koni, mis boyitish fabrikasi, mis zavodi)dan iborat.

Jamiyat ustav fondining qiymati 615 million donadan ortiq aktsiyalarga bo'lingan holda 2 407 mlrd so'mni tashkil qiladi. Uning 98 foizdan ortig'ini davlat ulushi tashkil qiladi. Qolgani esa jismoniy va yuridik shaxslar ulushidan iborat.

Kombinatning ishlab chiqarish quwatlari Toshkent, Jizzax, Namangan va Surxondaryo viloyatlari hududlarida joylashgan mis-porfir, qo'rg'oshin-rux va oltin-kumush konlari guruhi zaxiralariga asoslangan. "Qalmoqqir", Angren, Chodak va Xondiza kon boshqarmalari hamda "Kovuldi" konining boy zaxiralari, shuningdek, beshta boyitish fabrikasi, ikkita metallurgiya zavodlari (mis va rux) va ikkita tsement, ta'mirlash-mexanik va quvur zavodlari, avtomobil transport boshqarmalari va texnologik transport boshqarmalari, sanoat temiryo'l transport boshqarmasi shuningdek, ikki qo'shma korxona (yuqori kuchlanishli elektr kabellarini ishlab chiqaruvchi "NRS Systems" va santexnika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi "AWP" mas'uliyati cheklangan jamiyatlarijlar shular jumlasidandir. Ushbu konlarning boy zaxiralari mavjudligi kombinatning iqtisodiy salohiyatini oshirib borish hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini kengaytirish imkonini beradi. (Rasm 1)

OKMKning respublika iqtisodiyotidagi tutgan o'rni juda ham ahamiyatli. Kombinatning mamlakat sanoatidagi ulushi 7 foiz, eksportda esa 15 foizni tashkil etadi. Kombinat 2022 yilni 6,2 trln so'm sof foyda bilan yakunlaganligi korxonanaing moliyaviy holati barqarorligidag dalolat beradi.

5 ta boshitish fabrikasi

2 ta metallurgiya zavodlari(mis va ruh)

OKMKning iqtisodiy salohiyati

2ta

sement,ta'mirla sh-texnik quvur zavodlari

Rasm l.OKMKning iqtisodiy salohiyatini belgilovchi obektlar

Olmaliq tog'kon-metallurgiya kombinati O'zbekistonda mis ishlab chiqarish bo'yicha yagona korxona sanaladi. Unda tozalangan mis, metalli ruh, molibden, qo'rg'oshinli kontsentrat va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Kombinatda respublika bo'yicha Kumushning 90 foizi va oltinning 20 foizi ishlab chiqariladi. Kombinat nafaqat O'zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida eng yirik mis ishlab chiqaruvchi va misdan tayyorlangan mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarga etkazib beruvchi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda kombinat 18 turdagi eksportbop, yuqori likvidli mahsulotlarni realizasiya qilmoqda. Kombinatda qazibchiqarilayotgan rudalartarkibidan 13 ta kimyoviyelementlarajratibolinib, ulardan mis va mis buyumlari, rux, kadmiy, oltin, kumush, qo'rg'oshin, sulfat kislotasi, mis va molibden kontsentratlari, tselen, tellur, mis va rux kuporosi kabi mahsulotlar ishlab chiqariladi. Ushbu maxsulotlar ichida mis asosiysidir va uni qazib olish va ishlab chiqarish bo'yicha kombinat dunyodagi 30 ta eng yirik korxonalar qatoriga kiradi. Ayni paytda kombinatda yiliga 148 ming tonna mis ishlab chiqariladi hamda MDH davlatlari ichida Rossiya (973 ming tonna) va Qozog'istondan (500 ming tonna) keyin uchinchi o'rinda turadi. Kombinat mis mahsulotlarini dunyoning 20 dan ortiq davlatiga (Turkiya, Xitoy, MDH davlatlari, Sharqiy va G'arbiy Evropa mamlakatlari, Qatar, Avstraliya, Indoneziya va boshqa) ga eksport qiladi. Bundan tashqari katodli mis, sim, mis quvurlar, rux va mis sulfat, metall rux, ammoniy perrenat, metall molibden va volfram, texnik tselen, texnik tellur, metall kadmiy, sulfat kislota, tsement va boshqa maxsulotlar ham tashqi bozorlarga etkazib beriladi.

