Научная статья на тему 'OPPORTUNITIES TO ACHIEVE ECONOMIC STABILITY THROUGH PUBLIC PLACEMENT OF SHARES'

OPPORTUNITIES TO ACHIEVE ECONOMIC STABILITY THROUGH PUBLIC PLACEMENT OF SHARES Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Shares / public offering of shares / capital raising / state-owned enterprises / privatization of state assets / stock market / Shares / public offering of shares / capital raising / state-owned enterprises / privatization of state assets / stock market

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Mamatov Akmaljon

This article analyzes the scientific views of domestic and foreign scientists on the subject, as well as the possibilities of attracting cheap capital through the effective organization of public placement of shares. The issues that should be paid attention to in order to achieve the intended goal in organizing and conducting a democratic IPO, i.e., in increasing the income by turning the population into shareholders, in the effective passage of privatization in attracting cheap capital of business, in financing the economy, the development of the stock market as a competitive institution to the credit market, were shown. Also, scientific conclusions and practical suggestions are given on ways to attract capital by selling a package of shares owned by the State to private investors, and ways for the general public to invest their savings in shares

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

OPPORTUNITIES TO ACHIEVE ECONOMIC STABILITY THROUGH PUBLIC PLACEMENT OF SHARES

This article analyzes the scientific views of domestic and foreign scientists on the subject, as well as the possibilities of attracting cheap capital through the effective organization of public placement of shares. The issues that should be paid attention to in order to achieve the intended goal in organizing and conducting a democratic IPO, i.e., in increasing the income by turning the population into shareholders, in the effective passage of privatization in attracting cheap capital of business, in financing the economy, the development of the stock market as a competitive institution to the credit market, were shown. Also, scientific conclusions and practical suggestions are given on ways to attract capital by selling a package of shares owned by the State to private investors, and ways for the general public to invest their savings in shares

Текст научной работы на тему «OPPORTUNITIES TO ACHIEVE ECONOMIC STABILITY THROUGH PUBLIC PLACEMENT OF SHARES»

AKSIYALARNI OMMAVIY JOYLASHTIRISH ORQALIIQTISODIY BARQARORLIKKA ERISHISH

IMKONIYATLARI

Mamatov Akmaljon Anvarjonovich,

"Agrobank" ATB HR departamenti boshqarma boshlig'i

ORCID: 0009-0000-6375-0464

Annotatsiya. Ushbu maqolada mahalliy va xorijiy olimlarning mavzuga doir ilmiy qarashlari shuningdek, aksiyalarni ommaviy joylashtirishni samarali tashkil etish orqali arzon kapital jalb qilish imkoniyatlari tahlil qilingan. Xalqchil IPO tashkil etish va o'tkazishda ko'zlangan maqsadga erishishda e'tibor qaratish lozim bo'lgan masalalar, ya'ni aholini aksiyadorga aylantirish orqali daromadlarini oshirishda, biznesning arzon kapital jalb qilishida xususiylashtirishning samarali kechishida, iqtisodiyotni moliyalashtirishda kredit bozoriga raqobatchi institut sifatida fond bozori rivojlanishi ko'rsatib o'tildi. Shuningdek, Davlat tasarrufidagi aksiyalar paketini xususiy investorlarga sotish orqali kapital jalb qilish, keng jamoatchilik uchun o'z jamg'armalarini aksiyalarga investitsiya qilish yo'llari to'g'risida ilmiy xulosalar va amaliy takliflar keltirilgan.

Tayanch so'z va iboralar. aksiya, aksiyalarni ommaviy joylashtirish amaliyoti, kapital jalb qilish, davlat ishtirokidagi korxonalar, davlat aktivlarini xususiylashtirish, fond bozori.

Annotation. This article analyzes the scientific views of domestic and foreign scientists on the subject, as well as the possibilities of attracting cheap capital through the effective organization of public placement of shares. The issues that should be paid attention to in order to achieve the intended goal in organizing and conducting a democratic IPO, i.e., in increasing the income by turning the population into shareholders, in the effective passage of privatization in attracting cheap capital of business, in financing the economy, the development of the stock market as a competitive institution to the credit market, were shown. Also, scientific conclusions and practical suggestions are given on ways to attract capital by selling a package of shares owned by the State to private investors, and ways for the general public to invest their savings in shares.

Key words. Shares, public offering of shares, capital raising, state-owned enterprises, privatization of state assets, stock market.

KIRISH

Aksiyalarni ommaviy joylashtirish biznes uchun arzon kapital jalb qilish orqali yuqori samaradorlikka xizmat qilsa, investorlar va aholi uchun daromad manbalarini diversifikatsiyalash hamda oshirishga xizmat qiladi. Bugungi iqtisodiyotning faol tarzda raqamlashuvi sharoitida aksiyalarni ommaviy joylashtirish amaliyoti globallik kasb etmoqda. Ya'ni IPO amaliyotlariga global amaliyot sifatida yondashilmoqda. Bunga bugungi texnologik rivojlanish to'la-to'kis imkon bermoqda. Mamlakatimizda ham bu borada Kvarts, Qo'qon mexanika zavodi, Jizzax plastmassa, Uzauto Motors aksiyadorlik jamiyatlari misolida ma'lum bir ijobiy yoki salbiy tajribalar olindi. Lekin aynan aksiyalarni ommaviy joylashtirish amaliyotlari orqali erishish mumkin bo'lgan imkoniyatlardan etarlicha foydalanilmoqda, deya olmaymiz.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning (Murojaatnoma. Toshkent, 2022:6) "Mening katta niyatim -yurtdoshlarimiz orasida yuz minglab mulkdorlar, aksiyadorlar paydo bo'lsin. Odamlarimiz o'z omonatlarini investitsiya qilib, yuqori daromadlarga ega bo'lsin. Shuning uchun topshiriq berdim: kelgusi yilda engyirik 10 ta kompaniya va tijorat banklarimizning aksiyalari o'z aholimiz uchun ochiq va shaffof savdoga chiqariladi. Bu chinakam xalqchil IPO bo'lishiga ishonaman", deya alohida qayd etgan edilar.

Shuningdek, 2023 yil 24 mart kuni o'tkazilgan davlat mulkini xususiylashtirish ishlarining ijrosi va bu borada joriy yilgi rejalar muhokamasi yuzasidan yig'ilishda prezidentimiz "40 ta yirik korxona va banklardagi davlat ulushi "xalqchil IPO" orqali sotiladilishi, jumladan, ilk bor Navoiyva Olmaliq kombinatlari, Metallurgiya kombinati, "O'ztelekom", Milliy bank, Sanoatqurilishbank kabi yirik korxonalarning o'rtacha 2 foiz aksiyalari aholiga taklif etiladi. Bunda aholiga aksiyalarni to'g'ridan-to'g'ri sotib olish imkoniyati yaratiladi. Aksiyalari sotilgan korxonalar besh yil davomida sof foydasining kamida 30 foizi dividend to'lashga yo'naltiradi", deya ta'kidlandi. Keltirilgan ijobiy jihatlarga qaramasdan aksiyalarni ommaviy joylashtirish amaliyotining o'ziga xos printsiplari mavjud bo'lib, ularga rioya qilish

bunday amaliyotlarning muvaffaqiyatini kafolatlaydi. Shu boisdan bu borada alohida tadqiqotlar muhim.

ADABIYOTLAR SHARHI

Aksiyalarni ommaviy joylashtirishni samarali tashkil etish orqali arzón kapital jalb qilish masalasi xorijiy va mahalliy tadqiqotchilarning doimiy diqqat-e'tiboridagi tadqiqot mavzularidan biridir. J.Qurbonov, S.Omonov, D.Nuralievalar (Toshkent, 2021:53) tomonidan xalqaro IPO amaliyotlari tahliliga doir tadqiqotlar amalga oshirilgan bo'lib, unda aksiyalarni birlamchi ommaviy joylashtírishning tashkiliy bosqichlari, aksiyalar bo'yicha narx diapazonlarini belgilash, bu boradagi eng yirik amaliyotlar, institutsiyaonlar investorlar va anderrayterlarningfaolligi kabilarga e'tibor qaratilgan.