Hozirda korxona tomonidan 100 dan ortiq turdagi maxsulotlar ishlab chiqarilib, ularning yarmidan ko'pi tashqi bozorlarda sotilmoqda.

Kombinatda ishlab chiqarilayotgan oltin va kumush London qimmatbaho metallar birjasining sifat belgisiga, ya'ni "yaxshi etkazib beruvchi" maqomiga ega. Mis ishlab chiqarish jarayonida sifat tizimi menejmenti joriy etilib, unga xalqaro muvofiqlik sertifikati olingan. Ushbu muvofiqlik sertifikati kombinatning Jizzaxdagi sement ishlab chiqarish jarayoniga ham berilgan. Xozirda kombinatning

Toshkent, Namangan, Jizzax va Surxondaryo viloyatlarida joylashgan 38 ta tarkibiy bo'linmada 45 mingga yaqin kishi mehnat qilmoqda. Kombinat boshqaruvida "kadrlar menejmenti" hamda "inson resurslarini boshvarish (HR) imlari yo'lga qo'yilgan.

Kombinatda investisiyaviy dasturlar ham samarali amalga oshirish borasida tizimli ishlar yo'lga qo'yilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2026 yillarda O'zbekiston Respublikasining investisiya dasturini tasdiqlash va investisiya loyihalarini boshqarish bo'yicha yangi yondashuv va mexanizmlarni joriy etish to'g'risida" gi 30.12.2021 yildagi PQ-72-son qaroriga binoan "Olmaliq KMK" AJ bo'yicha umumiy qiymati 5158,8 mln. dollor bo'lgan 3 ta investisiya loyihasini amalga oshirish ko'zda tutilgan.Albatta bunday ulkan loyixalarni amalga oshirishda korxona tomonidan qo'llaniladigan boshqaruv usullarining o'rni katta.Xozirda korxonalar amaliyotida strategik boshqarishning ahamiyati ortib bormoqda.Shu jumladan OKMKda xam. Bu kombinatning vakolatini kengayishi hamda o'zlarining iqtisodiy ahvoli uchun javobgarliklari darajasining oshganligi bilan bog'liqdir. Zamonaviy boshqarishning sifati korxona samaradorligini belgilab beradi. Shu bois kombinatda eng zamonaviy texnika va texnologiyalarni jalb etish bugungi kundagi ustuvor vazifalardan biri sanaladi.

Kombinatda strategik boshqaruvni amalga oshirish bo'yicha strategik rivojlantirish va transformasiya boshqarmasi tashlik etilgan bo'lib, boshqarma faoliyatiga boshqaruv raisining iqtisodiyot, moliya va transformasiya jarayonlari bo'yicha o'rinbosari rahbarlik qiladi va o'z va ko I a ti doirasida boshqaruv raisiga bo'ysinadi. Boshqarma ikkita yo'nalishda ish olib boradi. Birinchisi, tog'metalurgiya kombinatini strategik rivojlantirish va ikkinchi yo'nalish kombinatni modernizasiya qilish va istiqbolda ko'zlangan maqsadga erishishga oid strategik vazifalarni amalga oshirish.