Aksiyadorlik jamiyatlarini moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirishga doir tadqiqotlar olib borayotgan Q.Ch¡nqulov (Toshkent, 2021:243) "Ustav kapitalida davlat yoki xo'jalik boshqaruv organlarining ulushi (aksiya paketi) mavjud bo'lgan aksiyadorlik jamiyatlarini moliyalashtirishning ustuvor yo'nalishi sifatida davlat hamda xo'jalik boshqaruvi organlarining ulushlari (aksiya paketlari)n¡ birlamchi ommaviy taklif (IPO) o'tkazish orqali joylashtirish natijasida aksiyadorlik jamiyatlarini aksiyalar orqali moliyalashtirishni samarali tashkil etish, aksiyadorlik jamiyatlariga qo'shimcha mablag' hamda xususiy investorlarni jalb etish imkoniyatlari yaratiladi", deya ta'kidlaydi.

Aksiyalarni ommaviy joylashtirish amaliyotini takomillashtirish yo'nalishlariga doir monografik tadqiqotlarni amalga oshirgan B.Boevga (Toshkent, 2021:56) fikriga ko'ra "aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan individual investorlarga aksiyalarni ommaviy taklif qilish davri sifatida aholi daromadliligiva xarid quvvati nisbatan yuqori bo'ladigan davrni belgilash, shuningdek rentabelligi va bozordagi nufuzi yuqori davlat ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalidagi davlat ulushini SPO amaliyoti orqali bozor bahosida sotish hamda xususiylashtirishning keyingi bosqichlarini samarali tashkil etish lozim". Mazkur jihatga bugungi kunga qadar mamlakatimizda samarali foydalanilmoqda, deya olmaymiz. A.Karimovning (Toshkent 2022:16) mamlakatimizda amalga oshirilgan aksiyalarni ommaviy joylashtirish amaliyoti tahlillariga doir tadqiqotlarida aksiyalarni joylashtirish bahosini har tomonlama asosli belgilash lozimligi qayd etilgan. Haqiqatda bu borada muammolar mavjud bo'lib, birgina Uzauto Motors aksiyadorlik jamiyati aksiyalari nominalga nisbatan 14,5 baravar yuqori belgilanganligi bunga misol bo'la oladi.

METODOLOGIYA

Aksiyalarni ommaviy joylashtirish amaliyotini takomillashtirishga doir mazkur tadqiqotni amalga oshirishda ilmiy abstraksiya, tahlil va sintez, taqqoslash, induktsiya va deduktsiya metodlaridan foydalanildi.

NATIJALAR

Shuni alohida ta'kidlashimiz lozimki, aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan IPO amaliyotini o'tkazish to'g'risida qaror qabul qilinganda bosh maqsad arzón va yuqori miqdorda moliyaviy resurs jalb qilishni maqsad qilgan bo'ladi. Kutilayotgan IPO amaliyotlarining samarali kechishini ta'minlash orqali qo'yilgan maqsadga erishish uchun esa bu borada e'tibor qaratish lozim bo'lgan ma'lum bir jihatlar mavjud. IPO amaliyotida bu borada muhim hisoblangan va e'tibor qaratish lozim bo'lgan o'ziga xos muhim bosqichlar shular jumlasidandir. Tahlillarga ko'ra ma'lumki, muvaffaqiyatli IPO amaliyoti uchta bosqichda namoyon bo'ladi. Bular quyidagilardir:

1-jadval. Muvaffaqiyatli IPO amaliyoti bosqichlari va ularda e'tibor qaratiladigan jihatlar