Kombinatda har ikkala yo'nalish bo'yicha ham bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Boshqarma tomonidan rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilgan. Ushbu strategiya doirasida "Yoshlik I" konini o'zlashtirish bo'yicha amalga oshirish bo'yicha maqsad va vazifalar belgilangan. Strategiyada kombinat faoliyatiga ilm-fan yutuqlari va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish alohida o'rin tutadi. Shuningdek, yangi konlarni o'zlashtirish orqali ishlab chiqarish hajmini doimiy ravishda oshirib borishga qaratilgan vazifalar belgilangan. Ushbu vazifalar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 martdagi qaroriga muvofiq belgilangan bo'lib, kombinatda Yoshlik-1 konini o'zlashtirish bo'yicha qiymati 15 milliard dollarlik megaloyihani izchil amalga oshirish ishlari strategik vazifa sifatida belgilangan. Strategiyadagi yana bir muhim yo'nalish O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Olmaliq KMK" AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho meta liar ishlab chiqarishni kengaytirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 2020 yil 26 maydagi PQ-4731-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi bilan uyg'unlashtirilgan. Unga ko'ra yangi metallurgiya kompleksini barpo etish orqali mis va oltin ishlab chiqarish hajmini 3 barobar oshirish maqsad qilib belgilangan. Mazkur loyiha uch bosqichda amalga oshiriladi.

Kombinatni xalqaro mezonlar asosida transformasiya qilish, zamonaviy korporativ boshqaruvni joriy etish maqsadida (O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 24 mart kuni davlat mulkini xususiylashtirish ishlari ijrosi va bu borada joriy yilgi rejalar muhokamasi yuzasidan o'tkazilgan yig'ilishda bergan topshiriqlariga muvofiq) OKMKning 2 foiz aktsiyasini "IPO"(lnitial Public Offering) orqali aholiga sotish taklif etilgan. Kombinatni xalqaro mezonlar asosida transformasiya qilish hamda zamonaviy korporativ boshqaruvini joriy etish bo'yicha "IPO" dastalbki ko'yilgan qadam desa bo'ladi.

Kombinatda "raqamli O'zbekiston — 2030" milliy strategiyasi doirasida "raqamli OKMK — 2030" rivojlantirish kontsepsiyasi ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda. Ushbu yo'nalishda: — yagona axborot makonini yaratish; - barcha tuzilmalarni gorizontal va vertikal avtomatlashtirilgan axborot almashuvi tizimi bilan bog'lash; - xisobotlarni avtomatlashgan tarzda shakllantirish va taqdim qilish; -boshqaruvda elektron nazorat hamda monitoring tizimini joriy etish; - ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishni avtomatlashtirish va boshqa vazifalar amalga oshiriladi.

OKMKda strategik boshqaruvni amalga oshirish borasida bir qator ijobiy natijalarga erishilgan.

Xususan:

- Kombinatda strategik rivojlantirish va transformasiya boshqarmasi tashlik etilgan;

- o'rta va uzoq muddatga qaratilgan maqsad va vazifalar aniqlangan;

- Kombinat faoliyatiga ilm-fan yutuqlari va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo'yicha maqsad va vazifalar aniqlangan;

- Yangi metallurgiya kompleksini barpo etish orqali mis va oltin ishlab chiqarish hajmini 3 barobar oshirish uch bosqichda amalga oshirish uzoq muddatli strategik vazifa sifatida belgilangan;

- Kombinatni xalqaro mezonlar asosida transformasiya qilish hamda zamonaviy korporativ boshqaruvni joriy etish borasida vazifalar aniqlangan;

- "Raqamli OKMK — 2030" rivojlantirish kontsepsiyasi ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda. Xulosa: Yuqoridagilar bilan birgalikda, o'tkazilgan tahlil natijalariga ko'ra, kombinat faoliyatini

strategik boshqarish borasida qo'yidagi jihatlarga e'tibor qaratish o'rinli bo'ladi:

-Kombinatda strategik boshqaruv(menejment)ga oid kontsepsiya ishlab chiqilishi, shuningdek, aniqlangan strategik maqsad va vazifalar yagona strategiya ko'rinishida qabul qilinishi strategiyani amalga oshirish mexanizmlarini joriy etish hamda monitoring tizimini to'g'ri yo'lga qo'yishga xizmat qilgan bo'lardi.

- Kompaniyada eskirgan texnologiyalardan foydalanish natijasida yuqori ishlab chiqarish xarajatlari va atrof-muhit muammolari saqlanib qolmoqda. Bo'esa kombinatda texnologik yangilanishning uzoq muddatlarga mo'ljallangan maqsad va vazifalarini aniq qilib belgilab olishni taqozo qiladi.

-Kombinatda resurslarni muvozanatli taqsimlashning o'rta va uzoq muddatli prognoz ko'rsatkichlarini ishlab chiqish xarajatlarni to'g'ri taqsimlash, resurslarning ortiqcha yoki etishmaslik holatlarining oldini olishga va pirovardida ishlab chiqarish samaradorligi va moliyaviy ko'rsatkichlarga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

-Tog'-kon metallurgiya korxonasi raqobatbardoshligini saqlab qolishi uchun innovasiyalarni rag'batlantirishi, yangi texnologiyalarni ishlab chiqishi va ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish yo'llarini izlashi kerak bo'ladi. OKMKning strategik boshqaruvidagi dolzarb masalalardan biri - bu strategik maqsad va vazifalarda innovasiyalarga etarli darajada e'tibor qaratishdan iborat. Innovasion bo'lmagan strategiya raqobatchilardan ortda qolishga va bozor ulushini yo'qotishga olib kelishi mumkin.

Adabiyotlar ro'yxati

1. M.Sharifxo'jaev, Yo.Abdullaev Menejment darslik, Toshkent "o'qituvchi" 2001 у

2. Каплан P.C., Нортон Д.П. Организация, ориентированная на стратегию. Как в новойбизнес-среде преуспевают организации, применяющие сбалансированную систему показателей/пер.сангл.М.: ЗАО Олимп-Бизнес. 2004-416 с.

3. АнсоффИ. Стратегическое управление. - М.: Экономика, 1989. - 358 с.

4. Портер М. Международная конкуренция: Пер. с англ./ Под.ред. В.Д. Щетинина. - М. Международные отношения, 1993. - 64 с;

5. MuratovR.S.,Djalolova I.A.,Oripov S.SH. Korxona iqtisodiyoti.darslik Toshkent, 2014- 35-6.

6. O'zbekiston Milliy entsiklopediyasi birinchi jild. Toshkent, 2000 у

7. https://www.agmk.uz sayti, OKMK AJ yillik hisobotidan olingan

Kengaytirilgan annotasiya

Iqtisodiyotni liberallashtirish va erkin bozor mexanizimlarini amal qilish sharoitlarda xo'jalik yurituvchi subektlar ,korxonalar o'rtasida raqobat shakillanib boradi.Bunday sharoitda korxonalar o'zining o'rta va uzoq muddatga belgilangan maqsad va vazifalarini belgilab olish kerak bo'ladi.Buning uchun strategik taxlil o'tkazish va korxona rivojlanishini shakllantirish dolzarb masalaga aylanib bormoqda.Korxonao'zfaoliyatida ma'lum birto'siqlarvaxav-xatarga duch kelishini oldindan bilishi va shunga nisbatan prinventiv choralar ko'rib borishi kerak bo'ladi.Bu ham strategik rejalash va ishlab chiqishni ta'lab etadi.Bozor munosabatlari sharoitida korxonaning kelgusi davrdagi faoliyatini belgilashda ,rejalashtirishda mavxumlik holati ko'p uchraydi.Bunday mavxumlikni oydinlashtirish maqsadida korxonaning rivojlanishini bir qancha stenariyalik variantlarini belgilash lozim bo'ladi.(pissimistlik,optimistlik, inersion variantlar)Bularni strategik rejalashtirish lozim bo'ladi. Shu sababli bozor iqtisodiyotini erkinlashtirish sharoitida korxonalarda strategik boshqaruv tizimini bozor talablarida moslashtirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi va vazifa ijrosi o'laroq boshqaruvda ilg'or davlat menejmenti va "aqlli" boshqaruv prinsiplariga bosqichma-bosqich o'tish ,unga ko'ra davlat va xo'jalik boshqaruvida strategik menejment hamda risk menejmentining ilg'or instrumentlari (usullari)ni o'rgatish ,Tarmoqlar faoliyatini samarali