Bosqichlar riomlanishi E'tibor qaratiladigan jihatlar va qilinadigan ishlar

Uzoq muddatli tayyorgarlik bosqichi yo'nalishlari - IPO o'tkazish bo'yicha korporativ strategiya qabul qilish; - dividend siyosati va dividend strategiyasini jozibador tartiblarni joriy etish; - investitsion jozibadorlikka intilish nuqtai nazaridan muntazam dividendlarga o'tis h orqali aksiyalar bozor kursini maksimallashtirib borish; - ichki tayyorgarlikni baholash, IPOtestidan o'tish; -hamkorlik qiluvchilar va tashkilotchilarni belgilash; -IPO tushgan mablag'lar loyihalarning istiqbolli ekanligini asoslash.

Muvaffaqiyatli IPO o'tkazish bosqichi - IPO uchun birja savdo maydonini tanlash; - potentsial investorlar uchun road-showlaro'tkazish-narxdipazoni adolatli belgilash; - aksiyalarga ariza berish bo'yicha miqdor chegarasini belgilash; - IPO ga chiqish vaqtini iqtisodiyotning joriy holatidan kelib chiqqan holda belgilash; - muvaffaqiyatli IPO o'tkazish.

IPO dan keyin investorlar bilan o'zaro manfaatli munosabatlarni davom ettirish - investitsion jozibadorlik davomiyligini ta'minlash; - bozor daromadliligidan kelib chiqqan holda dividendlar muntazamligini ta'minlash; -kurs ko'tarilishi orqali daromadga ega bo'lishni ta'minlash.

Manba: Iqtisodiy adabiyotlar asosisada mualliftomonidan tuzildi

IPO amaliyotlarining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi korporativ moliyaviy strategiyaning to'g'ri ishlab chiqilganligi va unga amal qilinishiga bevosita bog'liq. IPO bo'yicha korporativ strategiya bevosita uzoq muddatli tayyorgarlik rejasini belgilab olishni talab etadi. Uzoq muddatli tayyorgarlikdan asosiy maqsad investitsion jozibadorlikni oshirib borishdir. Buning uchun esa yuqori rentabellikka erishish asosida muntazam dividendlarga o'tish, ichki hujjatlarni jozibadorlik nuqtai nazaridan takomillashtirish (dividendga yo'naltiriladigan sof foyda miqdorini, dividend to'lash shaklini, ustav kapitalida ulushga egalik qilishning yuqori chegarasini aniq belgilash kabilar) talab etiladi. Shu bilan birga IPO tushgan mablag'lar yo'naltiriladigan loyihalarning istiqbolli ekanligini asoslash orqali rentabellik yanada oshirish hisobiga aksiyalar daromadliligi o'sishi prognozlariga ishontira olish ham muhim. Milliy amaliyotda mazkur jihatga etarlicha e'tibor qaratilmoqda, deya olmaymiz. Ma'lum bir holatlarda birinchi chorakda IPO o'tkazilishi to'g'risida qaror davlat boshqaruviorganlari tomonidan qabul qilinmoqda va yil yakuni arafasida IPO o'tkazilmoqda.

Natijada investitsion jozibadorlik bilan bog'liq muammolar sabab kutilgan kapitallashuvga erishish imkoniyati keskin pasaymoqda. Masalan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 martdagi "Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-168 sonli qaroriga asosan "2022 yil 1 oktyabrga qadar «Qishloq qurilish bank» ATBning aksiyalarini ommaviy joylashtirishni (IPO) ta'minlasin", deya belgilangan. Olti oy ichida investitsion jozibadorlik nuqtai nazaridan dividend siyosati yuritilishini ta'minlash imkonsiz. Uzauto Motors aksiyadorlik jamiyati faqatgina 2019 yil yakuni bo'yicha aksiya nominaliga nisbatan 36 foiz dividend to'lagan, 2020-2021 yillar yakunlari bo'yicha hech qanday dividend to'lamagan holda IPO ga chiqqanligi qo'yilgan maqsadni inkor qiladi. Natijada esa IPO o'tkazishi belgilangan aksiyadorlik jamiyatlari bu amaliyotni o'tkazmayapti yoki muvaffaqiyatli kechmayapti. Umuman davlat nazoratidagi aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan aksiyalarni ommaviy joylashtirish (IPO, SPO) o'tkazish to'g'risidagi qarorlar davlat tomonidan qabul qilingan holatlarda aksiyadorlik jamiyatining bu boradagi tayyorlik darajasi etarlicha inobatga olinmayotganligini ta'kidlashimiz lozim. 2023 yilda davlat nazoratidagi tijorat banklari tomonidan IPO o'tkazishi kutilayotgan bir vaqtda fond birjasi listingidagi ular aksiya la ri nominaldan past savdo qilinmoqda. Mazkur jihat qayd etilgan tijorat banklari investitsion jozibadorligi IPO o'tkazish uchun tayyor emasligini ko'rsatadi.