boshqarishda strategik tahlil ,rejalashtirish va tamoyillariga asoslangan uzoq muddatli davlat siyosati konsepsiyasini ishlab chiqish chora tadbirlari ko'rilmoqda. Amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning samarali amalga oshirilishi uchun boshqarishning, ayniqsa strategik boshqaruvning turli sohalarida ijobiy o'zgarishlar bo~lishi muhim vazifalardan biri sanaladi. Bozor munosabatlarining shakllanishi natijasida korxonalarni strategik boshqarishda yangi talablar paydo bo'lmoqda. O'zbekiston iqtisodiyotining zamonaviy o'tish bosqichi tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi va turli xil mulkchilik shakllariga o'tish bilan tavsiflanadi. Bu o~z navbatida samarali boshqarishning zarurligini taqozo etadi. Samarali boshqarish o~z navbatida ishlab chiqariladigan mahsulot raqobatbardoshligini va buning natijasida iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

EXTENDED ABSTRACT

In the conditions of economic liberalization and the implementation of free market mechanisms, competition between economic entities and enterprises is formed. In such conditions, enterprises need to determine their medium and long-term goals and objectives. For this, strategic analysis transfer and forming the development of the enterprise is becoming an urgent issue. The enterprise must know in advance that it will face certain obstacles and risks in its activities and take preventive measures in this regard. This is also strategic planning and requires development. In the conditions of market relations, there is often a situation of abstraction in determining and planning the activities of the enterprise in the future period, strategic planning is necessary. Therefore, in the conditions of the liberalization of the market economy, adapting the strategic management system of enterprises to market requirements is one of the important tasks of today, and as a task, the gradual transition to advanced state management and "smart" management principles in management, according to which the state and Measures are being taken to teach advanced instruments (methods) of strategic management and risk management in economic management, to develop a long-term state policy concept based on the principles of strategic analysis, planning and effective management of networks. One of the important tasks is to make positive changes in different areas of management, especially strategic management, for the effective implementation of economic reforms. As a result of the formation of market relations, new requirements are emerging in the strategic management of enterprises. The modern transition stage of the economy of Uzbekistan is characterized by the development of entrepreneurial activity and the transition to various forms of ownership. This, in turn, requires effective management. Effective management, in turn, plays an important role in ensuring the competitiveness of the manufactured products and, as a result, the competitiveness of the economy.

In the conditions of economic liberalization and the implementation of free market mechanisms, competition between economic entities and enterprises is formed. In such conditions, enterprises need to determine their medium and long-term goals and objectives. For this, strategic analysis transfer and forming the development of the enterprise is becoming an urgent issue. The enterprise must know in advance that it will face certain obstacles and risks in its activities and take preventive measures in this regard. This is also strategic planning and requires development. In the conditions of market relations, there is often a situation of abstraction in determining and planning the activities of the enterprise in the future period, strategic planning is necessary. Therefore, in the conditions of the liberalization of the market economy, adapting the strategic management system of enterprises to market requirements is one of the important tasks of today, and as a task, the gradual transition to advanced state management and "smart" management principles in management, according to which the state and Measures are being taken to teach advanced instruments (methods) of strategic management and risk management in economic management, to develop a long-term state policy concept based on the principles of strategic analysis, planning and effective management of networks. One of the important tasks is to make positive changes in different areas of management, especially strategic management, for the effective implementation of economic reforms. As a result of the formation of market relations, new requirements are emerging in the strategic management of enterprises. The modern transition stage of the economy of Uzbekistan is characterized by the development of entrepreneurial activity and the transition to various forms of ownership. This, in turn,

requires effective management. Effective management, in turn, plays an important role in ensuring the competitiveness of the manufactured products and, as a result, the competitiveness of the economy.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.