Bu borada Uzum market aksiyadorlik jamiyatining global IPOga chiqish bo'yicha 3 yillik strategiyasi qabul qilinganligi va strategiya asosida ishlar boshlanganligini alohida e'tirof etishimiz lozim. Ta'kidlash lozimki, IPO aksiyadorlik jamiyati bir yilda tayyor bo'lib, bir yil ichida o'tkaziladigan amaliyot emas. Buning uchun kamida 3-4 yil tayyorgarlik ko'rish orqali investorlar ishonchi qozonilishi, investitsion jozibadorlik ta'minlanishi lozim. Puxta tayyorgarlik muvaffaqiyatli IPO uchun har tomonlama asos vazifasini o'tab beradi. Ichki tayyorgarlik ta'minlanib, tegishli hamkorlar bilan kelishilgach, qaysi birjaga chiqish tanlangan holda har tomonlama asosli aksiyalar narx diapazonini belgilashga e'tibor qaratiladi. aksiyalarga bitta investor tomonidan ariza berish bo'yicha miqdor chegarasini belgilash ham mazkur jarayonda muhimdir.

Shuningdek arizalar qabul qilish vaqtini iqtisodiyotning joriy holatidan kelib chiqqan holda belgilash lozimligini shu o'rinda alohida ta'kidlash lozim. Chunki, Kvarts, Qo'qon mexanika zavodi, Uzauto Motors aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini ommaviy joylashtirish amaliyotlari qishda tashkil etilganligi ham talabning past bo'lishiga sabablardan biridir. Chunk! aynan qish faslida aholi daromadlari nisbatan pasayishi va xarajatlarning esa ortishi sharoitida ularga aksiya taklif qilish o'z natijasini etarli darajada bermaydi. aksiyalarni ommaviy joylashtirish yakunlanganligi, IPO amaliyoti tugaganligini o'zida namoyon qilmaydi. IPOdan keyingi bosqich ham mavjud bo'Iib, unga ko'ra investorlar bilan o'zaro manfaatli munosabatlarni davom ettirish lozimdir. Buning uchun esa bozor daromadliligidan kelib chiqqan holda dividendlar muntazamligini ta'minlash orqali investitsion jozibadorlikni saqlab turish lozim bo'ladi.

Mazkur jihat aksiyalar kursi ko'tarilishi hisobigi bir tomondan investorlar aktiv daromadi ortishiga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan keyingi qo'shimchaaksiyalar emissiyasi joylashtirish uchun tekin reklama vazifasini o'tab beradi. Milliy amaliyotda bu borada ham muammolar mavjud. Masalan, aksiyalari ikki marta ommaviy joylashtirilgan "Kvarts" aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2018 yil yakunlari bo'yicha dividend to'lanmagan, 2019 yil yakunlari bo'yicha aksiyalar nominal qiymatiga nisbatan 6,1 foiz, 2020 yil yakuni bo'yicha esa 14,2 foiz dividend to'lagan. Mazkur ko'rsatkichlar investorlarni qanoatlantirmaydi va o'z-o'zidan IPOdan keyingi bosqich yaxshi yo'lga qo'yilmaganligidan dalolat beradi.

Davlat ishtirokidagi qaysi milliy aksiyadorlik jamiyatlari IPO ga chiqishga tayyor, degan savol ham tug'ilishi tabiiy. Bunda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev (2022:12) ta'kidlaganlaridek, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, O'zbekiston metallurgiya kombinati kabilar mazkur amaliyotga haqiqatda tayyor. Shuningdek, "Toshkent" RFBda premium klassdagi yagona emitent-O'zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi aksiyalarini IPOga olib chiqish haqiqatda bozor rivoji uchun muhim ahamiyat kasb etgan bo'lardi. Tovar-xom ashyo birjasi aksiyalari o'ta jozibadorligini ta'kidlashimiz lozim. Jamiyat aksiyalari nominal qiymati 630 so'm bo'lsada, 2023 yil 28 mart holatiga 18500 so'mdan savdo qilinayotganligi buni isbotlab turibdi. Bunday natijaga erishish sabablaridan biri sifatida shubhasiz aksiyadorlik jamiyatining dividend siyosati va dividend amaliyotidir (2-jadval).

2-jadval

O'zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi dividend to'lovlari tahlili

Dividentlar

Divident Oddry aksiya Dividentlarni Dividentlarni Muomaladagi taqsimlangan

To'lov to'langan uchun to'lash uchun to'lash uchun aksiyalar soni aksiyanerlar

yili payti divident (so'm) yo'naltirilgan sof foyda % yo'naltirilgan sof foyda summasi umumiy yig'ilishining sanasi

2021 2020 1100,0 86,95% 82 454 262 000,00 74 958 420 20.03.2021

2020 2019 2490,0 76,135% 62 215 488 600,00 24 986 140 22.05.2020

2019 2018 550,0 52,23% 13 742 377 000,00 24 986 140 24.05.2019

2018 2017 230,0 65,07% 5 746 812 200,00 24 986 140 25.05.2018

2017 2016 200,0 61,99% 4 997 228 000,00 24 986 140 26.05.2017

2016 2015 160,00 60,61 % 3 997 782 400,00 24 986 140 27.05.2016

2015 2014 190,00 51,68% 4 747 366 600,00 24 986 140 15.05.2015

2014 2013 180,00 52,01% 4 497 505 200,00 24 986 140 20.06.2014

2013 2012 160,01 51,20% 3 998 212 100,00 24 986 140 21.06.2013

2012 2011 99,51 52,00% 2 486 322 000,00 24 986 140 22.06.2012

2011 2010 50,70 51,00% 1 266 818 070,00 24 986 140 10.06.2011

2010 2009 31,61 70,00% 789 701 900,00 24 986 140 11.06.2010

2009 2008 43.81 90,00% 1 094 742 700,00 24 986 140 12.06.2009

Manba: https://uzex.uz sayti ma'lumotlari asosida muallaif tomonidan tayo'rlandi Ko'ribturibmizki, 14yillik dividend tahlillari haqiqatda investorlar uchun qiziqva bu davr mobaynida muntazam ravishda sof foydaning 50 foizdan ortiq qismi dividendga yo'naltirilgan. 2021 yil yakuni bo'yicha 88,31 foiz sof foyda dividend yo'naltirilgan va bittaaksiyaga 1650 so'mdan dividend to'lab berilgan bo'lsa, 2022 yil yakuni bo'yicha kuzatuv kengashi tomonidan bitta aksiyaga 2300 so'mdan dividend to'lash tavsiya qilingan. O'zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi investitsion

jozîbadorligiga yana bîr sabab sof korporativ boshqaruv amal qîlayotanligidir. Ya'ni hech bir aksiyador nazorat paketîga egalik qilmaydi va davlat ulushi 26,43 foizga teng (1-rasm).

1-rasm. O'zbekîston respublika tovar-xom ashyo birjasi aksiyadorlar tarkibi (09.11.2022 yil holatiga)

s,io%

26,-13%

J

65,47%

Daylat ulushi — 26,43%

Vurïdik shaxsla r — 65,47%

J ¡smoniy shaxslar — 8,10%

Manba: https://uzex.uz saytl ma'lumotlari asosida muaffaf tomonidan tayo'rlandi

Yana shunî ham ta'kidlashimiz lozimki, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati va O'zbekîston metallurgiya kombinati tashabbusi asosida O'zbekîston respublika tovar-xom ashyo birjasidagi 12 foîzlîk aksiyalarni SPOga chiqarish to'g'risida 2019 yilda qaror qabul qilingan edi. Mazkur qaror ijrosi ta'minlanmadi. Va endi O'zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi 2 foiz aksiyasini ommaviy joylashtirishi beigîlandi. Mazkur amaliyotni joriy yilda o'tkazish bozor uchun tom ma'noda ijobiy signal bo'lib xizmat qiladi. Shuningdek, Trastbank, ipak yo'li banki aksiyadorlik tijorat bankiarî rentabelligi yuqoriligi bois ham ulardagi davlat ulushini to'liq ommaviy joylashtirishga chiqarish maqsadga muvofiq. Shuningdek, yuqori rentabellik asosida faoliyat ko'rsatib kelayotgan uyali aloqa kompaniyalarini ham aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish orqali IPOga chiqishini ta'minlash, sug'urta kompaniyalarini bozorga olib kirish muhim, deb hisoblaymiz, XULOSA.

Umuman olganda xalqchil IPO tashkil etish va o'tkazishda yuqoridagilarga e'tibor qaratish ko'zlangan maqsadga erishishda, ya'ni aholini aksiyadorga aylantirish orqali daromadlarini oshirishda, biznesning arzon kapital jalb qilishida, xususiylashtirishning samarali kechishida, iqtisodiyotni moliyalashtirishda kredit bozoriga raqobatchi institut sifatida fond bozori rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi, deb hisoblaymiz. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Navoiy kon-metallurgiya kombinati kabilardan tashqari davlat nazorati yuqori bo'lgan aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarni ommaviy joylashtirishga tayyorgarlik darajasi nisbatan past holatda. IPO o'tkazishi kutilayotgan davlat nazoratidagi tijorat banklari aksiyalari fond birjasida nominaldan past sotilmoqda. Bunday holatda aksiyalarni ommaviy joylashtirishga chiqishlari maqsadga muvofiq emas. Chunki aksîyalar nominaldan past joylashtirilmaydi va taklif nominal qiymat bo'yicha bo'lganda ham investor bozordan olishni afzal ko'radi. IPOga chiqish uchun jiddiy tayyorgarlikdan o'tishni talab qilinishi bois uzoq muddatli korporativ strategiya asosida ish olib borilishi, aksiyadorlik jamiyatlarining tayyorgarlik darajasi IPO testidan o'tkazilishi lozim. Ustav kapitalida xususiy sektor ulushi yuqori bo'lgan aksiyadorlik jamiyatlarining birinchi navbatda IPOga chiqishlari maqsadga muvofiq va bozor uchun o'ziga xos signal vazifasini o'tab beradi. Bozor uchun ijobiy signalligi bois, bozor daromadliligi asosida dividendlarni belgilab borish lozim. Mazkur jihat istiqboldagi IPOIar uchun muhim. IPOdan keyingi bosqich, ya'ni amaliyot o'tkazilgach investorlar bilan munosabatlar manfaatli bo'lish shartligi bois, aksiyadorlik jamiyatlari ichki hujjatlarida, xususan ustavda dividendga yo'naltiriladigan sof foyda ko'rsatkichi jozibali tarzda belgilanishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" qarori, 18.03.2022 yildagi PQ-168-son.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishningqo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida" qarori, 24.03.2023 yildagi PQ-102-son. httPs:G'G'lex.uzG'docsG'6417192

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Fond birjasida aksiyalarning birlamchi va ikilamchi ommaviy takliflarini o'tkazishni tashkil etish to'g'risida" qarori, 26.04.2019 yildagi 358-son.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2022 yil 20 dekabrdagi Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasi

QurbonovJ., Omonov S., Nuralieva D. Xalqaro IPO amaliyotlari tahlili: tashkiliy xususiyatlari va institutsional investorlar ishtiroki. G'G' Iqtisod va moliya, 2021. Nol. -B. 53-61.

Chinqulov Q. aksiyadorlik jamiyatlarini moliyalashtirishni takomillashtirish. G'G' Iqtisodiyot va ta'lim, 2021. No5. -B. 243-250.

Boev B. aksiyalarni ommaviy joylashtirish amaliyotini takomillashtirishning asosiy yo'nalishlari. PhD ilmiy darajasini olish uchun diss, avtoreferati. Toshkent, 2021. -56 b.

Karimov A. Improving Mechanisms of Attracting Free Money of The Population in the Securities Market Development. G'G'International Finance and Accounting. -2022. -T. 2022. -No. 1. -P. 16. Xususiylashtirish borasidagi vazifalar belgilandi -https:G'G'president.uzG'uz G'lists G'viewG'6081 https:G'G'openinfo.uzG'uzG'factsG'?org name q %22UzAuto Q Motors%22 Q aksiyadorlik Q jamiyati&typeq32&date_fromq&date_toq

https:G'G'openinfo.uzG'uzG'factsG'?org_nameq%22Kvarts%22QaksiyadorlikQ jamiyati & typeq32&date_fromq&date_toq

https:G'G'uzex.uzG'frG'pagesG'public-data-on-accrued-dividends

https:G'G'uzex.uzG'frG'pagesG'Equitv-structure#

http:G'G'openinfo.uzG'ruG'factsG'67221G'

EXTENDED ABSTRACT: This article analyzes the scientific views of local and foreign scientists on the subject, as well as the possibilities of attracting cheap capital through the effective organization of public placement of shares. The issues that should be paid attention to in order to achieve the intended goal in organizing and conducting a democratic IPO, i.e., in increasing the income by turning the population into shareholders, in the effective passage of privatization in attracting cheap capital of business, in financing the economy, the development of the stock market as a competitive institution to the credit market, were shown.

Also, scientific conclusions and practical suggestions are given on ways to attract capital by selling a package of shares owned by the State to private investors, and ways for the general public to invest their savings in shares.

Public placement of shares serves to increase efficiency by attracting cheap capital for businesses, and serves to diversify and increase sources of income for investors and citizens. In the context of today's actively digitized economy, the practice of mass placement of shares is becoming global. That is, IPO practices are being approached as a global practice. Today's technological development makes it possible.

Special importance is attached to this field in Uzbekistan. There are specific principles of the practice of public placement of shares, adherence to which guarantees the success of such practices. Therefore, special studies in this regard are important.

According to the analysis, it is known that successful IPO practice is manifested in three stages. Also, the corporate strategy for the IPO requires the determination of a long-term preparation plan. Also, this article analyzed the economic indicators of some enterprises and organizations in Uzbekistan. As a result of the analysis, the following conclusions were drawn:

- focusing on the above when organizing and holding a national IPO is important in achieving the intended goal, i.e. increasing income by turning the population into shareholders, attracting cheap capital for business, effective privatization, development of the stock market as a competitive institution to the credit market in financing the economy;

-Since serious preparation is required for the IPO, work should be carried out on the basis of a long-term corporate strategy, the level of preparation of joint-stock companies should be tested for IPO;

- Joint-stock companies with a high share of the private sector in the charter capital should first go to IPO and serve as a unique signal for the market. As it is a positive signal for the market, it is necessary to set dividends on the basis of market profitability. This aspect is important for prospective IPOs;

- Since the post-IPO stage, i.e., the relationship with investors should be beneficial after the implementation, the internal documents of joint-stock companies, in particular, the charter, should set the indicator of net profit allocated to dividends in an attractive way.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.